INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
282
Xasanov Asliddin Saydulla o‘g‘li
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,Xalqaro jurnalistika fakulteti,
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
XALQARO HUQUQDA INSON HUQUQLARINING HIMOYASI
Annotatsiya
: Ushbu maqola jahon hamjamiyatidagi xalqaro huquq normalari, ularda inson
huquqlarining o‘rni va qay darajada himoya qilinayotganligi, shunindek insoniyatga qarshi sodir
etilgan huquqiy jinoyatlar va ularning natijalari keng yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Xalqaro huquq, BMT, ICC, Holokost, Genotsid, Yevropa Kengashi, konvensiya,
jinoyat.
Abstract:
This article provides a broad coverage of international legal norms in the world
community, the role of human rights in them and to what extent they are protected, as well as
legal crimes committed against humanity and their results.
Key words:
International law, UN, ICC, Holocaust, Genocide, Council of Europe, convention,
сrime.
Аннотация:
В данной статье дается широкое освещение международно-правовых норм в
мировом сообществе, роли прав человека в них и степени их защиты, а также
юридических преступлений, совершенных против человечества, и их последствий.
Ключевые слова:
Международное право, ООН, МУС, Холокост, Геноцид, Совет Европы,
соглашение, преступление.
Hozirgi globallashuv davrida xalqaro huquq va inson huquqlarining ahamiyati tobora ortib
bormoqda. Insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash nafaqat milliy qonunchilik,
balki xalqaro huquqning ham ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatlar o‘rtasidagi
siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar chuqurlashgan sari, huquqiy tizimlar va xalqaro
mexanizmlarning roli kuchaymoqda. Jahon hamjamiyati tomonidan yaratilgan huquqiy
mexanizmlar va xalaqaro tashkilotlarning bu boradagi faoliyati insoniyatga qarshi sodir etilgan
jinoyatlarning oldini olish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga yo‘naltirilgan. Xalqaro huquq
insoniyat tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga
solish, shuningdek, har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun
yaratilgan universal huquqiy tizimdir.
Inson huquqlari tushunchasi dastlab qadimgi yunon va rim falsafasida paydo bo‘lgan bo‘lib,
keyinchalik diniy va falsafiy an’analar orqali rivojlangan. Yevropadagi Xristianlik falsafasi,
ayniqsa, insonning din orqali erkinligi va sha’ni haqida ko‘plab tamoyillarni ilgari surdi. Ammo
zamonaviy inson huquqlari tushunchasi XVIII asrda, ayniqsa, Fransiya va Amerika
inqiloblaridan so‘ng shakllandi. XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida inson huquqlariga
oid xalqaro tashabbuslar kuchayib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilganidan
so‘ng, inson huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan qonunlar va shartnomalar ishlab chiqildi
va uning asosi 1945-yilda tuzilgan BMT Nizomi va 1948-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi”ga borib taqaladi. Ushbu hujjatlar har bir insonning teng va ajralmas
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
283
huquqlarga ega ekanligini e’tirof etadi. BMTning maxsus organlari va xalqaro shartnomalar
inson huquqlarini himoya qilish uchun muxim mehanizmlar yaratgan:
1.Inson huquqlari kengashi-davlatlar tomonidan inson huquqlarining buzilishiga qarshi
choralar ko‘radi.
2.Xalqaro jinoyat sudi (ICC) - insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid va urush jinoyatlarini
tergov qilib, jinoyatchilarni jazolaydi.
3.Gumanitar huquq normalari-qurolli mojarolar paytida tinch aholining huqularini himoya
qilishga qaratilgan (masalan, Jeneva konvensiyalari).
Inson huquqlarining xalqaro normalar tizimidagi o‘rni muhimdir, chunki bu normalar
davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan inson huqularining buzilishiga qarshi chora-
tadbirlarni belgilaydi. Xalqaro huquqiy normalarga muvofiq barcha insonlar millatidan, jinsidan
yoki ijtimoiy mavqe’idan qat’i nazar bir xil huquqlarga ega. Bundan tashqari so‘z erkinligi, din
erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi xalqaro huquqning ajralmas qismi hisoblanadi hamda hech
kim qiynoqqa solinishi, noqonuniy ravishda qamoqqa olinishi yoki o‘z huquqlaridan mahrum
qilinishi mumkin emas.
Insoniyatga qarshi jinoyatlar va ularning natijalari.
XX va XXI asrlarda insoniyatga
qarshi sodir etilgan jinoyatlar xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Genotsid, urush jinoyatlari va etnik tozalash kabi jinoyatlar inson huquqlari buzilishining eng
og’ir shakllaridir. Bunga bir necha xil misollar keltirish mumkin, masalan, Ikkinchi jahon urushi
davridagi ya’ni 1940-yillarda fashistlar Germaniyasi tomonidan amalga oshirilgan holokost
ko‘plab million insonlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Holokostda Natsist Germaniyasining
yahudiylarga, romalarga, slavyanlarga va boshqa etnik guruhlarga qarshi amalga oshirgan
genotsidi sababli 6 milliondan ortiq yahudiylar o‘ldirilgan. Natsistlar 1941-yildan boshlab
Yevropaning turli mamlakatlarida yahudiylarni o‘ldirishga kirishgan. Holokostdan so‘ng,
genotsid tushunchasi xalqaro huquqda tan olingan. Bu jinoyatlar xalqaro hamjamiyatni
insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik tizimini yaratishga undadi.
Natijada, 1945-yilda Nyurnberg tribunaliga asos solindi. Yana bir misol Ruandadagi
genotsid(1994-yil) – bir necha oy ichida 800 mingdan ortiq inson Hutu va Tutsi etnik guruhlari
o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar qurboniga aylandi. BMTning xalqaro tribunal organlari ushbu
jinoyatlar uchun ma’sul shaxslarni javobgarlikka tortdi. Bosniya urushi va Srebranitsa qirg‘ini
(1995-yil) – Yugoslaviya parchalanishi davridagi mojaro vaqtida o‘n minglab musulmonlar
o‘ldirildi. Bu jinoyatlar Xalqaro jinoyat sudining Bosniya tribunalida tergov qilindi va
javobgarlik choralari ko‘rildi.
Xalqaro hamjamiyat inson huquqlarining buzilishiga qarshi birlashib, bir qator huquqiy
mexanizmlar va tashkilotlarni yaratdi. Insoniyatga qarshi jinoyatlar butun insoniyatga zarar
yetkazdi. Ular qariyb har bir jamiyatda iz qoldirgan va bu kelajak avlodlar uchun katta dars
bo‘lishi kerak. Holokost, Arman genotsidi, Ruanda genotsidi kabi fojialar yodgorliklar va
xalqaro huquqning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashish va ularni
oldini olish uchun jahon hamjamiyati mustahkam birlashgan holda faoliyat yuritishi lozim.
Xalqaro jinoyat sudlari, inson huquqlari bo‘yicha maxsus komissiyalar va nodavlat tashkilotlar
bu borada katta rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ba’zi davlatlar inson huquqlari bo‘yicha xalqaro
normalarni buzishda davom etmoqda. Inson huquqlariga oid mavjud qonunlarga rioya qilmaslik,
fuqarolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishiga mansabdor shaxslar tomonidan to‘sqinlik
qilinishi, yoki bo‘lmasa, davlat tomonidan xalqaro majburiyatlarning bajarilmasligi, xalqaro
standartlarning milliy qonunchilikka yetarli darajada singdirilmasligi va bu standartlarga
amaliyotda yetarli darajada rioya etilmasligi kabi holatlar mamlakatda inson huquqlarining
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
284
buzilishiga olib keladi, bu esa xalqaro huquqning ijrosi va samaradorligini kuchaytirishni taqazo
qiladi.
Xalqaro huquqda inson huquqlarining himoyasi boyicha olib borilgan izlanishlar shuni
korsatadiki, ushbu soha doimiy rivojlanish va takomillashuv bosqichida, inson huquqlarini
himoya qilishning asosiy tamoyillari, universal qabul qilingan huquqiy hujjatlar va xalqaro
tashkilotlarning faoliyati inson huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Dunyo miqyosida
xalqaro paktlar va konvensiyalar davlatlarning ushbu sohadagi vazifasini aniq belgilab beradi.
Lekin ularning bajarilishi ko‘pincha davlatlar ichki siyosati va xalqaro hamkorlik darajasiga
bog‘liq.
Shu bilan birga, BMT va mintaqaviy tashkilotlar (Yevropa Kengashi, Afrika Ittifoqi va
boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan monitoring va shikoyat mexanizmlari xalqaro huquq
tizimining samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Muhim muammo sifatida davlatlararo
mas’uliyatning yetarlicha mustahkam emasligi, inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro sudlar
qarorlarining ayrim davlatlar tomonidan bajarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Xususan, inson
huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining ayrim qarorlari bajarilmagan holatlar mavjud. Bu xalqaro
huquq tizimining kuchaytirilishini va davlatlarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini
mustahkamlash zaruratini ko‘rsatadi. Xalqaro huquqda inson huqularining himoyasi
davlatlarning xalqaro majburiyatlarini e’tirof etish va amalga oshirishi orqali muvaffaqiyatli
amalga oshiriladi.
Bu borada O‘zbekiston inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish bo‘yicha xalqaro
huquq normalariga muvofiq keng ko‘lamli islohatlarni amalga oshirmoqda. Mamlakat inson
huqulari bo‘yicha 70 dan ortiq xalqaro hujjatlarni, jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi
va 4 ta fakultativ protokolini ratifikatsiya qilgan. ularda belgilangan majburiyatlarni bajarish
borasida bir qator muhim chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. So‘ngi yillarda inson huquqlarini
ta’minlash maqsadida milliy qonunchilikni xalqaro me’yorlarga moslashtirish bo‘yicha katta
ishlar olib borildi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklariga oid
moddalarning ulushi 3 baravar oshirilganligining o‘zi ham bunga yorqin misoldir. Jumladan,
inson sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy davlat tamoyili, shaxsning huquqiy
himoyasi kabi muhim qoidalar mustahkamlandi.
BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan “Inson huquqlari hammaning va har kimning qadr-
qimmatini hamda inson shaxsi huquqlari daxlsizligini tasdiqlaydi. Inson huquqlari botinan har
bir kishiga, har bir shaxsga xos bo‘lib, davlat hokimiyatining biron bir organi tomonidan in’om
etilmaydi va bunday organlarga bog’liq bo‘lmaydi ham” - deb ta’kidlagan.
Har bir davlat o‘z
hududida inson huquqlarini himoya qilish uchun mas’uldir. Bu esa inson huquqlarini himoya
qiluvchi qonunlar ishlab chiqilishini talab qiladi.
Yevropa Kengashi mazkur qit’ada inson huquqlari va erkinliklarini himoya etish bilan
shug’ullanuvchi eng katta tashkilot hisoblanadi. Yevropa Kengashi Statutida inson huquqlariga
rioya etish prinsipi mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur hujjatning 3-moddasida ta’kidlab
ko‘rsatilishicha, “Yevropa Kengashining har bir a’zosi qonun ustunligi prinsipini e’tirof etadi”.
1
Гафуров А., Муминов А., Тиллабаев М. Инсон хукуклари (Укув кулланма). Т.: Baktria Press, 2012. – Б. 12-
13.
2
https://ombudsman.uz/uz nson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi davlat siyosati ombudsman
faoliyatida.
3
Всеобщая декларация прав человека:1948-1998.-M., 1998.-26c
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
285
Inson huquqlarini va uning asosiy erkinliklarini jiddiy tarzda buzish Yevropa Kengashiga
a’zolikni to‘xtatib qo‘yish va hatto a’zolikdan chiqarish uchun asos bo‘lishi mumkin. Mazkur
tashkilot tomonidan bu yo‘nalishda olib borilgan ishlarning amaliy samarasi shuki, Yevropa
Kengashi o‘z faoliyati mobaynida 200ga yaqin konvensiya, shu jumladan, inson huquqlari va
asosiy erkinliklarini himoya etish to‘g’risidagi Yevropa konvensiyasini qabul qilgan. Bu faktlar
orqali Yevropa Kengashiga a’zo davlatlarda inson huquqlari keng ko‘lamda himoya
qilinyotganligini ko‘rish mumkin.
Bu borada nafaqat Yevropa, balki, butun dunyo davlatlari o‘z fuqarolari, ya’ni, inson
huquqlarining xalqaro darajada himoya qilinishini ta’minlashga intilmoqda. Shu bilan birga,
fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida global miqyosda hamkorlik
va kelishuvlar kuchaytirilmoqda.
Xalqaro huquq tizimi inson huquqlarini himoya qilish va insoniyatga qarshi jinoyatlarning
oldini olish uchun yaratilgan universal mexanizmdir. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, inson
huquqlari tushunchasi tarixiy jarayon sifatida rivojlangan bo‘lib, ayniqsa, XX asrda BMT va
boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan mustahkam huquqiy asosga ega bo‘ldi. Inson huquqlari
keng qamrovli xalqaro shartnomalar, jumladan, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” va
Jeneva konvensiyalari orqali himoya qilinadi. Xalqaro jinoyat sudi (ICC) insoniyatga qarshi
jinoyatlar, genotsid va urush jinoyatlarini tergov qilib, javobgarlikni ta’minlaydi. Holokost,
Ruanda va Bosniya genotsidlari kabi tarixiy fojialar xalqaro hamjamiyatni inson huquqlari
buzilishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga undadi. Xalqaro mexanizmlar inson huquqlarining
buzilishiga qarshi kurashishda muhim rol o‘ynasa-da, ba’zi davlatlarning xalqaro majburiyatlarni
to‘liq bajarishidagi muammolar hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston ham inson huquqlarini ta’minlash borasida xalqaro huquq normalariga mos
islohotlar olib bormoqda. Mamlakat xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilib, milliy
qonunchiligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan qadamlarni tashlamoqda. Shunga qaramay,
inson huquqlarini to‘liq ta’minlash va xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha yanada samarali
mexanizmlarni shakllantirish zarur. Shu bois, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro sud
qarorlarini bajarish va inson huquqlarining to‘liq ta’minlanishi yo‘lida doimiy harakat qilish
lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.X. Xudoyberganov. Xalqaro huquq va inson huquqlari. Toshkent: Adolat, 2018.
2.United Nations. The Universal Declaration of Human Rights. 1948. Url:
3.https://www.un.org/en/about-us/universal-declaration-of-human-rights
4.Гафуров А., Муминов А., Тиллабаев М. Инсон хукуклари (Укув кулланма). Т.: Baktria
Press, 2012. – Б. 12-13.
5. Всеобщая декларация прав человека: 1948-1998. - M., 1998. – 26 c.
6.D. Weissbrodt, “International Human Rights Law”, University of Pennsylvania Press, 2019.
7. Право Совета Европы и Россия (сборник документов, материалов). – Краснодар, 1996.
8.Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi davlat siyosati ombudsman faoliyatida. Url:
https://ombudsman.uz/uz
4
Право Совета Европы и Россия (сборник документов, материалов). – Краснодар, 1996.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
286