INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
6
Yakubova Asalxon Ulug'bek qizi
Nizomiy nomidagi TDPU “Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim”
fakulteti “Logopediya”yo’nalishi magistranti
O'ZBEKISTONDA MAXSUS TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR SAMARASI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogik texnologiya,hozirgi globallashiv davrida pedagogik
texnologiyaning o'rni,rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim tarbiya berish,ularning
nutqini rivojlantirishda pedagogik texnologiyaning ijobiy ahamiyati va qo'llanilishi yuzasidan
ma'lumotlar berilgan.
Аннотация:
В этой статье представлена информация о педагогической технологии,роли
педагогической технологии в современном глобализационном периоде,воспитании детей с
отклонениями в развитии,положительном значении и применении педагогической
технологии в развитии их речи.
Annotation:
This article provides information on pedagogical technology,the role of pedagogical
technology in the current globalizing period,education of children with developmental
disabilities,the positive importance and application of pedagogical technology in the
development of their speech.
Kalit
so'zlar:
pedagogik
texnologiya,diagnostika,vosita,metod,korreksion
ish,ro'lli
o'yin,rivojlnishidida nuqsoni bo'lgan bola,individual yondashuv,diqqat.
Ключевыеслова:
педагогическая технология,диагностика,средство,метод,коррекционная
работа,ролевая
игра,ребенок
с
отклонениями
в
развитии,индивидуальный
подход,внимание.
Keywords:
pedagogical
technology,diagnostics,tool,method,correctional
work,roller
game,development,child with disabilities, individual approach, attention.
Hozirgi davrda maxsus pedagogika sohasi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jadal rivojlanib,
nogironligi bo‘lgan shaxslar va maxsus ehtiyojli bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda yangi
yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik
texnologiyalar, ayniqsa, maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish,
o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashish va ularning ijtimoiy moslashuvini
osonlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola O‘zbekistonda maxsus pedagogikada
qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarning samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlanadi.
Maqolada pedagogik texnologiyalarning turlari, ularning maxsus ta’limdagi o‘rni, natijalari va
kelajakdagi
istiqbollari
ko‘rib
chiqiladi.Maxsus
pedagogika
sohasida
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘quv jarayoniga moslashishini
osonlashtiradi, ularning kognitiv, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, xususan, inklyuziv ta’limni
rivojlantirish va maxsus ta’lim muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha
qilinayotgan ishlar soha rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, ushbu
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
7
texnologiyalarning samaradorligini baholash va ularni yanada takomillashtirish zarurati dolzarb
masalalardan biridir.
Pedagogik texnologiya - ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari,
shakl va uslublari majmui hamdir. Ta’lim va tarbiya jarayonini optimal tashkil etishdir. O‘quv
materiallarini tanlash, qayta ishlab, o‘quvchi va o‘quvchilarning kuchiga, o‘zlashtirish
xususiyatlariga moslab shakl hajmni o‘zgartirish ham ta’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik
texnologiya ta’lim-tarbiyaning ob’ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o‘quv
jarayonlari ta’lim-tarbiyaning mazmuni, usul va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish
tizimi: fan va texnika yangiliklarini o‘zida mujassamlashtirishtiradigan o‘quv jarayonidir.
Pedagogik texnologiya ta’limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish
mumkin: o‘quvchi va pedagog shaxsining jadal rivojlanishi; o‘quvchi va pedagoging
hamkorlikdagi faoliyati va muloqotining demokratlashuvi; barkamol insonni shakllantirish
faoliyati; o‘quv-tarbiya jarayonining yanada insonparvarlashuvi; ijodiy o‘qitishga yo‘nalganlik;
o‘quvchining kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beradigan vositalar, metodlar va
texnologiyalarning modernizatsiyasi.
V.P. Bespalko pedagogik texnologiyaning quyidagi ta’rifini keltiradi: "Pedagogik texnologiya -
bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlaydigan
o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir". Pedagogika lug‘atida pedagogik
texnologiya tushunchasi mustaxkam o‘rin egalladi. Biroq uni tushunish va qo‘llashda turli
farqlar mavjud:
-Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini realizatsiyalashning mazmuniy texnikasi (V.P.
Bespalko);
-Pedagogik texnologiya - ta’limning rejalashtirilayotgan natijalariga erishish jarayoni tavsifi
(V.P. Volkov);
-Pedagogik texnologiya - shubhasiz o‘quvchi va o‘qituvchi uchun qulay sharoit ta’minlangan,
o‘quv jarayonini loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha birgalikdagi pedagogik
faoliyatning barcha detallari xisobga olingan modeli (V.M. Moxanov);
Pedagogik texnologiya - texnika va inson resurslarini hisobga olgan, o‘z oldiga ta’lim
shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yadigin o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning butun
jarayonini qo‘llash va belgilash, yaratishning sistemali metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiyaning maqsadi - ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy
samaradorligini ta’minlash va o‘quvchilar tomonidan o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish
kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi - ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga
o‘qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv jarayonini yaratish hisoblanadi.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish jarayonida korreksion-tarbiyaviy ishlarni
amalga oshirishga oid bilimlarni egallashga, maxsus ta’lim jarayonida ijodiy izlanuvchanlik
bilan yondoshish, mulohazalar zanjirini mantiqiy qura olish, qiziqarli materialni tanlash,
o‘rganilayotgan ob’ektlarning xossalarini isbotlash bo‘yicha malakalar va ko‘nikmalarni
shakllantirishga, o‘z bilim va malakalarini mustaqil to‘ldirib borish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ijobiy samara beradi. Maxsus ta’limda
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
8
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash jarayonida bolalarni o‘quv imkoniyatlari - bunda tahsil
oluvchilarning yoshi, darslarga tayyorgarlik darajasi, jamoadagi o‘zaro munosabatlar, o‘z-o‘zini
boshqarish qobiliyatlarini e’tiborga olish lozim. Maxsus ta’limda pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashga binoan ta’lim metodlarini tanlashda yuqorida keltirilgan mezonlarga asoslangan holda
o‘quv jarayonlarini to‘liq loyihalashtirish orqali tashkil etiladi va berilgan o‘quv materiallari
mazmuni ular ongiga tez-oson singdirilishiga hamda ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga
erishiladi.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda maxsus pedagogikada qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar
bir nechta yo‘nalishda rivojlanmoqda. Bularga quyidagilar kiradi:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT): Maxsus ta’lim muassasalarida kompyuterlar,
interaktiv doskalar va maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalanish keng tarqalgan. Masalan, nutq
terapiyasi dasturlari va sensorli ekranli qurilmalar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishda yordam
beradi. Shu bilan birga, AKT vositalari o‘quvchilarning vizual va eshitish qobiliyatlarini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va
nutqiy muloqotni amalga oshirishda interfaol o‘yinlarning ahamiyati katta.Rollarga asoslangan
o‘yinlar rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O‘yin
bolalarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda
qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishda mashg‘ulotlarni yosh xususiyatlariga muvofiq o‘yin
tariqasida uyushtirishga e’tibor berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har qanday mashg‘ulotga
qaraganda, o‘yinga tez intiladi va qiziqadi. Rollarga asoslangan o‘yin ta’lim usuli sifatida
bolalarni uyushtiradi va bilim imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli
o‘yinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga nimanidir aytishi, so‘rashi, isbot qilishi,
tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. Dialogdan farqli ravishda, rolli o‘yinlar nimaga (motiv) va
nima uchun (maqsad, sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday qilib, o‘yinda
qatnashayotgan bolalarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi. Bolalar o‘yin
jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshi nutqini anglash, savollar berish, savollarga javob
berish kabi malakalarni egallaydilar. Rolli o‘yin bolalar guruhi tomonidan qiziqib qabul qilingan,
ularga tanish bo‘lishi kerak. Oldindan har bir obrazni izohlab berish lozim. Bola o‘yin jarayonida
ikkilamchi darajali rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas. Chunki bu holda rolli
o‘yin ta’limning an’anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. Muloqotda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni o‘yin jarayonida emas, balki undan keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar nutqini rivojlantirish davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va
umumlashtirishga undovchi usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega.O‘yin davomida «Kim tez
bajaradi?» - deb faolliklarini oshirish ularda qiziqish uyg‘otadi. Shuningdek, topshiriqlarni
bajarishda bolalar g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini
ko‘rsatish hissi bilan harakat qiladilar.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo. - T.: Moliya,
2002.
2. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo‘llari / O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
9
oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o‘qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. - T.: TDPU, 2004.
3. Ziyomuxammedov B. Ilgor pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - T.: Ibn Sino
4. Bespalko V.P. Pedagogika i progressivnye texnologii obucheniya. - M.: IRPO
5. Farberman B.L. Progressivnye pedagogicheskie texnologii. - T.: .