Авторы

  • Husen Xayrulloyevich Jo‘rayev,Xosiyat Mirzohid qizi Mahmudova
    Buxoro davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107255

Ключевые слова:

Markaziy Osiyo Eron Afg’oniston Hindiston Xitoy Rossiya davrlashtirish ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

Аннотация

Ushbu maqolam Markaziy Osiyo mintaqasi va mazkur hudud bilan azaliy chegaradosh davlatlarning mushtarak tarixi, o’zaro madaniyat va ma’naviyat almashinuvidagi sermahsul aloqalar ayniqsa ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va madaniy sohalarning tarixning turli davrlarida qay darajada taraqqiy etgani va ijtimoiy ahamiyati qanday bo’lganligini o’zida mujassam etadi.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

41

Husen Xayrulloyevich Jo‘rayev

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi,

falsafa” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori

husaynbuxoriy@mail.ru

Xosiyat Mirzohid qizi Mahmudova

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti,

Islom tarixi va manbashunosligi yo’nalishi talabasi

mahmudovaxosiyat08@gmail.com

MARKAZIY OSIYODA MADANIYATNING RIVOJLANISHIDA QO‘SHNI

MAMLAKATLAR BILAN MADANIY ALOQALARNING MUSTAHKAMLIGI

Annotatsiya:

Ushbu maqolam Markaziy Osiyo mintaqasi va mazkur hudud bilan azaliy

chegaradosh davlatlarning mushtarak tarixi, o’zaro madaniyat va ma’naviyat almashinuvidagi

sermahsul aloqalar ayniqsa ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va madaniy sohalarning tarixning

turli davrlarida qay darajada taraqqiy etgani va ijtimoiy ahamiyati qanday bo’lganligini o’zida

mujassam etadi.

Kalit so’zlar:

Markaziy Osiyo, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Rossiya, davrlashtirish,

ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

Аннотатция:

В данное статье рассматривается регион Центральное Азии и его

многовековые связи с соседними государствами. Особое внимание уделяется их общей

истории ,взаимному культурному и духовному обмену, а также плодотворным связам,

особенно в области науки, литературы, ремесел и культурных сфер. В статье отражено,

как в различные исторические перыоды ети связи достигали высокого уровня развития и

имели значительное социальное значение.

Ключевые слова:

Центральная Азия, Иран, Афганистан, Индия, Китай, Россия,

государственность, социально-политические процессы.

Annotation:

This article examines the Central Asian region and the common history of its

neighboring states with ancient ties It highlights the rich cultural and spiritual exchanges,

especially in the fields of sciens, literature, architecture and other cultural domains, tracing their

historical development through various periods. The study also explores the extent of their

progress and their socio-political significance.

Keywords:

Central Asia, Afghanistan, India, China, Iran, Russia, periodization, socio-political

processes.

KİRİSH:

Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarning tarixi,milliy madaniyati, urf-odatlari,

umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Shu

sababli ularning tarixiy ahamiyatini o’rganish, ilmiy tadqiqotlar orqali jahon hamjamiyatiga

qolaversa xalqimizga ushbu hududning moddiy va ma’naviy hayoti ,madaniyati haqida ishochli

ma’lumotlar taqdim etish manbashunoslarning asosiy burchidir. Markaziy Osiyo xalqlari haqida

bitilgan noyob asarlar va arxeologik ashyolar esa so’zimizning dalili hisoblanadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

42

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA

Avvalo so’zboshida biz “Markaziy Osiyo” atamasining yuzaga kelish tarixi bilan

tanishishimiz lozim.Geografik jihatdan bu hudud yevropalik sayohatchilar va olimlar tomonidan

“Turkiston”, “Movarounnahr”, “Turon” kabi nomlar bilan atalgan ammo “Markaziy Osiyo”

atamasi keng qo’llanilmagan. 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgach bu

hududni Markaziy Osiyo deb atash urfga kirdi.Sovet ittifoqi davrida esa (1924-yildan boshlab)

Markaziy Osiyo atamasi o’rniga Sovet O’rta Osiyo va Qozog’iston tushunchasi amalda bo’ldi.

Hozirgi

Qirg’iz

Respublikasi,Tojikiston,Turkmaniston,O’zbekiston

va

Qozog’iston

Respublikalari

mazkur

mintaqada

joylashgan

davlatlar

hisoblanadi.O’zbekiston

Respublikasining 1-Prezidenti Islom Karimov bu atamaning rasmiylashuvida alohida hissa

qo’shgan siyosatchilardan hisoblanadilar.1993-yil yanvar oyida Islom Karimov tashabbusi bilan

rasmiy

“Markaziy

Osiyo”

atamasi

iste’molga

kiritildi

unga

ko’ra

O’zbekiston ,Tojikiston,Turkmaniston,Qirg’iziston va Qozog’iston Respublikalari joylashgan

mintaqa “Markaziy Osiyo” deb ataladi. “O’rta Osiyo” geografik hududiga esa Qozog’iston

Respublikasi kirmaydi .Ikki geografik mintaqaning asosiy farqi Qozog’iston Respublikasining

birida bo’lishida va ikkinchisida bo’lmasligidadir.

Tadqiqotning materiallari haqida so’z yuritadigan bo’lsak quyidagi, o’z davrining dolzarb

asarlarini e’tirof etishimiz mumkin: “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi”, “Amir Temur davri

madaniyati”, “Hudud ul-olam”, “Navodir ul-vaqoye”, “Xonliklar davri madaniyati”,

“Mustamlaka va sovet davri madaniyati”, “O’zbekliston - Xitoy munosabatlari tarixidan”.

Arxeologik topilmalar ,qadimiy yozma manbalar hududimizda amaliy san’at va

hunarmandchilik namunalari mezolit davriga borib taqalishini isbotlab bergan.O’tgan

mingyilliklar davomida moddiy ma’naviyat yuksalib borganini shular misolida ko’rsak ,mintaqa

xalqlarining ma’naviy yuksalishi ham tadrijiy ravishda o’sa boshlagan.Buning katalizatori

sifatida biz ushbu xalqlarning turli davrlarda turli dinlarga e’tiqod qilib, mazkur dinlarning

aholining uzviy hayot tarziga ta’sir ko’rsatganini ko’rsatib o’tamiz .Xuddi shu o’rinda Markaziy

Osiyo xalqlari hayotida “Islom’’dining o’rni beqiyosligini ,Aholining aksar qismi musulmon

shariatiga amal qilib ham diniy ham dunyoviy fanlarda mislsiz yutuqlar va olamshumul

kashfiyotlarga erishganini milodiy IX - XII va XIV - XV asrlar miqyosida ko’rish mumkin.

Darhaqiqat , bu ikki davr “Sharq Uyg’onish Renesansi” yoki “Musulmon Renesansi” kabi

nomlar bilan ataladi. Mazkur davrda yaratilgan asarlar va ijtimoiy fikrlarning xilma -xilligi va

insoniyat hayotiga foydali jihatlari faqatgina mintaqa va unga qo’shni mamlakatlarda emas balki

G’arbiy yevropa va Amerika hatto Afrika davlatlariga va ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir

ko’rsatdi.Markaziy Osiyoda ilk davlatchilik tamoyillaridan boshlab ilk o’rta asrlardagi turk-

sug’d konfederatsiyalarigacha ,arablar fathidan so’ng yuzaga kelgan sulolaviy boshqaruv

davlatlari, mo’g’ullar istilosi, Amir Temur va Temuriylar, undan so’ng O’rta Osiyoda vujudga

kelgan xonliklar misolida tanqidiy -tahliliy o’rganish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Markaziy Osiyo mintaqasi hududiy jihatdan shimolda Rossiya ,sharqda Xitoy ,janubda

Afg’oniston va Eron ,g’arbda Kaspiy dengizi bilan chegaralanadi. Markaziy Osiyo davlatlari va

qadimgi Xitoy o’rtasidagi iqtisodiy diplomatik aloqalar bir necha ming yilliklarga borib

taqaladi .Qadimgi Xitoy yozma yodgorliklarida ko’rsatilishicha, Markaziy Osiyo va Xitoy

o’rtasidagi munosabatlar miloddan avvalgi 3-mingyillikning oxirida mavjud bo’lgan.Xitoyga

Turkistondan olib kelingan o’simliklari ko’p bo’lib ,ularning ayrimlari G’arbiy Xan imperiyasi

elchisi Chjang Chyangning Farg’onaga va atrofdagi qo’shni mamlakatlarga kelib ketishi bilan

bog’liqdir.Mosh,sedana,sholg’om

,oshqovoq,turp

kabi

o’simliklar

shular

jumlasidandir.Turkistondan olib kelingan o’simliklar ichida bevosita O’zbekiston hududidan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

43

tarqalganlaridan biri uzum bo’lsa , ikkinchisi beda hisoblanadi.Somoniylar davrida

markazlashgan davlatga asos o’z navbatida mamlakat ijobiy hayotiga ijobiy ta’sirini ko’rsatgan.

Dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlana boshladi. 751-yilda Xitoy davlati

Markaziy Osiyoni ya’ni “G’arbiy yerlar”ni zabt etish uchun bizning hududlarimizga bostirib

kiradi.Hal qiluvchi jang Talos vodisida bo’ladi va bunda xitoyliklar mag’lub bo’ladi.Natijada

ko’plab hunarmandlar asirga tushishdi.Bu esa xitoyliklardan qog’oz ishlab chiqarish usulini

o’rganib olishga yordam berdi. Shuningdek G’aznaviylar davlati davrida Shoh Mahmud

G’aznaviy o’zining yashin tezligida harakat qiladigan o’z davrining qudratli qo’shiniga

tayanadi.Islom dinini o’ziga g’oyaviy bayroq qilib oladi ,islom yo’lida va himoyasida g’azot

urushlari olib borgan.Harbiy xizmatchilarning barchasi davlat hisobidan yetarli miqdorda maosh

bilan ta’minlangan.Mahmud G’aznaviy erishgan g’alabalar va boyliklar bu sulolaning qudratini

yanada oshirdi.U o’z yurishlarining birida Kanauj shahridan 20 millon dirham, 57000 qul, 350 ta

fil keltirgan .Shu o’rinda biz 1004-yilda Xorazmda tashkil etilgan Xorazm Ma’mun

Akademiyasining madaniy hayotda tutgan o’rni haqida ma’lumotlar keltiraman.Ushbu

akademiyaning faol olimlari fanning barcha turlari bilan shug’ullanishgan.

Suv sathini o’lchash ,yerostidan korizlar chiqarish ,binolar qurishga doir murakkab

loyihalar shular jumlasidandir ammo Mahmud G’aznaviy 1017-yili Xorazmni istilo qilishi bilan

akademiya faoliyati to’xtadi.Olimlari esa G’aznaga olib ketildi.Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo

va unga tutash hududlarda Xorazmshohlar davlati ham hukm surgan.Manbalarda hukmdor

saroyida 27 ta davlatning hukmdor yo shahzodalari Xorazmshoh saroyida garovda yoki asirlikda

saqlangan va podshohga alyorlar aytib turgan deyiladi.Ushbu davlatning xotimasini mo’g’ullar

yasab berdi.Dastavvalgi mo’g’ullar boshqaruvi davrida deyarli vayronagarchiliklar kuzatiladi.

Faqatgina XIV asrdan boshlab mo’g’ullar islom diniga kira boshlaydilar.Ushbu xalqlarning

madaniy hayotga ta’siri sezilarli darajada ijobiy bo’ldi deya olmaymiz .XIV asrning 60-70-

yillaridan Movarounnahr mintaqasidagi siyosiy va harbiy harakatlarda Amir Temur muhim rol

o’ynadi.Amir Temur davlati madaniyatining shiddatli va keng doirada yuksalishining ikkita

o’ta muhim omili yuzaga kelgan bo’lib ularsiz bu kabi yuqori cho’qqilarga ko’tarilishning iloji

bo’lmagan.Ularning birinchisi Amir Temur davri mafkurasining asosini Bahouddin Naqshband

tariqatining g’oyalari tashkil etgan bo’lsa,ikkinchisi ,madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga

bevosita Amir Temurning o’zi boshchilik qilganidadir. Ma’lumki XIV -XV asrlarda O’rta Osiyo

xalqlari madaniyati dunyoda eng oldingi o’rinlardan birini egallagan edi.Madaniy hayotda

bunday taraqqiyot darajasining eng avvalo markazlashgan qudratli Temuriylar davlatining

barpo etilgani tufayli erishildi.XVI asrdan boshlab esa Markaziy Osiyo xalqlari madaniy

hayotidan avvalgi yutuqlarni saqlab qolishning imkoni bo’lmadi.Aksincha madaniy hayotning

orqaga siljishi kuzatildi,uzoq davom etgan turg’unlik davri boshlandi.Bunga esa markazlashgan

davlatning parchalanib ketishi, O’rta Osiyoda hukmron bo’lish niyatida uchchala xonlik o’rtasida

muttasil davom etgan qirg’inbarot urushlar va o’zaro ichki nizolar sababchi bo’lgan.

Ijtimoiy hayotda o’zbek va fors tillari qo’llanilgan.An’anaga ko’ra esa fanda va maktabda

arab tili muhim o’rin tutgan.Madrasalar 3 bosqichli bo’lib, ularda arab ,fors ,o’zbek tili

mukammal o’rgatilgan. Shuningdek fiqh,hisob,handasa ,astronomiya, axloq, falsafa, mantiq,

adabiyot, geografiya, tarix,tabobat o’qitilgan.

Qo’shni mamlakatlar bilan madaniy aloqalarning yo’lga qo’yilishi va mustahkamlanishi

bir nechta omillarga bog’liq.Avvalo tarixiy mushtaraklik bunda Buyuk Ipak Yo’lining ahamiyati

katta.Ushbu savdo yo’li orqali Xitoy, Hindiston, Fors, Arabiston va Yevropa bog’langan

hududlar bir-birining madaniyatidan ta’sirlangan. Bunga qo’shimcha ravishda Islom dini VIII

asrdan boshlab bu mintaqada keng tarqalib, yagona madaniy birlik yaratdi. Ilm-fan va diniy

adabiyotga doir risolalar fors, arab,turkiy tillarda bitilgan. Alisher Navoiy va Jomiy kabi


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

44

adabiyot namoyondalari umumiy madaniy merosning ramzi hisoblanadi.Aholining urf-odat va

bayramlari ham o’zaro umumiylikka ega.Masalan Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi

xalqlardan qolgan yodgorliklar’’ asarida “Navro’z” bayramining 5000 yillik tarixga ega ekanligi

va Fors diyorida shakllanib keyinchalik Markaziy Osiyoga kirib kelganini aytadi va bu bayram

Markaziy Osiyo orqali hatto Xitoyga ham yetib borgan.Fors tili o’rta asrlarda Markaziy

Osiyoning ilm-fan,davlat boshqaruvi va adabiyotida asosiy tillardan biri bo’lgan.Abu Abdulloh

Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Jomiy, Sa’diy Hofiz singari forsiy shoirlarning asarlari Markaziy

Osiyo madaniyatiga chuqur ta’sir qilgan. Miniatyura san’ati, gilam to’qish, koshinkorlik

texnikasi Eron madaniyatidan olingan. Buyuk Ipak Yo’li orqali Markaziy Osiyoga Xitoyning

ipak,chinni idishlari,qog’ozi va buddizm madaniyati kirib kelgan.Markaziy Osiyodan esa

Xitoyga otlar,shisha buyumlar va diniy bilimlar yetib borgan .Xitoy tibbiyoti va dorishunosligi

Markaziy Osiyo tabobatiga ta’sir ko’rsatgan. Bunga misol qilib igna bilan davolashni aytishimiz

mumkin.Boburiylar davrida Hindiston va Markaziy Osiyo madaniy aloqalari kuchaygan.Hind

rqaslari va musiqa asboblari Markaziy Osiyoning saroy madaniyatiga kirib kelgan.Bunga

qo’shimcha ravishda hind ziravorlari va matolari ham sotish uchun muntazam keltirilgan.

Buxoro, Xiva, Samarqand,Qo’qon shaharlaridagi naqshinkor me’morchilik fors va turk

madaniyati bilan uyg’unlashgan. Gilamdo’zlik, kulolchilik, zargarlik, san’ati butun Markaziy

Osiyo xalqlarida rivojlangan.

Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida esa madaniy hayotda o’zgarishlar davri

boshlandi.Ayniqsa Sovetlar hokimiyatga kelgandan keyin

XX asrning 20-yillarida xalq

ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida namoyon bo’ldi.Buning ijobiy tomonlari va unga muqobil

ravishda salbiy tomonlari ham bor.

XULOSA

Markaziy Osiyoda hududida moddiy

madaniyatning yuzaga kelishini arxeologik

tadqiqotlar mezolit davridan boshlangan deb hisoblashadi va bu madaniyat vaqt o’tgani sari

takomillashib bir nechta sivilizatsiyalar bilan to’qnashib turli elementlarni o’zida mujassam

etdi.Masalan Makedoniyalik Aleksandr bosqinidan keyin Movarounnahr hududida yunon yer

o’lchov birligi ,tangalari ,sopol idishlar tayyorlash texnikasi kirib keldi ammo Mo’g’ullar

iste’losi davrida deyarli hech qanday o’zgarish bo’lmaydi aksincha ularning kelishi vayronkorlik

bilan boshlandi va ularning hayotida ijobiy o’zgarishlar Islom dinini qabul qilishlari bilan

namoyon bo’ladi.Vaqtlar o’tib O’rta Osiyo xonliklari davrida Forslar yana o’z qo’shinlari bilan

bostirib kelib ma’lum muddat vassallik holatida saqlashdi va shu orada shialik oqimining ta’siri

Markaziy Osiyoda keng yoyildi.Navbatdagi metropoliya esa Chor Rossiyasi hisoblanadi.Chor

Rossiyasining mustamlakachilik siyosati natijasida O’rta Osiyo xonliklari qaram xalqqa aylanib

qolgan bo’lsada , serqirra, fan arbobi Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoye” asarida Chor

Rossiyasi o’lkadagi qulchilikni tugatdi deb yozadi.Darhaqiqat bu o’z davri uchun o’ta muhim

islohot bo’ldi .Bunga qo’shimcha ravishda ma’rifatparvar jadidlar tomonidan yoshlarni

rivojlangan davlatlarga o’qishga yuborish yo’lga qo’yildi garchand mashaqqatli ish bo’lsa

ham .So’zimizning isboti sifatida Buxoro Davlat Universiteti tarixchisi,tarix fanlari doktori

Shodmon Ahmadovich Hayitovning muhojirlikka oid ilmiy tadqiqotlarida keltirilgan quyidagi

ma’lumotlarni keltirish mumkin:Jadid namoyondalarining eng yirik vakili Fayzulla

Xo’jayevning siyosiy boshqaruv faoliyati davrida yoshlardan bir nechta guruhi o’qish uchun chet

elga yuborilgan edi.Xorazm hukumati tomonidan yuborilgan yoshlarga Xorazm hukumati

mablag’ bera olmay ortga qaytishlari uchun rasmiy xat tayyorlashadi va bundan voqif bo’lgan

Fayzulla Xo’jayev Xorazm yoshlarining o’qish xarajatini ham Buxoro hukumati ko’taradi deb

Xorazm hukumatiga birodarlik yoradamini ko’rsatadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

45

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Ahmad Donish. Navodir ul-vaqoye.

2. Alimova R.R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi.

3. Xo’jayeva A., Karimova N., Qo’ldoshev SH., Jumaniyozova F., Azomov X. O’zbekiston-

Xitoy munosabatlari tarixidan. – T.: - 2022.

4. Taniyeva G. Xonliklar davri madaniyati.

5. G’oibov N. Amir Temur davri madaniyati.

6.

Taniyeva G. Mustamlaka va sovet davri madaniyati.

Библиографические ссылки

Ahmad Donish. Navodir ul-vaqoye.

Alimova R.R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi.

Xo’jayeva A., Karimova N., Qo’ldoshev SH., Jumaniyozova F., Azomov X. O’zbekiston-Xitoy munosabatlari tarixidan. – T.: - 2022.

Taniyeva G. Xonliklar davri madaniyati.

G’oibov N. Amir Temur davri madaniyati.

Taniyeva G. Mustamlaka va sovet davri madaniyati.