RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
415
O`SMIRLARNING MUSTAQIL QAROR QABUL
QILISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA VA DO`ST TANLASHIDA OILA
MUHITINING O’RNI
ESHPULATOVA SHOXISTA AKBAR QIZI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI
O’QITUVCHISI
G‘OFUROVA E’ZOZA SHUXRAT QIZI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI TALABASI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o`smirlarning mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini
rivojlantirishda va do`st tanlashida oila muhitining o’rniга aloxida e’tibor qaratilgan va taxlil
etilgan.
Kalit so‘z:
O‘smirlik, o‘smirlik davri , ota-onalar, farzandning o‘z mustaqil fikri, do‘st
tanlovi.
Kirish:
O‘smirlik yillari – ota-onalar uchun ham, bolalar uchun ham murakkab davr. Bu
yoshda farzandlar o‘z fikrini eng to‘g‘ri deb hisoblashadi. Ota-onalar ham kichkintoy deb hisoblab
yurgan bolasining endi o‘z fikrini, o‘z qarashlarini ayon qilishlarini qabul qilishlari qiyin bo‘ladi.
Ayniqsa, faqat bolasining g‘amida yashaydigan onalarda bu jarayon qiyin kechadi. Bunda ular
o‘zlarini xuddi endi bolasiga keraksiz bo‘lib qolganday his qilishlari mumkin. Bolalar ham o‘zlarini
aqlan katta bo‘lganday his qilishsa-da, moddiy va jismoniy jihatdan ota-onaga tobe bo‘lib
qolaveradi. Barcha tushunmovchiliklar shundan kelib chiqadi. O‘smir bolalar uchun o‘zidan boshqa
hamma nohaq. Agar ota-onasi tomonidan uning fikri rad etilsa, bola bu fikrda yanayam
qat’iylashadi.
Bunday vaziyatda ota-onalar uning fikrini hurmat qilishlarini sezdirishlari va shuning
barobarida o‘ylagan qarorlarining natijasi haqida maslahatlashishlari kerak bo‘ladi. Bunda bolaga
savollar berish orqali uni o‘ylashga undab, to‘g‘ri qaror chiqarish imkoniyatini berish lozim. Har bir
ota-ona farzandini turli muammolardan himoya qilishni istaydi. Ammo o‘smir yoshda bola o‘qishi,
maktabi, baholari bilan bog‘liq qarorlar qilishi va shu qarorlarining natijasiga javob berishni
o‘rganadi. Shu joyda ularga erkinlik berilmasa, katta hayotda ham doimo ularni kimdir boshqarishi
kerak bo‘ladi.O‘smir noqobil do‘st tanlasa... Bola do‘stga muhtoj. Bolani uyga qamash yoki kim
bilandir do‘stlashishini taqiqlash unda yanada katta qarshilik uyg‘otadi. Farzandi noqobil do‘st
tanlagan ota-ona unga shunday boshqa bir jamoani yoki do‘stni taklif qilishi mumkin. Masalan,
bolaning birga o‘ynaydigan do‘stlarini ota-onasi yoqtirmaydi. Uni o‘sha noqobil boladan ayirish
uchun, farzandingiz u bilan vaqt o‘tkazadigan paytni mo‘ljallab boshqa bir davrani – sport to‘garagi,
qo‘shimcha mashg‘ulot kabilarni taklif qilishi kerak. Bunda majburlash yaramaydi, tanlash
imkoniyatini berish kerak – shunda bola o‘zi tanlov qilganday his qilishiga erishish mumkin. Har
doim tarbiyada xotirjam ish tutish kerak, shoshilmaslik kerak. Chunki bola hali o‘zini qidiryapti –
unga o‘zligini topishiga imkon bergan ma’qul. Agar maktabdagi do‘sti ota-onaga yoqmasa, darsdan
keyin maktabda ko‘p ham ushlanib qolmasligiga erishish kerak. Ammo o‘smir yoshda bolaning
maktabini o‘zgartirish yaxshi emas, o‘smirlar yangi muhitga moslashguncha juda qiynaladi. Bolaga
motivasiya berish uchun... оta-ona hamma narsani muhayyo qilishi bolada hech narsaga
intilmaslikni keltirib chiqaradi. Barcha muammolarini ota-onasi hal qilib berishi – kelajakda uning
hayotini ham ular boshqarishiga zamin yaratadi. Oqibatda ular kelgusida boshqalarning xohishlari
bilan yashashga o‘rganib qolib, qachondir afsuslanishadi. Shuning uchun o‘smirlarda kelajak
haqida o‘ylash, to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun imkon va tushuncha berishda yordam ko‘rsatish
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
416
kerak. «Sen kelajakda nima qilmoqchisan? Kim bo‘lmoqchisan?» kabi savollar bolani o‘ylashga
majbur qiladi. Birdaniga javob bermasligi mumkin, ammo vaqt o‘tib bu haqda o‘ylab ko‘radi.
Ularga o‘zi yoqtirgan biror mashhur shaxslarni namuna qilib ko‘rsatish ham unga motivasiya
berishi mumkin. Aslida ota-ona bolaga hamma narsani yaratib bermasligi, u nimagadir intilishi,
orzu qilishi uchun imkon qoldirishi kerak. Nimagadir o‘z mehnati bilan erishsa, u uchun qadrli
bo‘ladi. Jinoyatga moyil yoki xato qilgan bolalarni to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin! Yoshligida
yetarlicha mehr ko‘rmagan bolalar o‘smirlikda jinoyat qilishga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Ular buni
xohlashmasa ham, o‘zlari sezmagan holda ota-onalari, atrofdagilar va umuman dunyo bilan
o‘chakishib jinoyat qiladi. Bunday holatlarda psixologlar bilan ishlash yordam berishi mumkin.
Bunday vaziyatda ota-onalar bolaga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lishlari to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki
boladagi bu yaralar ularning xatosi tufayli yuzaga kelgan. Bolangiz o‘qituvchisidan shikoyat
qilganda... Ota-ona farzandi oldida uning o‘qituvchisi haqida hurmat bilan gapirishi lozim. Bu bilan
bolada ustoziga nisbatan hurmat paydo bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida nizoli vaziyat kelib
chiqqanda bolaning his-tuyg‘ularini ham eshitish, uni doim tushunishlarini anglatish yaxshi samara
beradi.So‘nggi paytlarda shunday vaziyat yuzaga kelganda borib o‘qituvchini urib kelayotgan ota-
onalar ko‘paydi. Bunda ular yutqazadi, bu holat oqibatida sinfdoshlarida bolaga nisbatan salbiy
munosabat paydo bo‘lishi, bola bundan keyin ham o‘z munosabatlarini shunday hal qilishga
o‘rganishi mumkin. Bu bilan ular farzandiga juda yomon namuna ko‘rsatishadi. Shunday
tushunmovchilik holati sodir bo‘lganda o‘qituvchi bilan vazmin gaplashish va farzandining ruhiyati
haqida tushuntirish, uning sinfdagi obro‘sini tiklash, o‘ziga ishonchini orttirish uchun
maslahatlashish kerak bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatni yaxshilash uchun
bolani o‘sha o‘qituvchiga qo‘shimcha darslarga berish ham yaxshi natija berishi mumkin. Bu bilan
bola yoqtirmagan odamlari bilan ham munosabat qurish mumkinligi, hamma narsaga imkon topish
mumkinligini anglaydi.
Yangi zellandiyalik Nayjel Latta zamonaviy bolalar psixologiyasi bo‘yicha eng kuchli
mutaxassis. Latta o‘n yildan oshiq vaqt davomida muammoli bolalar va o‘smirlar bilan ishlagan.
Undagi bebaho tajriba va bilim nafaqat tarbiyasi og‘ir bolalar ota-onalari, balki ota-ona bo‘lishni
rejalashtirgan barcha uchun ham kerakdir. U hayotiy ko‘nikmalarini bayon etgan kitob bestsellerga
aylangani, bejiz emas. Biz mana shu mutaxassis tomonidan ishlab chiqilgan bolani tarbiya
qilishning qoidalarini e’lon qilayapmiz. Asosiysi – bu muomala. Bu eng asosiy qoida va buni hech
bir ota-ona nazardan chetda qoldirmasligi kerak. Bola — kichkina odamgina emas, alohida shaxs
hamdir. Shuning uchun uni izzat qilish, muloqot mobaynida hurmatni izhor etib turish zarur. Siz
ota yoki ona sifatida shaxsiy namunangiz yordamida boshqa insonlar bilan muloqot qilishni
o‘rgating. Samimiyatsiz insoniy munosabat o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu yerda nazorat haqida gap
ketmayapti. Bolalarni nazorat qilish, ayniqsa, kichik yoshdagilarini cho‘chitib qo‘yadi. Siz faqat
qo‘rqitish yordamida “o‘zingni yaxshi tut”, desangiz u bu nega zarurligini tushunmaydi. Bundan
tashqari, katta bo‘lganida bola sizdan qo‘rqadigan bo‘ladi. Bolaga simpatiya (xush ko‘rish) bilan
munosabatda bo‘ling. Bolalar ota-onalari ularni yaxshi ko‘rishiga qattiq ishonishadi. Bu tug‘ma
hissiyot. Hatto bolaga yetarli e’tibor qaratilmagan yoki ularni jazolagan paytda ham ular ota-
onasining mehr-muhabbatiga ishonishadi. Biroq yoqimlilik, xush ko‘rish bilan gapirish, mehr
ko‘rsatish umuman boshqa narsa. Ko‘plab bolalar sovuq va loqayd munosabatni darrov payqab
qolishadi. Ota-onalik muhabbati tabiiy hissiyot, instinktdir. Unga simpatiyani uyg‘unlashtirsangiz,
bola tarbiyasidagi katta yutuqni qo‘lga kiritasiz. Bolalarga juda ko‘p e’tibor zarur. Barcha bolalarga
e’tibor kerak. E’tibor esa hech qachon ko‘plik qilmaydi. Farzandlar ikki nafar bo‘lsa, ular barcha
e’tiborni o‘zlariga qaratish uchun injiqlik qilishadi. Ha, go‘daklar e’tiborni qozonish uchun barcha
imkoniyatdan foydalanishadi. Bu holat bolalarda instinktiv mavjud. Ota-onaning ko‘z-quloq bo‘lib
turishi ular uchun xavfsizlikni anglatadi. Yaxshisini oshirib, yomonini yashiring. Mazkur qoida
birinchi qarashdayoq tushunarli. Ularning yaxshi harakatlariga e’tibor qarating. Agar bola nimanidir
noto‘g‘ri qilayotgan bo‘lsa, bunga ahamiyat bermang. Yaxshi tomonga e’tibor qaratish bola o‘zini
yaxshi tutishiga sabab bo‘ladi. Yomon qiliqlariga e’tibor bermay qo‘yishingiz bilan
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
417
fanzandingizning o‘zi injiqlik qilishni bas qiladi. Bolalarga chegara qo‘ying. Bolalarni
chegaralanmaslikning sabablari ko‘p. Ular olamni mustaqil anglashlari lozimku, axir. Biroq
bolalarni yolqovlikdan cheklamasangiz, tarbiyani o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘ygan bo‘lasiz.
Ularni chegarasiz, hech qanday qoidalarsiz tarbiyalab bo‘lmaydi. Bola biror cheklovga duch
kelmagunicha harakatlanaveradi. Sababi nimaningdir mumkin emasligi tushunchasi ularning
tabiatida mavjud emas. Ergashtiruvchi bo‘lishga harakat qiling. Ota-ona bo‘lish og‘ir mas’uliyat.
Shaxsiy namuna ko‘rsatish ham qiyin. Shunday bo‘lsa-da fanzandingiz qanday bo‘lishini istasangiz,
o‘zingiz ham shunday bo‘lishga majbursiz. Yomon fe’l-atvorini kechirmang. Agar bola ota-onasini
haqorat qilsa, ranjitsa, jazavasi tutib qolsa buni kechirish kerak emas. Ha, bola doimo o‘zini ideal
darajada tutmasligi mumkin.
Bolalarda vaqti-vaqti bilan yomon fe’l-atvor kuzatilib turadi. Ammo bu holatga qo‘l siltab
qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, ahvol bundan ham yomonlashadi. Yomon xulq bilan kurashish zarur.
Reja tuzing. Farzandingiz serxarxasha va tantiq bo‘lsa, avvalo, reja tuzib oling. Albatta, bu rejada
grafiklar chizishingiz shart emas yoki maqsad va vazifalarni batafsil boshidan oxirigacha
ifodalashingiz zarur emas. Har kunlik hisobotlar ham bu o‘rindan joy olmaydi. Shunday bo‘lsa-da,
reja zarur. U sizga bolaning fe’l-atvori ustida ishlashingizda asqotadi. Go‘dakning bitta muammoli
fe’li yoki qilig‘ini yozing va u bilan kurashish uchun har xil g‘oyalar o‘ylab toping.Istalgan xulq –
bu muloqot. Eng yomon atvor ham bu bolaning ota-onasi bi lan bo‘lgan muloqotidir. Agar u
qandaydir nojo‘ya harakat qilayotgan bo‘lsa, go‘dak ota-onasiga nimanidir aytgisi kelayapti.
Masalan, e’tiborsizlikdan aziyat chekayapti. Ular fikr va hislarini harakatlar yordamida ifodalaydi.
Bola o‘z tantiliklari bilan nimani tushuntirmoqchi ekanligini bilish bu yarim muvaffaqiyat kalitidir.
Bolalar – bu xaos (tartibsiz, chalkash)dir, ular bilan urushish foydasiz. Bolalar ota-onasining
hayotiga doimo xaos olib kirganligini ta’kidlab aytamiz, doimo. Bola tug‘ilishi bilan minglab
kutilmagan, kechiktirib bo‘lmas ishlar paydo bo‘ladi. Buni tushunish va mazkur holatga ko‘nikish
zarur. Farzandingiz oldin xafa bo‘lishi, keyin sho‘xlik qilishi, saldan so‘ng esa siz bilan tortishishi,
bahslashishi mumkin. Barchasiga sabrli bo`lish zarur. Xalq hikmatlarida aytilganidek, dovuldan
keyin baribir quyosh chiqadi.
Adabiyotlari:
1. G‘oziyev.E. Ontogenez psixologiyasi.Toshkent, Noshir., T 2010
2. Z.T.Nishonova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullaeva , M.X.Xolnazarova “Rivojlanish psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyasi” Toshkent – 2018
3. Do‘stmuhammedova SH.A., Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, SH.T.Karimova, SH.T.Alimbaeva
“Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” Toshkent Fan va texnologiyalar Markazining
bosmaxonasi. 2013.
4.Davletshin M.G. va boshqalar «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» T. TDPU, 2004yil.
5.Shtern A.S. «Vvedeniye v psixologii » M.: Akademiya.SPb 2002.
6.
Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA
O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING
QAYTA TIKLANISHI.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni
hamda rivojlanish omillari
,
5
(2), 35-42.
7. Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ
ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.
TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA
INNOVATSION G ‘OYALAR
,
1
(7), 45-49.
8. Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF
SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.
Academicia Globe:
Inderscience Research
,
3
(09), 59-63.
9. Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher
professional training.
ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT
REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071
,
11
(04), 15-20.
10. BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
418
xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.
«ACTA NUUz»
,
1
(1.2), 78-
82.
11.
Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL
(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.
Theoretical & Applied
Science
, (3), 72-75.
12.
Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.
In
НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ
(pp. 160-162).
13.
Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.
Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences
,
1
(5), 1159-1163.
14.
Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining
ahamiyati.
Journal of Social Sciences
,
2
(01).
15.
Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.
Journal of
Social Sciences
,
4
(01).
16. Nоmоzоv,
Xurshid.
"ОMMАVIY
АXBОRОT
VОSITАLАRINING
IJTIMОIY
FUNKSIYАSI."
TAMADDUN NURI JURNALI
1.64 (2025): 253-255.
17. Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY
FUNKSIYАSI.
TAMADDUN NURI JURNALI
,
1
(64), 253-255.
18. Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY
MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq
etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
,
41
, 632-636.
19. Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN
FOYDALANISH SOHALARI.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR
SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(2), 113-118.
20. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban
development in Samarkand region during the years of independence.
International Journal of
Artificial Intelligence
,
1
(1), 410-414.
