UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO‘GARAKLARI TASHKIL ETISH USULLARI

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to‘garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to‘garaklari orqali o‘quvchilarda san’at, xalq ijodiyoti, ma’naviyat, madaniyatga muhabbat hissini uyg’otish mumkinligi bayon etilgan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
  • Abdulla avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi
f
97-99

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdusamatov , A. (2025). UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO‘GARAKLARI TASHKIL ETISH USULLARI. International Journal of Science, 3(1), 97–99. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131189
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to‘garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to‘garaklari orqali o‘quvchilarda san’at, xalq ijodiyoti, ma’naviyat, madaniyatga muhabbat hissini uyg’otish mumkinligi bayon etilgan.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

97

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO‘GARAKLARI TASHKIL ETISH

USULLARI

Abdusamatov Anvar Abduraxmonovich

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa

to‘garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar

bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to‘garaklari orqali o‘quvchilarda san’at, xalq ijodiyoti,

ma’naviyat, madaniyatga muhabbat hissini uyg’otish mumkinligi bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

umumiy o‘rta ta’lim, musiqa madaniyati, ta’lim va tarbiya, estetika, to‘garak,

metodika.

So‘nggi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, to‘plash, nashr qilish hamda ta’lim-tarbiya

maqsadlarida foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini o‘rganish bo‘yicha e’tiborga molik

ishlar amalga oshirilmoqda. Qudratli tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lgan xalq musiqa

ijodiyotidan ta’lim tizimida, xususan, umumta’lim maktablarida dars va darsdan tashqari (turli

madaniyommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik to‘garaklari, ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik va

hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinchidan, ta’lim mazmunini

boyitsa, ikkinchidan, ta’limning milliy negizini mustahkamlaydi. Musiqa fanidan sinfdan tashqari

ishlar, to‘garaklarni tashkil etish insоn shахsini хаr tоmоnlаmа uyg’un kаmоlоtini tа’minlаshdа

sаn’аtning jumlаdаn musiqаning аhаmiyati kаttа. Zеrо sаn’аt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy

dunyo kеngаyib mа’nаviyati shаkillаnаdi. Mа’nаviyatni shаkillаntirish esа, dаvrning muхim

vаzifаsi bulib, uni хаl etish niхоyatdа dоlzаrb. Yurtbоshimiz tа’kidlаgаnidеk, «Mа’nаviyat

insоnning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yo‘q jоydа хеch qаchоn bах-tu sаоdаt

tаrаqqiyot bo‘lmаydi. Sаn’аt vоsitаsidа musiqа mаdаniyati, bоlа shахsining mа’nаviyatini

shаkllаntirishni izchil аmаlgа оshirishdа umumtа’lim mаktаblаrning аyniqsа rо’li juda kаttа.

Xo‘sh, umumta’lim maktablarida xalq musiqa ijodiyotini o‘rganishda nimalarga e’tibor berish,

ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni qanday tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi? Ushbu

yo‘nalishdagi tadqiqiy izlanishlar quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy

natijalarga erishish imkonini berishni ko‘rsatdi:

1. Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari faoliyatda xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan

foydalanishda ularni ma’lum mezon va talablarga ko‘ra tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu

o‘rinda:

a) xalq musiqa ijodiga mansub asarlarning har bir sinfning musiqiy mavzulari (yil, chorak)ga va

dastur talablariga mosligi;

b) asarlarning o‘quvchilarning musiqiy qiziqishi, qobiliyati va ijrochilik imkoniyatlariga to‘g‘ri

kelishi;

d) tanlangan asarlar o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashi va tafakkurini, pirovard natijada milliy

madaniyatini shakllantirish nuqtayi nazaridan tarbiyaviy ta’sirchanlikka ega bo‘lishi;

e) o‘quvchilarda o‘qishga, mehnatga, ijodiy izlanish, ijtimoiy foydali ishlarga rag‘bat uyg‘otishi;

f) xalq musiqa ijodiyoti namunalarining hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan umumxalq

bayramlari, madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar mavzulariga mosligi; g) asarlarni o‘rganishda

ta’limning boshqa tarkibiy qismlarini (musiqa savodi, musiqa adabiyoti, musiqa ijodkorligi)

o‘zlashtirish uchun ahamiyatliligi yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egaligiga e’tibor

qaratilishi muhimdir.

2. Xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda sinfda

o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash nuqtayi nazaridan yondashish. Dars va darsdan tashqari

jarayonda xalq musiqasi namunalarini o‘rganish, ijro etish ishlari ular haqidagi tarixiy, adabiy,


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

98

nazariy manbalardan imkon qadar ko‘proq foydalanish orqali amalga oshirilishi lozim. Bu

pedagogik talab musiqa darslarining asosiy faoliyat turlari mazmuni va mohiyatiga muvofiq holda

ish yuritishni nazarda tutadi. Ya’ni erkin tanlov asosida o‘rganilgan asar ayni vaqtdagi asosiy

maqsad va hal etilayotgan vazifalarga ijodiy yondashish xarakterida bo‘lishi lozim.

3. Darsdan tashqari faoliyatda o‘rganish uchun tanlab olingan namunalar o‘quvchilarning

an’anaviy mumtoz va folklor yo‘nalishida mustaqil bilim olishga bo‘lgan talab va istaklariga mos

kelishi va o‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotlarni tashkil etishda e’tiborda tutilishi lozim. Bu

pedagogik sharoit o‘z mazmunida o‘quvchilarning musiqiy iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga

chiqarish uchun izchil va maqsadli mashg‘ulotlar olib borishni nazarda tutadi. Shuningdek,

umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga imkon qadar

keng va ommaviy jalb qilishni, sinfdan tashqari ishlarda o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirishni

uqtiradi.

4. Xalq musiqa ijodiyotiga murojaat qilganda, ularning qaysi mahalliy uslubga xosligi, janri,

ijrodagi cholg‘ular ishtiroki, raqs jo‘rligi kabilarga e’tibor berish eng muhim shartlardan

hisoblanmog‘i lozim. Chunki bu jihatlar xalq musiqasining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi

va o‘quvchilarning umummusiqiy biluv darajasining takomillashuviga, milliy musiqaning o‘ziga

xos uslublarini, ijrochilik an’analarini chuqur o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir etadi, ta’kidlab

o‘tilgan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.

5. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qituvchisi darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilarni xalq

musiqa ijodiyoti bilan tanishtirib borishga nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan doimiy ravishda

tayyorgarlik ko‘rib, o‘z bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Chunki o‘qituvchi-

murabbiyning bu faoliyatdagi muvaffaqiyati uning xalq tarixi, madaniyati, urf-odatlari va

an’analari, shuningdek, musiqa san’ati sohasida qanchalik keng bilim va malakaga ega ekanligiga

hamda shaxsiy namunasiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida

xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, Sharq mutafakkirlarining dono fikr-mulohazalaridan,

shuningdek, jahon umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanish lozim. Maktabdan tashqari ta’lim

muassasalari oldida turgan vazifa yagona ichki estetik tarbiya tizimlarini yaratishdir. Bu tizimlar

shaxsning har tomonlama yaxshi rivojlanish butunligini belgilaydi.

Bu aniqlangan yangi bilimlar tizimini singdirish, o‘rganish, fikrlash, mulohaza etish, munosabat,

baholar, g‘oyalar, mukammal bilimni oshirish va o‘zo‘zini tarbiyalashdir. Darsdan tashqari

ishlarda estetik tarbiya mazmuni, birinchi navbatda, tizimli tatbiq etishga ko‘ra uch vazifa birligi

— ilmiy, rivojlanib borish, psixologik va pedagogik jarayonlar mushtarakligi, ta ’lim jarayonida

jamiyat talablarini e’tiborga olish, yangicha bilimlarga amal qilish va hokazo qoidalar asosida

tarkib topishi kerak. Ular asosida o‘quvchi shaxsiyatiga nisbatan yo‘nalish belgilanadi. Bu

maqsadlarga erishish uchun o‘quvchilar bilan to‘garak tashkil etish, san’atning ayrim turlarini,

milliy va jahon madaniyatini o‘rganish va boshqa tarbiya shakllaridan foydalanish mumkin.

Darsdan tashqari ishlarning barcha turlarida amalga oshiriladigan va yana qayta tiklanadigan turli

dasturlarida shaxsning shakllanishiga, uni ma’naviy mas’uliyat bilan yashashga o‘rgatishni

shakllantirishga e’tibor qaratilishi lozim. Ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagi o‘quvchilarni o‘z bilim

va malakalarini mustaqil oshirishlariga o‘rgatish kerak. Estetik tarbiyaning yangi shakllari va

mazmunini topish zarur.

Jumladan, folklor milliy ansambllari, milliy raqs va qo‘shiqlar, san’atning milliy-an’anaviy turlari

nazariyasi va tarixini o‘rganish, qadimiy estetik tarbiya vosita-uslublarini tiklash lozim.

Qobiliyatli va iste’dodli tarbiyalanuvchiga alohida munosabatda bo‘lish kerak. Ommaviy

tadbirlardan (suhbatlar, madaniyat, san’at namoyandalari bilan uchrashuv, konferensiyalar,

hisobot chiqishlari, «Navro‘z», «Qo‘shiq bayrami», «Raqs bayrami», «Bolalar bastakorlari bilan

uchrashuvlar», «Qo‘shiq olamiga sayohat», «Bir qo‘shiq tarixi», «Yalla va laparlar kechasi», Xalq

qo‘shiqlari bayrami», «Maqom kechasi», «Sahna ustalari bilan uchrashuv» kabi tadbirlari va

hokazolar) keng foydalanish lozim. Ya’ni san’atning aniq turlari va ifoda vositalarining o‘ziga

xosligi tasvirdagi, musiqa va hokazolar zamiridagi ifodani, badiiy vositalarni amaliy o‘zlashtirish


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

99

natijasidir. Bu borada asosiy vazifa to‘laqonli badiiy va ijodiy asarni chuqur his etishdir.

Maktabdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilar qiziqishiga suyanilgan holatda

ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi. O‘quvchilarning

mustaqil bilim olish uslubini o‘zlashtirishlariga, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini

oshirishiga imkoniyat yaratadi. Darsdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki,

o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlariga muvofiq uslublar vositasida jamoat foydasi uchun ommaviy

guruh, alohida ishlash orqali tarbiyaviy ish tashkil etiladi. To‘garak dasturlarining rang-barangligi,

ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi

imkoniyatlar tug‘diradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ho‘jayeva M. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi. O‘z.D.K.tahrir-

nashriyot bo‘limi. Toshkent., 2008-yil.

2.

Karimova D.A. “Musiqa o‘qitish metodikasi: boshlang’ich sinflarda musiqa tinglash

faoliyati”, “Science and Education” Scientific Journal March 2023 / Volume 4 Issue 3

3.

Kiyamov N.S. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni

shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish.

Pedagogika fan. doktori diss...

Samarqand. 2019
4.

Mavlonova R, Abdurahimova R. Pedagogik mahorat. Fan va texnologiya nashriyoti. T.,

2009-yil.

5.

Толипов Ў.Қ., Усмонбоева М. Педагогик технология : назария ва амалиёт. – Т.:

“Фан”, 2005

6.

Umarova S.R. “Birinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni”, Ученый XXI века • 2022

• № 3 (84)

7.

Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik. “Iqtisod-moliya” nashriyoti. Toshkent 2011-yil.

References

Ho‘jayeva M. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi. O‘z.D.K.tahrir-nashriyot bo‘limi. Toshkent., 2008-yil.

Karimova D.A. “Musiqa o‘qitish metodikasi: boshlang’ich sinflarda musiqa tinglash faoliyati”, “Science and Education” Scientific Journal March 2023 / Volume 4 Issue 3

Kiyamov N.S. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish. Pedagogika fan. doktori diss... Samarqand. 2019

Mavlonova R, Abdurahimova R. Pedagogik mahorat. Fan va texnologiya nashriyoti. T., 2009-yil.

Толипов Ў.Қ., Усмонбоева М. Педагогик технология : назария ва амалиёт. – Т.: “Фан”, 2005

Umarova S.R. “Birinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni”, Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)

Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik. “Iqtisod-moliya” nashriyoti. Toshkent 2011-yil.