HUDUDIY IQTISODIYOTDA IXTISOSLASHTIRILGAN SAVDO MAJMUALARINING RIVOJLANISHI VA ULARNING XIZMAT KO‘RSATISH INFRATUZILMASIGA TA’SIRI

Abstract

Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining hududiy iqtisodiyotdagi roli, ularning rivojlanish tendensiyalari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga bo‘lgan ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
  • “Bek baraka ixtisosolashgan savdo kompleksi” MCHJ direktor o‘rinbosari
f
204-207

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xatamov , A. (2025). HUDUDIY IQTISODIYOTDA IXTISOSLASHTIRILGAN SAVDO MAJMUALARINING RIVOJLANISHI VA ULARNING XIZMAT KO‘RSATISH INFRATUZILMASIGA TA’SIRI. International Journal of Science, 3(1), 204–207. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/131252
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining hududiy iqtisodiyotdagi roli, ularning rivojlanish tendensiyalari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga bo‘lgan ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

204

HUDUDIY IQTISODIYOTDA IXTISOSLASHTIRILGAN SAVDO MAJMUALARINING

RIVOJLANISHI VA ULARNING XIZMAT KO‘RSATISH INFRATUZILMASIGA

TA’SIRI

Xatamov Abror Abdigapparovich

“Bek baraka ixtisosolashgan savdo kompleksi” MCHJ

direktor o‘rinbosari

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining hududiy iqtisodiyotdagi

roli, ularning rivojlanish tendensiyalari va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasiga bo‘lgan ta’siri ilmiy-

nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar

va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

bozor, hududiy, iqtisodiy, savdo, infratuzilma, mahsulot, xizmat, majmua, foyda,

tarmoq.

В статье анализируется роль специализированных торговых центров в экономике региона,

тенденции их развития и влияние на инфраструктуру услуг с научной, теоретической и

практической точки зрения. Также разрабатываются рекомендации по выявлению

существующих проблем в отрасли и путям их решения.

Ключевые слова:

рынок, региональный, экономика, торговля, инфраструктура, продукт,

услуга, торговый центр, прибыль, отрасль.

This article analyzes the role of specialized shopping malls in the regional economy, their

development trends and impact on the service infrastructure from a scientific, theoretical and

practical perspective. It also develops recommendations on the existing problems in the industry

and ways to overcome them.

Keywords:

market, regional, economic, shopping, infrastructure, product, service, mall, profit,

industry.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda tarmoqlararo aloqalarning

samarali tashkil etilishi, xizmat ko‘rsatish sohasining zamonaviy shakllarda kengayib borishi,

shuningdek, aholining iste’mol madaniyati va talabiga mos ravishda savdo infratuzilmasini

takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, ixtisoslashtirilgan savdo

majmualarining barpo etilishi va ularning faoliyati nafaqat iste’molchilar ehtiyojlarini samarali

qondirishga, balki hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish, bandlikni ta’minlash, kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qilmoqda.

Ixtisoslashtirilgan savdo majmualari – bu muayyan turdagi mahsulot yoki xizmatlarni taklif

qiluvchi, aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashgan yirik savdo maydonchalari bo‘lib, ular zamonaviy

logistika, xizmat ko‘rsatish texnologiyalari, marketing yondashuvlari va axborot texnologiyalariga

asoslangan faoliyat yuritadi. Bunday majmualarning shakllanishi va rivojlanishi hududiy

infratuzilmaning modernizatsiyasi, logistika tizimi samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish

sifati va ko‘lamini kengaytirish kabi muhim omillar bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar doirasida ichki bozorni rivojlantirish, iste’molchilar talabini

chuqur o‘rganish va innovatsion yondashuv asosida savdo tizimini zamonaviylashtirish borasida

qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yirik shaharlarda va yirik iqtisodiy faol

hududlarda ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining tashkil etilishi nafaqat iqtisodiy, balki

ijtimoiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Ular orqali aholiga xizmat ko‘rsatish sifati oshadi,

tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, va eng muhimi, hududiy iqtisodiy

makonda raqobatbardosh muhit shakllanadi. Ixtisoslashtirilgan savdo majmualari zamonaviy

iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sektorining strategik tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu

majmualar nafaqat savdo-sotiq faoliyatini olib borish maydoni, balki ko‘plab iqtisodiy

jarayonlarning markazlashgan holda boshqarilishini ta'minlovchi infratuzilmaviy kompleks

sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, hududiy iqtisodiyot nuqtai nazaridan


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

205

ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining shakllanishi, ularning joylashuvi, xizmatlar ko‘lami va

diversifikatsiyasi hududdagi iqtisodiy faollik, aholi bandligi va logistika tizimining rivojlanishiga

bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Nazariy jihatdan, ixtisoslashuv – bu iqtisodiy subyektlarning yoki hududlarning ma’lum bir

faoliyat turiga yo‘naltirilgan holda rivojlanishi jarayonidir. Ushbu tamoyil savdo sohasida ham

o‘z aksini topadi. Ya’ni, an’anaviy bozorlardan farqli ravishda, ixtisoslashtirilgan savdo

majmualari faqat ma’lum mahsulot yoki xizmat turiga e’tibor qaratadi. Bu yondashuv, o‘z

navbatida, mahsulot sifati, xizmat ko‘rsatish darajasi va mijozlar ehtiyojini to‘liqroq qondirish

imkonini yaratadi. Iqtisodiy nazariyalarga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi tarmoqlari

(transport, logistika, axborot texnologiyalari, moliyaviy xizmatlar, saqlash va servis tizimlari)

bilan uzviy bog‘langan holda faoliyat yurituvchi savdo majmualari hududiy iqtisodiy o‘sishning

katalizatoriga aylanadi.

1

Shuningdek, iqtisodchi M. Porterning raqobat ustunligi nazariyasida

ta’kidlanganidek, muayyan ixtisoslashuvlar asosida shakllangan klasterlar samarali hamkorlik,

xarajatlarni kamaytirish va innovatsiyalarni tezroq joriy etishga xizmat qiladi. Ixtisoslashtirilgan

savdo majmualari esa, aynan shunday klasterlashuvning real ko‘rinishidir. Ushbu savdo

majmualari quyidagi asosiy iqtisodiy va tashkiliy afzalliklarga ega:

2

Mahsulotlar va xizmatlarning konsentratsiyasi – xaridorlar uchun bir joyda ko‘plab tanlov

imkoniyatini yaratadi;

Xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi bilan integratsiya – avtoturargohlar, bank xizmatlari, yuk

tashish va yetkazib berish tizimlari, texnik xizmat ko‘rsatish punktlari mavjud bo‘ladi;

Tadbirkorlik uchun qulay muhit – kichik va o‘rta biznes vakillari uchun ijaraga

beriladigan do‘konlar va xizmatlar tarmog‘i mavjud;

Hududiy raqobat muhitining shakllanishi – iqtisodiy faollikni oshiradi va innovatsion

yondashuvlarni rag‘batlantiradi.

Shuningdek, zamonaviy savdo majmualari xizmatlar ko‘rsatish sifati va hajmini oshirish orqali

aholi turmush tarziga ham ta’sir o‘tkazadi. Masalan, keng tovar tanlovi, ma'lumotlarning

raqamlashtirilgan tizimi, tezkor to‘lov xizmatlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazlari

aholining ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, hududiy

iqtisodiy barqarorlik va yashash darajasining oshishiga olib keladi.

Shu asosda aytish mumkinki, ixtisoslashtirilgan savdo majmualari nafaqat tijorat jihatidan, balki

ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatni ta’minlash vositasi sifatida ham muhim strategik ahamiyat kasb

etadi. Ular zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining ajralmas qismi sifatida, har bir

hududning iqtisodiy salohiyatini to‘liqroq ro‘yobga chiqarish imkonini yaratadi. Bozor

iqtisodiyoti sharoitida savdo faoliyatini modernizatsiya qilish, uni hududiy rivojlanishning muhim

omillaridan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan savdo

majmualarining barpo etilishi va ularning infratuzilma bilan integratsiyasi orqali iqtisodiy faollik

sezilarli darajada oshdi. Bu holat, ayniqsa, poytaxt va yirik sanoat shaharlari misolida yaqqol

namoyon bo‘lmoqda.

1-jadval

2021–2023 yillarda xizmatlar sohasining YIMdagi ulushi

3

Yil

Xizmatlar ulushi (%)

O‘sish (yillik)

2021

33,5 %

2022

35,8 %

+2,3 %

1

Shodiyev, M. va Karimov, O. (2022

).

“Xizmatlar sohasining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni: muammolar va

istiqbollar”

// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2022-yil, №5.b: 24–30.

2

Porter, M. E. (1990).

The Competitive Advantage of Nations

. New York: Free Press.ISBN: 9780684841472. pp.

153–157

3

https://www.stat.uz/uz/


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

206

2023

37,3 %

+1,5 %

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmatlar sohasi umumiy yalpi

ichki mahsulot (YIM) tarkibida tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. 2023-yil yakunlariga ko‘ra,

xizmatlar sohasi YIMning 37,3 foizini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 33,5 foiz,

2022-yilda esa 35,8 foiz edi. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, mazkur soha so‘nggi uch yil

davomida barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon qilgan. Bunday yuksalishning asosiy omillari

sifatida xizmatlar tarmog‘ining ichki tuzilmasida kechayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, raqamli

texnologiyalarni joriy etish, savdo va logistika infratuzilmasining izchil rivojlanishi, shuningdek,

iste’mol bozorida talabning ortib borishi keltiriladi.

Xususan, ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining ko‘payishi, ularning zamonaviy xizmatlar

ekotizimi bilan uyg‘unlashuvi bu sohadagi o‘sishning muhim drayverlaridan biri hisoblanadi.

Masalan, yangi tashkil etilayotgan yirik savdo markazlari nafaqat tovar aylanishini

tezlashtirmoqda, balki transport-logistika xizmatlari, elektron to‘lov tizimlari, mijozlarga xizmat

ko‘rsatish standartlari va servis xizmatlarini ham joriy etmoqda. Bu esa xizmatlar sektorining

ichki samaradorligini oshirib, uning iqtisodiyotdagi ulushini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

2-jadval

Toshkent shahrida savdo xizmatlari hajmi (2021–2023)

4

Yil

Savdo hajmi (trln so‘m)

O‘sish sur’ati (%)

2021

25,1

2022

29,9

+19,1 %

2023

34,8

+16,5 %

Toshkent shahrida 2023-yil davomida ko‘rsatilgan savdo xizmatlari hajmi 34,8 trln so‘mni tashkil

etgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 16,5 foizga ko‘pdir. Ushbu o‘sishda ixtisoslashtirilgan

savdo majmualari salmoqli ulushga ega. Mazkur ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki,

ixtisoslashtirilgan savdo majmualari nafaqat savdo jarayonlarini soddalashtirgan, balki butun bir

xizmatlar ekotizimini shakllantirib, aholi uchun zamonaviy va qulay xizmatlarni taqdim eta

boshlagan. Ixtisoslashtirilgan savdo majmualari bandlik darajasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jumladan, 2023-yil holatiga ko‘ra, yirik savdo majmualarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita band

bo‘lgan fuqarolar soni 210 ming nafarga yetgan. Bu 2021-yilga nisbatan 42 ming nafarga ko‘pdir.

Bundan tashqari, ushbu savdo markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni

ham ortmoqda. Masalan, faqat Toshkent shahri bo‘yicha 2023-yilda 5 400 dan ortiq kichik biznes

subyekti ushbu majmualarda faoliyat olib brogan. Ixtisoslashtirilgan savdo majmualari quyidagi

infratuzilma komponentlarini o‘z ichiga olgan:

Transport va logistika xizmati (yuk mashinalari, saqlash omborlari, qadoqlash);

To‘lov tizimlari (bank ofislari, elektron to‘lov terminallari, onlayn to‘lov platformalari);

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (raqamli kataloglar, elektron CRM);

Servis xizmatlari (kafolatli xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ustaxonalari).

5

Bunday infratuzilma mavjudligi xizmatlar sifati va tezligini oshiradi, mijozlar qoniqishiga ijobiy

ta’sir ko‘rsatadi va hududiy iqtisodiy raqobatni kuchaytiradi.

Hududiy iqtisodiyotda ixtisoslashtirilgan savdo majmualarining rivojlanishi nafaqat bozor

iqtisodiyoti talablariga javob beradigan zamonaviy savdo muhitini shakllantiradi, balki xizmat

ko‘rsatish infratuzilmasining tubdan takomillashuviga ham olib keladi. Maqolaning kirish qismida

qayd etilganidek, bugungi kunda mahalliy iqtisodiyotda sektorlararo uzviylik kuchayib

borayotgan bir paytda, aynan savdo va logistika yo‘nalishidagi kompleks infratuzilmalar

4

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumotlari asosida muallif tomonida tuzilgan

5

Xalilov, R. (2021).

Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda savdo majmualarining roli”

// “Iqtisodiy tadqiqotlar”

ilmiy-amaliy jurnali, №3.


background image

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

https:// worldlyjournals.com

207

mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning muhim drayveriga aylanmoqda. Ixtisoslashgan savdo majmualari

– bu shunchaki savdo nuqtalari emas, balki ular sanoat, logistika, bank-moliya, transport va servis

xizmatlari bilan uzviy integratsiyalashgan iqtisodiy markazlar bo‘lib xizmat qiladi. Ular bozor

infratuzilmasining to‘laqonli ishtirokchisiga aylangan, shuningdek, mahalliy tadbirkorlik

subyektlari faoliyatiga qulay muhit yaratishda muhim omil sanaladi.

Tahlil qismida keltirilgan Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi

yillarda xizmatlar sohasining YIMdagi ulushi barqaror o‘sib bormoqda: 2021-yilda 33,5 foizni

tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 35,8 foiz, 2023-yilga kelib esa 37,3 foizga yetgan. Bu o‘sish

asosan savdo va transport-logistika infratuzilmasining faol kengayishi evaziga yuz bergani ushbu

majmualarning iqtisodiyotdagi strategik rolini yana bir bor tasdiqlaydi. Ayniqsa, viloyat

markazlarida tashkil etilayotgan zamonaviy savdo-logistika markazlari nafaqat bandlik darajasini

oshirmoqda, balki xizmatlar eksporti va mahalliylashtirish jarayonlariga ham sezilarli turtki

bermoqda. Hududiy kesimda olib borilgan tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki,

ixtisoslashtirilgan savdo majmualari xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishda

“ko‘paytiruvchi effekt”ni yuzaga keltirib, boshqa turdosh sohalarni ham harakatga keltiradi.

Ayniqsa, avtomobil yo‘llari, omborxona xo‘jaligi, logistika, axborot texnologiyalari va bank

xizmatlariga bo‘lgan talabning ortishi bu fikrni tasdiqlaydi. Shu bilan birga, aholining iste’mol

madaniyati va savdo xizmatlaridan foydalanish sifati ham ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Shu

asosda, mamlakatda ixtisoslashtirilgan savdo majmualarini yanada rivojlantirish, ularni hududiy-

iqtisodiy siyosatning ajralmas tarkibiy qismiga aylantirish, shuningdek, ular orqali kompleks

xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini barpo etish maqsadga muvofiqdir. Kelgusida bu yo‘nalishda

normativ-huquqiy baza, zamonaviy raqamli texnologiyalar va davlat-xususiy sheriklik

mexanizmlaridan keng foydalanish orqali iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada oshirish

mumkin bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Shodiyev, M. va Karimov, O. (2022).“Xizmatlar sohasining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi

o‘rni: muammolar va istiqbollar”// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2022-yil,

№5.b: 24–30.

2.

Xalilov, R. (2021).“Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda savdo majmualarining roli”//

“Iqtisodiy tadqiqotlar” ilmiy-amaliy jurnali, №3.

3.

Porter, M. E. (1990). The Competitive Advantage of Nations. New York: Free Press.ISBN:

9780684841472. pp. 153–157

4.

Asian Development Bank (2022).“Strengthening Regional Trade Infrastructure in Central

Asia”, ADB Working Paper Series No. 631

5.

https://lex.uz/

6.

https://www.stat.uz/uz/

7.

worldbank.org

References

Shodiyev, M. va Karimov, O. (2022).“Xizmatlar sohasining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni: muammolar va istiqbollar”// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2022-yil, №5.b: 24–30.

Xalilov, R. (2021).“Hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishda savdo majmualarining roli”// “Iqtisodiy tadqiqotlar” ilmiy-amaliy jurnali, №3.

Porter, M. E. (1990). The Competitive Advantage of Nations. New York: Free Press.ISBN: 9780684841472. pp. 153–157

Asian Development Bank (2022).“Strengthening Regional Trade Infrastructure in Central Asia”, ADB Working Paper Series No. 631

https://lex.uz/

https://www.stat.uz/uz/

worldbank.org