Авторы

  • ориф Бозоров
    Qarshi axborot texnologiyalari va menejment universiteti, filologiya kafedrasi dotsenti, phd

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129827

Ключевые слова:

Semantika sinxron kommunikativ kompetensiya tarjima kompetensiya texnik kompetensiya transformatsiya ko‘nikma mahorat.

Аннотация

Ushbu maqolada tarjima uslub va usullarini o‘qitishning o‘ziga xosliklari, bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda til birliklari semantik mazmunining milliy o‘ziga xosligi so‘z birikmasi, gap va matn tarkibidagi murakkab semantik majmualarning paydo bo‘lish metodlari haqida ham qisqacha to‘xtab o‘tilgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

487

TARJIMAGA O‘QITISHNI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI

BOZOROV ORIF CHAMANOVICH

QARSHI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

MENEJMENT UNIVERSITETI, FILOLOGIYA KAFEDRASI DOTSENTI, PHD

ORIFBOZOROV8@GMAIL.COM

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarjima uslub va usullarini o‘qitishning o‘ziga xosliklari,

bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan

bir qatorda til birliklari semantik mazmunining milliy o‘ziga xosligi so‘z birikmasi, gap va matn

tarkibidagi murakkab semantik majmualarning paydo bo‘lish metodlari haqida ham qisqacha

to‘xtab o‘tilgan.

Kalit so‘zlar.

Semantika, sinxron, kommunikativ kompetensiya, tarjima kompetensiya, texnik

kompetensiya, transformatsiya, ko‘nikma, mahorat.

Kirish.

Tarjimon tayyorlashda tarjima uslub va usullarini o‘qitishning o‘ziga xosliklari,

bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda og‘zaki tarjimonlik imkoniyatlari

hamda linvist – tarjimon kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish sharhlandi.

Metod va metodologiya

. Tarjimaga oid amaliyotlar tahlilida tarjima usullarini tarjima

uslublaridan farqlash maqsadga muvofiqdir. Usul – qo‘yilgan maqsadga erishishning asosiy yo‘li

bo‘lib, qilinadigan harakatlarning mavjud qonunlarini aks ettiradi. Bir tildan boshqa tilga o‘tishning

ikkita usuli bor: birinchisi bir tilga mansub so‘z yoki belgidan boshqa tilga mansub so‘z yoki

belgiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘tish, ikkinchisi esa aylanma yo‘l orqali – avval bir tilga mansub

belgidan mo‘ljaldagi yoki predmetli vaziyatga va faqat shundan keyin o‘giriladigan tilga mansub

belgiga o‘tishdir. Ilmiy manbalarda tarjimaning bu ikki usulidan birinchisi belgili, ikkinchisi esa

ma’noli deb nomlanadi. Metod yoki boshqacha aytganda, tarjima uslubi, odatda, xususiy masalani

hal qiladi, ya’ni tarjima jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam beradi.

Tarjima uslublari, o‘z navbatida, yana ikki guruhga bo‘linadi: 1) tarjima mutanosibliklari; 2) tarjima

tuzilishining o‘zgarishi. Tarjimani asliyat bilan taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, o‘girish jarayonida

asliyat tilning muayyan birliklari ma’nosi o‘girilayotgan tilning bir xil birliklari yordamida uzatiladi

(masalan: uy – house, xona – room, tree – daraxt). Til birliklari nisbatan barqaror ma’noga ega.

Shuning uchun tillardagi (bizning holatda hind – yevropa til oilasiga mansub tillarda) bir xil

predmetli holatlar o‘xshash sintaktik konstruksiyalar yordamida tarjima qilinadi. Bir tildan boshqa

tilga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar hamda tarjimada tilning «ruhiyati»

yo‘qolishi, ko‘pincha, poetik asarlarni tarjima qilishda kuzatiladi. Ularning barchasi metodologik

jihatdan noto‘g‘ri, chunki isbotlashni tilga tatbiq etib bo‘lmaydi hamda kirishda berilayotgan va

chiqishda olinayotgan axborotlar turli qatlam va ko‘lamga tegishli bo‘lgani uchun xulosalarning

to‘g‘riligiga qo‘yiladigan eng oddiy mantiqiy qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, nemis tilida

artiklning mavjudligi nemislarning narsa – hodisalarni jinsiga aloqador qandaydir belgilariga qarab

qabul qiladi, degan xulosani bermaydi. Xuddi shu kabi ergativ qurilishga ega bo‘lgan abxaz tilida

so‘zlashuvchilar ish – harakatning subyekt va obyektini farqlay olishga qodir emas, degan

xulosaning kelib chiqishi ham mantiqqa ziddir. O‘zbekcha «qo‘l», ruscha «ruka» so‘zlarining ingliz

tilida «hand», «arm» so‘zlari bilan, o‘zbek tilidagi «kaptar» va «musicha» so‘zlarining nemis tilida

bitta «taube» so‘zi bilan berilishi nemislarning kaptar va musicha kabi turlicha bo‘lgan ikki qushni

bir – biridan ajrata olmaydi, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Chunki o‘zbeklar kaptar va

musichaning farqiga qanday yetsa, nemislar ham xuddi shunday yetadi. O‘zbek tilidagi «bilmoq»

so‘zi nemis tilida «wissen», «kennen» fe’llari bilan berilishi nemislarning o‘zbeklarga qaraganda

ko‘prok bilishini yoki bo‘lmasa bilishning turli xillarini anglashlarini ko‘rsatadi, deb bo‘lmaydi.

Ingliz tilidagi «lunch» so‘zi o‘zbek tiliga «shunchaki nonushta», «ikkinchi nonushta», «o‘nbirlik»,


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

488

«yengil tushlik» kabi tasviriy vositalar bilan tarjima qilinishi esa o‘zbeklarning bu tushunchani o‘z

aqliga sig‘dira olmaganligini ko‘rsatmaydi. Ikki yoki undan ortiq tildagi so‘zlarning ayrim

ma’nolarini tipologik jihatdan solishtirganda va ma’nolarning mos tushmaslik holatlari kuzatilganda,

tilshunoslar tomonidan «turli tilda so‘zlashuvchi xalqlarning tushuncha apparati turlichadir», degan

xulosa chiqariladi.

Til birliklari semantik mazmunining milliy o‘ziga xosligi so‘z birikmasi, gap va matn

tarkibidagi murakkab semantik majmualarning paydo bo‘lish imkoniyatini inkor etmaydi, lekin bu

majmualar ifoda etgan ma’no ko‘lamiga ko‘ra turli tillarda bir – biriga o‘xshash bo‘lishi ham

mumkin. In’ikos tushunchasi shaklining obyektivligi tufayli til semantik tomonining milliy o‘ziga

xosligi bilish jarayonning subyektiv unsuri manba bo‘la olmaydi.

Natijalar va tahlil.

Ammo til semantikasining milliy o‘ziga xosligi namoyon bo‘lishining

yana bir tomoni borki, u til taraqqiyoti jarayonida tovush shaklini tanlashdagi motivatsiyaning

o‘ziga xosligi bilan aloqador bo‘lib, uning natijasida hatto o‘xshash ma’no guruhlarida xam «ichki

forma» turli chegaralarni hosil qiladi, turli farqlovchi belgilar esa motivatsiyalanayotgan ma’noni

xarakterlab beradi. Tovush tarkibining turli tillarda bir xil bo‘lib qolishi farqlarning turli yo‘nalishda

bo‘lganligi va bu tashqi o‘xshashlik «qo‘shimcha milliy o‘ziga xos ma’no» hosil

qilinayotganligidan dalolat beradi. Masalan, ingliz tilidagi «head» – kemaning oldingi qismi – burin;

«head» – mixning qalpog‘i; «head» – sutning ustki qismi, qaymog‘i. Bu ma’nolardagi subyektiv

xususiyat denotatning o‘zini ifodalashga taalluqli emas. Barcha holatlarda mos keluvchi jismoniy

hodisa o‘zining belgilaridan birining belgisi bilan aniqlanadi[1]. Bu belgini tanlash esa ingliz yoki

o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Tilning etimologiya bilan uzviy bog‘liq

bo‘lgan milliy va subyektiv omillari «barcha tillarda belgilanayotgan va belgilayotgan unsurlar

o‘rtasida munosabat bir xil bo‘ladi va buning natijasida predmetning obrazi to‘g‘ri beriladi», –

degan bosh fikrni inkor qila olmaydi. Shunday qilib, dunyoning konseptual modeliga sezgi orqali

olingan bilimni qo‘shimcha unsurlar sifatida kiritishga qarshiliksiz bo‘lganidek, tilda sezgiga

aloqador axborot tildagi ratsional unsurlarga dunyoning konseptual modeli va dunyoning lisoniy

modeliga qo‘shimcha qilinadi degan fikrga qo‘shilib bo‘lmasligi bu yagona gnoseologik mohiyat

kasb etadi. Og‘zaki (sinxron) tarjima qilish uchun tarjimonning professional kompetensiyasi (bilim,

malaka va ko‘nikmalar yig‘indisi) quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: – til

kompetensiyasi (asliyat va tarjima tillarini bilish); – kommunikativ kompetensiya; – tarjima

kompetensiya (tarjima qilish malakasi); – texnik kompetensiyasi (axborot bilan ishlash malakasi); –

shaxsiy fazilatlar (xotirani rivojlantirish): O‘qitishning asosiy bosqichida og‘zaki tarjima bilan

bog‘liq faol kompleks treningida xotira treningi, tildan tilga o‘tish treningi, sur’at treningi, leksika

ustida ishlash, transformatsiya treninglari amalga oshiriladi. O‘qitishda foydalaniladigan mashqlarni

tanlash ko‘nikma va mahorat sirlarini shakllantirish zarurati bilan bog‘liqligini taqozo qiladi.

Ulardan eng muhimlari quyidagilardir: – tinglash ko‘nikmasi; – mnemotexnika ko‘nikmasi; –

transformatsiyalash ko‘nikmasi; – tildan tilga o‘tish ko‘nikmasi; – nutqiy mexanizmlarni boshqarish

ko‘nikmasi; – og‘zaki nutq texnikasi ko‘nikmasi; – tarjima sur’ati; – tarjima uchun mo‘ljallangan

matnni tinglash ko‘nikmasi. Kompetensiyalar ilmiy sohadagi nazariy bilimlar, aniq kasbiy

vaziyatlarda bilimlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tajriba, shaxsning qadriyat bilan bog‘liq

jihatlarini o‘z ichiga oladi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, tarjima jarayoni asliyat matnidan o‘girilayotgan matnga

o‘tishga yordam beradigan aniq operatsiyalar tizimidan foydalanishni talab etadi. Bu jarayonda

tarjima usullari va tarjima uslublari tarjima sifatini ta’minlovchi vosita sifatida yuzaga chiqadi.

Tarjima jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar tarjima uslubi orqali tarjima mutanosibliklari va

tarjima tuzilishining o‘zgarishlari kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Кубрякова Е. С. Язык и знание. – М, 2006. – 650 с.

2. Maxmudov N. Til. – Toshkent: Fan, 2006. – 48 b.

3. Ibragimov J.Y., Jahon lug‘atchiligida so‘zlar birikuvchanligi lug‘atlari. “O‘zMU xabarlari”


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

489

ilmiy jurnali. – Toshkent, 2022. 1/9-son. – B. 268-271. (10.00.00. №15).

4. Ibragimov J.Y., Jahon tilshunosligida collocation atamasi va uning tadqiqi. FarDU. Ilmiy

xabarlar. Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali. 2022. 4-son. – B. 123-126. (10.00.00. №20).

5. Аликина Е. В., Швецова Ю. О.Формирование экстралингвистической

компетентности будущих устных переводчиков // Современные проблемы науки и

образования. 2012. № 2.

6. Электронный ресурс: ttp://www.scienceeducation.ru/102–6037. Дата обращение:

5.05.2018.

Библиографические ссылки

Кубрякова Е. С. Язык и знание. – М, 2006. – 650 с.

Maxmudov N. Til. – Toshkent: Fan, 2006. – 48 b.

Ibragimov J.Y., Jahon lug‘atchiligida so‘zlar birikuvchanligi lug‘atlari. “O‘zMU xabarlari” ilmiy jurnali. – Toshkent, 2022. 1/9-son. – B. 268-271. (10.00.00. №15).

Ibragimov J.Y., Jahon tilshunosligida collocation atamasi va uning tadqiqi. FarDU. Ilmiy xabarlar. Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali. 2022. 4-son. – B. 123-126. (10.00.00. №20).

Аликина Е. В., Швецова Ю. О.Формирование экстралингвистической компетентности будущих устных переводчиков // Современные проблемы науки и образования. 2012. № 2.

Электронный ресурс: ttp://www.scienceeducation.ru/102–6037. Дата обращение: 5.05.2018.