PREZIDENT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Аннотация

Mazkur ishda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Ushbu ta’lim muassasalari yuqori malakali pedagoglar, zamonaviy metodikalar, innovatsion texnologiyalar hamda chuqurlashtirilgan fan o‘qitilishi orqali boshqa umumta’lim maktablaridan farqlanadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
3-6

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хо’жамуродова D. . (2025). PREZIDENT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Международный научный журнал, 3(1), 3–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131151
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur ishda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Ushbu ta’lim muassasalari yuqori malakali pedagoglar, zamonaviy metodikalar, innovatsion texnologiyalar hamda chuqurlashtirilgan fan o‘qitilishi orqali boshqa umumta’lim maktablaridan farqlanadi.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

3

PREZIDENT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA O'QUV JARAYONINI

TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Dilnavoz Xo’jamurodova

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Pedagogika yo’nalishi 3 bosqich talabasi.

ANNOTATSIYA:

Mazkur ishda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini

tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Ushbu ta’lim muassasalari yuqori malakali

pedagoglar, zamonaviy metodikalar, innovatsion texnologiyalar hamda chuqurlashtirilgan fan

o‘qitilishi orqali boshqa umumta’lim maktablaridan farqlanadi.

KALIT SO‘ZLAR:

Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, o‘quv jarayoni,

innovatsion ta’lim, zamonaviy metodika, iqtidorli o‘quvchilar, baholash tizimi, xalqaro tajriba,

ta’lim sifatini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar

ushbu islohotlarning lokomotivi sifatida xizmat qiladi. Ushbu maktablar iqtidorli yoshlarni

aniqlash, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda global

raqobatbardoshlikka tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

Prezident maktablari internat-maktab bo‘lib, bu yerda bepul umumiy o‘rta ta‘lim beriladi.

Prezident maktablari Agentlik tomonidan tasdiqlangan akademik o‘quv kalendari hamda qat’iy

belgilangan kun tartibi asosida tashkil etiladi. O‘quvchilarning an’anaviy kuni tongi soat 6:30 dan

boshlanadi. Dars mashg‘ulotlari 8:30 dan boshlanib, asosiy akademik jarayonlar soat 15:30 ga

qadar davom etadi.

Darsdan tashqari paytlarida o‘quvchilar qiziqishlariga ko‘ra turli o‘quv to‘garaklari (fan

olimpiadalariga tayyorgarlik, IELTS, SAT, Zakovat, Robototexnika, Koreys tili va fan

to‘garaklari) ma’naviy-ma’rifiy jihatdan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar (musiqa, raqs, teatr va

radio, kulolchilik), sport to‘garaklari (suzish, basketbol, volleybol, futbol, shaxmat, stol tennisi)

va Milliy Gvardiya bilan hamkorlikdaga ot sporti va kamondan otish kabi mashg‘ulotlariga jalb

etiladilar.

Shu bilan birga, o‘quvchilar Ted Talks, MUN (Model United Nations), Digital Generation

(Raqamli avlod), Go Green – loyihasi, mustaqil izlanish olib borish kabi loyihalarda doimiy

qatnashib keladilar.

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayoni bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Ushbu xususiyatlar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni global raqobatbardoshlikka tayyorlash

va milliy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan. Prezident maktablarida ta’lim jarayoni umumiy

o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hisobga olingan holda, umumiy o‘rta ta’lim sohasida

xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan

hamda vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga

oshiriladi. Maktablarning o‘quv dasturlari “Maktab – Universitet – Markaz” yaxlit uzluksiz ta’lim

tizimi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu tizim o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.

Prezident maktablari umumta’lim maktablaridan farqli ravishda ixcham tuzilishga ega bo‘lib, har

bir sinfda 24 nafardan oshmaydigan o‘quvchilar soni ta’minlanadi. Bu individual yondashuv va

yuqori sifatli ta’limni kafolatlaydi. Ixtisoslashtirilgan maktablar esa aniq fanlar (matematika,

informatika, fizika) va tabiiy fanlar (kimyo, biologiya) yo‘nalishlariga ixtisoslashgan bo‘lib, 5–

11-sinflar (aniq fanlar) va 7–11-sinflar (tabiiy fanlar) uchun mo‘ljallangan.

Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka

imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

4

Levels) topshirish huquqiga ega bo‘ladilar va ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, etakchi

xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini taqdim etuvchi xalqaro diplom oladilar.

O‘quvchining bir yoki bir nechta fanlardan reyting natijasi pasaygan taqdirda, u bilan individual

ish olib boriladi. Prezident maktablari aniq va tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga

ixtisoslashgan. Masalan, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari xalqaro tan

olingan dasturlar, jumladan, International Baccalaureate (IB), Advanced Placement (AP) va

International Advanced Levels asosida o‘qitiladi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan

maktabda o‘quv jarayoni STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) modeli

bo‘yicha tashkil etiladi, bu esa o‘quvchilarni muhandislik asoslariga o‘rgatishga yo‘naltirilgan.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda O‘zbekiston tarixi fani ham chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi, bu

o‘quvchilarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Bundan

tashqari, sun’iy intellekt, robototexnika, nanotexnologiya, biotexnologiya kabi zamonaviy

yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, Agentlik tizimidagi maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha

kamida B2 darajadagi sertifikatga ega o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida (asosan ingliz

tilida) o‘qitish amaliyoti joriy etildi. Bu amaliyot matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy

fanlar, informatika va axborot texnologiyalari kabi fanlarga taalluqli bo‘lib, o‘qituvchilarga tarif

stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Ushbu yondashuv

o‘quvchilarning xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishiga va xalqaro ta’lim muassasalariga kirish

imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

2024-yil 1-aprel kuni “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

tizimidagi maktablarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy

qilish maqsadida darsdan tashqari mashg‘ulotlar sifatida quyidagi mashg‘ulotlar tashkil etildi:

5−8-sinflarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi

buyuk sarkardalarimizning ibratli hayotini bugungi harbiylarimiz jasorati bilan bog‘lab, Vatan

himoyachisi ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan;

9−11-sinflarda harbiy o‘yinlar va sport musobaqalari o‘tkaziladi, o‘quvchilarning

harbiylar bilan bevosita uchrashuvlarini tashkil etiladi.

Bu orqali o‘quvchilarda harbiy-

vatanparvarlik tuyg‘ulari oshadi va harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini o‘tashga yo‘naltiriladi.

Har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport (“Temur tuzuklari” bilimdoni,

kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q

otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish) musobaqalari o‘tkaziladi.

Milliy an’ana va qadriyatlarni aks ettiradigan namunaviy maktab burchaklari tashkil etildi.

O‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-hissiy va estetik didni rivojlantirish, tarixiy siymolar hayotini

badiiy talqinda aks ettirish, milliy qadriyatlarni ulug‘lashga yo‘naltirilgan “Turon” teatr studiyasi

faoliyati tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi.

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar keng

qo‘llanilmoqda. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini

rivojlantirish, shuningdek, ta’lim jarayonini o’quvchi shaxsiga yo‘naltirishga qaratilgan.

O‘quv jarayonlarida “skramble” (mashq) va “aktivity” (o‘yinli mashg‘ulot) usullariga

asoslangan metodikalar qo‘llaniladi. Masalan, “smart board” (aqlli doska) yordamida qisqa vaqt

ichida ijobiy natijalarga erishiladi. Raqamli vositalar va interfaol usullar o‘quvchilarning

muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Sun’iy intellekt va raqamli platformalar o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi.

Masalan, muhandislik psixologiyasi fanini o‘qitishda sun’iy intellekt qo‘llanilishi talabalarning

mavzularni tezroq tushunishiga xizmat qilmoqda.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

5

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi

1

. Prezident maktablariga

hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan oʻtgan oʻquv yilini matematika va

tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor

oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim

2

.

Har bir alohida Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan

iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Unga

qadar oʻquvchilar quyidagi 3 ta bosqichdan oʻtishadi:

Hujjatlarni qabul qilish bosqichi

Qabul komissiyasiga oʻquvchining quyidagi hujjatlari elektron tarzda „Prezident taʼlim

muassasalari agentligi“ sayti orqali onlayn topshiriladi: tugʻilganlik haqida guvohnoma (kinder

pasport) nusxasi, tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasi, 3x4 o'lchamdagi rasm, baholar

tabelining nusxasi, oʻquvchining ota-onasi yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik

pasporti ma'lumotlari

3

. Agarda hujjatlarni topshirishda kamchiliklar kuzatilsa, ularni 48 soat

ichida tuzatib, qayta joʻnatish talab etiladi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarini oʻtkazish muddati va joylari qabul komissiyasi

tomonidan belgilanadi. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalar qoʻllangan

holda maxsus ajratilgan joylarda oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi. Kirish

imtihonlarini oʻtkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi

guruhining masʼul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish, talabgorlarga kirish

imtihonlariga maʼlumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va

foydalanish taqiqlanadi. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari

oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan

chetlashish huquqiga egadirlar

4

.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich saralash imtihoni

hisoblanib, matematika fanidan 30 ta test topshirigʻidan iborat. 2-bosqich tanqidiy fikrlash (16 ta

masala), muammoni yechish boʻyicha (24 ta masala) va ingliz tilidan test savollaridan iborat

5

.

Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (soʻrovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar)

maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi taʼlim sohasida xizmatlar

koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni

rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan taʼminlanadi. Oʻtgan yillarga tegishli

boʻlgan baʼzi bir test namunalari „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytiga yuklab borilishi

mumkin.

Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash taʼlim

sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot „Cambridge Assessment“ tomonidan amalga

oshiriladi.

Kirish imtihonlari (1—2 bosqich) natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari

boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

Talabgor oʻquvchi Prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi yoki qonuniy

vakillari oʻquvchining Prezident maktablarida haftada 5 kun davomida internat shaklida taʼlim

olishiga rozilik bildirishi talab etiladi[33].

Prezident maktablariga imtihon topshirib, kerakli ballni toʻplay olmagan, ammo yuqori ball

toʻplagan oʻquvchilar boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olishni davom ettirishlari

mumkin.

1

„Prezident maktablariga qabul qilish tartibi“. Piima.uz. 2022-yil 9-may.

2

„Prezident maktabida oʻqimoqchi boʻlgan oʻquvchilarning baholari qaysi fanlardan aʼlo boʻlishi kerak“. Uza.uz

(2021-yil 24-aprel).

3

„Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish boʻyicha videoqoʻllanma“. Piima.uz.

4

„Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday tartibda oʻtkaziladi?“. Uza.uz (2021-yil 11-may).

5

„Prezident maktablariga qabul qilish tartibi“. Piima.uz.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

6

Xulosa qilib aytganimizda, prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar ikkita muhim xususiyat

bilan ajralib turadi: birinchidan, ularning yuridik maqomining o'ziga xosligi (ko'p hollarda ular

Vazirlar mahkamasi tasarrufida), ikkinchidan, ularning o'quv jarayonini tashkil etishda keng

avtonomiya huquqiga ega ekanligi. Bu maktablar nafaqat ta'lim dasturlari va ularning mazmunini

shakllantirish, balki o'qituvchilar tarkibini tanlash, boshqaruv tuzilmasini belgilash, moliyaviy

resurslarni taqsimlash va xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ham katta mustaqillikka ega.

Huquqiy normalar tahlili shuni ko'rsatdiki, prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'ziga xos

ta'lim muassasasi sifatida an'anaviy maktablardan farq qiluvchi quyidagi huquqlarga ega:

1.

O'quv rejalarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;

2.

O'qituvchilar va xodimlarni tanlab olishda keng vakolatlar;

3.

Chet el mutaxassislarini jalb qilish imkoniyati;

4.

Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni mustaqil joriy etish;

5.

O'quvchilarni tanlab olish uchun maxsus sinov mexanizmlarini qo'llash.

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi

aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni

rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5815-son farmoni

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori.

3.

Ziyayeva, M. Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy

yondashuvlari. – “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” ilmiy jurnali, 2021.

4.

Abdullayeva N. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rivojlantirish. Toshkent: O‘qituvchi,

2018.

5.

Milliy ta’lim dasturlari va xalqaro tajriba. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.

6.

Sodikov A. Ta’limni boshqarishning zamonaviy usullari. Toshkent: Akademnashr, 2020.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5815-son farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori.

Ziyayeva, M. Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari. – “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” ilmiy jurnali, 2021.

Abdullayeva N. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rivojlantirish. Toshkent: O‘qituvchi, 2018.

Milliy ta’lim dasturlari va xalqaro tajriba. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.

Sodikov A. Ta’limni boshqarishning zamonaviy usullari. Toshkent: Akademnashr, 2020.