Авторы

  • Davronova Sevara Axror qizi
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti “Pedagogika” fakulteti 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107252

Ключевые слова:

xorij ta’lim tizimi individual yondashuv innovatsiya mustaqil fikr reyting baholash kasbga yo‘naltirish.

Аннотация

Ushbu maqolada, bugungi kunda xorij ta’lim tizimining bizning yurtimiz O‘zbekistonda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bundan tashqari O‘zbekistonda xorij ta’lim tizimidan o‘rganish va qo‘llash    mumkin bo‘lgan jihatlar haqida so‘z olib borilgan. Shu  jumladan ta’lim  to‘g‘risidagi qonunda belgilangan muayyan ta‘lim turlari va ular orasidagi bog‘liqlik misolida ochib berilgan. Oliy ta’lim muassasalarida
ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilishda xorij tajribalari asosida oshirish bo’yicha takliflar berilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

67

Davronova Sevara Axror qizi

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

“Pedagogika” fakulteti 1-bosqich magistranti

XORIJ TA'LIM TIZIMINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLANILISHI KERAK

BO‘LGAN JIHATLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, bugungi kunda xorij ta’lim tizimining bizning yurtimiz

O‘zbekistonda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bundan tashqari

O‘zbekistonda xorij ta’lim tizimidan o‘rganish va qo‘llash mumkin bo‘lgan jihatlar haqida so‘z

olib borilgan. Shu jumladan ta’lim to‘g‘risidagi qonunda belgilangan muayyan ta‘lim turlari va

ular orasidagi bog‘liqlik misolida ochib berilgan. Oliy ta’lim muassasalarida

ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilishda xorij tajribalari asosida oshirish bo’yicha takliflar

berilgan.

Kalit so‘zlar:

xorij ta’lim tizimi, individual yondashuv, innovatsiya, mustaqil fikr, reyting,

baholash, kasbga yo‘naltirish.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются аспекты зарубежной системы образования,

которые следует использовать в нашей стране, Узбекистане. Кроме того, обсуждались

аспекты, которые можно извлечь и применить из зарубежной системы образования в

Узбекистане. В том числе конкретные виды образования, указанные в Законе об

образовании, и взаимосвязь между ними. В высших учебных заведениях даны

предложения по повышению качества образования на основе зарубежного опыта.

Ключевые слова:

зарубежная система образования, индивидуальный подход, инновации,

независимое мнение, рейтинг, оценка, профориентация.

Annotation:

This article discusses aspects of the foreign education system that should be used in

our country, Uzbekistan. In addition, it was discussed about the aspects that can be learned and

applied from the foreign education system in Uzbekistan. Including the specific types of

education specified in the Law on Education and the relationship between them. In higher

education institutions proposals for improving the quality of education based on foreign

experiences are given.

Key words:

foreign education system, individual approach, innovation, independent opinion,

rating, assessment, career guidance.

Kirish

:

.

Bugungi kunda yurtimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning

asosiy qismini, albatta, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.

Ta'lim tizimi jamiyatning madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir qiluvchi eng muhim

elementlardan biridir.

O‘zbekiston tarixan boy o‘tmishga ega, ta’lim uslublari xilma-xil davlatdir. Biroq,

globallashayotgan dunyoda mahalliy qadriyatlar va an'anaviy ta'lim yondashuvlarining o'zi

yetarli bo'lmasligi mumkin. Xorijiy ta’lim tizimlari integratsiyasi O‘zbekistonning ta’lim


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

68

dinamikasini modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi sa’y-

harakatlarining bir qismidir.

O‘zbekistondagi mavjud ta’lim tizimi bilan birgalikda xorijiy ta’limni qo‘llash uchun asos

yaratish maqsadida milliy va xalqaro ta’lim yondashuvlariga e’tibor qaratish zarur.

Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan

bo‘lib, bu jarayonda muvaffaqiyat namunalari, xorijda olingan ta’lim modellari muhim o‘rin

tutadi. Xususan, ta’lim sohasida misol tariqasida ko‘p tilga olinadigan mamlakatlar tizimlari

O‘zbekistonda joriy etilayotgan deb hisoblangan ko‘plab yangiliklarning asosini tashkil qilishi

mumkin. O‘zbekiston ta’lim tizimiga xorijiy tajribani joriy etish muayyan sohalarda yuqori

natijalarga erishish, shu bilan birga ta’lim sohasida teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan

sa’y-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan, xorijiy ta’lim olib keladigan

innovatsiyalar orasida o‘quv dasturlarini diversifikatsiya qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish,

o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim usullarini qo‘llash kabi masalalar kiradi. Binobarin, ta’lim

sohasidagi bu o‘zgarishlar nafaqat shaxslar farovonligiga, balki jamiyatning umumiy

farovonligiga ham hissa qo‘shish imkoniyatiga ega. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, har bir

yangilik mahalliy dinamika va madaniy kontekstga muvofiq baholanishi kerak.

Ta'lim tizimi mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida juda muhim rol o'ynaydi,

shuning uchun O'zbekistonda joriy etilishi kerak bo'lgan xorijiy ta'lim tizimlarini aniqlash

mavjud tizimning kuchli va zaif tomonlarini sinchkovlik bilan baholashni talab qiladi. Bu

mamlakatimizda ta’lim darajasini oshirish, yosh avlodni kelajakka puxta tayyorlashda muhim

ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi yaxshilanishlar aholining umumiy farovonligiga

ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekiston ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va xalqaro standartlarga moslashtirish

uchun dunyoning ilg‘or mamlakatlari tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Quyida

xorijiy ta’lim tizimidan o‘rganish va O‘zbekistonda qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy jihatlarni

ko’rib chiqamiz.

1.Amaliyotga Yo‘naltirilgan Ta’lim

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar ham

muhimdir. Masalan, Germaniyaning

dual ta’lim tizimi

o‘quvchilarni o‘qish jarayonida amaliy

ishga jalb qilishga asoslangan. Bu yondashuv O‘zbekistonda ham keng joriy etilmoqda, bu bilan

talabalar bitiruv davomida ish tajribasiga ham ega bo‘lmoq lar.

Shu qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori,

Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari

bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 12-

iyundagi PF-93-son Farmoni hamda “Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi

klasterini tashkil etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-iyuldagi

PQ-335-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorida, Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik

vazirligining 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual

ta’lim asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil

etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish. Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi

to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

69

Dual ta’lim

— nazariy qismi oliy ta’lim tashkilotida, amaliy qismi esa korxonada (ish joyida)

o‘tkaziladigan ta’lim jarayoni hisoblanib uning maqsadi shundan iborat;
talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash;
talabalarda ta’lim olayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni

shakllantirish;
talabalar uchun tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, korxonalarda ishlab chiqarish

(shuningdek, tashkiliy-boshqaruv) faoliyatiga oid tajribalarni o‘rganishni tashkil etish;
talabalarning kasbiy va ijodiy qiziqishlarini rivojlantirish;
bitiruvchilarning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlashi uchun zarur amaliy

ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini ta’minlash;
oliy ta’lim tashkiloti va korxonada o‘qitish, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotining o‘quv

jarayoniga yangi o‘qitish texnologiyalarini joriy etish orqali talabalarning raqobatbardoshligini

oshirish.
Dual ta’limning asosiy vazifalari esa quyidagilardan iborat:
mehnat bozori ehtiyojlariga, iqtisodiyot tarmoqlarini va rivojlanish istiqbollariga mos ravishda

mutaxassislar tayyorlash;
ijtimoiy sheriklikni takomillashtirish;
oliy ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari mazmuni va tuzilmasining mobilligini ta’minlash;
ishlab chiqarish sharoitidagi kasbiy tajribani o‘rgatish uchun talabalarga yetarli sharoit yaratish;
talabalarga o‘qish va ishlash imkoniyatlarini yaratish.

2.

Individuallashtirilgan Ta’lim Yondashuvi

AQSh va Kanada ta’lim tizimida har bir ta’lim oluvchining qobiliyatiga mos yondashuv

mavjud. O‘zbekistonda ham har bir ta’lim oluvchining qiziqishlariga moslashtirilgan ta’lim

dasturlarini yaratish orqali ularning potensialini maksimal darajada ochish mumkin.

O‘zbekistonda oliy pedagogik ta’limni turli yondashuvlar asosida tashkil etish masalasiga

asosiy e’tibor qaratilmoqda [1]. Bundan maqsad esa Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi

asosida sifatli ta’limga ega bo‘lishdir. Individual ta’lim mana shunday turli yondashuvlarning

muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Individual ta’lim, ta’lim shakllaridan eng qadimiysi bo‘lib,

u qadimgi davr va o‘rta asrlarda keng qo‘llanilgan.

Individual o‘qitish – bu o‘quv jarayonining tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda pedagog va

talaba yakkama-yakka o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar, talaba o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuter va

h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi. Afzalliklari shundan iboratki: pedagogik

jarayonning (mazmun, usul,sur’at va hokazo) talaba qobiliyatlariga moslashuvchanligi;

talabaning bilim olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar

kiritish natijasida optimal pedagogik jarayonni tashkil etish. Individullashtirilgan o‘qitish

texnologiyasi bunda o‘quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o‘qitishning

individual shakli ustuvor hisoblanadi. O‘qitishning barcha shaxsga yo‘naltirilgan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

70

texnologiyalarida u yoki bu me’yorda individual yondashish qo‘llaniladi, ammo

individullashtirilgan o‘qitishda, individullashtirish o‘quv maqsadlariga erishishning asosiy

vositasi hisoblanadi. Individullashtirilgan o‘qitishning asosi talabaning individual-pedagogik

xususiyatlarini o‘rgatish hisoblanadi.

3.

Ta’limda Innovatsion Texnologiyalarni qo‘llash

Singapur va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida

raqamli ta’lim

va

onlayn platformalar

keng

qo‘llaniladi. O‘zbekistonda ham:

Masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish;

O‘zbekistonda masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib,

bu jarayon bir qancha yo‘nalishlarda rivojlantirilishi mumkin:

Texnologik infratuzilmani rivojlantirish

Bunda Internet tezligi va sifati oshirilishi kerak, ayniqsa qishloq joylarida,talabalar va

o‘qituvchilar uchun arzon internet paketlari va subsidiya tizimlari joriy etilishi lozim.Masofaviy

ta’lim platformalarini yaratish va yanada takomillashtirish .

O‘qituvchilar malakasini oshirish

O‘qituvchilarga masofaviy dars berish ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil

etish.O‘quv materiallarini raqamlashtirish va onlayn interaktiv darslarni ishlab chiqish.

Raqamli kontentni rivojlantirish

O‘zbek tilidagi elektron darsliklar, interaktiv testlar, video darsliklar va virtual laboratoriyalarni

yaratish.Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan ta’lim tizimlarini rivojlantirish (shaxsiylashtirilgan

o‘qitish imkoniyatlari).

Huquqiy bazani takomillashtirish

Masofaviy ta’limni rasmiy tan oluvchi qonuniy asoslarni kuchaytirish.Onlayn kurslar orqali

sertifikat va diplom berish tizimini yaratish.

Masofaviy ta’limni hamma uchun ochiq qilish

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, uy bekalari va boshqa guruhlar uchun moslashtirilgan kurslar

yaratish. Universitet va maktablarning ochiq ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va bepul kurslar

sonini ko‘paytirish.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha harakat qilinsa, O‘zbekistonda masofaviy ta’lim imkoniyatlari

kengayib, hamma uchun qulay va sifatli ta’lim olish sharoiti yaratiladi.

Sun’iy intellekt va VR texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy qilish;


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

71

Sun’iy intellekt (AI) va virtual reallik (VR) texnologiyalarini O‘zbekistondagi o‘quv

jarayoniga joriy qilish masofaviy ta’lim imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishi mumkin.

Quyida bu texnologiyalarni ta’lim tizimiga tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlari keltirilgan:

Sun’iy intellektni ta’lim jarayonida qo‘llash;

Shaxsiylashtirilgan o‘qitish – AI talabalarning bilim darajasini tahlil qilib, ularga mos o‘quv

materiallarini tavsiya qiladi.

AI yordamida repetitor tizimi – Chatbotlar va aqlli yordamchilar orqali o‘quvchilarga 24/7

maslahat berish imkoniyati.

Imtihon va testlarni avtomatlashtirish – AI asosida testlarni avtomatik tekshirish, insho va

loyihalarni baholash.

Talaffuz va yozuvni o‘rgatish – AI yordamida til o‘rganish jarayonini interaktiv qilish (masalan,

Duolingo kabi platformalar orqali).

Virtual reallik (VR) texnologiyalarini joriy etish

Laboratoriya ishlarini simulyatsiya qilish – Fizika, kimyo, biologiya va tibbiyot kabi fanlarda

amaliy mashg‘ulotlarni VR orqali bajarish.

Tarix va geografiya darslarini jonlantirish – O‘quvchilar tarixiy joylarga “virtual sayohat”

qilishi yoki geografik hududlarni 3D shaklda o‘rganishi mumkin.

Kasbiy ta’limda qo‘llash – Muhandislik, tibbiyot va sanoatga oid ta’lim sohalarida VR

yordamida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Psixologik va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish – VR orqali turli ssenariylar asosida

kommunikatsiya va jamoaviy ish malakalarini o‘stirish.

Elektron darsliklardan keng foydalanish zarur.

4. Mustaqil Fikrlashni Rivojlantirish

Buyuk Britaniya va AQSh ta’lim tizimlari talabalarni mustaqil fikrlash va kreativ muammolarni

hal qilishga o‘rgatadi. O‘zbekistonda ham ochiq bahs-munozaralar, loyiha ishlari va ijodiy

yondashuvlarni keng joriy qilish kerak.

O‘zbekistonda talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish ta’lim tizimining muhim

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu yoshlarning ijodiy fikrlashi, tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini

oshirish va innovatsion yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bun jarayonni

rivojlantirishda; Tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini

shakllantirish, Innovatsion va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, Mustaqil fikrlashni

rivojlantirishda pedagoglarning roli, Mustaqil fikrlashga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf

etish yo‘nalishlarida ish olib borilsa, O‘zbekistonda talabalar mustaqil fikrlaydigan, ijodiy va

tanqidiy tahlil qila oladigan mutaxassislar sifatida shakllanishi mumkin.

5. O‘qituvchilar Malakasini Oshirish


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

72

Finlandiya tajribasiga ko‘ra, o‘qituvchilar nafaqat bilim beruvchi, balki ta’lim jarayonida

mustaqil qaror qabul qiluvchi shaxs sifatida shakllanadi. O‘zbekistonda ham:

O‘qituvchilar uchun xalqaro treninglar tashkil qilish;

Innovatsion pedagogik metodlarni o‘rgatish;

Tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish muhimdir.

6. Baholash Tizimini Takomillashtirish

Yaponiya va Janubiy Koreya tajribasiga ko‘ra, baholash tizimi o‘quvchilarning faqatgina

yodlash qobiliyatini emas, balki ularning tahliliy va ijodiy fikrlashini baholaydi. O‘zbekistonda

ham:

Test tizimini takomillashtirish;

Talabalar mustaqil ijodiy ishlari va loyiha natijalari asosida baholanishi kerak.

7. Kasbga Yo‘naltirish Tizimini Rivojlantirish

Germaniyada o‘quvchilar maktab davridanoq kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lishadi. O‘zbekistonda

ham:

O‘quvchilarga kasb tanlash bo‘yicha yo‘nalish berish;

Professional mentorlik tizimini joriy qilish lozim.

8. Chet Tillarga Urg‘u Berish

Yevropa ta’lim tizimida ko‘p tillilik muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda ham ingliz tili, xitoy

tili, nemis tili kabi tillarni o‘rganish uchun:

Chetdan mutaxassislarni jalb qilish;

Til muhitini yaratish;

O‘zbek tilidan boshqa tillarga tarjima qilingan sifatli darsliklar ishlab chiqish lozim.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,

rivojlantirishda xalqaro standartlarga moslashtirish uchun dunyoning ilg‘or mamlakatlari

tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

SH.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, 2022

2.

Nasiba Madreymova TA’LIM TIZIMIDA XORIJ TAJRIBASINI QO’LLASH

AHAMIYATI // Oriental Art and Culture. 2022. №4.

3.

Ma’muraxon

Sirojiddinova,

Otabek

Muxtorov

TA'LIM

SIFATINI

BOSHQARISHNING AHAMIYATI // Scientific progress. 2022. №3.

4.

Madina Fazliddin Qizi Zikirjonova XORIJ DAVLATLARINI TA’LIM TIZIMI

(AQSH, YAPONIYA, GERMANIYA MISOLIDA) // Scientific progress. 2022. №4.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

73

5.

Qurbanov I.G. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV-

TARBIYAVIY FAOLIYATLARNI TASHKIL QILISHDA XORIJ TAJRIBASINING

NAZARIY ASOSLARI // Экономика и социум. 2021. №10 (89).

Библиографические ссылки

SH.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent, 2022

Nasiba Madreymova TA’LIM TIZIMIDA XORIJ TAJRIBASINI QO’LLASH AHAMIYATI // Oriental Art and Culture. 2022. №4.

Ma’muraxon Sirojiddinova, Otabek Muxtorov TA'LIM SIFATINI BOSHQARISHNING AHAMIYATI // Scientific progress. 2022. №3.

Madina Fazliddin Qizi Zikirjonova XORIJ DAVLATLARINI TA’LIM TIZIMI (AQSH, YAPONIYA, GERMANIYA MISOLIDA) // Scientific progress. 2022. №4.

Qurbanov I.G. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV-TARBIYAVIY FAOLIYATLARNI TASHKIL QILISHDA XORIJ TAJRIBASINING NAZARIY ASOSLARI // Экономика и социум. 2021. №10 (89).