EPIDEMIOLOGIK TADQIQOTLARDA QO'LLANILADIGAN STATISTIK METODLAR VA ULARNING KAMCHILIKLARI

Annotasiya

Epidemiologik tadqiqotlar kasalliklarning tarqalishini tushunish va sog'liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Statistik metodlar ushbu tadqiqotlarda xavf omillarini aniqlash, natijalarni prognoz qilish va shu asosda xulosalar chiqarish uchun keng qo'llaniladi. Biroq statistik metodlarning kamchiliklari, jumladan, metodologik xatoliklar va ma'lumotlarni talqin qilishdagi noaniqliklar, aniq va ishonchli epidemiologik natijalarni olishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
183-184

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
G’oyibnazarova , K., & Shojalilova , M. (2025). EPIDEMIOLOGIK TADQIQOTLARDA QO’LLANILADIGAN STATISTIK METODLAR VA ULARNING KAMCHILIKLARI. Xalqaro Ilm-Fan Jurnali, 3(1), 183–184. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131239
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Epidemiologik tadqiqotlar kasalliklarning tarqalishini tushunish va sog'liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Statistik metodlar ushbu tadqiqotlarda xavf omillarini aniqlash, natijalarni prognoz qilish va shu asosda xulosalar chiqarish uchun keng qo'llaniladi. Biroq statistik metodlarning kamchiliklari, jumladan, metodologik xatoliklar va ma'lumotlarni talqin qilishdagi noaniqliklar, aniq va ishonchli epidemiologik natijalarni olishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

183

EPIDEMIOLOGIK TADQIQOTLARDA QO'LLANILADIGAN STATISTIK

METODLAR VA ULARNING KAMCHILIKLARI

G'oyibnazarova K. Sh.

ToshPTI Epidemiologiya, yuqumli kasaliklar kafedrasi

"Epidemiologiya" yo'nalishi klinik ordinatori

Shojalilova M. S.

ToshPTI Epidemiologiya, yuqumli kasaliklar kafedrasi dotsenti

Mavzuning dolzarbligi:

Epidemiologik tadqiqotlar kasalliklarning tarqalishini tushunish va

sog'liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Statistik metodlar

ushbu tadqiqotlarda xavf omillarini aniqlash, natijalarni prognoz qilish va shu asosda xulosalar

chiqarish uchun keng qo'llaniladi. Biroq statistik metodlarning kamchiliklari, jumladan,

metodologik xatoliklar va ma'lumotlarni talqin qilishdagi noaniqliklar, aniq va ishonchli

epidemiologik natijalarni olishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tadqiqot maqsadi:

Epidemiologik tadqiqotlarda statistik metodlarning qo'llanilishini tahlil qilish

va ularning kamchiliklarini aniqlashdir. Tadqiqotda epidemiologik statistik metodlar, ularning

samaradorligi va cheklovlari o'rganiladi, shu bilan birga kasalliklarning tarqalishini aniqlash va

prognozlashda yuzaga keladigan metodologik qiyinchiliklar ko'rib chiqiladi.

Materiallar va qo'llanilgan usullar:

Tadqiqotda epidemiologiya va statistik metodlar bilan

bog‘liq ilg‘or ilmiy maqolalar, kitoblar va jurnallardan, tibbiy statistik ma’lumotlardan

foydalanildi.

Natijalar:

Epidemiologik tadqiqotlar — bu kasalliklarning tarqalishini o‘rganish va uning

ta’sirini baholashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘lib, ular sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash

va kasalliklarni oldini olishga yo‘naltirilgan. Statistik metodlar epidemiologik tadqiqotlardagi

o‘zgaruvchilarni tahlil qilish va natijalarni ishonchli ravishda talqin qilish uchun ishlatiladi.

Ma'lumki yuqumli kasalliklarda o'ziga xos mavsumiylik, ma'lum vaqt oralig‘idagi ko'tarilish

holatlari — epidemik periodiklik kuzatilib, ularni oldini olish ko'pincha mazkur holatlarni

oldindan prognoz qilish bilan yanada samarali bo'ladi. Tabiiyki bunda qator statistik tahlil usullari

qo'llaniladi. Bulardan keng foydalaniladiganlari quyidagilar:
1. Deskriptiv tahlil: Bu metodlar ma'lumotlarni tahlil qilishda, ularni umumiy tarzda tasvirlashda

ishlatiladi. Masalan, kasalliklarning tarqalishi, inkubatsion davr va boshqa ko'rsatkichlar

deskriptiv statistika yordamida aniqlanadi.
2. Taqqoslash va regressiya tahlillari: Kasallik bilan bog'liq omillarni aniqlash uchun ikkita yoki

undan ortiq guruhlarni taqqoslash kerak bo'ladi. Regressiya tahlili esa kasallik va uning

sabablarini o'zaro bog'lashga yordam beradi.
3. Kogort va krossover tahlillari: Kogort tadqiqotlarda o'zgarishlarni kuzatib, ularning kasallik

tarqalishiga ta'sirini aniqlash mumkin. Krossover tadqiqotlarida esa bir nechta davr davomida

guruhlar orasida o'zgarishlar kuzatiladi.
Bu kabi statistik tahlil usullari o'z o'rnida ilmiy izlanishlar uchun asosiy yordamchi bo'lsa-da,

ammo ularning ham ma'lum kamchiliklari bo'lib, bu kamchiliklar ayrim holatlarda sezilarli

noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kamchiliklarni quyidagicha tahlil qilamiz:


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

184

a) Statistik metodlar kasalliklar va sabablar o'rtasidagi bog'liqlikni faqat taqqoslash asosida

ko'rsatadi, lekin sababiylikni isbotlash uchun yanada kengroq ilmiy izlanishlar talab etiladi.
b) Observatsion tadqiqotlar tasodifiy tanlov amalga oshirilmasa tashqi omillarni hisobga olmaydi

va bu statistik tahlillarda noaniqliklar keltirib chiqarishi mumkin.
c) Kichik namunalar yoki noto'g'ri o'lchovlar natijalarni noto'g'ri talqin qilishga olib kelishi

mumkin. Bu metodlarni yanada aniqlash va tasdiqlash uchun kengroq tadqiqotlar talab etiladi.
d) Ba'zan kamchilik bevosita tahlil usullari bilan emas, balki mazkur tahlilni o'tkazayotgan

tadqiqotchining usul mohiyatini to'liq anglamagan holda uni noto'g'ri qo'llashi oqibatida yuzaga

keladi.

Xulosa:

Statistik metodlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi kasalliklarning sabablari va xavf omillarini

aniqlashda muhim ahamiyatga ega, bu esa kasalliklarni oldini olish va davolash usullarini

optimallashtirishga yordam beradi. Epidemiologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish uchun

statistik metodlar doimo takomillashtirilishi, yanada kengroq ma'lumotlar asosida ishlanishi kerak.

Shuningdek, kasalliklarning sabablarini aniqlash va xavf omillarini tahlil qilish uchun ishonchli

metodologiyalarga tayanish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati :

1. O. M. Mirtazayev, L. P. Zuyeva, G. S. Matnazarova "Epidemiologiya", Oliy va o'rta maxsus

ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan darslik, Toshkent 2020.
2. S. S. Esonturdiyev, M. S. Qarshiboyeva "Gigiyena va sanitar tekshirishlar texnikasi", tibbiyot

kollejlari uchun o'quv qo'llanma,Toshkent 2007.
3. P. J. Wolfe. Epidemiology for Public Health Practice. Jones & Bartlett Learning, 2019.

Bibliografik manbalar

O. M. Mirtazayev, L. P. Zuyeva, G. S. Matnazarova "Epidemiologiya", Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan darslik, Toshkent 2020.

S. S. Esonturdiyev, M. S. Qarshiboyeva "Gigiyena va sanitar tekshirishlar texnikasi", tibbiyot kollejlari uchun o'quv qo'llanma,Toshkent 2007.

P. J. Wolfe. Epidemiology for Public Health Practice. Jones & Bartlett Learning, 2019.