PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
194
INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH ORQALI IQTISODIYOTNI
MODERNIZATSIYALASH
D.Jabborov
Jizzax politexnika instituti katta o‘qituvchisi
Z.Rasulova
Kibersport fakulteti 531-22 guruh talabasi
Annotatsiya:
Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni
moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
manbalari va ularning xususiyatlari o‘rganildi.
Kalit so‘zlar:
Iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya, moliyalashtirish, kredit.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyatini o‘rganishda bir qator iqtisodchi
olimlarning qarashlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik iqtisodchi olim I.Mazurning
“Loyihalarni boshqarish” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsion loyihalarni
amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”, deb ta’rif
berilgan. Bu yerda , kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to‘liq
regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan. D.Morozov asarlarida esa “loyihaviy moliyalashtirish –
bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning qaytarilishi ta’minoti loyihadan
keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan. O‘zbekistonlik iqtisodchi olim
D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy moliyalashtirish o‘zining murakkab
moliyaviy munosabatlari bilan kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar asosida
moliyalashtirishdir”. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov asarlarida loyihaga kiritilgan qarz
mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan so‘ng olinadigan daromadlar
hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Haqiqatdan ham investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish – moliyalashtirishning eng taraqqiy
etgan zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham u boy mazmunga ega. Aytish
joizki, loyihaviy moliyalashtirish – loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni, tashkil etishni
yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga e’tibor beradi:
kreditni qaytarish manbai sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul
oqimiga;
loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan manbasiga,
ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga. Loyihaviy moliyalashtirish
mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo‘riqnomalarida
quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni berish,
baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta
qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda
ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi”.
Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy
manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad olinmasa
yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday
moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish deb bo‘lmaydi, u biznes-reja asosida amalga
oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish
– bu regressiz (talab, huquq) yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning
chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli kreditlash
bo‘lib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarini ta’minoti sifatida, investitsiya faoliyati
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
195
davomida to‘plangan pul mablag‘lari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni
qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad hisoblanadi.
Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning umumiy
faoliyatidan olgan daromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai loyihani
hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy
moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy
moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy
moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi
kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy moliyalashtirish - bu bank
tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta
ta’mirlash yoki asbob-uskunani sotib olish uchun yo‘naltiriladi deb e’tirof etilgan.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir
turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z
zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida , eng avvalo, qarzdorning
kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini,
shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa,
loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi. Xullas, loyihaviy
moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank
resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi.
Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda
investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan
iborat bo‘ladi:
qiymati yuqori bo‘ladi;
loyiha ishtirokchilarini ko‘pligi;
ko‘pincha risklarni barcha turlari uchraydi;
kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib,
unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi;
loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi;
ishga tushish muddati 5-7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi;
loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish
maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning kiritilishi;
davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.
Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak
bo‘ladi:
loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo‘limlarga bo‘lib
o‘rganishni;
loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy – iqtisodiy holatini to‘liq tahlildan
o‘tkazishni;
loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishni;
rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borishni.
Ushbu omillar va ular bilan bog‘liq risklarni ko‘pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir qator
qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Risklarni ko‘p bo‘lishiga asosiy sabablardan yana biri
bu loyihaning ishtirokchilarining ko‘pligidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2015-yil
6-avgust // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 2017-yil 7-fevral.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
196
3.
Vaxabov
A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv
qo‘llanma. – T.: Moliya, 2010. 328 b.
4.
Van Xorn Dj. Osnovi upravleniya finansami. Per. S angl. – M.: Finansi I statistika, 2001. –
S.231.
5.
Kayumov R.I. Organizatsiya i finansirovaniya investitsiy. Uchebnik. – T.: Fan va
texnologiya, 2012. – 367 s.
6.
Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish . Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: IQTISOD – MOLIYA, 2014. – 608 b.
