Авторы

  • бобомурод Сатторов
    (shahrisabz davlat muzey – qo‘riqxonasi misolida) axborot texnologiyalari va menejment universiteti assisent o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129614

Ключевые слова:

Arxeologiya parklari Arxeologiya yodgorligi Siypantosh Quruqsoy Qoyatosh Sarmishsoy

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda muzey qo‘riqxonalar faoliyati tizimida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari va sohadagi muammolar tadqiq etilgan. Muzeylar asosiy madaniy-ma’rifiy muassasalardan biri sifatida davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekistonda muzey ishini yo‘lga qo‘yishda turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillarida muzey ishi bo‘yicha yetarli huquqiy hujjatlar mavjud yemasligi, muzeylar moddiy ta’minotida muammolarning kuchayishi bilan xarakterlanadi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

404

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MUZEY

QO‘RIQXONALAR FOLIYATINING AHAMIYATI

SATTOROV BOBOMUROD XOLBOEVICH

(SHAHRISABZ DAVLAT MUZEY – QO‘RIQXONASI MISOLIDA) Axborot

texnologiyalari va menejment universiteti assisent o‘qituvchisi

sattorovbobomurod09@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda muzey qo‘riqxonalar

faoliyati tizimida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari va sohadagi muammolar tadqiq

etilgan. Muzeylar asosiy madaniy-ma’rifiy muassasalardan biri sifatida davlat siyosatining muhim

yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekistonda muzey ishini yo‘lga qo‘yishda turlicha

yondashuvlarni kuzatish mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillarida muzey ishi bo‘yicha yetarli

huquqiy hujjatlar mavjud yemasligi, muzeylar moddiy ta’minotida muammolarning kuchayishi

bilan xarakterlanadi.

Kalit so′zlar

. Arxeologiya parklari, Arxeologiya yodgorligi, Siypantosh, Quruqsoy, Qoyatosh,

Sarmishsoy

Kirish.

Hozirgi paytda mamlakatimizda turizm sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Hali

turizmni rivojlantirish uchun foydalanilmayotgan ko‘plab resurslar mavjud. Shulardan biri

arxeologiya yodgorliklari hisoblanadi. Bu turdagi resurslardan shu paytgacha faqatgina ilmiy-

tadqiqotlar uchungina foydalanib kelingan. Bu esa ularni konservatsiya qilish va muzeylashtirish

ishlariga umuman e’tibor qaratilmaganligidan dalolatdir. Yurtimizda arxeologiya yodgorliklari eng

ko‘p tarqalgan hududlardan biri bu Qashqadaryo viloyati bo‘lib, ulardan turizm ob’ekti sifatida

foydalanishga hali kirishilgan emas. Qashqadaryo hududida arxeologiya yodgorliklarini

muzeylashtirishda umumiy tarzda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Muzey-qo‘riqxonalari 2. Arxeologiya parklari 3. Arxeologiya yodgorligi negizida muzeylar

barpo etish. Misol tariqasida Qashqadaryo vohasida joylashgan bir necha arxeologiya

yodgorliklarining muzeylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Quyida ularni amalga oshirilishi

mumkin bo‘lgan loyihalar sifatida ta’riflaymiz. Siypantosh – muzey-qo‘riqxonasi. Qashqadaryo

viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan Siypantosh qoyatosh suratlari dastlab R.X.

Sulaymonov tomonidan 2001 yilda tadqiq qilingan. Keyinchalik M. Xo‘janazarov tomonidan

o‘rganilgan. Bu qoyatosh suratlari Quruqsoy qishlog‘i va yonatrofdagi soy hamda tog‘ yon

bag‘ridagi toshlarda kuzatiladi. Qoyatosh suratlari bir joyda joylashmaganligi sababli ularni

muhofaza qilish va saqlab qolishning eng muhim sharti uni muzey-qo‘riqxonaga aylantirishdir.

Bunday tajriba bizning mamlakatimizda Sarmishsoy misolida amalga oshirilgan va bugungi kunda

madaniy meros ob’ektlari hamda tabiatning umumiyligi asosida muhofaza qilish ishlari amalga

oshirilmoqda. Siypantosh – muzey-qo‘riqxonasini ham shunday tajriba asosida tashkil etish

mumkin. Faqat uni o‘ziga xos tomonlarini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar va imkoniyatlarni

o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi.

Metod va metodologiya.

Turizm komplekslarini loyihalashtirish natijasida ijobiy samara

kutilgan hududlardan biri muzey qo‘riqxonalardir.

Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston turizm markazi ishlab chiqish dasturlarida qadimiy

binolarni ta’mirlashga katta e’tibor berildi. Yodgorlik hamda obidalarni qayta tiklash kelajakda

sayyohlar oqimini jalb etish bilan birga, mazkur tarixiy hududlarning iqtisodiy, madaniy, funksional

ahamiyatlilik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.

2019 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 443 sonli qarori

asosida Shahrisabz shahar Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida tashkil

etilgan “Shahrisabz” davlat muzey – qo‘riqxonasining Chubin filialida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan e’lon qilingan 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

405

mahallla yili”da Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ilmiy-

ma’rifiy yunalishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan 2008 yil 12 sentyabrda tasdiqlangan

“Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 31 oktyabrdagi “Muzeylar

faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida”gi 237-sonli qarorining ijrosi, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining

“Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunni ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ huquqiy

hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi 68-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Turizm vazirligi

huzuridagi Madaniy meros agentligi hamda mahalliy hokimliklar farmoyishlari ijrosi yuzasidan

ilmiy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanat sohasini yanada rivojlantirish

va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarori

ijrosi yuzasidan yoshlarni muzeyga muntazam jalb yetish, milliy madaniyatimizning eng sara

namunalaridan bahramand etish orqali ularning manaviy, axloqiy va madaniy darajasini yanada

yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va

sanat sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va tasirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi

PF-6000-sonli Farmonining 14 bandiga muvofiq “2020 yil sentyabr oyidan boshlab davlat

muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” deb elon qilindi. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-

2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir

chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son qarorini ijro yetish yuzasidan

Vazirlar Mahkamasi qaror qildi: Ushbu qarorda 2017 — 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini

takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar

dasturi tasdiqlandi.

Natijalar va tahlil.

Muzey faoliyatini yoritib borishda noshirlik faoliyatini o‘rni beqiyos.

Shuningdek, muzey xodimlari o‘z ustida ishlashi va ilmiy izlanishlar olib borishi uchun ham bu

faoliyat muhim sanaladi. Odatda muzey xodimlari ilmiy maqolalar yozishadi. Gohida esa ilmiy-

ommabop va publisistik maqolalar ham chop etib turiladi. Muzey - qo‘riqxona xodimlari tomonidan

2022 yilda 1 ta “A Journey into the history of nasaf, kesh and Shahrisabz” nomli kitob va bir nechta

maqolalar chop etildi.

2022 yil davomida fuqarolar tomonidan toshirilgan 220 dona eksponat muzey fondiga qabul

qilindi. Hozirgi paytda asosiy fond eksponatlari soni jami 35405 donani tashkil etdi. Shundan arab

imlosidagi manba’lar 19 dona, arxeologiya buyumlari 32520 dona, gilamlar 17 dona, yog‘och

buyumlari 126 dona, qabir toshlar 60 dona, qurol-aslaha buyumlari 28 dona, maqom muzeyi

buyumlari 195 dona, mato buyumlari 255 dona metal buyumlari 441 dona, numizmatika buyumlari

608 dona, rangtasvir buyumlari 37 dona, sopol buyumlari 837 dona, teri va charim buyumlari 4

dona, taqinchoq buyumlari 52 dona, foto suratlar 104 dona, haykaltaroshlik buyumlari 78 dona,

hamda boshqa turdagi buyumlar 24 donani tashkil etdi.

2022 yilda muzey fondiga qabul qilingan eksponatlar soni jami 220 donani tashkil etdi.

Ularning barchasi muzeyning fond bo‘limiga tegishli kirimlar kitobiga ro‘yxatga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 12 sentyabrda tasdiqlangan

“Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 31 oktyabrdagi “Muzeylar

faoliyatiga taaluqli me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida”gi 237-sonli qarorining ijrosi, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining

“Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunni ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ huquqiy

hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 68-sonli qarori ijrosi yuzasidan muzey fondi va ilmiy tadqiqot

bo‘limlarida eksponatlarni ro‘yxatga olish, saqlash va namoyish etishga oid hujjatlashtirish ishlarini


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

406

tartibga solish ishlari olib borilmoqda.

2022 yildajami 1469 dona eksponat ko‘rgazmalarda namoyish etildi; shundan Shundan arab

imlosidagi manba’lar 19 dona, arxeologiya buyumlari 605 dona, gilamlar 5 dona, yog‘och

buyumlari 56 dona, qabir toshlar 60 dona, qurol-aslaha buyumlari 10 dona, maqom muzeyi

buyumlari 119 dona, mato buyumlari 125 dona metal buyumlari 44 dona, numizmatika buyumlari

100 dona, rangtasvir buyumlari 36 dona, sopol buyumlari 183 dona, teri va charim buyumlari 4

dona, taqinchoq buyumlari 11 dona, foto suratlar 10 dona, haykaltaroshlik buyumlari 58 dona,

hamda boshqa turdagi buyumlar 24 donani tashkil etdi.

Keyingi yillarda barcha sohalarda kabi muzeylarni rivojlantirish sohasida ham bo‘layotgan

yangiliklarni inobatga olib, ko‘rgazmani zamonga moslash nuqtai nazaridan 2022 yilning birinchi

choragida Chubin filiali Etnografiya va xalq amaliy san’ati bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda

muzeydagi “Shahrisabz etnografiyasi” ekspozitsiyasini tashkil etishdi.

Shaxrisabz Davlat Muzey qo‘riqxonasi tarkibiga kiruvchi Malik Ashtar masjidida" Alisher

Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburni yod yetib" mavzusida Shaxrisabz shaxar 1- sonli kasb-

hunar maktabi o‘quvchilari va ona- tili fani o‘qituvchisi Murodova Lobar va Malik Ashtar ilmiy

xodimlari bilan birgalikda tadbir o‘tkazildi.

Shaxrisabz tuman 10 – o‘rta umum ta’lim maktabida tarix fan o‘qituvchilari tomonidan

tashkil yetilgan Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan "Ajdodlar ruxi barxayot"

nomli tadbirda Shaxrisabz davlat muzey quriqxonasi tarkibidagi Malik Ashtar bo‘limi xodimlari o‘z

ma’ruzalari bilan ishtirok yetishdi.

2022 yilning aprel oyida

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik lesiyida "Shahrisabz" muzey qo‘riqxonasida

ilmiy xodimlari “Shahrisabz yetnografik turmush tarzi va an’analari” nomli ko‘chma ko‘rgazmasini

tashkil yetildi. Shahar va qishloqlarning madaniy hayotidagi o‘zgarishlar, kundalik turmush tarzi,

ana’analari va milliy urf-odatlari aks yettirilgan, hunarmandlar tomonidan yasalgan buyumlar

namoyishga quyildi.

Shuningdek 2022 yilning 2-choragida Shahrisabz shahar kutubxonasining ochilishi

munosabati bilan “Ilm-fan va xattotlik” ko‘chma ko‘rgazmasi tashkil yetildi.

2022 yilning dekabr oyida Xorazm Viloyati Urganch zamonaviy sanat muzeyining "Orol

Dengizi”, “Orzular" nomli ko‘chma ko‘rgazmasi tashkil yetildi ko‘rgazmada barcha muzey

xodimlari va yosh ijodkor ishtirok yetishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 13-14 dekabr kunlari

Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga asosan harbiy va mudofaa sohasi

tarixiga oid yodgorliklarni to‘plash, tadqiq yetish, saqlash va namoyish yetish maqsadida

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi konsepsiyasi yangidan ishlab chiqildi.

Harbiy va mudofaa sohasi tarixiga oid “Mudofaa tarixi” davlat muzeyi tashkil yetish yuzasidan

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi. Muzeyning ko‘rgazma loyihasi tayyorlandi.

2019 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 443-son «Sarmishsoy»,

«Shahrisabz», «Termiz» va «Qo‘qon» davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil yetish

to‘g‘risida”gi gi qarori ye’lon qilindi. Qarorga muvofiq Qashqadaryo va Surxondaryo

viloyatlaridagi moddiy- madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, ularni atrofidagi tarixiy muhit

bilan birga asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida Qashqadaryo viloyati Amir Temur

nomidagi Shahrisabz shahar moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida «Shahrisabz» davlat muzey-

qo‘riqxonasi, Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi negizida «Termiz» davlat

muzey-qo‘riqxonasi tashkil etildi.

Muzey-qo‘riqxona tabiiy-tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni saqlovchi ilmiy-tadqiqiy

va madaniy-ma’rifiy muassasa tarkibiga ekspozitsiyadan tashqari qo‘riqxona hududida joylashgan

me’moriy, tarixiy yodgorliklar ham kiritildi. Muzey qo‘riqxonalarning tarixiy-badiiy, tarixiy-

me’morchilik, shuningdek kompleks turlari bor.

Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyat boshlagach, Chubin madrasasi, Malik Ashtar


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

407

masjidi binosi, Abdushukur Og‘aliq masjidi binosi, Kunchiqar masjidi binosi, Qadimiy arxeologik

hammom hududi, Maqom

muzeyi muzey-qo‘riqxonaning (filial) tarkibiy qismlari yetib

belgilandi. Shuningdek, Muzey qo‘riqxonaning maydoni katta hududni qamrab olgan Sangirtepa,

Uzunqir Podayotoqtepa kabi yodgorliklar ham qo‘riqxona tarkibiga kiritildi.

Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasiga Termiz tumanidagi Zurmala

minorasi, Yeski

Termiz (Chingiztepa) yodgorligi, Sherobod tumanidagi Zarautsoy, Jarqo‘rg‘on tumanidagi

Jarqo‘rg‘on minorasi, Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepa, Muzrabot tumanidagi Oks

Aleksandriyasi (Kampirtepa) madaniy meros ob’ektlari biriktirildi. 3 qavatli muzey binosida

“Tabiat”, “Arxeologiya va tarix”, “Tasviriy san’at”, “Mustaqillik davri” yekspozitsiyalari hamda

“Etnografiya” singari 5 ta bo‘lim joylashgan bo‘lib, muzeyning 1,3 gektar yer maydoniga yega

yangi binosi uchun 19,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 15,0 milliard so‘mi

qurilish-ta’mirlash ishlariga, 4,5 milliard so‘mi yesa yeksponatlar bilan jihozlash ishlariga

sarflandi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda muzeylar tarmog‘i kengayib bordi. Keyingi 10 yil ichida

davlat qaramog‘idagi muzeylar soni 140 taga yetdi. Shundan 75 tasi tarix muzeyi, 23 tasi

o‘lkashunoslik muzeyi, 10 ta badiiy san’at uyi, 20 ta memorial muassasa, 8 tasi adabiyot

muzeyi, 4 tasi tabiat muzeyi yedi. Bugungi kunda O‘zbekiston muzeylari fondida 1,5 milliondan

ziyod yeskponatlar to‘plangan. O‘zbekistonda 7000 tadan ziyod madaniy-tarixiy ob’ektlar mavjud

bo‘lib, shulardan 1460 tadan ko‘proq ob’ektlar Qashqadaryo viloyati hududida uchraydi. Ularni

ochiq osmon ostidagi muzey deyish mumkin.

Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 350 tadan ortiq muzeylar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa,

shundan 100 tasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muzeylardir.

Xulosa.

Xullas, muzeylar asosiy madaniy-ma’rifiy muassasalardan biri sifatida davlat

siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekistonda muzey ishini yo‘lga qo‘yishda

turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillarida muzey ishi bo‘yicha

yetarli huquqiy hujjatlar mavjud yemasligi, muzeylar moddiy ta’minotida muammolarning

kuchayishi bilan xarakterlanadi. Ammo keyingi davrda turli mazmundagi hukumat hujjatlarining

e’lon qilinishi munosabati bilan olib borilgan chora-tadbirlar (Shahrisabz, Termiz, Qarshi kabi

tarixiy shaharlar yubileylarining nishonlanishi, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot

ishlarining kuchaytirilishi, qatag‘on qurbonlari nomini adabiylashtirish va hk.) muzey ishini

tartibga solish va rivojlantirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shahrisabzdagi Amir Temur

nomidagi majmuada moddiy-madaniyat tarixi muzeyi, Termiz Arxeologiya muzeyi, Maqom

san’ati muzeylari tashkil yetilib, «Shahrisabz», «Termiz» muzeylari davlat muzey-qo‘riqxonasiga

aylantirildi. Bu ko‘rilgan tadbirlar vohalarda moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish,

ularning atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asrashda muhim ahamiyatga yega bo‘ldi.

Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. – Toshkent, 2019,

3214-son.

2. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019 y. // 09/19/443/3214-son.

3. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – B.115.

4. Shahrisabz” davlat muzey – qo‘riqxonasi joriy arxivi. Muzey qo‘riqxonasining 2002 yildagi

ish faoliyati to‘g‘risidagi yozma hisoboti papkasi, 2-varaq.

5. Yarkulov A. Qashqadaryoda Arxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirish muammolari va

istiqbollari // Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Shahrisabz, 2024. – B.33.

6. Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi joriy arxivi. Qashqadaryo viloyat tarixi va

madaniyati davlat muzeyi ning 2019 yilgi hisoboti papkasi, 2-varaq.

7. Olimov U. O’zbekistonda muzey qo’riqxonalarning faoliyati va ularning tashkil etilish

asoslari // O’bekistonda turizmni rivojlantirishda tarixiy muzeylarning o’rni mavzusidagi

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Shahrisabz, 2021. – B.166.

8. Tariximiz ko‘zgusi yangi binoda // Madaniyat. 2019 yil 31 oktyabr. № 44 (74).


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

408

9. Yo‘ldoshev B., Begmatov O., Sirojiddinova M. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. –

Toshkent, 2015. –209 B.

10. Erkayeva B. Madaniy turizmni rivojlantirishda muzeylarning ahamiyati // O’bekistonda

turizmni rivojlantirishda tarixiy muzeylarning o’rni mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy

konferensiya materiallari. Shahrisabz, 2021. – B.150-151.

11. Muzeyshunoslik. – T.: TURON-IQBOL, 2018. – B. 6.

12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Ma’lumotnomasi. Muzeylar. Qarang:

https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2

(07.03.2021).

13.

https://www.nuu.uz/uzc/press/news/events/ev-cultural/366

14. .

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA

O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING

QAYTA TIKLANISHI.

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning

o'rni hamda rivojlanish omillari

,

5

(2), 35-42.

15.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ

ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.

TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA

INNOVATSION G ‘OYALAR

,

1

(7), 45-49.

16.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF

SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.

Academicia Globe:

Inderscience Research

,

3

(09), 59-63.

17.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher

professional training.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT

REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071

,

11

(04), 15-20.

18.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter

xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.2), 78-

82.

19. Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL

(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.

Theoretical & Applied

Science

, (3), 72-75.

20. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.

In

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ

(pp. 160-162).

21. Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(5), 1159-1163.

22. Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining

ahamiyati.

Journal of Social Sciences

,

2

(01).

23. Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.

Journal of

Social Sciences

,

4

(01).

24.

Nоmоzоv,

Xurshid.

"ОMMАVIY

АXBОRОT

VОSITАLАRINING

IJTIMОIY

FUNKSIYАSI."

TAMADDUN NURI JURNALI

1.64 (2025): 253-255.

25.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY

FUNKSIYАSI.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

1

(64), 253-255.

26.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY

MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

,

41

, 632-636.

27.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH SOHALARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(2), 113-118.

28.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban

development in Samarkand region during the years of independence.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(1), 410-414.

29.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

409

indicators of Samarkand during the years of independence.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 405-409.

30.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

31.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni

ta’minlash ishi tarixi.

Journal of Social Sciences

,

1

(02).

32.

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of

Independence.

Zien Journal of Social Sciences and Humanities

,

40

, 62-67.

33.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга

қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.

Ўтмишга назар

, (7.2023).

34.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

35.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.

Journal of Critical

Reviews

,

7

(9), 1126-1129.

36.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ

МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.

ББК 1 E91

,

205

.

37.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего

Средневековья.

Евразийское Научное Объединение

, (1-7), 373-374.

38.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN

ASSR.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY

RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036

,

11

(10), 68-72.

39.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in

Uzbekistan.

Miasto Przyszłości

,

29

, 12-15.

40.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON

RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.

Research Focus

,

2

(6), 105-

110.

41.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 229-231.

42.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR

SHAKLLANISHIGA

TA’SIR

ETUVCHI

OMILLARNING

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.3), 248-252.

43.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. – Toshkent, 2019, 3214-son.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019 y. // 09/19/443/3214-son.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – B.115.

Shahrisabz” davlat muzey – qo‘riqxonasi joriy arxivi. Muzey qo‘riqxonasining 2002 yildagi ish faoliyati to‘g‘risidagi yozma hisoboti papkasi, 2-varaq.

Yarkulov A. Qashqadaryoda Arxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirish muammolari va istiqbollari // Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Shahrisabz, 2024. – B.33.

Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasi joriy arxivi. Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ning 2019 yilgi hisoboti papkasi, 2-varaq.

Olimov U. O’zbekistonda muzey qo’riqxonalarning faoliyati va ularning tashkil etilish asoslari // O’bekistonda turizmni rivojlantirishda tarixiy muzeylarning o’rni mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Shahrisabz, 2021. – B.166.

Tariximiz ko‘zgusi yangi binoda // Madaniyat. 2019 yil 31 oktyabr. № 44 (74).

Yo‘ldoshev B., Begmatov O., Sirojiddinova M. Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2015. –209 B.

Erkayeva B. Madaniy turizmni rivojlantirishda muzeylarning ahamiyati // O’bekistonda turizmni rivojlantirishda tarixiy muzeylarning o’rni mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Shahrisabz, 2021. – B.150-151.

Muzeyshunoslik. – T.: TURON-IQBOL, 2018. – B. 6.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Ma’lumotnomasi. Muzeylar. Qarang: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2 (07.03.2021).

. Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING QAYTA TIKLANISHI. Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari, 5(2), 35-42.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 45-49.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(09), 59-63.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher professional training. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071, 11(04), 15-20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida. «ACTA NUUz», 1(1.2), 78-82.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160-162).

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK. Journal of Social Sciences, 4(01).

Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI." TAMADDUN NURI JURNALI 1.64 (2025): 253-255.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI. TAMADDUN NURI JURNALI, 1(64), 253-255.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 41, 632-636.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 113-118.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in Samarkand region during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 410-414.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic indicators of Samarkand during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 405-409.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash ishi tarixi. Journal of Social Sciences, 1(02).

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of Independence. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 40, 62-67.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023. Ўтмишга назар, (7.2023).

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work. Journal of Critical Reviews, 7(9), 1126-1129.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ. ББК 1 E91, 205.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего Средневековья. Евразийское Научное Объединение, (1-7), 373-374.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN ASSR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(10), 68-72.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 29, 12-15.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI. Research Focus, 2(6), 105-110.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Gospodarka i Innowacje., 22, 229-231.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. «ACTA NUUz», 1(1.3), 248-252.