INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
74
Yusufjonov Bahrom Yo‘ldoshovich
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI HAMDA
ULARNING HOZIRGI DAVRDA AHAMIYATI
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini mustahkamlashdagi roli,
uning xalqaro huquq bilan bog‘liqligi va tashqi siyosatni shakllantirishda tutgan o‘rni haqida
so‘z yuritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari, jumladan,
Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni rivojlantirish borasidagi
tashabbuslari yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari, diplomatik
vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlardagi o‘rni hamda davlatning tashqi siyosiy faoliyatining
asosiy tamoyillari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
Diplomatik aloqalar, Xalqaro tashkilotlar, Konstitutsiya, Tinchlik va barqarorlik,
Harbiy bloklarga qo‘shilmaslik.
Annotation:
The article discusses the role of the Republic of Uzbekistan in protecting its
sovereignty, its connection with international law and its place in the management of the
organization. Initiatives to develop peace, stability and cooperation in the Central Asian region,
along the sustainable directions of Uzbekistan. The article provides information on the
international relations of the Republic of Uzbekistan, diplomatic missions, the main sources of
the state's organizational activities in international organizations.
Keywords:
Diplomatic relations, international organizations, Constitution, Peace and freedom,
Non-alignment with military blocs.
Аннотация:
В статье рассматривается роль Республики Узбекистан в защите своего
суверенитета, ее связь с международным правом и ее место в управлении организацией.
Инициативы по развитию мира, стабильности и сотрудничества в Центральноазиатском
регионе по устойчивым направлениям Узбекистана. В статье представлены сведения о
международных
отношениях
Республики
Узбекистан,
дипломатических
представительствах, основных источниках организационной деятельности государства в
международных организациях.
Ключевые слова:
Дипломатические отношения, международные организации,
Конституция, Мир и свобода, Неприсоединение к военным блокам.
KIRISH
1991 yil 31-avgustda o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq
navbatdan tashqari VI sessiyasi 17 moddadan iborat bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Bunday Qonunning qabul qilinishi
mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizning natijasi hisoblanadi. Ushbu qonun
mamlakatimizning ichki va tashqi munosabatlarida mustaqil siyosat yuritishni belgilab beruvchi
eng muhim, aytish mumkin bo‘lsa, mustaqil davlatchilik asoslarini barpo etgan huquqiy hujjat
hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu Qonunga O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
75
30-sentyabrida bo‘lib o‘tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiyaviy qonun
maqomi berildi va shu qonunda belgilab qo‘yilgan barcha tamoyil va g‘oyalar “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi”da o‘z aksini topdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
[1] Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi 1- qismida
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir” degan
konstitutsiyaviy qoida O‘zbekiston Respublikasining hozirgi dunyodagi o‘rnini bildiribgina
qolmay, mamlakatimizni haqiqatdan ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini
ko‘rsatadi. [2] Bu quyidagilarnini anglatadi, xususan, birinchidan, O‘zbekiston suveren davlat
sifatida zamonaviy xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari va o‘zi
qo‘shilgan xalqaro shartnomalar bilan bog‘liq bo‘lib, davlatimizning roziligisiz boshqa
majburiyatlar zimmmamizga yuklatilishi mumkin emas, ikkinchidan, O‘zbekiston hududida
davlat hokimiyati chegaralanmaydi va xalqaro huquqning hech qaysi bir subyekti bunga
aralashish huquqiga ega emas, o‘zining hududidan tashqarida u o‘z hokimiyatini faqat boshqa
manfaatdor davlat roziligi bo‘lgandagina amalga oshirish mumkin, uchinchidan, O‘zbekiston
xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari bilan diplomatik aloqalarni O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi – fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo etishning huquqiy kafolati
amalga oshirib, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzib, davlatlararo
munosabatlarda bevosita qatnashadi. [3] O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan
bo‘lgan munosabatlari “...davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan
tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi”. [4] Ushbu
prinsip va normalarning Konstitutsiyada mustahkamlanganligi ularning O‘zbekiston hududida
ichki qonun sifatida qabul qilinishi hamda ichki qonunchilikni to‘liq xalqaro qonunchilikka
moslashtirilishini, ularning davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan to‘liq hurmat qilinishini bildiradi. Konstitutsiyada mustahkamlangan suveren tenglik
prinsipi boshqa davlatlarning o‘ziga xosligini, ularning mustaqilligini, huquq va erkinliklarini
hurmat qilishni, o‘zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimini erkin tanlashni, o‘zining
qonunlari va ma’muriy qoidalarini mustaqil ravishda o‘rnatishni tan olishni bildiradi. [5] Kuch
ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik konstitutsiyaviy prinsipi boshqa davlatga nisbatan
bevosita va bilvosita kuch ishlatishga qaratilgan turli harakatlardan o‘zlarini tiyishilarini bildiradi.
Chegaralarning daxlsizligi prinsipi barcha davlatlarning hududiy ustunligi va hududiy yaxlitligini
hurmat qilishni bildiradi. Bu prinsipga muvofiq, umumiy chegaralarni, shuningdek boshqa
davlatlarning chegaralarini daxlsiz deb qabul qilinishidir. Ular har qanday davlatning butun
hududi yoki hududining bir qismini bosib olish yoxud zo‘rlik bilan egallashga qaratilgan har
qanday talablar va harakatlardan o‘zlarini tiyib turish majburiyatini oladilar.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
76
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
77
1. Shavkat Mirziyoev. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalishg sari. 4-jild, T., “O‘zbekiston”,
2020.
2. Shavkat Mirziyoev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T: “O‘zbekiston”, 2021.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston
xalqiga murojaati. “Xalq so‘zi”, 2022 yil, 21 dekabr.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli “2022- 2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.
Lex UZ on-line.