Авторы

  • Гульшода Шониёзова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
  • Нигина Акрамова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129967

Аннотация

 Ushbu maqolada  Abdulla Oripovning she'rlarida tinish belgilarining  ishlatilishi tahlil qilinadi. Tinish belgilarining to'g'ri va mahorat bilan qo'llanilishi, she'rlarda ma'no, ritm va ohangni yaratishda katta ahamiyatga ega. Muallif vergul, nuqta va soʻroq  kabi tinish belgilarini fikrlarni ajratish, ma'no qatlamlarini boyitish va dramatik ta'sir yaratish uchun ishlatadi.  Natijada, tinish belgilarining o'zgacha va mahorat bilan qo'llanilishi, Abdulla Oripov she'riyatining badiiyligini kuchaytiradi va o'quvchining hissiy tajribasini yanada chuqurlashtiradi.  Maqolada bundan tashqari oʻzbek tilida tinish belgilarining ahamiyati, fikrni aniq ifodalashga va oʻqishni osonlashtirishga yordam berishi hamda tinish belgilarining matn mazmunini ochib berishdagi roli haqidagi fikrlar ham mavjud. Maqola oxirida xulosa berilgan.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

560

ABDULLA ORIPOV SHE’RLARIDA TINISH BELGILARINING PRAGMATIK

FUNKSIYALARI

SHONIYOZOVA GULSHODA BAXROMOVNA

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

assistant,

shoniyozovagulshoda@gmail.com

AKRAMOVA NIGINA SHERZOD QIZI

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

akramovjasurbek118@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning she'rlarida tinish belgilarining ishlatilishi

tahlil qilinadi. Tinish belgilarining to'g'ri va mahorat bilan qo'llanilishi, she'rlarda ma'no, ritm va

ohangni yaratishda katta ahamiyatga ega. Muallif vergul, nuqta va soʻroq kabi tinish belgilarini

fikrlarni ajratish, ma'no qatlamlarini boyitish va dramatik ta'sir yaratish uchun ishlatadi. Natijada,

tinish belgilarining o'zgacha va mahorat bilan qo'llanilishi, Abdulla Oripov she'riyatining

badiiyligini kuchaytiradi va o'quvchining hissiy tajribasini yanada chuqurlashtiradi. Maqolada

bundan tashqari oʻzbek tilida tinish belgilarining ahamiyati, fikrni aniq ifodalashga va oʻqishni

osonlashtirishga yordam berishi hamda tinish belgilarining matn mazmunini ochib berishdagi roli

haqidagi fikrlar ham mavjud. Maqola oxirida xulosa berilgan.

Kalit soʻzlar:

Nuqta, vergul, soʻroq, undov, qoʻshtirnoq, tire, ikki nuqta, ritm, ohang, pauza,

syujet, ma'no, badiiylik.

Tinish belgilari yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap

qismlarining o’zaro logik-grammatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida

ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon

etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon

etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi

yozuvchi tomonidan qanday ma'no va vazifada qo’llangan bo’lsa, mazkur tinish belgi o’quvchi

tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi.

Abdulla Oripov -- oʻzbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri boʻlib, uning she'rlari

va asarlari nafaqat mazmuni, balki uslubi bilan ham ajralib turadi. Tinish belgilarining ishlatilishi

Abdulla Oripov ijodida juda muhim ahamiyatga ega, chunki u yozuvchi yoki shoirning oʻz fikrini

qanday ifodalashini, his -tuygʻularni qanday yetkazishni koʻrsatadi. Shuningdek, she'rdagi ohang va

ritmni boshqarish imkonini ham beradi. Abdulla Oripovning she'riyatida tinish belgilarining

o‘zgacha va mahorat bilan ishlatilishi, nafaqat she'rning grammatik tuzilishini to‘g‘rilash, balki

uning pragmatik funksiyalarini ham kuchaytiradi. Tinish belgilarining pragmatik funksiyasi, asosan,

o‘quvchining hissiy tajribasini shakllantirish, ma'no qatlamlarini boyitish va she'rning mantiqiy

tuzilishini yaxshilashga qaratilgan.

Oripov she'rlarida vergul, nuqta, so‘roq, undov va boshqa tinish belgilarining ishlatilishi,

fikrni aniq ifodalashdan tashqari, she'rda mavjud bo‘lgan emotsional va psixologik holatlarni

kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan, so‘roq belgisi (?), she'rda noaniqlik yoki ikkilanishni aks

ettirgan holda o‘quvchida savol tug‘dirishi mumkin, bu esa she'rning pragmatik maqsadlarini

amalga oshiradi. Vergul va nuqta esa she'rning ritmik tuzilishini va pauzalar orasidagi nozik

muvozanatni yaratishda yordam beradi.

Tinish belgilarining shunday o‘zgacha qo‘llanilishi, nafaqat she'rni o‘qish jarayonini

osonlashtiradi, balki uning ma'nosini yanada boyitadi va o‘quvchining she'rdan olingan hissiy

tajribasini chuqurlashtiradi. Shu tariqa, tinish belgilarining pragmatik funksiyalari, Abdulla Oripov

she'riyatining badiiy kuchini oshiradi va uning estetik xususiyatlarini mukammal darajada aks

ettiradi.

Quyida Abdulla Oripov she'rlarida uchraydigan tinish belgilarini koʻrib chiqamiz.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

561

1. Nuqta. Abdulla Oripov she'rlarida nuqta, asosan, soʻz yoki jumlaning tugaganini ifodalash

uchun ishlatiladi. Bu tinish belgisi gapning aniq yakunlanishini koʻrsatadi va oʻquvchini

keyingi fikrga tayyorlaydi.:

Kapalakning uchishin uzoq,

Kuzatdim man, yurdim ortidan.

Qarshimizda gʻunchalar porloq,

Miltir shudring chaman sathidan.

2. Vergul. Abdulla Oripovning she'rlarida koʻpincha tasvirlar,ta'riflar yoki tushunchalarni

ajratish uchun ishlatiladi.She'rlarda vergulni oʻxshash fikrlar yoki ta'riflar orasida bogʻlovchi

sifatida ishlatadi.Shuningdek she'rda ritmni saqlashga yordam beradi.

Kecha oqshom falakda, oy boʻzarib botganda,

Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,

Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uygʻotganda,

Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.

Eslab xayolga botdim, birinchi muhabbatim.

3. Tirening ishlatilishi Abdulla Oripov uslubida juda muhim. U misralarda pauza yaratadi.

Fikrni esa kuchaytiradi yoki kutilmagan davomiylikni bildiradi.

Shoir deganlari shahiddir - xunsiz,

Uchinchi dunyodir - kunduzsiz, tunsiz.

Bola kabi kular, biroq koʻzda yosh,

Bola kabi yigʻlar, va lekin unsiz.

4. Soʻroq. She'rlarda ba'zi shubhalar yoki savollarni koʻrsatish uchun ishlatiladi. Bu oʻz

navbatida, oʻquvchida muayyan izlanish yoki noaniqlik tuygʻusini yaratadi.

Uygʻonuvchi bogʻlarni koʻrdim.

Topay dedim qirdan izingni.

Yonogʻingdan rang olgan dedim-

Lolazorga burdim yuzimni,

Uchratmadin, ammo oʻzingni

Sen bahorni sogʻinmadingmi?

5. Koʻp nuqta. She'rda oʻzgacha bir kayfiyat yoki chuqur ma'no yaratish uchun ishlatiladi. Bu

belgi koʻpincha oʻzgacha ruhiy holatni yoki toʻxtatilgan fikrni ifodalash uchun ishlatildi.

Bilmas edik kitob nima, shahar nimadir....

Enagamiz tunda oy-u kunduzi quyosh.

Quyundayin charx urardik doim toʻzonda

Chang neligin bilmas edik oʻsha mahali.

Abdulla Oripov she'rlarida tinish belgilaridan mahorat bilan foydalanib, oʻquvchiga oʻz

hissiyotlarini, tafakkurini va syujetini aniq va chuqur yetkazishga erishadi. Tinish belgilarining har

bir turi - nuqta, vergul, soʻroq belgisi - she'rning ritmini, ohangi va ma'nosini boyitadi. Tinish

belgilarining toʻgʻri ishlatilishi she'rlarni yanada aniq va ta'sirli qiladi, oʻquvchiga chuqurroq his-

tuygʻularni yetkazishda yordam beradi. Bu Abdulla Oripov badiiy uslubining oʻziga xosligini va

adabiyotdagi noyobligini ta'minlaydi.

Xullas,

tinish belgilarining toʻgʻri va samarali ishlatilishi yozma nuqtning sifatini oshiradi,

matnni oʻqish va tushunishni osonlashtiradi. Tinish belgilari jumlalar orasidagi aloqalarni aniq

belgilaydi, fikrlarni tartibga soladi va oʻquvchining diqqatini zarur joylarga qaratadi. Tinish

belgilari yordamida muallif oʻz fikrlarini, his-tuygʻularini ifodalaydi. Ayniqsa, faylasuf shoir,

punktuagrammalar orqali ham bu maqsadiga erisha olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Bahriddinova B. Zamonaviy o‘zbek punktuatsiyasi asoslari. T.: “Akademnashr” 2015.

2. Ibragimov J.Y., O‘zbek tilshunosligida valentlik nazariyasi va undagi muammolar.

QarDU xabarlari. Qarshi davlat universitetining ilmiy-nazariy, uslubiy jurnali. 2022. – №5/2. – B.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

562

125-129. (10.00.00. OAK rayosatining 2021-yil 31-martdagi 296/6-son qarori).

3. Ibragimov J.Y., O‘zbek tarjima va birikuvchanlik o‘quv lug‘atlarida so‘zlar birikuvining

berilishi. Til va adabiyot ta’limi. Ilmiy-metodik elektron jurnal. – Toshkent, 2022. 10-son. – B. 35-

38. (10.00.00. №9).

4. G‘ulomov A. O‘zbek tili punktuatsiyasi.T.: “O‘qituvchi” 1992.

5. Ibragimov J.Y., Jahon tilshunosligida valentlik nazariyasi tadqiqi. Berdaq nomidagi

Qoraqalpoq davlat universiteti axborotnomasi, 2022. – №3. – B.187-189. (10.00.00. №12).

3. Shoniyozova G. “Zamonaviy o‘zbek punktuatsiyasining pragmalingvistik aspekti” .

Results of National Scientific Research International Journal 3 (1). 2024. 35-39-bet.

4. 3.Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek tilida punktuatsiya. Toshkent.1995.

Библиографические ссылки

Bahriddinova B. Zamonaviy o‘zbek punktuatsiyasi asoslari. T.: “Akademnashr” 2015.

Ibragimov J.Y., O‘zbek tilshunosligida valentlik nazariyasi va undagi muammolar. QarDU xabarlari. Qarshi davlat universitetining ilmiy-nazariy, uslubiy jurnali. 2022. – №5/2. – B. 125-129. (10.00.00. OAK rayosatining 2021-yil 31-martdagi 296/6-son qarori).

Ibragimov J.Y., O‘zbek tarjima va birikuvchanlik o‘quv lug‘atlarida so‘zlar birikuvining berilishi. Til va adabiyot ta’limi. Ilmiy-metodik elektron jurnal. – Toshkent, 2022. 10-son. – B. 35-38. (10.00.00. №9).

G‘ulomov A. O‘zbek tili punktuatsiyasi.T.: “O‘qituvchi” 1992.

Ibragimov J.Y., Jahon tilshunosligida valentlik nazariyasi tadqiqi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti axborotnomasi, 2022. – №3. – B.187-189. (10.00.00. №12).

Shoniyozova G. “Zamonaviy o‘zbek punktuatsiyasining pragmalingvistik aspekti” . Results of National Scientific Research International Journal 3 (1). 2024. 35-39-bet.

3.Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek tilida punktuatsiya. Toshkent.1995.