Авторы

  • Севара Кахрамонова
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129976

Аннотация

Har bir xalq tilshunosligida o‘z ona tilini va uning milliy tabiatini saqlab qolish asosiy vazifa hisoblanadi. Globallashuv jarayonining jadallashuvi, internetning taraqqiy etishi natijasida xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarning mustahkamlanishi sharoitida o‘zlashma qatlam so‘zlari, ularning xususiyatlarini o‘rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tillarning madaniyatlararo munosabatlardagi ahamiyati ortib borishi sharoitida ularning o‘z ontologik xususiyatlarini saqlab qolishi, faol leksikada o‘z qatlam so‘zlari darajasini oshirish, sun’iy intellekt dasturlarida shu qatlamga oid so‘zlarni manba sifatida qo‘llanishini ta’minlash masalalari tilshunoslar oldidagi zamonaviy masalalar sirasiga kiradi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

582

SHAXS QADR-QIMMATINI “KAMSITISH” MA’NOSIGA EGA SO‘ZLARNING

ETIMOLOGIK TAVSIFI

QAXRAMONOVA SEVARA QAXRAMONOVNA

Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

E-mail: qahramonovasevara5@gmail.com, tel: 97 385 64 01

Toshkent amaliy fanlar universiteti professori B.R.Mengliyev taqrizi asosida

Annotatsiya.

Har bir xalq tilshunosligida o‘z ona tilini va uning milliy tabiatini saqlab qolish

asosiy vazifa hisoblanadi. Globallashuv jarayonining jadallashuvi, internetning taraqqiy etishi

natijasida xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarning mustahkamlanishi sharoitida o‘zlashma qatlam

so‘zlari, ularning xususiyatlarini o‘rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tillarning

madaniyatlararo munosabatlardagi ahamiyati ortib borishi sharoitida ularning o‘z ontologik

xususiyatlarini saqlab qolishi, faol leksikada o‘z qatlam so‘zlari darajasini oshirish, sun’iy intellekt

dasturlarida shu qatlamga oid so‘zlarni manba sifatida qo‘llanishini ta’minlash masalalari

tilshunoslar oldidagi zamonaviy masalalar sirasiga kiradi.

Kalit so‘zlar:

Izohli lug‘at, kamsitish, etimologik, o‘zbek tili, arab tili, fors tili, rus tili,

haqorat, o‘zlashma so‘zlar, affiksatsiya.

Kirish.

Arab tilidan o‘zlashgan ba’zi so‘zlar yakka holda qo‘llanganda “kamsitish” semasini

yuzaga chiqarmasligi, muayyan qurshovdagina shunday xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,

taloq so‘zi

qiz

yoki

xotin

singari ayol kishini ifodalovchi so‘zlar bilan birga qo‘llangandagina

“kamsitish” semasiga ega bo‘lishi mumkin. Ammo “taloq” so‘zining shu kabi so‘zlarga birikmagan

holda qo‘llanishida kamsitish, haqorat bilan bog‘liq ma’nolar yuzaga chiqmaydi. Xuddi shunday

holatni arab tiliga mansub bo‘lgan “nafs” so‘zida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘z arab tilida

“qalb, ko‘ngil; inson; maqsad, intilish; g‘urur, mag‘rurlik” [1:894] ma’nolarini ifodalaydi. Bu so‘z

“nafsi buzuq”, “nafsiga o‘t tushmoq” iboralari tarkibida qo‘llanishi salbiylik bo‘yog‘ining yuzaga

chiqishiga olib keladi. Jumladan, “Nafsi buzuq” iborasi “ovqatdan o‘zini tiya olmaydigan, ovqatni

ortiq darajada iste’mol qiladigan; biror narsa undirib olishga o‘rgangan, tamagir” [2:323] kabi

ma’nolarga ega. Albatta, iboralarning bunday ma’noga ega bo‘lishida

buzuq, o‘t tushmoq

kabi so‘z

birikmalarning salbiy bo‘yoqqa ega ekanligi ham rol o‘ynagan. Xuddi shunday holat arab tilidan

o‘zlashgan “lafz” so‘zining “yo‘q” va “halol” so‘zlaridan qay biriga birikishiga ko‘ra ijobiy yoki

salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bunda “lafzi yo‘q” iborasining muayyan

shaxsga nisbatan qo‘llanishi uni obro‘sizlantirishga olib kelishi mumkin. Bu esa so‘zlardagi

muayyan semaning yuzaga chiqishi qurshov bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Umuman

olganda bunday holatni kompozitsion usulda yasalgan so‘zlarda ham kuzatish mumkin bo‘ladi.

Masalan, arab tilidan o‘zlashgan va salbiy yoki ijobiy bo‘yoqqa ega bo‘lmagan “fe’l” so‘zining “it”

so‘zi bilan birikishi uning salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lishi va shaxsga nisbatan qo‘llanganda uni

obro‘sizlantirish uchun qo‘llanishi uchun kifoya qiladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

Arab tili grammatikasida rod kategoriyasining

mavjudligi bu tildan o‘zlashgan ba’zi so‘zlarning muayyan jins vakillariga nisbatan

maxsuslashuviga xizmat qiladi. Masalan, “kamsitish” semasiga ega bo‘lgan

makkor

va

makkora

so‘zlarida rod kategoriyasi so‘zlarning jins bo‘yicha maxsuslashuviga sabab bo‘layotganligini

ko‘rish mumkin. O‘zbek tilida rod kategoriyasi yo‘q va bu

makkor

so‘zining jins tanlamasligida

namoyon bo‘ladi. Shu sababli bu so‘z uchun keltirilgan lug‘at maqolasida uning muayyan jins bilan

bog‘liq ekanligi haqida ma’lumot berilmaydi:

“MAKKOR [ayyor, hiylagar (odam)] 1 Makr-hiylaga usta; ayyor, dog‘uli. Makkor odam.

Makkor dushman

2 Makr-hiylaga asoslangan, makrli” [3:86].

Shu bilan birga

makkora

so‘zi uchun keltirilgan lug‘at maqolasida uning ayollar bilan bog‘liq


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

583

belgi ekanligiga urg‘u beriladi. Anglashiladiki, bu so‘z o‘zbekcha matnlarda ham ayol jinsiga

mansub shaxslarga nisbatan qo‘llanganda ularni obro‘sizlantirish, kamsitish xususiyatiga ega

bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, o‘zbek tiliga o‘zlashgan arabcha so‘zlarning aksariyati san’at,

madaniyat, din, ta’lim bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ularda “kamsitish” semasi kam uchraydi.

Ammo ularga boshqa til so‘zlari qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan qo‘shma so‘z, birikma,

iboralarda “kamsitish” semasi faol voqelanadi.

O‘zlashgan qatlamning yana bir muhim qismi rus tili, shuningdek, shu til vositasida boshqa

tillardan o‘zlashgan so‘zlardan iborat. Rus tilidan so‘z o‘zlashtirish jarayoni XIX asrning

o‘rtalaridan mustaqillik yillarigacha bo‘lgan uzoq davrni qamrab oladi. Rus tili orqali boshqa

tillardan so‘z o‘zlashtirish borasida quyidagi fikrlarni keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Leksema

o‘zlashtirish bir tildan ikkinchi bir tilga bevosita leksema olish yo‘li bilan voqe bo‘ladi. Ammo

bunda ikki hodisani farqlash kerak: bir tilga ikkinchi bir tilning o‘z leksemasi o‘zlashadi yoki

o‘zlashayotgan leksema, o‘z navbatida, o‘sha tilning o‘zi uchun ham o‘zlashgan bo‘ladi” [4:175].

Shu sababli rus tilidan o‘zlashgan “kamsitish” semali so‘zlarni ham ikki guruhga ajratish mumkin: 1)

rus tilining o‘zidan o‘zlashgan so‘zlar; 2) rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar. Rus tilidan bevosita

o‘zlashgan

alkash, quloq, stolba

so‘zlarini keltirish mumkin. Sanalgan so‘zlardan birinchisi

to‘g‘ridan to‘g‘ri kamsitish ma’nosini ifodalaydi. Bu so‘z uchun izohli lug‘atda quyidagi lug‘at

maqolasi berilgan:

“ALKASH [r. “alkogolik” s.dan] s.t. Ichkilikka berilgan, ruju qilgan odam. –

E, hozir

ichmayman, - dedi Ne’mat, - nima bir o‘zim ichib... Alkashmanmi.

“Yoshlik”.

Ular uchun akademik

ham bir, ko‘chada yotgan alkash ham bir.

T.Malik, Shaytanat”[1:89].

Tadqiqot metodologiyasi.

“Alkash” so‘zining izohidan ma’lum bo‘ladiki, bu so‘z etimologik

jihatdan rus tilidagi “alkogolik” so‘ziga aloqadordir. O‘zbek tilida, odatda, ichkilikka ruju qo‘ygan

odamga nisbatan qo‘llanadi. Ammo bu so‘z “ichkilikka berilganlik, unga ruju qo‘yganlik”

xususiyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi orqali “kamsitish” semasini yuzaga

chiqarishi mumkin. Lug‘at maqolasiga kiritilgan illyustrativ misollarning birinchisida “spirtli

ichimlikni yolg‘iz holda iste’mol qilish” orqali shunday kamsitilish darajasini o‘zida aks ettiruvchi

shaxslar qatlami safiga kirib qolish mumkin ekanligi ifodalangan. Anglashiladiki, muayyan

vaziyatlardagina spirtli ichimlik iste’mol qiluvchi shaxslarga nisbatan “alkash” so‘zining qo‘llanishi

munozarali vaziyatlarga sabab bo‘ladi. Shaxs qadrining kamsitilishi, haqorat qilinishini bildiradi.

Rus tilidan o‘zlashgan quloq, stolba kabi so‘zlarning konnotativ ma’nolarida shaxsga nisbatan

“kamsitish” semasi mavjud. Bu so‘zlarning birinchisi eskirgan qatlam so‘zlari sifatida qayd etilsa,

ikkinchisi “kamsitish” semasini so‘zlashuv uslubida va ko‘chma ma’noda qo‘llangandagina

namoyon qilishi bilan ajralib turadi.

Ta’kidlanganidek, rus tili orqali boshqa g‘arb tillaridan ham so‘zlar faol o‘zlashgan. Bunday

so‘zlarning ba’zilari “kamsitish” semasi mavjud bo‘lgan so‘zlar sifatida ajratilishi mumkin.

Masalan,

negr, kobra, bandit, vandal, dezertir, donjuan, zombi, invalid, kontrabandist, meshchan,

monopolist, shantaj, shovinist, shovinizm, egoist, eksplutator, feoadal

kabi so‘zlar boshqa tillardan

rus tiliga va shundan keyin rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan, deyishimiz mumkin. Jumladan,

negr

so‘zi lotinchadan ispan tiliga, ispanchadan rus tiliga va rus tili orqali o‘zbek tilidan o‘zlashgan.

Bu so‘zning etimologik ma’nosi “qora”ni anglatadi.

Negr

so‘zning “kamsitish” semasi mavjudligiga

ishora qiluvchi biror belgini izohli lug‘atlarda keltirilgan lug‘at maqolalarida ko‘rmaymiz: “qora

irqqa mansub odamlarning ko‘p tillarda qabul qilingan nomi; Afrikaning tub aholisini tashkil

etuvchi qora tanli xalq; zanji; habash”[3:365]. Shu bilan birga ensiklopedik lug‘atda bu so‘zning

shaxslarga nisbatan qo‘llanishida haqorat belgilari mavjud ekanligi haqida aytiladi: “negroid irq

vakillari nomi. Mausulmon Sharqi mamlakatlarida zanjilar deb ham ataladi. Hozirda Amerikaning

qora tanli aholisi bu terminni haqorat deb bilmoqda va o‘zlarini afro-amerikaliklar deb atashmoqda”

[5:135]. Ta’kidlash lozimki, barcha baynalmilal so‘zlar singari

negr

so‘zining qo‘llanishida haqorat,

kamsitish yoki betaraflik ma’nolarining mavjudligi so‘z qo‘llanayotgan hudud bilan bog‘liq.

Masalan, g‘arbda bu so‘z haqoratni ifodalasa, Rossiya singari hududlarda betaraf so‘zlar qatoriga


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

584

kiradi[6]. O‘zbek tilida esa

negr

so‘zi irqiy belgilar bilan bog‘liq hisoblanmaydi, balki shaxsning

tashqi ko‘rinishi, to‘g‘rirog‘i terisining rangi bilan bog‘liq kamsitishni, qadrini pasaytirishni

bildiradi. Umuman olganda, baynalmilal so‘zlar uchun muayyan hududlar kesimida turli semalarga

ega bo‘lish me’yoriy holat hisoblanadi.

Rus tili orqali g‘arb tillaridan o‘zlashgan so‘zlar qatorini

bandit (italyan), vandal (lotin),

dezertir (fransuz), donjuan (ispan), invalid (lotin), kobra (portugal), kontrabandist (italyan),

meshchan (polyak), monopolist (yunon), xameleon (lotincha), shantaj, shovinist, shovinizm, egoist,

egoizm (fransuz), anakonda (ispan)

kabilar bilan davom ettirish mumkin. Albatta, bu kabi so‘zlar

etimologik ma’nosidan uzoqlashgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, meshchan so‘zi polyak tilida

“shaharlik” ma’nosini bildiradi. Ammo meshchan so‘zi uchun izohli lug‘atda keltirilgan lug‘at

maqolasida bu ma’nosidan juda yiroqlashganligini ko‘rishimiz mumkin:

“MESHCHAN 1 Chor Rossiyasida shahar burjuaziyasiga mansub mayda savdogar,

hunarmand va quyi xizmatchilar tabaqasiga mansub shaxs.

2

ko‘chma

Tushunchasi tor, o‘z shaxsiy manfaatlari, xususiy mulkchilik dardi bilan yashovchi

shaxs; manfaatparast”[3:185].

Tahlil va natijalar.

Lug‘at maqolasidagi ko‘chma ma’noni ifodalovchi izoh mazkur so‘z

zamonaviy o‘zbek tilida shaxs qadrini pasaytirish, uni kamsitish maqsadida qo‘llanishi

mumkinligini ko‘rsatadi va bu ma’no “shaharlik” tushunchasidan juda yiroq. Umuman olganda, 2

raqami bilan berilgan izohning “tushunchasi tor”, “manfaatparast” qismlari salbiy bo‘yoqqa ega

deyish mumkin. Chunki bozor iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan xususiy mulkchilik va unga intilish

taraqqiyotni belgilovchi vositalardan sanaladi. Shu tufayli lug‘at maqolasidagi ikkinchi raqam

ostida berilgan izoh zamonaviy o‘zbek tilida asosiy ma’no sifatida me’yorlashgan, deyishimiz

mumkin. Lug‘at maqolasida birinchi raqam ostida berilgan ma’no zamonaviylik nuqtayi nazaridan

eskirgan. So‘zning eskirgan qatlamga mansubligi izohda ham o‘z aksini topgan. Anglashiladiki,

ba’zi rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar zamonaviylik bo‘yog‘ini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin. Xuddi

shunday fikrlarni

bandit s

o‘zi haqida ham bildirish mumkin.

Bandit

so‘zi italyan tilidan rus tiliga

o‘zlashgan va shu til orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan va “bosqinchilik, o‘g‘rilik, kallakesarlik bilan

shug‘ullanuvchi qurollangan shaxs”[1:270] ma’nosini bildiradi. Ammo bu so‘zning qo‘llanishi

zamonaviy o‘zbek tili matnlarida ancha kamaygan. Hozirgi kunda bu so‘z o‘rniga bezori, jinoyatchi,

talonchi so‘zlari ko‘proq qo‘llanadi.

Istiqloldan keyin boshqa tillardan to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘z o‘zlashtirish faollashdi. Bu

mamlakatimizning dunyodagi boshqa davlatlar bilan erkin iqtisodiy, ijtimoy madaniy

munosabatlarga kirishishi natijasidir, deyish mumkin. Natijada o‘zbek tiliga

monopolist,

monopoliya, zombi

kabi “kamsitish” semali so‘zlar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlashtirildi. Keltirilgan

so‘zlar orasida

monopolist, monopoliya

kabi so‘zlar nafaqat shaxsga nisbatan, balki korxona va

tashkilotlarga nisbatan ham kamsitish, obro‘sizlantirish kabi ma’nolarni ifodalashi mumkin.

Monopoliya

so‘ziga o‘zbekcha -

chi

qo‘shimchasini qo‘shish orqali

monopoliyachi

so‘zi hosil

qilinadi. Monopoliyachi so‘ziga izohli lug‘atda quyidagi maqola keltirilgan: “1 Biror sohani

monopoliya qilib olgan, savdo va ishlab chiqarish sohalarida yoki boshqa biror sohada juda katta

huquqlarga ega bo‘lgan shaxs, tashkilot yoki davlat. 2 Yirik kapitalist, ishbilarmon; monopolistik

kapital namoyandasi”[1:225]. Mazkur so‘zning kamsitish semasiga ega ekanligi va noo‘rin

qo‘llanishi munozarali vaziyatlarga sabab bo‘lishi mumkinligini mamlakatimizdagi iqtisodchi va

maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxona o‘rtasidagi muloqot orqali dalillash mumkin[7]. Bu

muloqotda iqtisodchi tomonidan qo‘llangan “monopoliyachi” va “parazit” so‘zlari “kamsitish”

semasiga ega yoki ega emasligi masalasi asosiy o‘ringa chiqqan edi.

Xuddi shunday ingliz tilidan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlashgan

zombi

so‘zining tahlili ham

shaxs(lar)ga nisbatan qo‘llanganda “kamsitish” semasini yuzaga chiqarishi oydinlashadi. Bu so‘z

ingliz tilining ham o‘z so‘zi bo‘lmay, afrika tillaridan o‘zlashgan ekanligi va “muqaddas ilon; afsun;

jodugarlik bilan tiriltirilgan murda” ma’nolarini ifodalshini izohli lug‘atlarda keltirilgan lug‘at

maqolalaridan bilib olish mumkin. Zamonaviy o‘zbekcha matnlarda begona kimsaning ta’sir


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

585

doirasiga tushub qolgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaradigan va o‘z mustaqil fikriga ega

bo‘lmagan shaxs ma’nosida qo‘llanadi. Muayyan shaxsga nisbatan qo‘llanishi esa uning qadrini

pasaytirish, obro‘sizlantirishiga sabab bo‘ladi. O‘zbek leksikasida mavjud bo‘lgan va “kamsitish”

semasiga ega bo‘lgan so‘zlar, shuningdek, tarkibli bo‘lishi, bunda qismlar ikki farqli tilga mansub

bo‘lishi mumkin bo‘lganlari ham talaydina. Masalan, “kamsitish” semasiga ega bo‘lgan “aroqxo‘r”

so‘zi arabcha (asos) va tojikcha (qo‘shimcha) qismlardan iboratdir.

Xulosa va takliflar.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘zbek tilining izohli lug‘atlariga

kiritilgan va “kamsitish” semasiga ega bo‘lgan so‘zlar etimologik jihatdan turli qatlamlarga mansub.

Bunda fors-tojik, arab va rus tillaridan so‘z o‘zlashtirish xalqimizning siyosiy, ijtimoiy hayoti;

iqtisodiy, madaniy aloqalari ta’sirida ro‘y bergan deyishimiz mumkin. Hozirgi kunda zarurat

tug‘ilgan o‘rinlarda o‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirish to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni o‘zga til

vositachiligisiz amalga oshirilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 6 jildlik, 1-jild, - Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 894 b.

2.

Rahmatullayev Sh., Mahmudov N., Xolmanova Z., O‘razova I., Rixsiyeva K. O‘zbek tili

frazeologik lug‘ati, – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 636 b.

3.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 6 jildlik, 3-jild, - Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 846 b.

4.

Ibragimov J.Y., O‘zbek tili matnlarida so‘zlarning bevosita (kontakt) va bilvosita (distant)

birikuvchilari. “Akademik Vohid Abdullayev va Samarqand adabiyotshunoslik maktabi taraqqiyoti”

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Samarqand, 2022. – B. 428-436.

5.

Ibragimov J.Y., O‘zbek tili matnlarida so‘zlarning bevosita (kontakt) va bilvosita (distant)

birikuvchanligini dastlabki dasturiy modellashtirish. “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar:

nazariya va amaliyot” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – № 28. 2022. – B. 497-501.

6.

Турсунов У., Мухторов А., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили, –

Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 399 б.

7.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 12 жилдлик, 6-жилд, – Тошкент: ЎзМЭ, 2004.

– 706 б.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 6 jildlik, 1-jild, - Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 894 b.

Rahmatullayev Sh., Mahmudov N., Xolmanova Z., O‘razova I., Rixsiyeva K. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati, – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 636 b.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 6 jildlik, 3-jild, - Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – 846 b.

Ibragimov J.Y., O‘zbek tili matnlarida so‘zlarning bevosita (kontakt) va bilvosita (distant) birikuvchilari. “Akademik Vohid Abdullayev va Samarqand adabiyotshunoslik maktabi taraqqiyoti” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Samarqand, 2022. – B. 428-436.

Ibragimov J.Y., O‘zbek tili matnlarida so‘zlarning bevosita (kontakt) va bilvosita (distant) birikuvchanligini dastlabki dasturiy modellashtirish. “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: nazariya va amaliyot” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – № 28. 2022. – B. 497-501.

Турсунов У., Мухторов А., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили, – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 399 б.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 12 жилдлик, 6-жилд, – Тошкент: ЎзМЭ, 2004. – 706 б.