INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
18
Ergashova M.J.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistri,
e-mail: mohigulergashova1510gmail.com
Tel: +998974558588
Dehqonova N.Sh.
Yashil iqtisodiyot kafedrasi kata o’qituvchi PhD
TADBIRKORLIKNI QO’LLAB QUVATLASHDA SOLIQ YUKINI
KAMAYTIRISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya:
Mazkur maqola tadbirkorlik sub'ektlariga soliq yukini kamaytirish orqali ularning
rivojlanishiga ko'maklashishning iqtisodiy ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada soliq
siyosatining tadbirkorlik faoliyatiga ta'siri, shu jumladan soliq yukining yuqori bo'lishi
natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar o'rganiladi. Shuningdek, maqolada soliq yukini
kamaytirishning turli usullari (masalan, soliq imtiyozlari, soliq stavkalarini pasaytirish, soliq
ma'muriyatini soddalashtirish) ko'rib chiqiladi va ularning samaradorligi taqqoslanadi. Maqola
yakunida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashda soliq yukini kamaytirish bo'yicha tavsiyalar va
strategik yo'nalishlar beriladi, bu esa hukumat va tadbirkorlik sub'ektlarining o'zaro
hamkorligini mustahkamlashga yo'naltirilgan. Mamlakatda adolatli soliq siyosatini yo’lga
qo’yish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Kalit so’zi:
tadbirkorlik, soliq, soliq tizimi, soliq yuki, soliq yuki ko’rsatkichlari, soliqqa tortish.
ABSTRACT:
This article analyzes the economic importance of supporting the development of
business entities by reducing the tax burden. The article examines in detail the impact of tax
policy on business activity, including the negative consequences of a high tax burden Also, the
article examines various ways of reducing the tax burden (for example, tax credits, lowering tax
rates, simplifying tax administration) and compares their effectiveness. At the end of the article,
recommendations and strategic directions for reducing the tax burden in support of
entrepreneurship are given, which are aimed at strengthening the cooperation between the
government and business entities. Establishing a fair tax policy in the country is the most
important. is one of the important issues.
Key word:
entrepreneurship, tax, tax system, tax burden, tax burden indicators, taxation
АННОТАЦИЯ:
В данной статье анализируется экономическая значимость поддержки
развития субъектов предпринимательства за счет снижения налогового бремени. В статье
подробно рассматривается влияние налоговой политики на деловую активность, в том
числе негативные последствия высокой налоговой нагрузки Также в статье
рассматриваются различные способы снижения налогового бремени (например,
налоговые
льготы,
снижение
налоговых
ставок,
упрощение
налогового
администрирования) и сравнивается их эффективность. В конце статьи даны
рекомендации и стратегические направления по снижению налоговой нагрузки в
поддержку предпринимательства, которые направлены на укрепление сотрудничества
между государством и субъектами предпринимательства. Установление справедливой
налоговой политики в стране является важнейшим. является одним из важных вопросов.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
19
Ключевые слова:
предпринимательство, налог, налоговая система, налоговая нагрузка,
показатели налоговой нагрузки, налогообложение.
Kirish
Iqtisodiyotni modernizarsiyalash sharoitida davlatning soliq ma’muriyatchiligini tubdan isloh
qilishda birinchi navbatda soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini
soddalashtirib borish, optimal soliq yukini belgilash muhim masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa,
soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini tobora kamaytirib borish, buning natijasida soliq
tizimini yanada samarali ishlashini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Shuningdek
,
tadbirkorlik subyektlarining ham soliq yuki darajasini kamaytirib borish, ularga nisbatan
optimal darajadagi soliq yukini belgilash va shu miqdorni davomiy saqlab turishdan davlat va
tadbirkorlar ham bir xilda manfaatdor bo’ladi . Soliq yuki darajasini optimal baholanishi
tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiradi , tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy daromadlarini
oshiradi bu esa o’z navbatida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida quvvatli qiladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar va
yig‘imlar hisobidan shakllantiriladi. Soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi davlat
darajasida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar, ya’ni budjet va maqsadli
jamg‘armalarning o‘z vaqtida sarflanishini moliyalashtirishga xizmat qiladi. Tadbirkorlik esa
har qanday davlat iqtisodiyotining muhim dvigatelini tashkil etadi. U yangi ish o'rinlari yaratish,
innovatsiyalarni rivojlantirish va umumiy farovonlikni oshirishga hissa qo'shadi. Ammo
tadbirkorlikning rivojlanishi ko'plab omillarga, jumladan, davlatning soliq siyosatiga bog'liq.
Yuqori soliq yuklari tadbirkorlar uchun katta to'siq bo'lib, ularning faoliyatini cheklaydi va
rivojlanishini sekinlashtiradi. Shuning uchun tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashda soliq yukini
kamaytirishning ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy salohiyatini
yanada yuksaltirish, ularga kelgusida soliq va yig‘imlar bo‘yicha budjetga tushumlarni
ko‘paytirish imkonini beruvchi mexanizmni yaratish, korxonalarning investitsion jozibadorligi
va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, asosli takliflar topish va faoliyatini rivojlantirish,
amaliy maslahatlar va aniq yechimlarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb
masalalaridan biridir.
Adabiyotlar sharhi
Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi bo’lib kelmoqda.
Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat
o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi.
Ko'plab iqtisodchilar tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun soliq siyosatini muhim
vosita sifatida ko'rib chiqishadi. Soliq yukining ortiqcha bo'lishi tadbirkorlarning faoliyatini
cheklab, investitsiyalarni kamaytirishi va ish o'rinlari yaratilishini sekinlashtirishi mumkin.
Aksincha, soliq yukining maqbul darajada bo'lishi tadbirkorlik faoliyatining kengayishiga,
innovatsiyalar rivojlanishiga va umumiy iqtisodiy o'sishga hissa qo'shadi.
Neoklassik iqtisodiy o'sish nazariyalari soliqlarning samaradorlikka ta'sirini keng ko'lamda
o'rganadi. Ushbu nazariyalar soliqlarning investitsiyalar va kapital jamg'arishga ta'sirini tahlil
qiladi. Kam soliq yukiga ega bo'lgan mamlakatlarda investitsiyalar o'sishi va iqtisodiy o'sish
tezligi yuqori bo'lishi kuzatiladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
20
Oʻrganilayotgan mavzu doirasidagi izlanishlar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, xorijlik olimlardan
A.Agrawal, G.Zodrow, C.Rosell, T.Simcoe, S.Appelt, M.Bajgar, Ch.Criscuolo larning ilmiy
tadqiqotlarida , mahaliy olimlardan T.Malikov, S.R.Adizov, Q.Yaxyoyev, O.Z.Gaybullayev,
Sh.Turayev, K.Hotamov, B.Sanaqulova, Q.T.Bozorov, B.Isroilov, S.Sultanova, I.Niyazmetov,
Z.Qurbonov, F.Isayev, Q.Tuxsanov, U.Normurzayev, U.Rajabov va shu kabi olimlarimizning
soliq yuki bilan bogʻliq ilmiy muammolar oʻrganilib tadqiq qilingan
Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat dasturlarini o'rganuvchi empirik tadqiqotlar
soliq imtiyozlari va subsidiyalarning tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda.
Kichik va o'rta korxonalar uchun soliq yukini kamaytirish ularning omon qolish ehtimolini
oshiradi va yangi ish o'rinlari yaratishga yordam beradi.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadbirkolik faoliyatiga soliqlarning ta’siri, soliq yukini hisoblab topish uchun analiz va sintez,
induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi. Ma’lumotlarni aniqroq koʻrsatish uchun jadval
usulidan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar
Soliq yukini hisoblash davlat tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning
muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu davlatning tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash
siyosatini baholashga, soliq siyosatining samaradorligini o'lchashga va soliq yukini adolatli
tarzda taqsimlashga yordam beradi. Soliq siyosati tadbirkorlik faoliyatiga sezilarli ta'sir
ko'rsatadi, bu ta'sir esa soliq yukining darajasiga va soliq tizimining tuzilishiga bog'liq. Yuqori
soliq yuki tadbirkorlar uchun bir qancha salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin:
* Yuqori soliqlar tadbirkorlarning investitsiya qilishga bo'lgan istagini kamaytiradi.
Chunki yuqori soliqlar daromadni kamaytiradi va investitsiyalarni qaytarishni sekinlashtiradi.
Bu yangi texnologiyalarni joriy etishni, ishlab chiqarishni kengaytirishni va umuman biznesni
rivojlantirishni qiyinlashtiradi.
* Investitsiyalarning kamayishi ish joylarining kamayishiga olib keladi. Tadbirkorlar
kamroq ishchi yollashadi yoki hatto mavjud ishchilarini ishdan bo'shatishadi, chunki yuqori
soliqlar ularning rentabelligini pasaytiradi.
* Yuqori soliqlar tadbirkorlarning yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga bo'lgan
rag'batini kamaytiradi. Chunki innovatsiya xarajatlarni talab qiladi va yuqori soliqlar bu
xarajatlarni qoplashni qiyinlashtiradi.
* Yuqori soliqlar qora bozorning rivojlanishiga turtki bo'ladi. Tadbirkorlar soliq
to'lashdan qochish uchun noqonuniy usullarni qo'llashlari mumkin, bu esa davlat byudjetini
kamaytiradi va adolatsizlikni kuchaytiradi.
* Yuqori soliq yukini ko'tarishga qodir bo'lmagan kichik va o'rta bizneslar yopilishi mumkin.
Soliq yukining darajasini baholash juda murakkab jarayon boʻlib, u faqatgina soliqlarning
umumiy miqdoriga emas, balki uning taqsimlanishiga, iqtisodiy oʻsishga, ijtimoiy
xizmatlarning sifatiga va boshqa omillarga bogʻliq.
Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki,
mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada
ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt
oralig‘ida davlat budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
21
yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. Mezodarajada
ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki
ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan subyektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki
ifodalanadi.Quyidagi 1-jadval orqali O’zbekiston Respublikasini soliq yuki darajasini
makrodarajada tahlil qilib ko’ramiz .
1-jadval
O'zbekiston iqtisodiyotining 2019-2023 yillardagi soliq yukining dinamikasi
Yill
ar
YAIM
(joriy
narxlard
a)
YAI
M
o'sis
h
sura
ti
Soliqli
daromadlar
Soliqli
daromadlar
o'sish
surati
Soliq yuki (Soliqli
daromadlar/YAIM
*100)
Soliq
yuki
o'sish
surati
201
9
594659,6
112 165,40
18,8621188
202
0
668038
101,
6
132 938,00
118,5
19,8997662
105,5
01
202
1
820536,6
108
164 799,40
124,0
20,0843448
100,9
28
202
2
995573,1
106
201 863,70
122,5
20,2761304
100,9
55
202
3
1192163
106,
3
231 721,30
114,8
19,4370485
95,86
17
Taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, O'zbekiston iqtisodiyotining 2019-2023 yillardagi
soliq yukining dinamikasini tahlil qilish mumkin. Jadvalda ko'rsatilgan ma'lumotlarga qarab
quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: YAIMning barqaror o'sishi: 2019-2023 yillar oralig'ida
YAIMning o'sishi kuzatilgan, ammo o'sish sur'ati yildan-yilga bir xil emas. Soliqli
daromadlarning o'sishi: Soliqli daromadlar ham YAIM bilan birga o'sgan, bu davlat
byudjetining mustahkamlanishiga yordam bergan. Ammo o'sish sur'ati ham barqaror emas.
Soliq yukining nisbatan barqarorligi: Soliq yuki (soliq daromadlari/YAIM*100) 2019 yildan
2023 yilgacha nisbatan barqaror bo'lib qolgan. Bu demakki, soliq siyosati YAIM o'sish sur'ati
bilan bir qatorda o'zgargan. Ammo 2023 yilda biroz pasayish kuzatilgan. Soliq yuki o'sish
sur'atining o'zgarishi: Soliq yuki o'sish sur'ati yildan-yilga o'zgargan, ba'zi yillarda o'sgan, ba'zi
yillarda esa pasaygan. Bu turli omillarga, jumladan, soliq siyosatining o'zgarishi,
iqtisodiyotning holati va boshqalarga bog'liq bo'lishi mumkin. 2023 yildagi pasayish alohida
e'tiborga loyiq.
Bugungi kunda dunyoning industrial rivojlangan mamlakatlari va yer osti ma’danlariga boy
bo’lgan Yaqin Sharq mamlakatlarida soliq yuki 20-25 foizga teng bo’lgan bir paytda,
rivojlanayotgan dunyo mamlakatlarida 35-40 foiz atrofida ekanligi va O’zbekistonda erishilgan
20 foizlik daraja o’rtasidagi farqlanish, ularda amalda bo’lgan soliq yuki mazkur davlatlar
iqtisodiyoti uchun engilmi yoki og’irmi yoxud ular iqtisodiyotining hozirgi holati uchun
optimal (maqbul) soliq yuki necha foizni tashkil etishi lozim degan haqli savollarni keltirib
chiqaradi. Masalan, hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizdagi soliq munosabatlarini tadqiq
qilayotgan chet el ekspertlari tomonidan soliq yukining og’irligi to’g’risidagi fikrlariga aniqlik
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
22
kiritish maqsadida, xo’p soliq yuki og’ir ham deylik, sizlarning hisob kitoblaringiz bo’yicha
bizda soliq yuki ko’rsatkichi qanday darajada bo’lishi lozim degan savolga tayinli javob ola
olmaysiz. Sababi, bugungi kunga qadar dunyo bo’yicha har bir mamlakat uchun optimal
(maqbul) soliq yukini aniqlashning umum e’tirof etilgan uslubiyoti yo’qligidir
Optimal (maqbul) soliq yukini hisoblashda quyidagi omillar hisobga oligan holda amalga
oshirilishi lozim deb hisoblaymiz.
* Soliq turlari: Soliq turlari (masalan, daromad solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, mulk solig'i)
soliq yukining taqsimlanishini ta'sir qiladi.
* Soliq stavkalari: Soliq stavkalari (masalan, progresiv soliq stavkalari, regressiv soliq
stavkalari) soliq yukining taqsimlanishini ta'sir qiladi.
* Soliq imtiyozlari: Soliq imtiyozlari soliq yukining taqsimlanishini ta'sir qiladi.
Soliq yukini kamaytirishning turli usullarining samaradorligi ko'plab omillarga, jumladan,
mamlakatning iqtisodiy holati, soliq tizimining tuzilishi va maqsadli auditoriyaga bog'liq. Hech
qaysi usul barcha vaziyatlar uchun ideal emas. Quyidagi 2-jadval orqali ba'zi usullar va
ularning nisbiy samaradorligi taqqoslab ko’ramiz.
2-jadval
Soliq yukining kamaytrishning usullarini samaradorligi va kamchiliklari
№
Soliq
yukining
kamaytirishning
usullari
Samaradorligi
Kamchiliklari
1
Soliq stavkalarini
pasaytirish:
Oddiy va tushunarli usul.
Past
stavkalar
biznes
faoliyatini
rag'batlantirishi,investitsiy
alarni oshirishi va ish
o'rinlarini
yaratishga
yordam berishi mumkin..
Biroq, bu usul davlat byudjetining
daromadlariga salbiy ta'sir qilishi
mumkin, Byudjet daromadlarining
pasayishi,
taqsimotning
adolatsizligi.
2
Soliq
imtiyozlari
va yengilliklari:
Ma'lum turdagi biznes
yoki faoliyatni
qo'llab-
quvvatlashga
mo'ljallangan. Nishonli va
maqsadga
muvofiq
bo'lishi mumkin.
Murakkablik, korrupsiya xavfi,
adolatsizlik, imtiyozlardan noto'g'ri
foydalanish.
3
Soliq
bazasini
kengaytirish:
Soliqqa
tortish
obyektlarini ko'paytirish
orqali soliq daromadlarini
oshirishga imkon beradi.
Biznesga
qo'shimcha
yuk,
investitsiyalarni
kamaytirish,
soliqqa tortishning murakkabligi
4
Soliq
ma'muriyatini
soddalashtirish
Soliq to'lash jarayonini
soddalashtirish
va
osonlashtirish
orqali
biznesga
vaqt
va
resurslarni
tejashga
yordam beradi.
O'zgarishlarni amalga oshirish
uchun dastlabki investitsiyalar
talab qilinadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
23
5
Soliqqa tortishning
progressiv tizimini
joriy etish:
Yuqori daromadli shaxslar
va korxonalardan ko'proq
soliq
undirish
orqali
daromad
taqsimotini
tenglashtirish va ijtimoiy
adolatni
ta'minlashga
yordam beradi.
Investitsiyalarni
kamaytirish,
yuqori daromadli shaxslarning
boshqa mamlakatlarga ko'chib
ketishi xavfi.
Eng samarali usulni tanlash bu davlatning iqtisodiy holati bilan bog'liq hisoblanadi.
Masalan, rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq ma'muriyatini soddalashtirish va soliq
imtiyozlarini samarali qo'llash muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Rivojlangan
mamlakatlarda esa, progressiv soliq tizimi va soliq bazasini kengaytirish iqtisodiy o'sishni
ta'minlashda muhim rol o'ynashi mumkin. Optimal yechim ko'pincha turli usullarni
birlashtirishdan iborat. Muhim jihati - har qanday usulning jamiyatga, biznesga va davlat
byudjetiga bo'lgan ta'sirini puxta o'rganish va tahlil qilishdir
Har bir mamlakat, shu jumladan O’zbekiston uchun optimal (maqbul) soliq yukini ishlab
chiqilishi va unga amal qilinishi iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi va aholining yashash
darajasini yaxshilanib borishi uchun asos yaratadi.
Soliq yukining kamayishi tadbirkorlik subyektlari uchun bir qancha ijobiy ta'sirlarga ega bo'lib,
ulardan quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin:
1. Faoliyatning kengayishi va investitsiyalarni jalb qilish: Kamaygan soliqlar biznesning
foydasini oshiradi, bu esa kompaniyalar uchun kengayish va yangi loyihalarga investitsiya
qilish imkoniyatini beradi. Kamroq soliq yuklari investitsiyalarni jalb qilishni osonlashtiradi,
chunki xorijiy va mahalliy investorlar yuqori daromad kutish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
2. Ish o'rinlarining ko'payishi: Kengayish va investitsiyalar yangi ish o'rinlarini yaratishga olib
keladi. Bu ishsizlikni kamaytirish va aholining farovonligini oshirishga yordam beradi.
3. Innovatsiyalarni rag'batlantirish:Qo'shimcha mablag'lar tadqiqot va rivojlantirishga
sarflanishi mumkin, bu esa yangi texnologiyalar va mahsulotlarni yaratishga olib keladi. Bu
raqobatbardoshlikni oshiradi va iqtisodiy o'sishni tezlashtiradi.
4. Raqobatbardoshlikni oshirish: Kam soliq yuklari bilan biznes boshqa mamlakatlardagi
raqobatchilariga nisbatan yanada raqobatbardosh bo'ladi. Bu eksportni ko'paytirish va iqtisodiy
o'sishni qo'llab-quvvatlaydi.
5. Yashirin iqtisodiyotning kamayishi: Soliq yukining oqilona darajada kamayishi qora bozor
faoliyatining pasayishiga yordam beradi, chunki rasmiy biznesning jozibadorligi oshadi.
Ammo, soliq yukining kamayishining ham salbiy tomonlari bo'lishi mumkin. Bu davlat
byudjetining daromadlarini kamaytirishi va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishni
qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun, soliq siyosatida muvozanatni topish juda muhim
hisoblanibiqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va davlatning ijtimoiy vazifalarini bajarish o'rtasida
optimal muvozanatni saqlashi lozim.
Xulosa va takliflar
Hozirgi kunda O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga doir izchil
siyosat olib borish natijasida har yili soliq yukini kamaytirish choralari amalga
oshirilmoqda.Tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash esa har qanday davlatning iqtisodiy
taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. Soliq siyosati, tadbirkorlik faoliyatini
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
24
rag'batlantirish va rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston kabi rivojlanayotgan
mamlakatlarda soliq yukining maqbul darajada bo'lishi, soliq tizimining soddalashtirilishi va
shaffofligi, shuningdek, soliq imtiyozlari va subsidiyalarining maqsadli qo'llanilishi iqtisodiy
o'sishni tezlashtiradi, ish o'rinlarini yaratadi va aholining turmush darajasini oshiradi. Ammo,
soliq siyosati faqatgina daromadlarni ko'paytirishga emas, balki ijtimoiy adolat va barqaror
rivojlanishni ta’minlashga ham xizmat qilishi lozim. Noto'g'ri shakllantirilgan soliq siyosati esa
aksincha, tadbirkorlik faoliyatini cheklab, "qora" bozorning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarini yanada samarali qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi takliflarni berish
mumkin:
1.Soliq yukini bosqichma-bosqich optimallashtirish: Kichik va o'rta biznes uchun soliq yukini
kamaytirish, ayniqsa, yangi tashkil etilgan korxonalar uchun imtiyozlar joriy etish. Bunda, soliq
tizimining murakkabligini kamaytirish va shaffofligini oshirish orqali soliq to'lash jarayonini
soddalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2.Maqsadli soliq imtiyozlari va subsidiyalar: Innovatsion texnologiyalarni joriy qiluvchi,
eksportga yo'naltirilgan va yuqori qo'shilgan qiymat yaratuvchi korxonalarga maqsadli soliq
imtiyozlari va subsidiyalar berish. Bu imtiyozlarni taqdim etishda aniq mezonlar va shaffof
tanlov jarayoniga rioya qilish zarur.
3. Raqamli texnologiyalarni joriy etish: Soliq organlarining ishlashida raqamli
texnologiyalardan keng foydalanish soliq to'lash jarayonini soddalashtiradi, korrupsiyani
kamaytiradi va soliq to'lovchilarga qulaylik yaratadi. Elektron hisobot berish tizimini
takomillashtirish va keng tarqatib, tadbirkorlarga qo'shimcha qulaylik yaratish kerak.
4.Soliq maslahatlari va o'qitish: Tadbirkorlarga soliq qonunchiligi bo'yicha sifatli maslahatlar
va o'qitish kurslarini taklif qilish. Bu ularning soliqlarni to'g'ri hisoblash va to'lash
ko'nikmalarini oshiradi va noqonuniy faoliyatdan saqlaydi.
5. Doimiy monitoring va baholash: Soliq siyosatining samaradorligini doimiy ravishda
monitoring qilish va baholash orqali uni takomillashtirish. Bu tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini
ob'ektiv baholashga va tegishli o'zgarishlarni kiritishga yordam beradi.
Ushbu takliflarni amalga oshirish orqali O'zbekistonda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash,
iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va aholining turmush darajasini oshirish mumkin deb
hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. (So‘nggi tahriri)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid farmon va
qarorlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining rasmiy hisobotlari
va tavsiyalari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi materiallari.
5. Barro, R. J., & Sala-i-Martin, X. (2004). “Economic Growth” – Soliq siyosati va iqtisodiy
o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik.
6. Stiglitz, J. E., & Rosengard, J. K. (2015). “Economics of the Public Sector” – Davlat
moliyasi va soliq imtiyozlari.
7. Musgrave, R. A., & Musgrave, P. B. (1989). “Public Finance in Theory and Practice” –
Soliq tizimining iqtisodiy ta’siri.
8. Doing Business Reports (Jahon banki) – O‘zbekistonda tadbirkorlik muhiti va soliq
yukining o‘rni.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
25
9.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi hisobotlari – Mahalliy tadbirkorlik
subyektlariga soliq yukining ta’siri.
10. Xamidov, S. (2022). “Tadbirkorlik rivojlanishida soliq yengilliklarining roli” – Iqtisodiy
tadqiqotlar jurnali.
11. Rajabov, A. (2023). “O‘zbekistonda soliq siyosatini liberallashtirishning natijalari” –
O‘zbekiston iqtisodiy tahlil jurnali.
12. OECD Tax Policy Studies – Xalqaro tajriba asosida soliq yukini kamaytirishning samarasi.
13.
IMF Working Papers on Tax Reforms – Xalqaro valyuta jamg‘armasining soliq islohotlari
bo‘yicha tadqiqotlari.
14. https://soliq.uz/-O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi rasmiy veb-sayti
15. https://stat.uz/-O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy veb-sayti
16. https://minfin.uz/-O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy
veb-sayti