Авторы

  • Муродулла Тураев
    Axborot texnologiyalari va menejment unversiteti o’qituvchilari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129617

Ключевые слова:

tibbiy kadr shifokorlar umumiy amaliyot shifokorlari qishloq vrachlik punktlari feldsherlik-akusherlik punktlari malaka toifa

Аннотация

Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari tayyorlash, davolash muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan qator chora-tadbirlar olib borilib, ular soni yildan-yilga ko‘paytirildi. O‘zbekiston viloyatlaridan malaka oshirish kurslariga o‘qishga yuborilganlar soni yildan-yilga ortib bordi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

419

IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA SOG‘LIQNI SAQLASH MUASSASALARINI

TIBBIY KADRLAR BILAN TA’MINLASHDAGI TIZIMLI MUAMMOLAR VA

ULARNING YECHIMLARI

TURAYEV MURODULLA TO’RA OG’LI

Axborot texnologiyalari va menejment unversiteti o’qituvchilari

Annotatsiya:

Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot

xodimlari tayyorlash, davolash muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan qator chora-

tadbirlar olib borilib, ular soni yildan-yilga ko‘paytirildi. O‘zbekiston viloyatlaridan malaka oshirish

kurslariga o‘qishga yuborilganlar soni yildan-yilga ortib bordi.

Kalit so‘zlar:

tibbiy kadr, shifokorlar, umumiy amaliyot shifokorlari, qishloq vrachlik

punktlari, feldsherlik-akusherlik punktlari, malaka, toifa

Kirish

. Jamiyat va davlat taraqqiyoti, eng avvalo, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan malakali

kadrlarga bog‘liq. Ular har bir sohaning asosiy tayanch ustunlaridan biri hisoblanadi. Xususan,

ijtimoiy hayotda tibbiyot xodimlari alohida o‘rin egallaydi. Ularning zimmasiga inson salomatligini

asrash, kasalliklarni davolash kabi nihoyatda mas’uliyatli va sharafli vazifalar yuklanadi. Biroq,

sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar tayyorlash borasida ayrim muammolar kuzatilgan. Jumladan,

o‘sha davrda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mahalliy aholi vakillarini tibbiyot oliy o‘quv

yurtlariga o‘qishga yo‘naltirish masalasi yetarli darajada kun tartibiga qo‘yilmagan edi.

SHuning uchun viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning juda ozchilik qismini

mahalliy aholi vakillari tashkil etdi. 1942 yil 20 noyabrda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 2029-sonli

“Qishloq joylarda ishchi posyolkalarida tibbiy xizmat xodimlarini bepul kvartira, elektroenergiya,

issiqlik bilan ta’minlash haqida”gi qarori, 1943 yil 5 iyulda KPSS MK va SSSR Ministrlar

Sovetining 517-sonli “Qishloq joylarda ishlayotgan vrachlar, o‘rta tibbiy xizmat xodimlar,

farmatsevtlarga kommunal imtiyozlar berish haqida”gi qarori qabul qilingan bo‘lsa ham joylarda

uning ijrosi to‘la ta’minlanmadi. Qashqadaryo viloyatida 1944 yilda 128 nafar vrach shaxsiy uyda

yashasa, 191 nafari kommunal uyda, 15 nafari uy-joyi yo‘qligidan davolash muassasasida yashadi.

Bu holat keyingi yillarda ham davom etdi [1]. Kommunal kvartiralarda, ijarada turuvchi

vrachlarning yashash sharoitlari ancha og‘ir bo‘lib, ayrim tumanlarda 45 foizgina vrachlar turar joy

bilan ta’minlangan edi. Kitob tumanida xizmat qilayotgan 57 vrachdan 22 tasi yashash joyiga ega

bo‘lmadi. Bu haqda o‘sha davr matbuot sahifalarida shunday jumlalarni uchratish mumkin:

“Qishloqda xirurgiya, ginekologiya, bolalar kasalliklari, asab, ko‘z va boshqa kasalliklar yuzasidan

maxsus yordamni uyushtirish ayniqsa nochordir. O‘rta malakali meditsina xodimlari ham sira

talabga javob bermaydi

1

[2].

Respublika bo‘yicha sil kasalligi keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, rentgenolog-vrachlar

ozchilikni tashkil qildi. Masalan, 1944 yil Toshkent viloyati bo‘yicha jami 27 ta rentgenolog bo‘lib,

ulardan faqat 8 tasi qishloq joylarda ish olib bordi[3]. 1943 yil O‘zbekiston bo‘yicha silga qarshi

muassasalariga ftizator-vrachlar uchun ajratilgan shtatlarning 521 tasi kadrlar etishmasligi tufayli

bo‘sh qoldi. Bu sohada kadrlar tanqisligi ayniqsa Toshkent viloyatida, Qashqadaryo viloyatida,

Farg‘ona viloyatida, Sirdaryo viloyatida, Toshkent shahrida, Xorazm viloyatida kuchli bo‘ldi. Bu

borada QQ ASSRda ishlar yaxshi bo‘lib, mavjud 83 ta shtatning faqat 4 tasiga kadrlar etishmadi[4].

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni beqiyosdir.

XX asrning 40-yillarida O‘zbekistonda tibbiyotning 113 ta ixtisosligi bo‘yicha o‘rta tibbiyot

xodimlari faoliyat yuritdi. Ular davolash jarayonining asosiy ijrochilari sifatida barcha davolash

muassasalari xodimlarining katta qismini tashkil etdi. Vrachlar belgilagan davolash muolajalarining

barchasi o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

1

Зоҳидов Ҳ.

Аҳолига медицина хизматини яхшилайлик // Қизил Ўзбекистон, 1947, 23 июль. № 144. – Б. 2.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

420

XX asr 40-yillarining ikkinchi yarmida mahalliy aholi hayotiga dunyoviy tibbiy yordam

jadallik bilan kirib kelayotgan yillarda, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash ishi rivojiga o‘zining

munosib hissasini qo‘shib kelgan fidoyi inson, vrach R. K. Qosimova o‘z xotiralarida shunday

yozadi: “Bu yillarda viloyatda mutaxassislar juda kam edi. Vaqti kelib ham pediatr, ham terapevt,

ham epidemolog bo‘lib ekspeditsiyalarda ishtirok etishga to‘g‘ri keldi. Aholining sanitariya

madaniyatini ko‘tarish, bemorlarni kasalxonalarga yotqizish, epidemiya o‘choqlarni tugatish,

FAPlarni tashkil etish kabi muhim muammolarni hal etish zarur edi” [5].

Tibbiy xizmat xodimlari ayniqsa qishloqlarda epidemiyalarni tugatish, emlashlar o‘tkazish

jarayonida barcha qiyinchiliklarga bardosh berib, o‘z xizmat burchlarini ado etdilar. Bu haqda ko‘p

yillar Qarshi shahar shifoxonasida sanitarka, keyinchalik hamshira bo‘lib xizmat qilgan A. R.

Chulkova quyidagilarni bayon qiladi: “Qishloq aholisini emlashda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan

o‘tkazdik. Biz yaqinlashishimiz bilan kishilar eshiklarini qattiq yopib, uyga kirishimizga yo‘l

qo‘yishmasdi. Emlashdan bosh tortib, bergan dorilarimizni uloqtirib yubordilar” [6].

XX asrning 40-yillaridan boshlab tibbiy xizmat ancha yaxshilanib, mutaxassis terapevtlar,

ftizatorlar, pediatrlar, akusher-ginekologlar, psixiatrlar, okulistlar, kardiologlar, jarrohlar aholiga

malakali tibbiy yordam ko‘rsatib keldi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston viloyatlarida terapiya

xizmati ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘ldi. Ilg‘or terapevtlar zamonaviy tibbiyot usullaridan

keng foydalanib, mazkur sohani rivojlantirishga o‘zlarining bor kuch va g‘ayratlarini sarfladilar.

O‘zbekistonda sovet davrida oqko‘ngil, fidoyi tibbiyot xodimlari bilan birga o‘z vazifasiga

sovuqqon, ta’magir, mas’uliyatsiz xodimlar ham uchrab turganki, ular ustidan yuqori tashkilotlarga

tez-tez arz va shikoyat xatlar kelib turgan. Masalan, Buxoro viloyatida 1941 yilning dastlabki 8

oyida aholidan tibbiy xizmat xodimlari ustidan 100 dan ortiq shikoyat arizalari tushgan. Viloyatning

Karmana tumani shifoxonasi bosh vrachi vazifasiga Osetrov tayinlanib, u o‘z xizmat vazifasini

halol bajarmaganligi uchun bir necha oy ishlaganidan so‘ng ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, Buxoro

viloyati shifoxonasi bosh vrachi Aminov, viloyat sil kasalligi dispanseri bosh vrachi Leviev, Buxoro

shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri Rahmonovlar faoliyati tekshirilganda yuqoridagi

kamchiliklar aniqlanadi[7].

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash bo‘limlari faoliyatidagi eng qoniqarsiz holat tibbiyot kadrlar

bilan olib borilayotgan ishlarning talab darajasida emasligida namoyon bo‘ldi. 1941 yil 26

sentyabrda Buxoro viloyati Xalq deputatlari Kengashida “Sog‘liqni saqlash sohasining ahvoli”

masalasi muhokama etilib, unda quyidagi kamchiliklar qayd etiladi: sog‘liqni saqlash bo‘limi shahar

va tuman ijroiya komitetlari tibbiyot kadrlari tarbiyalash ishlariga kerakli e’tibor

qaratilmayotganligi, joylarda va davolash muassasalarida rahbarlar malakasini oshirish ishlari

yo‘lga qo‘yilmaganligi, tibbiyot kadrlarining ilg‘or tajribalarini qo‘llash va o‘zaro tajriba almashish

maqsadida anjuman va seminarlar tashkil etilmayotganligi kabilar shular jumlasidandir. Yig‘ilishda

tibbiyot xodimlari malakasi oshirish ishlarining nochorligi, kadrlar qo‘nimsizligining yuqori

darajada ekanligi ham aytib o‘tildi. 1941 yilning dastlabki olti oyida viloyat davolash

muassasalaridan 53 nafar vrach boshqa viloyatlarga ishga ketadi. Buxoro, G‘ijduvon, Romitan,

Konimex tumanlari davolash muassasalari xodimlari uchun yaratilgan maishiy sharoitlarning

qoniqarsiz ahvoli tilga olinadi[8].

1944 yil Andijon viloyati davolash muassasalari xodimlari ustidan 90 ta ariza va shikoyat

tushadi[9]. Ariza va shikoyatlar mazmuni turlicha bo‘ldi. Ularning ba’zilarida vrachlarning qo‘pol

muomalasidan, ba’zilarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining qoniqarsizligidan arz qilingan.

1944 yil 18 iyulda Qashqadaryo viloyati partiya komiteti yig‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimida

foliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining o‘z vazifalariga munosabati va vrachlik etikasi, kasb

mahorati kabi masalalari muhokamaga qo‘yildi. Yig‘ilishda vrachlarning kasbiy malaka va

tajribalarining kamligi tufayli bemorlarga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilayotganligi, ular orasida

poraxo‘rlik, davlat mulkini talon-taroj qilish holatlari ko‘payayotganligi ta’kidlandi[10]. Viloyatda

1943-1944 yillarda turli qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 24 nafar vrach ustidan jinoiy ish

qo‘zg‘atilgan[11].


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

421

1944 yil O‘zbekiston respublikasi Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash

ministrligi tizimida kadrlar bilan ishlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda ayrim tibbiy

jamoalarda xodimlarning o‘z xizmat vazifasini bajarishga mas’uliyatsizlik hamda sovuqqonlik bilan

munosabatda bo‘layotganliklari, ularning poraxo‘rlik, olib sotarlik, davlat mulkini talon-taroj qilish

kabi xatti-harakatlari qattiq tanqid qilindi. Uning oldini olishga doir tegishli tadbirlar ishlab

chiqildi[12]. Ammo kutilgan natijalarga erishilmadi. 1945 yilda Ittifoqda vrachlarning o‘rtacha

maoshi 193, 5 rublni tashkil etgan bo‘lsa, 1944 yili 243, 1 rublga to‘g‘ri keldi. Shu yili xalq

xo‘jaligida mehnat qilgan oddiy ishchi va xizmatchining o‘rtacha oylik maoshi 240, 4 rublni tashkil

qildi[13]. Tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish, ularning kasb mahorati va shaxsiy qobiliyatlarini

munosib taqdirlashga etarli e’tibor berilmadi. Tajribali, fidoyi vrach ham, nomigagina ishga kelib

ketadigan vrach ham bir xil maosh oldi. Shu holat yildan-yilga tibbiy xizmatchilar orasida

poraxo‘rlik va o‘z ishiga sovuqqonlik munosabatlarini kuchaytirdi.

O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ko‘p hollarda sog‘liqni saqlash tizimi

rahbarligiga amaliy tajriba qobiliyatiga ega bo‘lmagan kishilar qo‘yildi.

Xullas, O‘zbekistonda davolash muassasalarini tibbiy kadrlar bilan ta’minlash, tibbiyotning

turli ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, tibbiyot kadrlari malakasini oshirish yuzasidan

qator amaliy ishlar bajarilib, ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilsa-da, ammo bu boradagi ko‘rsatkichlar

Ittifoqdosh respublikalar bilan taqqosiy tahlil etilganda, o‘rtada katta tafovut mavjudligi va

viloyatlari davolash muassasalari tibbiyot kadrlari bilan ta’minlash darajasi markaziy hududlarga

nisbatan bir necha marta orqadaligi aniqlandi. O‘zbekiston davolash muassasalarining aksariyati

oliy ma’lumotli tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanmaganligi tufayli bemorlarni o‘rta tibbiyot

xodimlari qabul qildi. Bundan tashqari tibbiyotning turli ixtisosliklari bo‘yicha, ya’ni pediatriya,

akusher-ginekologiya, ftiziator, venerologiya yo‘nalishi mutaxassislari tanqisligi sababli teri-tanosil

kasalliklarini akusher-ginekolog, sil kasallarini venerolog qabul qilish holatlari uchrab turdi.

Tibbiyot kadrlarining ba’zilarida kasb mahoratining etishmasligi, bilim va tajribalari zamon

talablariga muvofiq emasligi, o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan

yondashganliklari, ular o‘rtasida poraxo‘rlik va ta’magarlikning avj olishi davolash ishi sifatiga

salbiy ta’sir ko‘rsatib, bu holat bemorlarning ko‘plab arz xatlari va shikoyatlariga sabab bo‘ldi.

Adabiyotlar :

1.Қашқадарё вилояти Давлат архиви, 193-фонд, 1-рўйхат, 144-йиғма жилд, 109-варақ, 211-

йиғма жилд, 1-5-варақлар.

2.

Зоҳидов Ҳ.

Аҳолига медицина хизматини яхшилайлик // Қизил Ўзбекистон, 1947, 23 июль.

№ 144. – Б. 2.

3.ЎзР ИТТҲМДА, 1-фонд, 9-рўйхат, 1022-йиғма жилд, 3-варақ.

4.ЎзР МДА, Р-837-фонд, 41-рўйхат, 1766-йиғма жилд, 323-варақ.

5.

Вафакулов Б.

Здравоохранение Кашкадарьинской области за 50 лет. – С. 38.

6.

Вафакулов Б.

Здравоохранение Кашкадарьинской области за 50 лет. – С. 38.

7.Бухоро вилояти Давлат архиви, 1023-фонд, 1-рўйхат, 614-йиғма жилд, 23-варақ.

8.Бухоро вилояти Давлат архиви, 1023-фонд, 1-рўйхат, 614-йиғма жилд, 42-варақ.

9.Андижон вилояти Давлат архиви, 607-фонд, 1-рўйхат, 381-йиғма жилд, 10-варақ.

10.

Қашқадарё вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият

кўрсатган, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган шифокор, тиббиёт фанлари номзоди Акрам

Акбаров хотираларидан.

11.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архиви Қашқадарё вилояти филиали, 1-

фонд, 7-рўйхат, 144-йиғма жилд, 1-9-варақлар.

12.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архиви Қашқадарё вилояти филиали, 1-

фонд, 7-рўйхат, 144-йиғма жилд, 1-5-варақлар.

13. Охрана здоровья в СССР (Ст. сб. ). – С. 110.

14. . .

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA

O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

422

QAYTA TIKLANISHI.

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning

o'rni hamda rivojlanish omillari

,

5

(2), 35-42.

15.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ

ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.

TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA

INNOVATSION G ‘OYALAR

,

1

(7), 45-49.

16.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF

SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.

Academicia Globe:

Inderscience Research

,

3

(09), 59-63.

17.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher

professional training.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT

REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071

,

11

(04), 15-20.

18.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter

xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.2), 78-

82.

19. Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL

(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.

Theoretical & Applied

Science

, (3), 72-75.

20. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.

In

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ

(pp. 160-162).

21. Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(5), 1159-1163.

22. Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining

ahamiyati.

Journal of Social Sciences

,

2

(01).

23. Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.

Journal of

Social Sciences

,

4

(01).

24.

Nоmоzоv,

Xurshid.

"ОMMАVIY

АXBОRОT

VОSITАLАRINING

IJTIMОIY

FUNKSIYАSI."

TAMADDUN NURI JURNALI

1.64 (2025): 253-255.

25.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY

FUNKSIYАSI.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

1

(64), 253-255.

26.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY

MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

,

41

, 632-636.

27.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH SOHALARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(2), 113-118.

28.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban

development in Samarkand region during the years of independence.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(1), 410-414.

29.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic

indicators of Samarkand during the years of independence.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 405-409.

Библиографические ссылки

Қашқадарё вилояти Давлат архиви, 193-фонд, 1-рўйхат, 144-йиғма жилд, 109-варақ, 211-йиғма жилд, 1-5-варақлар.

Зоҳидов Ҳ. Аҳолига медицина хизматини яхшилайлик // Қизил Ўзбекистон, 1947, 23 июль. № 144. – Б. 2.

ЎзР ИТТҲМДА, 1-фонд, 9-рўйхат, 1022-йиғма жилд, 3-варақ.

ЎзР МДА, Р-837-фонд, 41-рўйхат, 1766-йиғма жилд, 323-варақ.

Вафакулов Б. Здравоохранение Кашкадарьинской области за 50 лет. – С. 38.

Вафакулов Б. Здравоохранение Кашкадарьинской области за 50 лет. – С. 38.

Бухоро вилояти Давлат архиви, 1023-фонд, 1-рўйхат, 614-йиғма жилд, 23-варақ.

Бухоро вилояти Давлат архиви, 1023-фонд, 1-рўйхат, 614-йиғма жилд, 42-варақ.

Андижон вилояти Давлат архиви, 607-фонд, 1-рўйхат, 381-йиғма жилд, 10-варақ.

Қашқадарё вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият кўрсатган, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган шифокор, тиббиёт фанлари номзоди Акрам Акбаров хотираларидан.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архиви Қашқадарё вилояти филиали, 1-фонд, 7-рўйхат, 144-йиғма жилд, 1-9-варақлар.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Девони архиви Қашқадарё вилояти филиали, 1-фонд, 7-рўйхат, 144-йиғма жилд, 1-5-варақлар.

Охрана здоровья в СССР (Ст. сб. ). – С. 110.

. . Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING QAYTA TIKLANISHI. Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari, 5(2), 35-42.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 45-49.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(09), 59-63.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher professional training. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071, 11(04), 15-20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida. «ACTA NUUz», 1(1.2), 78-82.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160-162).

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK. Journal of Social Sciences, 4(01).

Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI." TAMADDUN NURI JURNALI 1.64 (2025): 253-255.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI. TAMADDUN NURI JURNALI, 1(64), 253-255.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 41, 632-636.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 113-118.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in Samarkand region during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 410-414.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic indicators of Samarkand during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 405-409.