INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
287
Sherqulova O‘g‘iloy
Gulistan Davlat Pedagogika Instituti 2-bosqich magistranti
Qulmamatov Sindorqul
Guliston Davlat Pedagogika Instituti,Dotsenti,Pedagogika fanlar nomzodi
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA FANIDA MATNLI MASALALAR YECHISH
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning matnli
masalalar yechish qobiliyatlarini rivojlantirishga,fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan.
Kalit
so‘zlar:
Matnli
masala,fikrlash
qobiliyati,dars
,faoliyat
tajribasi,arifmetik
amallar,pedagogik texnologiyalar.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning asosiy
vazifalaridan biri o’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi.
Bunda ularda matematika bo’yicha bilimlar berish bilan birga ularga o’rganilayotgan bilimlarni
asosli va puxta bo’lishini ta'minlash, ularni qo’llay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish
muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari
uchun zarur ko’nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta'limning asosiy
vazifalariga aylanishi lozim. Shu nuqtai nazardan o’quv jarayonida matematik masalalar,
jumladan hayotiy mazmunli, ularning to’plagan tajribasiga asoslangan masalalarni yechish
usullariga va ularni qo’llashga o’rgatish o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta'lim mazmuni va
o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish ,o’zaro aloqadorlikda va
o’quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo’shgan holda o’qitish dolzarb masalalardan
hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo’llash o’qitish sifat va samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf matematikasida matnli masalalar muhim o‘rinni
egallaydi. Arifmetik amallar orasidagi mavjud mazmunni ochishda tegishli oddiy matnli
masalalardan foydalaniladi. Matnli masalalar bolalarni matematik munosabatlar bilan
tanishtiruvchi muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Matnli masalalar bir qator geometrik masalalarni
shakllantirishda, shuningdek algebra elementlarini qarab chiqishda yordam beradi. Bolalarni,
masalan, baho, miqdor, qiymat, vaqt, tezlik va masofa orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan
tanishtirishda matnli masalalarning ahamiyati juda katta. Oddiy masalalar birinchi sinfdan
boshlab o‘rgatiladi va yechiladi. Matnli masalalar boshlang‘ich matematika darslarida boshqa
muhim vazifalarni ham bajaradi, ular bolalarda mantiqiy fikrlashni, tafakkur qilishni,
dunyoqarashni kengaytiruvchi va malakalarini oshiruvchi foydali vosita ham bo‘ladi. Bolalarga
matnli masalalarni yechishga o‘rgatishning ahamiyati ular ustida ish olib borish uslubiga bog‘liq.
Matnli masalalar yechishda kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga matematika o‘qitishning
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchining dars o‘tish jarayonida foydalanadigan uslubiga
bog‘liq. Bu dars jarayoninig jihozlanishi va ko‘rgazmali qurollardan foydalanilishi ham muhim
ahamiyatga ega. Matnli masalalar – bu real hayotiy vaziyatlarga asoslangan, o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga undaydigan topshiriqlardir. Ular orqali:
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
288
O‘quvchining mantiqiy fikrlash qobiliyati oshadi;
Matematik tilda fikrlash va yozish malakasi shakllanadi;
Hayotiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan amaliy ko‘nikmalar rivojlanadi;
Mustaqil qaror qabul qilish, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalari
mustahkamlanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matnli masalalarni yechishda ko‘pincha quyidagi
muammolarga duch keladilar:
1.
Matnni tushunmaslik
– o‘quvchilar masala matnini to‘liq anglab yetmaydi, so‘zlar
ma’nosini to‘g‘ri tushunmaydi.
2.
Tahlil qila olmaslik
– berilgan ma’lumotlar orasida bog‘liqlikni aniqlashda qiynaladi.
3.
Matematik model tuza olmaslik
– masalani tenglama yoki arifmetik amal orqali
ifodalashda muammolar mavjud.
4.
O‘z fikrini ifoda eta olmaslik
– natijani tushuntirib bera olish malakasi sust rivojlangan
bo‘ladi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari:
Interaktiv metodlardan foydalanish
: rolli o‘yinlar, guruhlarda ishlash, "fikrlar jarchisi",
"savol-javob" texnologiyalari orqali o‘quvchini faol o‘rgatish.
Grafik va vizual yordamlar
: sxema, chizma, jadval, rasmlar orqali masala mazmunini
tushuntirish.
Bosqichma-bosqich o‘rgatish
: masalani tahlil qilish, reja tuzish, hisoblash va natijani
tekshirish bosqichlarini alohida mashq qilish.
Hayotiy misollarga asoslanish
: o‘quvchilar uchun qiziqarli va real hayotga yaqin
masalalar tuzish orqali ularni faol ishtirok etishga undash.
Didaktik o‘yinlardan foydalanish
: "Top, hisobla, izohla", "Kim tezroq va to‘g‘ri
yechadi?" kabi o‘yinlar orqali qiziqishni oshirish.
Zamonaviy texnologiyalarning roli:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va
raqamli resurslar matnli masalalarni o‘rganishda samaradorlikni oshiradi. Masalan:
Interaktiv doskalar
orqali masalalarni tasviriy yechish;
Multimedia darsliklar
yordamida animatsion masalalar;
Onlayn platformalar
(masalan, Matematika.uz, Khan Academy) orqali mustaqil mashq
qilish;
Mobil ilovalar
orqali o‘yin shaklidagi masala mashqlari.
Xulosa
Boshlang‘ich sinflarda matnli masalalarni o‘rgatish nafaqat arifmetik amallarni bajarish, balki
o‘quvchilarning tafakkurini, tahlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda
muhim vosita hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, texnologiyalar va interaktiv
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
289
usullar orqali bu jarayonni yanada samarali qilish mumkin. O‘qituvchi uchun asosiy vazifa –
o‘quvchini fikrlashga, izlanishga va mustaqil yechim topishga yo‘naltirishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni.
2. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi (o‘quv qo‘llanma), T., O‘zMU nashriyoti.
3. Soliyeva D., Matnli masalalarni yechish metodikasi, T., 2022.
4. Zunnunova S., Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun innovatsion dars ishlanmalari, T., 2021.
5. Jahon tajribasida boshlang‘ich matematika ta’limi, Elektron manbalar.