Авторы

  • Ф Юлдашев
    Navdu o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori v.b, f.f.d(dsc)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129750

Ключевые слова:

Ma’naviyat farosat tilshunoslik lingvoma’naviyatshunoslik shaxs ma’naviyati til birliklari leksik-semantik guruhlar aqliy qobiliyat axloqiy fazilatlar globallashuv konsept.

Аннотация

Maqola shaxs ma’naviyati va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rniga bag‘ishlangan bo‘lib, ma’naviyatning til vositasida ifodalanishi va tilshunoslik doirasida o‘rganilishini tahlil qiladi. Unda ma’naviyatning jamiyat tanazzulini oldini olishdagi ahamiyati ta’kidlanadi hamda til va ma’naviyat o‘zaro bog‘liqligi lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Xususan, “farosat” konsepti markaziy o‘rin tutib, uning aqliy, hissiy va axloqiy jihatlari, leksik-semantik guruhlari va til birliklari bilan bog‘liqligi atroflicha tahlil qilinadi. Maqola globallashuv sharoitida tilshunoslikning ma’naviyat muammosini o‘rganishdagi mas’uliyatini ta’kidlaydi va farosatning insonning ma’naviy yetukligidagi rolini ilmiy asosda yoritadi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

454

“MA’NAVIY IMMUNITET”NI SHAKLLANTIRISHDA “FAROSAT” KONSEPTINING

O‘RNI

F.H.YULDASHEV

NavDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori v.b, f.f.d(DSc)

Annotatsiya.

Maqola shaxs ma’naviyati va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rniga bag‘ishlangan

bo‘lib, ma’naviyatning til vositasida ifodalanishi va tilshunoslik doirasida o‘rganilishini tahlil qiladi.

Unda ma’naviyatning jamiyat tanazzulini oldini olishdagi ahamiyati ta’kidlanadi hamda til va

ma’naviyat o‘zaro bog‘liqligi lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishi nuqtai nazaridan ko‘rib

chiqiladi. Xususan, “farosat” konsepti markaziy o‘rin tutib, uning aqliy, hissiy va axloqiy jihatlari,

leksik-semantik guruhlari va til birliklari bilan bog‘liqligi atroflicha tahlil qilinadi. Maqola

globallashuv sharoitida tilshunoslikning ma’naviyat muammosini o‘rganishdagi mas’uliyatini

ta’kidlaydi va farosatning insonning ma’naviy yetukligidagi rolini ilmiy asosda yoritadi.

Kalit so‘zlar.

Ma’naviyat, farosat, tilshunoslik, lingvoma’naviyatshunoslik, shaxs ma’naviyati,

til birliklari, leksik-semantik guruhlar, aqliy qobiliyat, axloqiy fazilatlar, globallashuv, konsept.

Shaxs ma’naviyati va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni beqiyos. Qanday vaziyat, sharoit va

imkoniyat bo‘lishidan qat’i nazar insoniyat uchun shaxs ma’naviy sifatlari har narsadan ustun

bo‘lishi shart, chunki mazkur holat jamiyat tanazzulini oldini oladi hamda hech qanday tanazzulga

imkon bermaydi. Shu boisdan mazkur soha eng yaqin “qarindoshi” bo‘lmish ona tilidan ayro

o‘rganilishi mumkin emas. Xususan, til va ma’naviyatning o‘zaro aloqadorligi masalasi turli

yechimlarga ega bo‘lib, tilshunoslik doirasida ham, boshqa fanlar bilan hamkorlikda ham

o‘rganiladi. Tilshunoslikning sistem-struktur yondashuvi “ma’naviyat” tushunchasining mohiyatini,

tarkibini va til birliklari bilan bog‘liq xususiyatlarini tahlil qiladi. Bu esa boshqa ilmiy sohalar

uchun poydevor vazifasini o‘taydi.

Bugungi kunda jadal globallashuv ma’naviyat muammosini yanada o‘tkirlashtirib, boshqa

tegishli fanlar qatori tilshunoslik zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda. Bu esa til va

ma’naviyat muammosini o‘rganadigan alohida soha – lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishi

shakllanishini talab etdi.

Ma’naviyatning til vositasida ifodalanishi, til birliklarining ma’naviy qadriyatlarni aks ettirishi

ilmiy va milliy farosatning namoyon bo‘lishidir. Zero, tilsiz ma’naviyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Insonning fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi, axloqiy me’yorlari til orqali shakllanadi va rivojlanadi.

“Ma’naviyat” kategoriyasining til birliklari orqali ifodalanishi va tilda o‘ziga xos sistemani

tashkil etishi ham inson aql-idroki hamda ilmiy farosatining samarasidir. Til tizimining

murakkabligi, uning ma’naviy olamni aks ettirishdagi imkoniyatlari millatning ma’naviy

yuksakligidan dalolat beradi. Demak, tilni o‘rganish orqali ma’naviyat olamini, shaxs ma’naviy

sifatlaridagi eng muhim jihatlarini yanada chuqurroq anglaymiz.

Avvalo, shaxs ma’naviy sifatlari haqida gap borar ekan, “ma’naviyat” kategoriyasiga oid

bo‘lgan ellikdan ortiq konseptlarni sanash mumkin. Xususan,

axloq, farosat, vijdon, muhabbat, sabr,

samimiyat, nafs, faoliyat, halollik, poklik, tartiblilik, intizom, ma’rifat

va shu kabilar. “Farosat”

mazkur konseptlar ichida eng muhim va amaliy ehtiyojga asoslanishi shart bo‘lgan kategoriya.

Farosat deganda aql-idrokning yuksak darajasi, voqelikni chuqur anglash va to‘g‘ri baho bera

olish qobiliyati tushuniladi. Farosatli inson nafaqat bilimli, balki hayot tajribasiga boy, o‘z xatti-

harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra oladigan, ezgulik va adolat tamoyillariga amal qiladigan

ma’naviyatli kishi hisoblanadi.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da

FAROSAT

leksemasi samimiyat, ziyraklik; zakovat, o‘tkir

aql semalari bilan kengayib, “kishidagi tez va to‘g‘ri fahmlay olish qobiliyati, sezgisi, fahm,


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

455

zakovat, didi

1

” kabi ma’nalarini anglatadi. Mazkur tushunchaning hajmi va mundarijasi keng bo‘lib,

insonning aqliy qobiliyati, bilimi, idroki va axloqiy fazilatlarini ifodalaydi.

“Farosat” so‘zi turli mavzuiy va ma’noviy guruhlarni shakllantiradi. Mazkur guruhlar o‘z-

o‘zidan shakllanmaydi, albatta. Ular farosat leksemasiga bevosita va bilvosita birikuvchi so‘zlar

asosida shakllanadi. Masalan, “aql-farosat”, “fahm-farosat”, “zehn-farosat”, “did-farosat”, “zako-

farosat” birikmalarning ma’noviy taraqqiyotidan yuzaga keladi. Bu birikmalar insonning aqliy va

ma’naviy yetukligini ifodalaydi.

“Farosat” leksemasini tasniflashda uning qaysi ma’noda qo‘llanilganiga e’tibor berish kerak.

Agar aqliy qobiliyat haqida gap ketsa, u “ziyraklik”, “zakovat” kabi so‘zlar bilan sinonim bo‘ladi.

Agar sezgi va hissiy idrok haqida gap ketsa, u “sezgi”, “did” kabi so‘zlar bilan sinonim bo‘ladi.

Agar axloqiy fazilat haqida gap ketsa, u “samimiyat” so‘zi bilan sinonim bo‘ladi. Shu boisdan

aytish mumkinki, leksik-semantik guruhlarga ajratish umumiy va xususiy semalarga asoslanadi.

Xususan:

1. Aqliy qobiliyatlar asosida shakllanadigan “farosat” mavzuiy guruhi:

1.1. “Ziyraklik” ma’noviy guruhi: Voqealarni tez va to‘g‘ri anglash, vaziyatni to‘g‘ri baholay

olish qobiliyati. Masalan,

ziyrak sharhlovchi, ziyrak siyosatchi, ziyrak tadbirkor.

1.2. “Zakovat” ma’noviy guruhi: Murakkab masalalarni yecha olish, tushunish, idroq qilish,

qayta ishlash, yangi g‘oyalarni ilgari surish qobiliyati. Masalan,

zakovatli olim, zakovatli ixtirochi,

zakovatli bilimdonlar, zakovatli bola.

1.3. “Fahm-farosat” ma’noviy guruhi: Voqelikni chuqur anglash, hayotning mazmun-

mohiyatini tushunish. Masalan,

fahm-farosatli inson, fahm-farosatli qaror, farosatli yigit(erkak),

farosatli qiz(ayol), farosatli tinglovchi, farosatli tadqiqotchi

.

2. Sezgi va hissiy idrok etish orqali shakllanadigan “farosat” mavzuiy guruhi:

2.1. “Sezgi” ma’noviy guruhi: Ong osti darajasida vaziyatni, odamlarni to‘g‘ri baholay olish

qobiliyati. Masalan,

sezgir inson, sezgir yurak.

2.2. “Did” ma’noviy guruhi: Go‘zallikni, san’atni va boshqa narsalarni nozik his qilish,

qadrlay olish qobiliyati. Masalan,

badiiy did, ilmiy did, kiyinish didi.

3. “Axloqiy fazilatlar” orqali shakllanadigan “farosat” mavzuiy guruhi:

3.1. “Samimiyat” ma’noviy guruhi:

Ochiqko‘ngillik, rostgo‘ylik, ikkiyuzlamachilikdan yiroqlik.

Masalan, samimiy do‘st, samimiy suhbat, samimiy tilak.

3.2.

“Halollik” ma’noviy guruhi:

“Farosat” konsepti insonning aqliy, hissiy va ma’naviy fazilatlarini jamlagan keng qamrovli

tushunchadir. “Farosat” konsepti juda keng va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lgani uchun uni turli

jihatlardan tahlil qilish va turkumlash mumkin. Ushbu sistema “farosat” konseptining

murakkabligini va uning turli ko‘rinishlarini tushunishga yordam beradi. U yuqoridagi guruhlar

asosida birlashib quyidagi kategoriyalarga ajraladi.

A. Kognitiv farosat: Bu nazariy va amaliy bilimlar olish, ularni tahlil qilish, sintezlash va

muammolarni hal qilish bilan bo‘liq farosat turi. Ularga:

1. Analitik farosat: Har qanday ma’lumotlarni, xususan, ilmiy, badiiy, siyosiy, iqtisodiy

bo‘lsin, ular haqida mantiqiy xulosalar chiqarish, bular yuzasidan muammoga duch kelsa, mantiqiy

fikrlash asosida xulosalar chiqarishdan iborat.

2. Sintetik farosat: Alohida elementlarni birlashtirib, kuzatib, yaxlit tasavvur hosil qilib, o‘ziga

xos, taqlidlardan xoli yangi g‘oyalar yaratish qobiliyati.

3. Kritik farosat: Taqdim etilgan ma’lumotlarni baholash, kamchiliklarni aniqlash va asosli

xulosalar chiqarish qobiliyati.

4. Amaliy farosat: Egallagan bilim, hayot tajribasi, oilaviy muhit, ustoz-shogird an’anasi

asosida egallagan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish, muammolarni samarali yechish qobiliyati.

B. Emotsional farosat: Bu har bir insonning dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati,


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

456

insonlarga hamda o‘ziga bo‘lgan his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va munosabatlarda qo‘llay

olish qobiliyati.

C. Ma’naviy farosat: Bu axloqiy, milliy qadriyatlarni anglash, ularga amal qilish va hayotda

to‘g‘ri yo‘lni tanlash qobiliyati. Vijdon, iymon, sadoqat, halol, adolat, vatanparvar kabi xislatlarga

ega bo‘ish.

D. Ijodiy farosat: Bu yangi g‘oyalar, tasavvurlar va yechimlarni yaratish, olimlik, badiiy

ijodkorlik etikasiga rioya qilish qobiliyati.

E. Siyosiy maslalardagi farosat. Siyosiy maslalalarda rasmiy qaror qabul qila olish, rasmiy

munosabatlarni qo‘llay olish farosari.

F. Strategik farosat: Bu insonlarning kelajak rejalarini to‘g‘ri tuza olishi, imkoniyatidan

kelib chiqib rejalar tuzishi, uzoq muddatli rejalar tuzishi farosati.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, farosat – bu shunchaki aql va zakovatning mavjudligi

emas, balki insonlarning yillar davomida takomillashib, “pishib”, hayotdan saboq olib, kamol

topganligi va amalda qo‘llanilishidir. U insondagi chuqur sezgirlik, oʻtkir zehin, topqirlik va erkin

fikrlash kabi qobiliyatlarning uygʻunlashuvi va faol ishlay boshlaganidan dalolat beradi. Farosatli

inson nafaqat bilimga ega, balki undan samarali foydalana oladi, murakkab vaziyatlarda tez va

toʻgʻri qarorlar qabul qiladi. Boshqalar uchun yechimsizdek tuyulgan muammolarni ham farosat

yordamida hal qilish mumkin. Bu qobiliyat insonning hayot tajribalari, kuzatuvchanligi va tahliliy

fikrlash qobiliyati bilan uzviy bogʻliq. Farosatli insonlar koʻpincha nostandart yondashuvlar va

kutilmagan yechimlar bilan ajralib turadi. Ular vaziyatni har tomonlama tahlil qilib, eng maqbul

yoʻlni topa oladilar. Shuning uchun ham farosat har qanday sohada, xoh kundalik hayotda boʻlsin,

xoh ilm-fanda yoki sanʼatda, muvaffaqiyatga erishishning muhim omillaridan biri sanaladi. Aytish

mumkinki, farosat – bu inson aql-zakovatining gultoji, ma’naviy immunitetni shakllantiradigan

vosita.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2006). Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

2. Mengliyev, B. (2018). O‘zbek tilida leksik-semantik guruhlar. Toshkent: Fan va

texnologiya.

3. Sodiqov, A. (2020). Til va ma’naviyat: o‘zaro bog‘liqlik masalalari. Toshkent:

Akademnashr.

4. Jo‘rayeva, G. (2022). Lingvoma’naviyatshunoslik: nazariy va amaliy jihatlar. Toshkent:

Mumtoz so‘z.

5. Ibragimov J.Y., Methodological significance of the law of the fight and unit of

contradictions in speech becoming a reality analyzes linguistic opportunities. Инновационные

подходы в современной науке: сборник статей по материалам ХХХІІ международной

научно-практической конференции № 20 (32). -Москва, 2018.-C. 120-124.

6. Karimov, I. (1998). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: O‘zbekiston.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2006). Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

Mengliyev, B. (2018). O‘zbek tilida leksik-semantik guruhlar. Toshkent: Fan va texnologiya.

Sodiqov, A. (2020). Til va ma’naviyat: o‘zaro bog‘liqlik masalalari. Toshkent: Akademnashr.

Jo‘rayeva, G. (2022). Lingvoma’naviyatshunoslik: nazariy va amaliy jihatlar. Toshkent: Mumtoz so‘z.

Ibragimov J.Y., Methodological significance of the law of the fight and unit of contradictions in speech becoming a reality analyzes linguistic opportunities. Инновационные подходы в современной науке: сборник статей по материалам ХХХІІ международной научно-практической конференции № 20 (32). -Москва, 2018.-C. 120-124.

Karimov, I. (1998). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: O‘zbekiston.