INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
124
Xolmatova Parvina Asliddin qizi
Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti tayanch doktoranti
O'ZBEKISTONDAGI TURISTIK-REKREASION KOMPLEKSLARINI
RIVOJLANISH HOLATI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O'zbekistondagi turistik-rekreasion komplekslarining rivojlanish
holati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 2019-2023-yillar oralig'ida O'zbekiston turizmining
asosiy ko'rsatkichlari o'rganilgan. Tahlil natijalariga ko'ra, pandemiyadan so'ng sezilarli tiklanish
ko'rsatilgan, ayniqsa 2023-yilda kiruvchi turizm 6626,3 ming turistga yetib, 2019-yilgi (6748,5
ming) ko'rsatkichga deyarli tenglashgan. Mahalliy mehmonxona biznesining rivojlanishi
kuzatilmoqda – 2023-yilda 1387 ta mehmonxona faoliyat yuritgan. Samarqand, Buxoro va
Toshkent shahri turistik infrastrukturaning eng rivojlangan markazlari hisoblanadi. Turistlarning
asosiy tashrif maqsadlari o'rganilganda, dam olish, ishbilarmonlik va sog'lomlashtirish
yo'nalishlarining yetakchilik qilishi aniqlangan. Maqolada turistik-rekreasion komplekslarning
yanada rivojlanishi uchun strategik yo'nalishlar va chora-tadbirlar taklif etilgan.
Kalit so'zlar:
turistik-rekreasion komplekslar, turizm infratuzilmasi, mehmonxona biznesi,
turistik oqimlar, O'zbekiston turizmi, turizm diversifikatsiyasi.
Аннотация.
В данной статье анализируется состояние развития туристско-рекреационных
комплексов в Узбекистане. В ходе исследования были изучены основные показатели
туризма Узбекистана в период с 2019 по 2023 годы. Анализ показал значительное
восстановление после пандемии, особенно в 2023 году, когда въездной туризм достиг
6626,3 тыс. туристов, почти равных показателю 2019 года (6748,5 тыс.). Наблюдается
развитие отечественного гостиничного бизнеса-в 2023 году действовало 1387 отелей.
Наиболее развитыми центрами туристической инфраструктуры являются Самарканд,
Бухара и Ташкент. При изучении основных туристских целей посещения было
установлено, что ведущими направлениями являются рекреационный, деловой и
оздоровительный. В статье предложены стратегические направления и меры по
дальнейшему развитию туристско-рекреационных комплексов.
Ключевые слова:
туристско-рекреационные комплексы, туристская инфраструктура,
гостиничный бизнес, туристские потоки, туризм Узбекистана, диверсификация туризма.
Abstract.
This article analyzes the state of development of tourist-recreational complexes in
Uzbekistan. During the study, the main indicators of Tourism of Uzbekistan in the period 2019-
2023 were studied. According to the results of the analysis, a significant recovery was shown
after the pandemic, especially in 2023, incoming tourism reached 6626.3 thousand tourists,
almost equating to the figure for 2019 (6748.5 thousand). There is a development of the local
hotel business-in 2023 there were 1387 hotels in operation. Samarkand, Bukhara and the city of
Tashkent are the most developed centers of tourist infrastructure. When the main tourist
visitation goals were studied, it was found that leisure, business and wellness routes would lead.
The article proposes strategic directions and measures for the further development of tourist-
recreational complexes.
Keywords:
tourist-recreational complexes, tourism infrastructure, hotel business, tourist flows,
Tourism of Uzbekistan, diversification of Tourism.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
125
KIRISH
O'zbekiston o'zining boy tarixiy-madaniy merosi, noyob arxitektura yodgorliklari va zamonaviy
turistik infratuzilmasining rivojlanishi bilan dunyo turistik xaritasida muhim o'rin egallashga
harakat qilmoqda [1]. So'nggi yillarda mamlakatda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo'yicha
bir qator muhim qarorlar qabul qilindi, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari
asosida soha rivojlanishining huquqiy asoslari yaratildi [2]. 2019-2023-yillar davomida turizmni
rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ko'plab choralar amalga oshirilgan bo'lsada, COVID-19
pandemiyasi sezilarli ta'sir ko'rsatdi.
Turizm – mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo'shuvchi, xalqaro xizmatlar
bozorining muhim tarmog'i hisoblanadi [3]. XXI asr boshlarida bu soha global iqtisodiy
samaradorlik jihatidan neft ishlab chiqarish va avtomobilsozlikni ortda qoldirib, yetakchi
tarmoqqa aylandi. O'zbekiston o'zining boy tarixiy va madaniy merosi, noyob arxitekturasi va
an'analari bilan turistlarni jalb qilish salohiyatiga ega. Shu bilan birga, turizm nafaqat iqtisodiy
rivojlanishning kuchli vositasi, balki muayyan hududning qiyofasini yaratish, tarixini va
imkoniyatlarini targ'ib etishda ham samarali omil hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi – O'zbekistondagi turistik-rekreasion komplekslarining rivojlanish
holatini kompleks tahlil qilish, so'nggi yillardagi o'zgarishlarni aniqlash va kelajakdagi
rivojlanish istiqbollarini belgilashdan iborat.
METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadqiqot metodologiyasi kompleks yondashuvga asoslangan bo'lib, statistik ma'lumotlarni tahlil
qilish, qiyosiy tahlil va tizimli yondashuvdan foydalanilgan. Asosiy ma'lumot manbai sifatida
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023-yilda chop
etilgan "O'zbekiston Respublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari"
to'plami foydalanilgan.
Ma'qolani tayyorlashda ilmiy adabiyotlar, huquqiy-me'yoriy hujjatlar, statistik ma'lumotlar
hamda soha ekspertlarining fikr-mulohazalari o'rganildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi manbalar
tahlil qilindi:
O'zbekiston turizm sohasiga oid tadqiqotlar orasida Alimova va Xonturaev (2021) O'zbekistonda
turizm infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini o'rganib, turistik xizmatlar sifatini oshirish
bo'yicha takliflar bergan [4]. Bozorov (2022) O'zbekiston turizmining raqobatbardoshligini
oshirish istiqbollarini tahlil qilgan [5]. Xalqaro tadqiqotchilardan UNWTO (2023) hisobotlarida
O'zbekistonning turizm rivojlanish ko'rsatkichlari tahlil qilingan [6].
Nazarov va Norqulov (2022) O'zbekistonda turistik-rekreatsion komplekslarni rivojlantirish
istiqbollarini o'rganib, mintaqaviy rekreatsion salohiyatni baholash metodologiyasini taklif etgan
[7]. Mirzaev (2021) esa O'zbekistonda turistik xizmatlar diversifikatsiyasi masalalarini tadqiq
etgan [8].
Saidov (2022) O'zbekiston mehmonxona biznesining zamonaviy holatini tahlil qilib,
mehmonxona industriyasidagi muammolarni yoritib bergan [9]. Usmonova (2023) mamlakatda
turistik klasterlar yaratish bo'yicha halqaro tajribani o'rganib, O'zbekiston sharoitida qo'llash
imkoniyatlarini tadqiq qilgan [10].
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O'zbekiston turizmi 2019-2023-yillar davomida sezilarli o'zgarishlarga uchradi. 2019-yilda
6748,5 ming nafar turist kirgan bo'lsa, COVID-19 pandemiyasi natijasida 2020-yilda bu
ko'rsatkich 1504,1 ming turistga tushib ketdi. 2021-yildan boshlab tiklanish jarayoni kuzatilib,
2023-yilda kiruvchi turistlar soni 6626,3 ming kishiga yetdi, bu 2019-yilgi ko'rsatkichga deyarli
yaqinlashdi (1-jadval).
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
126
1-jadval.
O'zbekistonda kiruvchi, chiquvchi va ichki turizmning dinamikasi, 2019-2023-yillar (ming kishi)
Yil
Kiruvchi turizm Chiquvchi turizm Ichki turizm
2019
6748,5
8437,8
2480,8
2020
1504,1
2001,5
1069,2
2021
1881,3
2194,8
2162,7
2022
5232,8
5163,2
2475,0
2023
6626,3
4787,4
5112,5
Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, 2023.
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2023-yilda ichki turizm 5112,5 ming kishini tashkil
etib, 2019-yilga nisbatan (2480,8 ming) sezilarli o'sgan. Bu O'zbekiston fuqarolari orasida o'z
mamlakatini sayr qilish madaniyatining rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga,
chiquvchi turizm 2023-yilda 4787,4 ming kishini tashkil etib, 2019-yilga nisbatan (8437,8 ming)
kamaygan. Bu o'zgarish ichki turizmning faollashuvi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
2023-yil ma'lumotlariga ko'ra, turistik oqimlar mamlakatning barcha mintaqalarida bir xil
taqsimlanmagan. Eng yuqori turistik tashrif buyurishlar Qashqadaryo (18761,4 ming), Jizzax
(17084,4 ming), Samarqand (15537,3 ming), Andijon (15927,9 ming) va Buxoro (9076,2 ming)
viloyatlariga to'g'ri kelmoqda. Toshkent shahri ham (9624,4 ming) yuqori ko'rsatkichga ega.
Sayyohlik firmalari va tashkilotlari faoliyati bo'yicha 2023-yilda eng ko'p turistik firmalar
Toshkent shahri (181 ta), Samarqand viloyati (57 ta) va Buxoro viloyatida (31 ta) ro'yxatga
olingan. Bu hududlarning tarixiy-madaniy merosi va rivojlangan infratuzilmasi bilan bog'liq.
Turistik firmalar orqali 2023-yilda 237,7 ming xorijiy sayyoh qabul qilingan bo'lib, shulardan
49,1 ming nafari MDH davlatlaridan kelgan.
2023-yil davomida O'zbekistonda 1387 ta mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish
obyektlari faoliyat ko'rsatgan, ulardan 93,4% mehmonxonalar, 1,4% motellar va 5,2% boshqa
joylashtirish muassasalari. Mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish obyektlari soni
bo'yicha yetakchilar Toshkent shahri (360 ta), Samarqand (265 ta), Buxoro (222 ta) va Buxoro
(222 ta) viloyatlari hisoblanadi.
2-jadval.
Mehmonxona va boshqa joylashtirish muassasalarida joylashtirilgan shaxslar tarkibi, 2023-yil
Joylashtirilgan
shaxslar toifasi
Mehmonxonal
ar va shunga
o'xshash
muassasalar
Ixtisoslashtirilgan
joylashtirish
muassasalari
Individual
joylashtirish
muassasalari
Boshqa
joylashtirish
muassasalari
O'zbekiston
fuqarolari
1349,6 (53,5%) 837,3 (94,4%)
262,6 (65,6%) 139,5 (85,7%)
MDH
davlatlari
fuqarolari
501,9 (19,9%)
41,2 (4,6%)
88,1 (22,0%)
12,3 (7,6%)
Xorijiy
davlatlar
fuqarolari
672,8 (26,7%)
8,9 (1,0%)
49,8 (12,4%)
10,9 (6,7%)
Jami
2524,3 (100%) 887,4 (100%)
400,5 (100%)
162,8 (100%)
Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, 2023.
2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2023-yilda mehmonxona va shunga o'xshash
joylashtirish muassasalariga eng ko'p (53,5%) O'zbekiston fuqarolari joylashtirilgan. Xorijiy
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
127
davlatlar fuqarolari esa 26,7% ni tashkil etgan. Ixtisoslashtirilgan joylashtirish muassasalarida
esa asosan O'zbekiston fuqarolari (94,4%) ustunlik qilgan. Individual turar joylar va boshqa
joylashtirish muassasalarida ham O'zbekiston fuqarolari ko'pchilikni tashkil etadi.
2023-yilda mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish muassasalariga kelgan turistlarning
asosiy maqsadi ta'til, bo'sh vaqt va dam olish (984,4 ming kishi) hamda ish yuzasidan va kasbga
oid maqsadlar (962,6 ming kishi) bo'lgan. Do'stlar va qarindoshlardan xabar olish maqsadida
100,0 ming kishi, ziyorat qilish uchun 73,0 ming kishi tashrif buyurgan.
Ixtisoslashtirilgan joylashtirish muassasalarida esa asosiy maqsad davolovchi va
sog'lomlashtiruvchi muolajalar (583,8 ming kishi) bo'lgan. Individual turar joylarga esa
ko'pchilik ta'til, bo'sh vaqt va dam olish maqsadida (366,8 ming kishi) kelgan. Boshqa turar
joylarga borishda asosiy maqsadlar ta'til, bo'sh vaqt va dam olish (49,6 ming) hamda ish
yuzasidan va kasbga oid maqsadlar (35,3 ming) bo'lgan.
2023-yilda O'zbekistonda turistik-rekreatsion infratuzilma yanada rivojlangan. Ixtisoslashtirilgan
joylashtirish muassasalari soni 591 tani tashkil etib, ulardan eng ko'pi Toshkent viloyati (138 ta),
Toshkent shahri (89 ta) va Qashqadaryo viloyatida (76 ta) joylashgan. Turlari bo'yicha eng ko'pi
sanatoriya-kurort muassasalari (160 ta) va bolalar uchun oromgohlar (80 ta) bo'lgan.
Individual joylashtirish muassasalari soni 260 tani tashkil etib, ulardan 84,2% mehmon uylari,
8,1% dala hovli, 1,5% o'tov lagerlari va 6,2% boshqa turar joylar. Bu obyektlar eng ko'p Xorazm
(68 ta), Samarqand (42 ta) va Toshkent (40 ta) viloyatlarida joylashgan.
Boshqa joylashtirish obyektlari (xostellar va yotoqxonalar) soni 158 tani tashkil etib, ulardan 125
tasi xostellar va 33 tasi yotoqxonalarga to'g'ri keladi. Ular asosan Toshkent shahri (62 ta),
Buxoro (19 ta) va Samarqand (18 ta) viloyatlarida joylashgan.
O'zbekistonda turistik-rekreatsion komplekslar rivojlanishining regional xususiyatlari mavjud.
Samarqand, Buxoro, Xiva (Xorazm) kabi tarixiy shaharlar madaniy-tarixiy turizm markazlari
sifatida rivojlanmoqda. Bu hududlarda mehmonxonalar soni, turistik firmalar soni va turistik
oqimlar yuqori.
Toshkent shahri esa ishbilarmonlik turizmi, ko'rgazma turizmi va konferensiya turizmining
markazi hisoblanadi. Shaharda infratuzilma yaxshi rivojlangan, mehmonxonalar soni ko'p (360
ta), turistik firmalar soni ham yuqori (181 ta).
Tog'li hududlar (Chimyon, Beldersoy, Zomin va boshqalar) esa tabiat turizmi, ekologik turizm,
sport turizmi yo'nalishlarida rivojlanmoqda. Sog'lomlashtirish maskanlari va sanatoriyalar asosan
Toshkent, Farg'ona vodiysi va Samarqand viloyatlarida joylashgan.
XULOSA
O'zbekistonda turistik-rekreatsion komplekslar rivojlanishining 2019-2023-yillar tahlili quyidagi
xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
1.
COVID-19 pandemiyasidan so'ng O'zbekiston turizmida sezilarli tiklanish kuzatilmoqda.
2023-yilda kiruvchi turizm 6626,3 ming kishiga yetib, 2019-yildagi (6748,5 ming) ko'rsatkichga
deyarli tenglashgan.
2.
Ichki turizm sezilarli darajada o'sgan (2019-yildagi 2480,8 mingdan 2023-yilda 5112,5
mingga), bu O'zbekiston fuqarolari o'rtasida o'z mamlakatini kashf etish madaniyatining
rivojlanganidan dalolat beradi.
3.
Mehmonxona biznesida jadal rivojlanish kuzatilmoqda. 2023-yilda O'zbekistonda 1387 ta
mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish obyektlari faoliyat ko'rsatgan, ularning ko'pchiligi
Toshkent shahri, Samarqand va Buxoroda joylashgan.
4.
Turistik firmalar soni bo'yicha ham o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2023-yilda jami
593 ta turistik firma va tashkilot faoliyat yuritgan, ular orqali 237,7 ming xorijiy sayyoh qabul
qilingan.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
128
5.
Turistlarning tashrif maqsadlari tahlili shuni ko'rsatadiki, mehmonxona va shunga
o'xshash joylashtirish muassasalariga asosan ta'til, bo'sh vaqt va dam olish (984,4 ming) hamda
ish yuzasidan va kasbga oid maqsadlar (962,6 ming) bilan tashrif buyurilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Alimova, M. T., & Xonturaev, B. A. (2021). O'zbekistonda turizm infratuzilmasini
rivojlantirish masalalari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 3(2), 23-31.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida
turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5611-son
Farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
3. Bozorov, S. S. (2022). O'zbekiston turizmining raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari.
Iqtisodiyot va ta'lim, 2, 110-117.
4. The World Tourism Organization (UNWTO). (2023). Tourism Statistics: Uzbekistan
Country Report. Madrid: UNWTO.
5. Nazarov, A. A., & Norqulov, F. S. (2022). O'zbekistonda turistik-rekreatsion komplekslarni
rivojlantirish istiqbollari. O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 3, 45-52.
6. Mirzaev, A. T. (2021). O'zbekistonda turistik xizmatlar diversifikatsiyasi: muammolar va
yechimlar. Servis, 1, 18-24.
7. Saidov, D. R. (2022). O'zbekiston mehmonxona biznesining zamonaviy holati tahlili.
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4, 113-120.
8. Usmonova, D. I. (2023). Turistik klasterlar yaratish bo'yicha xalqaro tajriba va uni
O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari. Biznes-ekspert, 5(2), 78-85.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. (2023). O'zbekiston
Respublikasida turizm va dam olish rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari. Toshkent.
10. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi. (2022). O'zbekiston
turizm sohasining rivojlanish tendensiyalari. Toshkent.