RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
468
SHAXSLAR NUTQIDA MADANIY MULOQOTNING SHAKLLANISHI
IBRAGIMOVA UMIDA YULDASHEVNA
UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE OLIY TA’LIM MUASSASASI DOTSENTI,
F.F.F.D.
Annotatsiya.
Maqola sharqda muloqot madaniyatining paydo bo‘lishi, muloqot madaniyati
bo‘yicha ilk ilmiy qarashlarning tarqalishi, og‘zaki oratorlik nazariyasi va turk mutafakkirlarining
so‘z va nutq haqidagi qarashlari, odamlarni tarbiyalash bo‘yicha sharq talablarini, oratorlik va uning
xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar.
nutq axloqi, muloqot, shaxsiyat, jamiyat, grammatika, mantiq, ijtimoiy
kelishuv, ilhom nazariyasi.
Kirish.
Manbaalarda til, nutq va madaniyat mushtarakligi masalalari uyg‘un holda talqin
etiladi. Aniqrog‘i, til va madaniyatning chambarchas bog‘liqligi haqida ko‘p gapiriladi. Buni
kundalik hayotimizda faol iste’molda bo‘lgan nutq madaniyati, notiqlik san’ati kabi atamalardan,
xalq orasida mashhur bo‘lgan
oz so‘zla, ko‘p o‘yla, o‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir
,
yaxshi so‘z
jon oziqi
,
yomon so‘z bosh qozig‘i
,
yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqadi, yomon so‘z bilan pichoq
qinidan chiqadi
kabi son-sanoqsiz maqol va matallardan ham bilsa bo‘ladi. Demak, bu muammo
“ko‘hna va hamisha navqiron” masalalardan. Madaniyat o‘ta keng qamrovli tushuncha.
Ko‘pchilikka hatto uning moddiy va ma’naviy turlari borligi ham yod bo‘lib ketgan. Lekin tildagi
madaniyat uning qaysi turiga kirishi masalasiga kelganda ikkilanishi mumkin. U moddiy madaniyat
tarkibiga kiradimi yoki ma’naviy madaniyat unsuri?
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
Til, avvalo, kishilarning eng muhim aloqa vositasi.
Bu nuqtai nazardan u moddiy tabiatli. Zero, sezgi a’zosi (eshitish, ko‘rish kabi) ga ta’sir qiluvchi
hodisa moddiy sanaladi. Demak, kishilarning o‘zaro aloqa vositasi sifatidagi tilga xos bo‘lgan
madaniyat moddiy xususiyatga ega. Lekin, ma’naviy madaniyat sifatida qadrlanuvchi boylig‘imiz –
qadriyatlarimiz, bobolardan qolgan ulkan badiiy va ilmiy meros, san’at asarlari bizga til, ya’ni uning
asosan, yozma, ba’zan og‘zaki ko‘rinishlarida etib kelgan. Xo‘sh, ma’naviy madaniyat
“tashuvchisi” sifatida u qanday baholanishi lozim? Biz bu madaniyatni o‘qish, eshitish orqali
bilamiz, o‘zlashtiramiz. Bunda ham, e’tibor qilinsa, til ma’naviy madaniyatning “qobig‘i” - moddiy
ifodalovchisi sifatida yuzaga chiqadi. Shuningdek, kishilarning axloqiy tabiati, dunyoqarashi ham til
orqali namoyon bo‘ladi. Ko‘rinadiki, til millatning moddiy boyligi, undagi madaniyat moddiy
madaniyatdir. Albatta, til birliklari shakl va ma’no yahritligidan iborat. Ammo til madaniyati ana
s
hu ma’noning ijtimoiy voqealanishi bilan belgilanadi.
Buni yaqqol tasavvur qilish uchun til va
nutqni farqlash lozim. Ma’lum bir millatning eng muhim o‘zaro aloqa-aralashuv vositasi til deyiladi.
Uning ming-ming yillar davomida shakllangan qonun-qoidalari shu tilda so‘zlashuvchi barcha
kishilar uchun majburiy. Barchamizda uzoq zamonlar osha yig‘ilgan boylik – til imkoniyatidan
foydalanish ehtiyojimiz bor. Tilimiz fikr almashish ehtiyojlarimizni to‘la qondira olish darajasida
har jihatdan mukammallik kasb etgan. Ana shu mukammallik til madaniyati deyiladi. Til
madaniyati millatning umumiy madaniyati hisoblanadi. Uning ma’lum bir kishi voqe-lantiradigan
ko‘rinishi nutqdir. Nutqning mukammallik darajasi nutq madaniyati deyiladi. Nutq madaniyatida
shaxsning til madaniyatidan foydalanish darajasi namoyon bo‘ladi. Kishining umumiy madaniy
saviyasi, bilim darajasi, intellektual salohiyati, farosati kabi omillar uning til madaniyatini
o‘zlashtirib, nutq madaniyatiga aylantirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun tilimiz
qancha go‘zal bo‘lmasin, ba’zi kishilarning nutqini eshitganda beihhtiyor qulog‘ingni berkiting
keladi. Ayrim kishilar gapirganda so‘z topolmay qiynaladi. Bu uning til madaniyatidan
foydalanishda zarur bo‘lgan o‘qimishlilikning yetishmasligidir. Kimlardir tovushlarni talaffuz
qilishda qiynaladi. Bunda ularning sog‘ligi til madaniyatini voqe-lantirishiga imkon bermaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Shunday kishilar bor-ki, ular so‘zlaganda sel bo‘lib ketasan.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
469
Bunday kishilarni so‘z san’atkori deyishadi. So‘z san’atkorlari til madaniyatini mukammal darajada
nutq madaniyatiga aylantira oladilar. Buning zaminida ularning mashaqqatli mehnati ham yotadi.
O‘z nutqida yuqorida ta’kidlangan o‘zbek tili madaniyatini emas, balki sun’iy ravishda o‘zga til
madaniyatini voqe-lantirishga intiluvchilar ham uchrab turadi. Uning nutqida qo‘llangan so‘z va
iboralar til madaniyatiga muvofiq emas ekan, uning nutqi ham madaniylikdan begona, o‘zi esa har
qancha chiranmansin, ayrimlar o‘ylagancha “jaa madaniyatli” kishi emas. Umuman olganda, til
madaniyatining xususiy ko‘rinishi bo‘lgan nutq madaniyatini yuksaltirish uchun nimaga e’tibor
qaratilishi lozim? E’tibor berilsa, ommalashgan koreys seriallari dublyajida qahramonlar bir-biriga
shunaqa chiroyli lutflar qilishadiki, men bunning bolalar nutqiga qancha ta’sir qilganligini, ular ham
shunday gapirishga uringanlarini kuzatganman.
Demak, birinchidan, faqat til qoidalarini yodlatmasdan, jonli muloqot madaniyatini
shakllantirishning turli ilg‘or vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish lozim. Ikkinchidan,
bunda kattalarning ibrati muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada farzandalarini boloxonador
qilib haqoratlaydigan ota-onalarimiz ham yo‘q emas. Hashamatli uy, to‘kis sharoit, so‘nggi rusumli
avtomobil, qimmatbaho kiyim-bosh va sayru-sayohatlarnigina madaniyat deb biladigan, lekin
Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, “ichida it o‘lgan” kishilar ham uchrab turadi. Norasmiy
doiralarda har qanday tilda so‘zlashish ixtiyoriy bo‘lsa-yu, shevada gapirish aybmi? Faqat qayerda
qanday gapirishni bilish kerak. Bu jamiyat a’zosi-ning madaniy saviyasi bilan bog‘liq. Rus tilida
anjuman bo‘layotganda bu tilni bila turib o‘zbek tilida so‘zlash jamiyat odobiga nomuvofiq bo‘lgani
kabi, rasmiy holatlarda ham shevada gapirish ma’qul emas. Oila bag‘rida, qarindosh-urug‘ huzurida,
lahjadosh do‘stlar davrasida shevada so‘zlashish nafaqat mumkin, balki zarur hamdir. Umuman
olganda, mukammal til madaniyatimiz mavjud. Undan foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish esa
dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Tilni bilish so‘zamollik, mahamadonalik, gapga chechanlik bilan
bir narsa emas. Kundalik, siqasi chiqqan so‘zlarni aylantirib, soatlab tinimsiz gapirish mumkin.
Lekin so‘zlarni tanlab qo‘llash, har bir hodisaga mos so‘zni o‘z o‘rnida ishlatish, so‘z vositasida
o‘zgalarni mahliyo qilish, odamlar qalbiga yo‘l topish boshqa narsa. Oliftagarchilik qilib vulgar,
varvar, yopishmagan ajnabiy so‘zlarni qo‘llash balki “moda”dir, ammo madaniyat belgisi emas.
Ayrimlar madaniyat bilan modani chalkashtiradi. Eng so‘zngi urfdagi kiyimni kiyish,
buyumni ishlatish madaniyatsizlik emas, lekin madaniylik belgisi ham bo‘la olmaydi. Zamonaviylik
va zamonasozlik mos kelmaganligi kabi, madaniyatlik bilan modaparastlik ham muvofiq emas.
Deylik, keksa otaxon va
onaxonlar oldida yangi neologizmlarni qo‘llash, avvalo, farosatning,
qolaversa, madaniyatsizlikning o‘zginasi bo‘lganligi kabi, “til uchida turgan” so‘zni
topolmaslik til bilimining yetishmasligidir.
Ko‘rinadiki, madaniy nutq faqat chiroyli ifodalarni
qo‘llash emas, balki shaxsdagi ichki va tashqi omillarning yaxlitligidan iborat. Bunddan xulosa
qilish mumkinki, muloqot madaniyatining asosiy maqsadi yoshlarning muloqot imkoniyatlarini
madaniyat darajasiga ko‘tarishdan iborat. Buning uchun nutq madaniyatining nazariy va amaliy
muammolari haqida tushuncha berish hamda kerakli sharoitlarda ulardan foydalanishni o‘rgatish,
nafaqat o‘zbek adabiy tili me’yorlariga amal qilgan holda yozma va og‘zaki nutq tuzish
ko‘nikmasini shakllantirish, balki umuman nutq tuzish, uni bayon qilishning, ya’ni nutqning nutqiy
bo‘lmagan hodisalarga munosabatidan kelib chiqadigan holatlarga (vaziyatga) e’tiborli bo‘lish
kerakligini ham shakllantirishdan iborat. Rasmiy doiralarda norasmiy, norasmiy doiralarda rasmiy
nutq tinglovchilar uchun noqulay holatni keltirib chiqaradi. Buning yorqin misolini yozuvchi
Abdulla Qahhor “Nutq” hikoyasida erning o‘z uyida xotiniga so‘zlagan nutqi misolida yorqin
ifodalaydi:
–“O‘rtoq rafigam! Ijozat berasiz, hushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib,
oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil bo‘lgan kunda sizni bevosita tabrik
qilishga.. Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo
shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni
chet- dan kuch jalb qilmasdan, o‘z kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan
bevosita bartaraf qiladigan bo‘lib qoldik. Ikkinchidan, o‘rtoq rafigam, oilamizni tashkiliy-xo‘jalik
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
470
jihatdan misli ko‘rilmagan darajada mustahkamladik. Men bu bobda faktlarga murojaat qilib o‘tir-
mayman, chunki ordenli onangiz o‘zlarining har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda
qayd qildilar...” (Abdulla Qahhor).
Tahlil va natijalar.
Jamiyatda bunday nojo‘ya nutqlar uchrab turadi. Bu nutq madaniyatiga
ega emaslik yoki unga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi. Ma’lumki, nutqning yuzaga
chiqishida aniq bir maqsad – tinglovchi va o‘quvchi ongiga va hissiyotiga ta’sir qilish vazifa qilib
qo‘yiladi. Shuning uchun ham ta’sirchanlik nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va qolaversa,
to‘g‘rilik va aniqlik ham, mantikiylik va tozalik ham tinglovchiga ta’sir etishga qaratilgan bo‘ladi.
Bu sanab o‘tilgan sifatlarda lisoniy omillar birinchi planda tursa, ularning hammasidan foydalangan
holda ta’sirchanlik keng doirada nolisoniy omillarni ham qamrab oladi. So‘zlovchining o‘z nutqiga
munosabati ham muhim, chunki shunday bo‘lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin.
So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi aloqa yaxshi kechadi. Notiq fikrlarini o‘zi yoki tinglovchilar
hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir so‘z fikr-mulohazalarini
bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi. Nutq grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi,
ta’sirchan iboralarni qo‘llanilishi ham nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Nutqning yordamchi
vositalaridan unumli foydalanish uning samaradorligini ta’minlaydi. Masalan, nutq orasida yumorga
o‘rin berish, tinglovchilarning ayrimlariga ismini chiroyli aytib murojaat qilish, kamtarlik, dadillik
va jur’atlilik kabilar shular jumlasidan. Masalan, Iffatli o‘zbek ayolining (yozma) nutqi:
Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lagan Layli otidan – sizga
boshimdagi sochlarimning tuklarigacha behad salom. Mendan – hudd-hisobsiz gunoh, sizdan
kechirish. O‘tgan ishga salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni esga olish
mening uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari. Ul kunlarni siz unuting,
unutmang, ammo men unuttim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirgi ham chin baxt islari
hidlagan tariximdan boshlayman. Siz – qo‘choqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozgandek
bo‘lib qo‘chgansiz, ikki yil bo‘yi Marg‘ilon kelib yurishlaringizni men – o‘zimcha yechdim, lekin
topib yechdim: sizning barcha mashaqqatlaringiz – dushmanlaringizdan o‘ch olish uchun bo‘lganini
angladim. Yo‘qsa, meni Ko‘rar edingiz, ko‘rgingiz kelmaganida ham, boshqalar sizni ko‘rar edilar,
tuyar edilar... Men kabi baxtsiz, men kabi g‘ovg‘asi ko‘p sizni zir keltirib, jondan toydirgan bo‘lsa,
ajab emaski, qocha boshlab ketganingiz... Qochsangiz, qochib ko‘ring, ammo men bu kundan
boshlab,
birovlarni
quvishga
bel
bog‘ladim.
Otam
bilan
onam
rafoqatlarida
xizmatingizga – chorliligingizga erta-indin yuraman, sevganingiz kundoshim oldida
qadru qiymatiming nima bo‘lishini ham bilaman... Siz olijanobsiz: eski qadrdonlar
hurmatiga, ko‘ngil uchun kulib boqarsiz… Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas’ud
qilarsiz! Ammo… sevganingiz – kenjangizning jerkishlaridan, qarghishlaridan behad
qo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradagi uning bilan bo‘ladigan mas’ud
daqiqalaringizda xudo yo‘liga va’da olingiz – meni og‘ritmasin, raqibam keldi deb
o‘ylamasin. Nihoyati maqsadim – ikki do‘stga bir chorlilik va shu munosabat bilan
birovlarni ko‘rib yurish...
Muloqotda
tinglovchining
xususiyatini
inobatga
olish,
uning
kayfiyatini
buzmaydigan, og‘ir botmaydigan qilib so‘zlash, kibrga berilmaslik muhim bo‘lib, muloqot
sifati va uning natijasini belgilaydi. Misollarga murojaat qilsak: Kumush o‘layotgan
paytda uning Zaynabga aytgan so‘zlarini esga olaylik. Yuqorida ko‘rsatilganimizdek,
muloqotda oliy madaniyat sohibi bo‘lgan Otanbekning nutqiy xulqida hozirgi kitobxonni
hayratlantiruvchi bir lavha mavjud. Bu ham bo‘lsa Kumushbibi halokat jarayonida
bo‘lganda Zaynabga nisbatan “taloq” so‘zidan boshqa yana bir qopoq haqorat ifodasini
ishlatishidadir. Otabek Zaynabni buzuklikka, xiyonatga, sotqinlikka ishora qiluvchi
haqorat so‘z bilan ataydi. Lekin romaning butun bayonida Zaynabning xiyonati yoki
buzuklikka mayli bo‘lganligiga ishora qiluvchi bir og‘iz ham so‘z yoki shama yo‘q. Nega
Otabek shu haqorat so‘zni qo‘lladi va otasi, onasi, Kumushbibi, Oybodoq (to‘rt guvoh)
huzurida bu so‘zni baland ovozda qahr-u g‘azab va “taloq” so‘zi bilan birgalikda ishlatgani
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
471
hozirgi kitobxon uchun mutlaqo tushunarsiz. Zero, yaralangan, ikki dushmanini o‘ldirgan,
ashaddiy dushmani bo‘lmiish Homidboyning xanjarlik qo‘lini qisib turgan Otanbekning
dushmanini sizlab gapirishi, lekin ko‘pchilik qarindoshlari huzurida halol xotinini
haromi, buzuk deb so‘kishi – u odam o‘ldirgan bo‘lsa-da – hech o‘zaro mos kelmaydigan
holatlar. Bu lavhaning siri muhit – Otabek yashab turgan davrning mutlaq Qonuni –
o‘sha davr Konstitutsiyasi bo‘lgan shariat ahkomlari bilan bog‘liq.
Hozirgi kitobxon bu ahkomlardan yiroq bo‘lgani uchun ham Otanbekning haqorat so‘zni
ishlatgan sabablarini unga uncha ayon emas. Gap shundaki, shariat amriga ko‘ra er xotinni guvohlar
huzurida buzuk deb atasa, uning so‘zi isbotsiz qabul qilinadi. Bu haqida Qur’oni Karimning “Nur”
surasidagi 6-oyati karimasida erning guvohlarsiz yakka holda o‘z xotinini oshkor ravishda, ya’ni
boshqalar huzurida buzuq deb atashi xotin buzuqligini ko‘rgan to‘rt guvohning shohidligiga teng
ekanligiga ishora mavjuddir. Shariat ahkomlari bo‘yicha ma’lumki, er xotinni taloq qilsa, yana
qayta nikoh qilib olishi, hatto uch taloq qilganda ham, “halola” qilib (ya’ni xotinini boshqaga nikoh
qildirib), qaytadan uylanishi va nikoh qilishi mumkin. Lekin xotin er tomonidan buzuqlikda
ayblansa, bu er shu xotini bilan boshqa uylanolmaydi, yani o‘zi buzuq degan xotin bilan qaytadan
er-xotinlik munosabatlarida bo‘la olmaydi. Agar u xotinini buzuqlikka oshkora ayblasa va yana u
bilan yashab ketsa, o‘sha davr jamosi uni mardud sanaydi hamda jamoadan chetlashtiradi, u bilan
aloqalarini botil qiladi. Mana shuning uchun Otabek o‘layotgan Kumushbibini tinchlantirish,
Zaynabni hamda ota-onasini uning Zaynab bilan yashay olmasligiga ishontirish maqsadida
Zaynabga qilgan ishiga yarasha qat’iy va o‘zgarmas jazoni berish uchun mana shu haqorat so‘zni
qo‘llagan. Mana shuning uchun Kumushning o‘limidan keyin Zaynab jinni bo‘ladi; uning Otabek
bilan birga yashashga mutlaqo umidi yo‘q edi; Otabek o‘zi buzuk degan xotin bilan qaytadan
yashayadigan pastkash mardud nomini olmaydi.
Xulosa va takliflar.
Demak, madaniyatning boshqa turlarida bo'lganiga kabi til
madaniyatini o‘zlashtirishda ham qobiliyat va mehnat muhim rol o‘ynaydi. Tilning madaniy
Taraqiyotida millatning madaniy taraqqiyoti yotadi. O‘zbek xalqining madaniyati bu darajada
rivojlanmaganda
tilimiz
ham
bunday
ko‘rkli
va
rangin,
serjilo
bo‘lmas
edi.
Bobolarimiz dunyo svilizatsiyasidan oziqlanib, moddiy va ma’naviy madaniyatimizni
yuksak darajaga ko‘tardilar. Bu madaniyat namunalarini birma-bir sanab o‘tirmaymiz,
albatta. Birgina misol keltiramiz. Rus sharqshunos olimi S.N.Ivanov degan alloma
“g‘ozal fors mumtoz she’riyatining kichik singlisi bo‘lgan turkiy nazmiyot yuksalib,
opasidan ham boychan bo‘ldi” degan g‘ozal o‘xsatish qilgan. Demak, fors adabiyotidan
oziqlangan o‘zbek adabiyoti undan ko‘plab so‘z va iboralarni ham o‘zlashtirdi.
O‘zlashtirganda ham nafaqat yozilishini, balki talaffuzini ham aynan oldi. Shuning
uchun hazrat Navoiy fors turkiycha so‘zlasa, fors ekanligi bilinib turadi, biroq forscha
so‘zlagan turkiyni hech kim turkiy demaydi degan. Til madaniyati jamiyatda mustahkam
o‘rnashgan bo‘lib, hamma unga rioya qilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Куръони Карим. Ўзбекча изоҳли таржима.Таржима ва изоҳлар муаллифи
Алоуддин Мансур. -Тошкент: Чўлпон, 1992.
2.
Дейк Т.А. Ван. Язык. Познание. Коммуникация. – Москва: Наука, 1976.
3.
Мўминов С.М. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари:
Филол.фан. доктори.... дисс. – Тошкент, 2000.
4.
Г.И.Тоирова. “Ўзбек нутқий мулоқотида системавийлик, информативлик ва
фатика” мавзусидаги диссертацияси, -Тошкент, 2017.
5.
Ибрагимов Ж.Ё., Тил ва ижтимоий буюртма. Лингвист. Илмий мақолалар
тўплами. – Тошкент: Академнашр. 2014, – № 5. – Б.109-112.
6.
Ибрагимов Ж.Ё., Лингвистик прагматика нимани ўрганади? Лингвист. Илмий
мақолалар тўплами. – Тошкент: Академнашр. 2014, № 5. – Б.129-133.
