Авторы

  • Polvonov Sherzod Fazlitdinovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107313

Ключевые слова:

globallashuv yoshlar axloqi intellektual madaniyat milliy qadriyatlar raqamli muhit ommaviy madaniyat.

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv jarayonida yoshlar axloqining intellektual madaniyatga nisbatan turlicha yondashuvlari tahlil qilinadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ommaviy madaniyat ta’siri, raqamli muhitdagi axloqiy muammolar hamda yoshlarning intellektual rivojlanishidagi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

274

Polvonov Sherzod Fazlitdinovich

GLOBALLASHUV MAKONIDA YOSHLAR AXLOQINING INTELLEKTUAL

MADANIYATGA NISBATAN TURLICHA YONDASHUVLAR TAHLILI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada globallashuv jarayonida yoshlar axloqining intellektual

madaniyatga nisbatan turlicha yondashuvlari tahlil qilinadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar,

ommaviy madaniyat ta’siri, raqamli muhitdagi axloqiy muammolar hamda yoshlarning

intellektual rivojlanishidagi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, yoshlar axloqi, intellektual madaniyat, milliy qadriyatlar, raqamli

muhit, ommaviy madaniyat.

Аннотация:

В статье анализируются различные подходы молодежной морали к

интеллектуальной культуре в процессе глобализации. Будут рассмотрены национальные и

общечеловеческие ценности, влияние массовой культуры, этические проблемы в

цифровой среде, а также ключевые факторы интеллектуального развития молодежи.

Ключевые слова:

глобализация, мораль молодежи, интеллектуальная культура,

национальные ценности, цифровая среда, массовая культура.

Abstract.

This article analyzes the different approaches of youth morality to intellectual culture

in the process of globalization. National and universal values, the influence of mass culture,

moral problems in the digital environment, and the main factors in the intellectual development

of youth are considered.

Keywords:

globalization, youth morality, intellectual culture, national values, digital

environment, mass culture.

Globallashuv zamonaviy jamiyatda madaniy, axloqiy va intellektual qadriyatlarning o‘zaro

ta’sirini kuchaytirdi. Bu jarayon yoshlarning axloqiy qarashlari va intellektual madaniyatiga

turlicha yondashuvlarni keltirib chiqarmoqda. Milliy qadriyatlar va global madaniyat o‘rtasidagi

muvozanatni saqlash dolzarb masalaga aylandi.[1]

Globallashuv yoshlarning axloqiy qarashlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ommaviy

madaniyat, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan turli g‘oyalar yoshlar ongida yangi

axloqiy me’yorlarning shakllanishiga olib kelmoqda. Bu esa milliy qadriyatlar bilan ziddiyatli

holatlarni yuzaga keltiradi.[2] Yoshlarning intellektual madaniyatga bo‘lgan munosabati ularning

tarbiyasi, ta’lim darajasi va atrof-muhitga bog‘liq. Ba’zi yoshlar ilm-fan, san’at va madaniyatga

qiziqish bildirsa, boshqalari esa ommaviy madaniyatning yuzaki ko‘rinishlariga berilib ketmoqda.

Bu holat yoshlar orasida intellektual tafovutlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.[3]

Raqamli texnologiyalar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Biroq, bu muhitda axloqiy

me’yorlarning buzilishi, virtual qaramlik, yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi kabi muammolar

mavjud. Bu esa yoshlarning axloqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.[4] Yoshlar orasida

milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish uchun ta’lim tizimida milliy madaniyat, tarix va urf-

odatlarni o‘rgatish muhimdir. Bu orqali yoshlar o‘z milliy o‘zligini anglab, global madaniyat

ta’siriga qarshi turish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

Metodika (uslubiyat) o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan

iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiya esa oldindan belgilab qo‘yilgan aniq maqsad yo‘lida

o‘qituvchi (pedagog)ning kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani

kafolatlaydigan

tadbirlar

majmuasi

yig‘indisidir.Zamonaviy

pedagogik

texnologiya


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

275

tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan rivojlangan

mamlakatlarda ushbu mavzuning u yoki bu darajada yechilayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi

tomondan, pedagogik texnologiyani pedagogik amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlarning

ma’lum natijasini ifodalaydi. Bugungi kunga kelib, o‘qituvchi (pedagog)lar metodikani ko‘p

hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan ham bu tushunchalarga aniqlik kiritish

kerak bo‘ladi.O'zbekistonda o'tkazilayotgan ko'plab taraqiyot yo'lidagi ko'plab amalda

qo'llanilayotgan,chet el bilimlariga suyanib qilinayotgan bilimlar albatta o'z natijasini berishiga

ichonchimiz komil.[5]

Masofaviy o‘qitish usuli an’anaviy ta’lim shakllaridan farq qiladi. U o‘quvchitalabalarni o‘ziga

qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish imkonini beradi. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan

holda shaxsiy va guruh talabi asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘qitish jarayonida

o‘quvchi-talabalarga ilmiy axborot va ma’lumotlar bo‘yicha markazlashgan tarmoq orqali o‘zaro

axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O‘quv maydonlari, texnik va transport vositalaridan

samarali foydalanish, ma’lumotlarni yig‘ib bir tizimga solingan holda ifodalab berilishi va

mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajatlarni kamaytirishga erishilishi kutilmoqda.

Ta’limtarbiya berish jarayonida eng zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va turli samarali

texnologiyalardan foydalaniladi. Masofaviy ta’lim o‘qituvchi (pedagog) va mutaxassislarning

ham vaqtini tejab, imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish

bilan mustaqil ta’lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta’lim sohasida erishilayotgan

yutuqlarning jahon ta’lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu sohadagi yutuqlarni

qo‘lga kiritishni ta’minlashi shubhasizdir.[6]

Xulosa

Globallashuv sharoitida yoshlar axloqi va intellektual madaniyatiga turlicha yondashuvlar

mavjud. Bu yondashuvlar yoshlarning tarbiyasi, atrof-muhit va raqamli texnologiyalar ta’siriga

bog‘liq. Milliy qadriyatlarni saqlash, ta’lim tizimini takomillashtirish va yoshlarni intellektual

rivojlantirish orqali bu muammolarni hal etish mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Mirziyoyev, Sh. M. (2020). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston

nashriyoti.

2. Axmedov, M. (2019). Zamonaviy yoshlar ma’naviyati va intellektual salohiyati. Toshkent:

Fan.

3. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. – Qabul

qilingan sana: 2016-yil 14-sentabr.

4. president.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti:

https://president.uz

5. Abduvositovich Y. F. et al. The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the

art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people //Annals of the

Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – Т. 25. – №. 6. – С. 2258-2264.

6. Yuldashev F. et al. The study of socio-psychological problem of loneliness //Turkish Journal

of Computer and Mathematics Education. – 2021. – Т. 12. – №. 12. – С. 2580-2590.

7. Teshaboev M. M. Tasks of ethical culture in the ethics of Aristotle //Scientific Bulletin of

Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №. 5. – С. 197-204.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev, Sh. M. (2020). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

Axmedov, M. (2019). Zamonaviy yoshlar ma’naviyati va intellektual salohiyati. Toshkent: Fan.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. – Qabul qilingan sana: 2016-yil 14-sentabr.

president.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti: https://president.uz

Abduvositovich Y. F. et al. The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – Т. 25. – №. 6. – С. 2258-2264.

Yuldashev F. et al. The study of socio-psychological problem of loneliness //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. – 2021. – Т. 12. – №. 12. – С. 2580-2590.

Teshaboev M. M. Tasks of ethical culture in the ethics of Aristotle //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2019. – Т. 1. – №. 5. – С. 197-204.