RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
496
ONOMASTIK TARKIBLI INGLIZ IBORALARI VA PAREMALARNING O‘ZBEK
TILIGA TARJIMASI
IBRAXIMOVA DILSHODA TO‘RAYEVNA
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, Filologiya kafedrasi dotsenti,
turayevna1969@mail.ru
Annotatsiya.
Ingliz tilining leksik qatlamida salmoqli o‘rinni egallab turuvchi, o‘z ijodkorlari
bo‘lgan jamiyat a’zolarining milliy-madaniy, diniy qarashlari, tarixi, turmush-tarziga oid, ijtimoiy
hayotida sodir bo‘layotgan kechmishlar, voqeliklarni yorqin aks ettiruvchi, jonli tarzda ifodalovchi
iboralar va paremalarni o‘zbek tiliga tarjumasi haqidagi fikr-mulohazalar mavjud. Ushbu maqolada
shu masala yuzasidan so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
tarjima turlari, erkin (an’anaviy), parafraz (adaptatsiyali), ixtiyoriy, aniq,
so‘zma-so‘z (adekvat), almashtirish, adressat.
Kirish.
Barcha tillar o‘z sohiblarining tafakkur va madaniyati uchun xizmat qiluvchi vositadir.
Til tizimini tashkil etuvchi leksik qatlam insoniylik jamiyati bilan hamohang yashaydi, taraqqiy
topadi, o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar faqatgina ekstralingvistik omillar bo‘lgan xalq
tarixi, turmush-tarzi, ijtimoiy, siyosiy vaziyatlarga nisbatan o‘ta ta’sirchan bo‘lgan lug‘at
zahirasining boyib borishi, kengayishi, torayishiga (iste’moldan chiqib boruvchi so‘zlar hisobiga)
to‘qnash kelishidan emas, intralingvistik, ya’ni semantik, struktur, grammatik o‘zgarishlar, ma’no
ko‘chish, so‘z birikmalari, so‘z guruhlari hosil qilish kabi boshqa voqelanishlarni ham qamrab oladi.
Metod va metodologiya.
“Mutaxassislar ta’kidlaganidek, madaniyatning barcha sohalari,
barcha ma’naviy va madaniy birliklari inson ongida o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham
madaniyatda “biror narsa yo‘qki, inson tafakkurida o‘z aksini topmasa va idrok qilinmasa”
(Пелипенко, Яковенко 1998:2). Madaniyatning inson ongida aks topishida belgi tizimlarining roli
katta va buning eng asosiy vositasi albatta, tabiiy til tizimidir. Ammo madaniyatda mavjud bo‘lgan
kognitiv birliklarning ba’zilari lisoniy voqelanish jarayonidan chetda qolishi, ya’ni lisoniy nom
(shakl) olmasdan qolishi ham ehtimoldan xoli emas”. Bundan shuni anglashimiz mumkinki, ba’zida
bir tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning aunan muqobillarini ikkinchi bir tilda topishning imkoni
bo‘lmaydi. Har bir so‘z o‘zi istifoda etadigan tilda shunday ma’nolarni anglatadiki, bo‘lak (boshqa.
D.I) tildagi shunga muqobil kalima o‘sha ma’nolarni qisman, bir qadar, yoki bir taraflama qoplasa-
da, ko‘pincha jiddiy farq qiladi [Salomov, 1983]. Masalan, ingliz tilida mavjud bo‘lgan aniq va
noaniq artikl termini o‘zbek tilida yo‘q. Biroq o‘zbek tilida artiklga muvofiq keluvchi tushunchalar
mavjud, ular kontekstda so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan anglashilib turadi. Masalan, ‘
Take a
bag (sumka ol)
’ va ‘
Take the bag (sumkani ol)
’ aniq farqli konstruallarni uyg‘otadi. Yoki ‘
A star is
a space div (yulduz osmon jismidir)
’ bilan
‘The star attracted my attention (yulduz mening
e’tiborimni tortdi).
Iboralar va paremalar tarjimasi alohida bir mahorat, bilim, milliy-madaniy savodxonlikni talab
etuvchi faoliyatdir. Chunki, “Har bir til o‘zigagina xos badiiy tasvir vositalariga ega. Tarjimada bu
xususiyatlarni to‘g‘ri berish ba’zan ayni tarjimaning umumiy badiiy-estatik qimmatini belgilashda
muhim omillardan biriga aylanadi” [Salomov, 1983]. Masalan,
yurak (heart), qalb (soul), ong (mind)
tushunchalari oralig‘ida yotuvchi
ko‘ngil
tushunchasini ingliz tilida aynan muqobili mavjud
emasligi albatta shu so‘z komponentlashgan iboralarning, masalan,
ko‘ngil qoydi, ko‘nglingning
ko‘chasiga, ko‘nglini uzdi, ko‘ngli yorishdi
kabilar tarjimasida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Tarjima jarayoni muallifning tafakkur faoliyati natijasida uyg‘ongan tushunchalarini avvalo anglash
va his qilish bosqichi, buning natijasi o‘laroq o‘z ongida uyg‘ongan tushuncha va hislarni munosib
ifodalay olish bosqichidan iboratdir. Demak, tarjima kognitiv va kommunikativ jarayondir.
Har bir til - boshqa tillar bilan birlashtirib turuvchi umumiy va boshqa tillardan ajratib
turuvchi xususiy belgilarga egaligiga ko‘ra o‘z tizimi va dinamikasiga ega noyob hodisotdir.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
497
Shunga ko‘ra tarjimon milliy o‘ziga xos bo‘lgan ikki madaniyat to‘qnashuvining oraliq maydonidan
tushib qoladi. Tarjimon muntazam milliy-madaniy o‘ziga xoslikni ikkinchi tilda yaxshiroq,
ishonchliroq, ekvivalentroq yetkazish uchun ushbu milliy xususiyatni talqin qilish bilan
shug‘ullanadi [Тухтахужаева, 2020]. Tarjima faoliyatida turlicha, jumladan erkin (an’anaviy),
parafraz (adaptatsiyali), ixtiyoriy, aniq, so‘zma-so‘z (adekvat), almashtirish, adressat kabi turlarini
yuzaga kelishiga olib keladi [Omonova, 2020].
Natijalar va tahlil.
Frazeologik birliklar va paremalar tarjimasi tarjimondan nafaqat tilni balki
manba til (source language) sohiblari hamda tarjima til (target language) sohiblarining milliy
madaniy qarashlaridan to‘liq boxabar bo‘lishni taqoza etadi.
Oʻzbek tarjimashunosligida Gaybulla as-Salomni oʻrni katta bolib, “Maqol, matal va
ideomalar tarjimasi”, “Badiiy tarjimaning leksik-frazeologik masalalari”,“Rus tilidan oʻzbek tiliga
maqol-matallar tarjimasi” kabi risolalari, shuningdek “Til va tarjima” (1964) nomli monografiyasi
professorning dastlabki ishlari bolsada tarjimashunoslikda tub oʻzgarish yasadi [Omonova, 2020].
Onomastik tarkibli ingliz tili iboralari, frazeologik birliklar, idiomalar, paremalarining tarjimasi
alohida bir diqqatni jalb etuvchi, qiziqarli ayni damda murakkab faoliyatdir. Ibora tarkibidagi
onomastik komponent turiga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: toponimik ibora,
antroponimik ibora, gidronimik ibora [Musayeva, 2023]. Etnonimik iboralar ham ushbu qatordan
joy egallashi mumkin. Ingliz tilida onomastik komponentli iboralarning katta guruhini
antroponimga asoslangan iboralar tashkil etadi. Atoqli otlarning turdosh otga ko‘chgan shakli
bo‘lgan
deonimlar
majoziy ma’noda biror shaxsning faoliyati, xarakter xususiyati, tashqi ko‘rinishi,
mavqei va shunga o‘xshash jihatlarini boshqa ma’nolarda ko‘chishi bilan izohlanadi. Masalan,
John
Hancock -
amerikalik davlat arbobi, inqilob tarafdori. Amerika madaniyatida o‘zining mustaqillik
dekleratsiyasiga qo‘ygan katta va chiroyli dastxati bilan iz qoldirgan shaxs. Deonimlar idiomatik
iboralarda komponentlashishga moyil bo‘ladi va
“to put John Hancock
” -
imzo qo‘ymoq
ma’nosini
anglatadi, shu tarzda tarjima qilinadi. John Hancock hayotida sodir bo‘lgan bu voqea borasida
ma’lumotga ega bo‘lmagan tarjimon uchun tarjimada albatta tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Take a French leave
iborasi “xayrlashmay ketish, xayru-xo‘sh demay jo‘nab qolish” tarzida
tarjima qilinadi va buning asosida Angliya va Fransiya davlatlari o‘rtasidagi siyosiy
kelishmovchiliklar yotadi. Ibora paydo bo‘lishining boshlang‘ich davrida qo‘rqib qochish ma‘nosini
anglatgan, bu esa inglizlarning fransuzlarni qo‘rqoqlikda ayblab kamsitganliklaridan darak beradi.
Sandvich
(sandwich) deonimi Sandvichning (Angliyaning janubiy-sharqiy qismidagi shahar)
to‘rtinchi grafi Jon Montag nomi bilan bog‘liq. Uning billiard o‘ynashga bo‘lgan qiziqishi shu qadar
kuchli bo‘lganki, hatto ovqatlanish uchun ham vaqtini qizg‘anib, ikki burda non orasiga go‘sht
qo‘yib, o‘yin ustida yeb olishni odat qilgan. Sandvich toponimi taom nomiga ko‘chish bilan bir
qatorda, aynan shu nom bilan boshqa xalqlar taomnomasidan va lug‘at zahirasidan ham o‘rin
egalladi. Keyinchalik
a sandwich of good and bad; to sit sandwich
idiomatik iboralarining tarkibiy
qismlaridan biriga aylandi. Birinchi ibora, bir tomondan
ham yaxshi, bosqa tomonda ham yomon,
totli zahar
, ikkinchisi esa
qora botir
tarzida tarjima qilinadi. Birinchi ibora bir jihatdan yoqimli,
foydali, lazzatbaxsh bo‘lgan, lekin boshqa bir jihatdan befoyda, zarar qiluvchi narsalarga, faoliyatga
nisbatan qo‘llanadi. Ikkinchi iboramiz ikki kishi o‘rtasiga suqilib kirib olmoq ma’nosini anglatadi.
By Jupiter! – Qasam ichaman!
By Jove (yupiterning sheriyatdagi nomi)! – Qasam ichaman!
John-go-to-bed-at-noon – nomozshomgul
to raise Jack – janjal/ to‘polon ko‘tarmoq
to fiddle while Rome burns – Podachini qizining poda kelganda g‘ayrati tosharmish,
semantikasiga ko‘ra jiddiy xatar paytida, ishlar qilinayotgan vaqtda be’mani, bekorchi ishlar
bilan mashg‘ul bo‘lish ma’nosini ifodalaydi. Keltirilgan misollarimizning o‘zbek tilida muqobil
tarjimasi mavjudligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Biroq quyida keltirilayotgan etnonim
komponentli iboralarning o‘zbek tiliga muqobil tarjimasi mavjud emas va bu tarjimondan
kontekstda ularning mazmunini yetkazib berish uchun alohida mahorat, ijodkorlik talab etadi.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
498
Dutch feast
– egasi birinch bo‘lib mast bo‘lib qoladigan ziyofat
Dutch treat
– har kim o‘ziga to‘laydidan mehmondorchilik
Xulosa.
Ingliz tili lug‘at zahirasining salmoqli qismini tashkil etuvchi onomastik tarkibli
frazeologik birliklar, iboralar, idiomalar, paremalar ular madaniyatini aks ettirib, xalq hayoti, tarixi,
turmush tarzi, ijtimoiy, siyosiy, qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy tafakkur dunyosi bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan nomoddiy boyligidir. Ularning tarjimasiga qo‘l urgan tarjimon o‘ta nozik va
zakovat bilan yondoshishi va ularda jo bo‘lgan majoziy ma’no go‘zalligini, hissiy ta’sir kuchini
saqlagan holda ikkinchi til egalariga yetkazib berishlari uchun millat madaniyati, tarixi, bugungi
kuni haqida o‘ta keng bilimlarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Adabiyotlar.
1. Ibraximova D.T. Structural and Grammatical Features of Anthroponomical Units in the
Uzbek Language.//Information Horizons: AMERICAN Journal of Library and Information Science
Innovation. -2024. -№2 (1). - P.42-45.
2. Musayeva F. O‘zbek tilida onomastik tarkibli iboralar.//O‘zbek tili va adabiyoti. - 2023.№6.
- B.9-14.
3. Omonova M.Sh. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. -Toshkent, 2023. -212 b.
4. Salomov G‘. Tarjima tashvishlari. - Toshkent, 1983. - 189 bet.
Тухтахужаева М.У. Перевод, разновидности перевода, смысловая идентичность
(теоретические и методические аспекты).//Ўзбекистонда хорижий тиллар. - 2020. - № 5 (34). -
С.161-174.
