Авторы

  • гулноза Матякубова
    1Samarqandat davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, tayanch doktorant. 2Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent
  • бакхром Мадартов
    1Samarqandat davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, tayanch doktorant. 2Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent.
  • насиба Мавлонова
    1Samarqandat davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, tayanch doktorant. 2Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.130725

Ключевые слова:

: G’o’za G.hirsutum L nav tur namuna duragay belgi bosh poya balandligi irsiylanish o’zgaruvchanlik shakllanish.

Аннотация

Ushbu maqolada g’o’zaning G.hirsutum L turiga mansub nav va namunalari ishtirokida olingan F1-F4 duragaylarida bosh poya balandligi belgisining irsiylanishi, o’zgaruvchanligi va shakllanishi bo’yicha olingan natijalar tahlili keltirib o’tilgan. Bunga ko’ra, bosh poya balandligi bo’yicha, yuqori avlodlarda andoza va boshqa duragay kombinatsiyalardan ustun bo’lgan F4 C-6580 x Saenr Pena-85 (M=115,30 sm) va F4 Nam-77 x Saenr Pena-85 (M=113,80 sm) duragay kombinatsiyalar tanlab olingan va keyingi tadqiqotlarda oila sifatida o’rganilib boriladi.

background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

187

UO’K: 633.31:575.1

G’O’ZANING G.HIRSUTUM L TURIGA MANSUB NAV VA NAMUNALARI

ISHTIROKIDA OLINGAN F

1

-F

4

DURAGAYLARIDA BOSH POYA BALANDLIGI

BELGISINING IRSIYLANISHI, O’ZGARUVCHANLIGI VA SHAKLLANISHI.

Matyakubova Gulnoza Arapbayevna.,

1

Madartov Baxrom Kuvandikovich.,

2

Mavlonova Nasiba Umarovna.

2

1

Samarqandat davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti, tayanch doktorant.

2

Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada g’o’zaning G.hirsutum L turiga mansub nav va namunalari

ishtirokida olingan F

1

-F

4

duragaylarida bosh poya balandligi belgisining irsiylanishi,

o’zgaruvchanligi va shakllanishi bo’yicha olingan natijalar tahlili keltirib o’tilgan. Bunga ko’ra,

bosh poya balandligi bo’yicha, yuqori avlodlarda andoza va boshqa duragay kombinatsiyalardan

ustun bo’lgan F

4

C-6580 x Saenr Pena-85 (M=115,30 sm) va F

4

Nam-77 x Saenr Pena-85

(M=113,80 sm) duragay kombinatsiyalar tanlab olingan va keyingi tadqiqotlarda oila sifatida

o’rganilib boriladi.

Kalit so’zlar:

G’o’za, G.hirsutum L, nav, tur, namuna, duragay, belgi, bosh poya balandligi,

irsiylanish, o’zgaruvchanlik, shakllanish.

Annotation.

This article presents an analysis of the inheritance, variability, and formation of the

main stem height trait in F

1

–F

4

hybrids obtained from varieties and samples belonging to the

cotton species G. hirsutum L. Based on the results, the F

4

hybrid combinations C-6580 × Saenr

Pena-85 (M = 115.30 cm) and Nam-77 × Saenr Pena-85 (M = 113.80 cm), which outperformed

the standard and other hybrid combinations in terms of main stem height, were selected for further

study as breeding families.

Keywords:

cotton, G. hirsutum L., variety, species, sample, hybrid, trait, main stem height,

inheritance, variability, formation.

Аннотация.

В данной статье приведён анализ наследования, изменчивости и

формирования признака высоты главного стебля у гибридов F

1

–F

4

, полученных с участием

сортов и образцов хлопчатника вида G. hirsutum L. По результатам исследования по

признаку высоты главного стебля были отобраны гибридные комбинации F

4

C-6580 × Saenr

Pena-85 (M = 115,30 см) и F

4

Nam-77 × Saenr Pena-85 (M = 113,80 см), которые превзошли

стандарт и другие гибридные комбинации, и будут изучаться в дальнейшем как

семейственные линии.

Ключевые слова:

хлопчатник, G. hirsutum L., сорт, вид, образец, гибрид, признак, высота

главного стебля, наследование, изменчивость, формирование.

Kirish.

Bugungi kunda paxta yetishtiruvchi davlatlarda mavjud g‘o‘za genofondidan foydalanish

asosida paxtachilikni rivojlantirish, xususan hosildorlikni oshirish va tola sifatini yaxshilashga

doir ilmiy izlanishlar dolzarbligini yo‘qotmagan [2]. Ma’lumki, dunyodagi paxta yetishtiruvchi


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

188

davlatlar 100 dan ortiq bo‘lib [3], O‘zbekiston paxta maydoni bo‘yicha 2019-2020 yillarda 6-

o‘rinda, tola hosildorligi bo‘yicha esa, 10-o‘rinda (0,75 t./ga.) joylashgan [4].
G‘o‘za populyatsiyalarining morfologik belgilaridan hisoblangan bosh poya balandligi

ko‘rsatkichlari xo‘jalik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, o‘simliklarda bosh poyaning

baland bo‘lishi ularni parvarishlash va hosilini yig‘ib olishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib

chiqaradi [1]. Shuning uchun ham genetik-seleksion tadqiqotlarda soha olimlari tomonidan g‘o‘za

o‘simligining bir qator muhim belgilari qatorida uning bosh poya balandligi ko‘rsatkichlariga ham

alohida ahamiyat qaratiladi. Olib borilgan tadqiqotlarda ham g‘o‘zaning bosh poya balandligi

bo‘yicha ota-ona va duragay avlodlarda bosh poya balandligining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va

shakllanishi alohida yoritiladi.

Tadqiqot usullari va obekti.

Tadqiqotda dala tajribalari ToshDAU ning dala tajriba maydonida

olib borildi. Tadqiqot ob’yekti sifatida mahalliy va xorijiy nav va namunalar hamda ularni juft

duragaylash asosida olingan F

1

-F

4

duragaylari ishtirok etdi. Andoza nav sifatida C-6524 navidan

foydalanildi. Tadqiqotlarda agrotexnik tadbirlar O‘zPITI da ishlab chiqilib tasdiqlangan

agrotexnik tadbirlar doirasida olib borildi [5]. Dala sharoitida chigitlar 60x20-1 tartibda, 3-4 sm

chuqurlikda va har bir uyaga 3, 4 tadan ekildi. Variantlar 3 takrorlanishda, rendomizatsiya usulida

joylashtirildi. Tajribalar asosida olingan natijalar B.A.Dospexov [6] uslubida statistik

ko‘rsatkichlarning katta va kichik tanlanmalarida ishlovdan o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqotda G.hirsutum L. turiga mansub nav va namunalarning suv

tanqisligiga bardoshliligini oshirishda sintetitik seleksiya uslublaridan biri - juft duragaylashdan

foydalanildi. Juft duragaylash asosida olingan F

1

-F

4

o’simliklarining morfobiologik belgilari ota-

ona shakllariga va andoza navga taqqoslab tahlil qilindi. Dala tajribalarida ota-ona shakllari va

duragay kombinatsiyalar ikki xil muhitda ya’ni optimal sug’orish va suv tanqisligi rejimada olib

borildi hamda ushbu ikki xil muhitda olingan fenologik va qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha

olingan natijalar statistik tahlil qilinib, qimmatli xo’jalik belgilarini bilan uyg’unlashgan suv

tanqisligiga bardoshli bo’lgan oilalar ajratib olindi.
Tajribada fenologik kuzatuvlar davomida “bosh poya” balandligi tahlil qilindi. Ma’lumki,

g’o’zada bosh poyaning balandligi o’rtacha (100-120 sm oralig’ida) va tarvaqaylanmagan

shoxlanishda bo’lishi (kompaktniy) o’simlikning hosildorligiga ta’sir qiladi va moshina terimiga

qulay bo’ladi. Bosh poya balandligi, gʻoʻzada birinchi ko’chat chiqqandan boshlab 20-30 kun

oralig’ida 10-20 sm atrofida bo’ladi. Vegetatsiya davrining 70 sm gacha åtadi. Gullash va

ko’saklash bosqichida to’liq rivojlangan bosh poya balandligi 100-120 sm ba’zi hollarda 150 sm

gacha åtadi (madaniy tatraploid g’o’za turlarida). O’simlikda bosh poya balandligi navning irsiy

xususiyatiga, agrotexnika tadbirlariga va tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq.
Optimal muhitda ota-ona shakllari va F

1

duragaylarida morfo-biologik belgilaridan bosh poya

balandligi belgisining irsiylanishi va o’garuvchanligi tahlili qilindi. Bunga ko’ra, belgi bo‘yicha

o‘rtacha hisobga olinganda eng yuqori ko‘rsatkich andoza C-6524 naviga nisbatan ona

shakllaridan – Saenr-Pena-85 (M=118,27 sm) va Catamarca-811 (M=112,05)

namunalarida

kuzatilgan bo’lsa, otalik shakllari orasida C-6580 navida (M=110,64 sm) qayd etildi. F

1

duragaylari orasida esa, ota -ona shakllaridan ustun bo’lgan duragaylar qayd etilmadi. Eng yuqori

ko’rsatkich F

1

C-6580 x Saenr Pena-85

(M=115,36 sm) hamda F

1

Nam-77 x Saenr Pena-85

(M=115,45 sm) duragay kombinatsiyalarida kuzatilgan bo’lsa, F

1

Sulton x Acala-40

(95,46

sm) duragay kombinatsiyasida boshqa duragaylarga nisbatan past bo’ylilik qayd etildi (1-jadval).
Variatsiya koeffitsenti (V%), boshlang’ich ashyo va duragay kombinatsiyalarda 3,67-14,40%

oralig’ida o’zgarib turdi.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

189

Jadvalda keltirilgan dominantlik indeksining (hp) belgilangan qiymatlari shuni ko‘rsatadiki, 12 ta

F

1

duragay kombinatsiyalar orasidan 7 tasida to‘liqsiz chala dominantlik (0<hp<1), 1 tasida

dominantlik mavjud emas (hp=0) va 4 ta duragay kombinatsiyalarda (F

1

Sulton x Hapicala-19,

F

1

С-6577х4017, F

1

C-6580 x Catamarca 811, F

1

Nam-77 x Hapicala-19, F

1

Nam-77 x Catamarca

811) turli darajadagi geterozis (hp=1) namoyon bo‘ldi va ushbu geterozis holatidagi namunalarni

keyingi bosqich seleksiya tajribalarida hisobga olish muhim hisoblanadi.
F

2

avlod duragay o‘simliklarida bosh poya balandligi bo‘yicha F

1

avloddagiga nisbatan ajralishlar

kuzatildi ya’ni ota-ona shakllariga nisbatan, F

2

C-6580 x Saenr Pena-85 (M=115,67 sm) va F

2

C-

6580 x Acala-40 (118,24 sm) duragay o‘simliklarda boshqa duragaylarga va ota yoki onalik

shakllariga nisbatan ustunlik namoyon bo’lgan bo’lsa, eng past ko‘rsatkich F

2

Sulton x Acala-40

(M=95,67 sm), F

2

Nam-77 x Hapicala-19 (M=100,88 sm) duragay o‘simliklarida qayt etildi.

Ota-ona shakllari va F

2

duragaylarida o‘zgaruvchanlik koeffitsienti (V%) 4,35-17,28% oralig‘ida

kuzatildi (1-jadval).
F

3

avlod duragay o‘simliklarida bosh poya balandligi bo‘yicha ota-ona shakllariga nisbatan yuqori

va past ko’rsatkichlar qayd etildi. Bunga ko’ra, eng yuqori ko’rsatkich F

3

C-6580 x Saenr Pena-85

(M=118,24 sm) va F

3

Nam-77 x Saenr Pena-85 (M=111,23 sm) duragay o‘simliklarda namoyon

bo’lgan bo’lsa, eng past ko‘rsatkich F

3

Sulton x Acala-40 (M=99,0 sm), F

3

Nam-77 x Hapicala-19

(M=105,31 sm) duragay o‘simliklarida qayt etildi.
Ota-ona shakllari va F

3

duragaylarida o‘zgaruvchanlik koeffitsienti (V%) 6,68-16,34% oralig‘ida

kuzatildi (1-jadvalga qarang).
F

4

avlod duragaylarida optimal sug’orish sharoitida bosh poya balandligi quyi avlod duragaylariga

nisbatan bir muncha barqarorlashgani kuzatildi. Belgi bo’yicha

1-Jadval
Ota-ona va F

1

-F

4

duragay kombinatsiyalarida optimal sug’orish sharoitida bosh poya

balandligi belgisining irsiylanishi, o’zgaruvchanligi va shakllanishi

№ Andoza nav, ota-ona va

duragay

kombinatsiyalar nomi

Bosh poya balandligi, (sm)
F

1

F

2

F

3

F

4

M±m

hp

M±m

M±m

M±m

1

S-6524

100,54±1,05

105,00±1,76 105,55±1,43 106,04±0,98

2

Sulton

95,85±1,12

98,24±1,12

100,33±1,04 100,98±1,56

3

C-6580

110,64±0,99

105,98±1,15 108,67±0,95 110,07±0,78

4

Namangan-77

105,10±2,02

105,75±1,56 107,54±1,18 108,67±1,12

5

Saenr-Pena-85

118,27±0,59

120,16±0,47 120,50±0,68 120,78±0,66

6

Acala-40

95,50±1,32

95,50±1,96

98,24±1,00

100,15±1,74

7

Hapicala-19

104,72±2,12

105,65±2,01 105,95±1,56 107,89±1,12

8

Catamarca 811

112,05±1,80

115,78±1,38 117,44±1,21 117,96±1,00


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

190

9

Sulton x Saenr Pena-85

110,65±1,41 0,66

115,34±1,00 115,03±1,01 115,99±0,75

10 Sulton x Acala-40

95,46±0,78

-0,11 95,67±0,98

99,00±0,74

101,70±0,59

11 Sulton x Hapicala-19

108,00±1,14 1,37

110,43±1,34 110,48±1,12 110,78±1,09

12 Sulton x Catamarca 811 110,24±0,65 0,89

112,32±0,78 110,45±0,64 111,89±0,77

13 C-6580 x Saenr Pena-85 115,36±1,18 0,62

115,67±1,35 118,24±1,71 115,30±1,33

14 C-6580 x Acala-40

100,47±1,34 0,33

118,24±1,08 112,70±1,24 112,43±1,08

15 C-6580x Hapicala-19

105,46±0,87 0,13

104,54±0,45 105,78±0,70 105,56±0,86

16 C-6580 x Catamarca 811 112,60±0,98 1,00

110,08±0,77 110,96±0,56 108,24±0,62

17 Nam-77 x Saenr Pena-

85

115,45±1,30 0,79

107,98±1,45 111,23±0,98 113,80±0,95

18 Nam-77 x Acala-40

105,89±1,22 0,75

105,35±1,43 108,84±1,36 105,55±0,90

19 Nam-77 x Hapicala-19

110,76±1,08 1,00

100,88±1,66 105,31±1,04 109,07±0,77

20 Nam-77 x Catamarca

811

115,24±1,04 1,00

110,90±1,76 110,05±1,12 110,95±2,01

eng yuqori ko’rsatkich F

4

C-6580 x Saenr Pena-85 (M=115,30 sm) va F

4

Nam-77 x Saenr Pena-85

(M=113,80 sm) duragay o‘simliklarda namoyon bo’lgan bo’lsa, eng past ko‘rsatkich F

4

Sulton x

Acala-40 (M=101,70 sm), duragay o‘simliklarida qayd etildi. O’zgaruvchanlik koeffitsenti (V%)

6,78-17,65 % oralig’ida o’zgarib turdi (1-jadval).

C-6524 navida ushbu belgi bo‘yicha ko‘rsatkich 106,04 sm ni tashkil etib, F

4

duragay

kombinatsiyalarning 80 foizi andozadan ustun va 20% duragay kombinatsiyalar andozadan past

ko‘rsatkichlarni namoyon etdi.

Xulosa.

Demak, bosh poya balandligi bo’yicha xulosa qilinganda, andoza va boshqa duragay

kombinatsiyalardan ustun bo’lgan F

4

C-6580 x Saenr Pena-85 (M=115,30 sm) va F

4

Nam-77 x

Saenr Pena-85 (M=113,80 sm) duragay kombinatsiyalar keyingi tadqiqotlarda oila sifatida

o’rganilib boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Aliqulov E.O., Ergashev O.R. O‘rta tolali g‘o‘zaning ayrim belgilari bo‘yicha farqlanishi.

International scientific journal science and innovation special issue April 6, 2024. - B.786-789.

2.

Matyoqubov S. K. Turlararo murakkab duragaylarni qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha

genetik-sitologik baholash asosida seleksiya

uchun boshlang‘ich ashyo yaratish.

Diss.avtoreferati. Toshkent-2021. – B.

3.

Cotton: Tecnology for 21st Century, 2010

4.

FAS/USDA,Global Market Analysis, 2020

5.

Dala tajribalarini o’tkazish uslublari. // O’zPITI. Toshkent. 2007

6.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта с основами статистической обработки

результатов исследований. – Москва: Колос, 1985.– 416 с.

Библиографические ссылки

Aliqulov E.O., Ergashev O.R. O‘rta tolali g‘o‘zaning ayrim belgilari bo‘yicha farqlanishi. International scientific journal science and innovation special issue April 6, 2024. - B.786-789.

Matyoqubov S. K. Turlararo murakkab duragaylarni qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha genetik-sitologik baholash asosida seleksiya uchun boshlang‘ich ashyo yaratish. Diss.avtoreferati. Toshkent-2021. – B.

Cotton: Tecnology for 21st Century, 2010

FAS/USDA,Global Market Analysis, 2020

Dala tajribalarini o’tkazish uslublari. // O’zPITI. Toshkent. 2007

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта с основами статистической обработки результатов исследований. – Москва: Колос, 1985.– 416 с.