INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
240
Nusratova Sevinch Shukurali qizi
:
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, 100149, O‘zbekiston Respublikasi
e-mail:
Maxfuza Safarboy qizi
Orcid:
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, Toshkent, 100149, O‘zbekiston Respublikasi
e-mail:
gmail.com
MUVOZANAT ASARI HAQIDA
Annotatsiya:
“Muvozanat’’-bu nafaqat hayotdagi tashqi muvozanatga intilish, balki inson
qalbidagi ichki uyg‘unlikni topish yo‘lidagi izlanishlar hikoyasidir. Ulug‘bek Hamdam bu asarda
zamonaviy insonning ijtimoiy muammolari, ma’naviy bo‘shliqlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi
murakkab munosabatlarni chuqur falsafiy va adabiy uslubda tasvirlaydi. Asarda hayotiy haqiqat,
ruhiy iztirob va axloqiy qarashlar bir-biri bilan to‘qnashadi, o‘quvchini chuqur tafakkur va o‘zini
anglash sari yetaklaydi.
Kalit so‘zlar:
Muvozanat, ruhiy iztirob, axloqiy qadriyatlar, falsafiy tafakkur, ichki kurash,
shaxs va jamiyat, zamonaviy inson, ichki uyg‘unlik, tafakkur, insoniylik.
Abstract:
“Balance” is a story of the search not only for external balance in life, but also for
finding inner harmony in the human soul. In this work, Ulugbek Hamdam describes the social
problems of modern man, spiritual gaps, complex relationships between society and the
individual in a deeply philosophical and literary style. In the work, the reality of life, spiritual
suffering and moral views collide with each other, leading the reader to deep reflection and self-
understanding.
Keywords:
Balance, spiritual suffering, moral values, philosophical thinking, internal struggle,
individual and society, modern man, inner harmony, thinking, humanity.
Аннотатция:
«Баланс» — история о поиске не только внешнего равновесия в жизни, но и
обретении внутренней гармонии в душе человека. В этом произведении Улугбек Хамдам в
глубоко философском и литературном стиле описывает социальные проблемы
современного человека, духовные разрывы, сложные взаимоотношения общества и
личности. В произведении сталкиваются реальность жизни, душевные страдания и
нравственные воззрения, приводя читателя к глубоким размышлениям и самопониманию.
Ключевые слова:
Равновесие, духовное страдание, нравственные ценности, философское
мышление, внутренняя борьба, личность и общество, современный человек, внутренняя
гармония, мышление, человечность.
1 Kirish.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
241
Ulug‘bek Hamdam to‘liq ismi Hamdamov Ulug‘bek Abduvohobovich o‘zbek yozuvchisi
shoir va tarjimon. U 1968-yil 24-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan.
Ulug‘bek Hamdam ham nazm, ham nasrda ijod qilgan. Ulug‘bek Hamdam qardosh turk tilida
tarjima bilan ham shug‘ullangan. U asarlarida turli xil qismatlarni badiiy kashf qilishga intilib
yoritib bergan. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining, taniqli vakillaridan biri Ulug‘bek Hamdam
o‘zining ‘’Muvozanat’’ asarida ayni shu mavzuni yoritib bergan. Asardagi mavzu va
muammolar asriy masaladir. Har kimga, har davrga hamda har qachonga tegishli bo‘lgan
muammolarni ochib bergan. Bosh qahramon Yusuf qiyinchiliklar bilan bo‘lsada o‘rtaliqni ya’ni
ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni topa oladi.
2 Materiallarni olish texnalogiyasi.
Tarix fakultetida o‘qigan Yusuf mana 35 yoshga kiribdi hamki hali hech narsa
ortirolmagandi biror arzirli ishni ham boshidan tutgani ham yo‘q edi. o‘g‘li va ayoli bilan
ijarama-ijara shaharda yashaydi. Haftada bir ikki kun unviversitetda dars berishini aytmasa
boshqa kunlari deyarli bekorchi edi. Qishloqqa borganda ham Ota-Onasiga biror narsa olib
borgani qurbi yetmas edi, ahvoli juda og‘ir kechar edi. Yusuf bilan birga o‘qigan Said va
Mirazim allaqachon o‘z yo‘llarini topib ketishgan edilar. Mirazim savdoda mamlakatning eng
yirik savdogarlariga aylanib ulgurgan ham edi. Saidga keladigan bo‘lsak shahardagi boy
amaldorning qiziga uylanib kutilmaganda u ham mansab cho‘qqisi tomon odimlagan edi. Yusuf
esa bu ikkisiga sira qiziqmas edi, savdoga unda iqtidor mansabga esa qiziqish xohish
yetishmasdi. U ilm odami edi, ammo ilm uning davriga kelib shunchalar qadrsizlanib ketishini
hayolini bir chetiga ham keltirmagan edi. Bu davrlarda esa hamma o‘z oshqoznini o‘ylash bilan
ovora edi. Nochorlikdan ko‘chada qolib ketgan Yusufning ayoli va o‘gli uni tashlab qishloqqa
qaytib ketadilar, bu holatdan boshi berk ko‘chaga kirib qolgan Yusuf bu berk ko‘chadan qanday
bo‘lmasin chiqish yo‘llarini izlaydi va o‘zini har kuyga solidi, qancha o‘rinmasin bu holat
Yusufga ancha qiyinchiliklar bilan kechadi. Yusuf bu qiyinchiliklar sabab ustachilig-u
savdogarlik bilan ham shug‘ullanadi. Bu borada Yusuf ilmdan voz kechmaslik barobarida
moddiy jihatdan ham o‘zini o‘nglab olishga tinimsiz harakat qiladi, insonning boshiga bir
tashvish keldimi qolganlari ham ketidan yetib keladi deganlaridek Yusufning boshiga yana bir
og‘ir sinov, qiyinchilik kelib tushadi. Zamonning zayliga qarangki bu paytlarda doktorlarning
ochko‘zligi deymizmi yoki e’tiborsizligi sababmi Yusufning qishloqqa qaytib kelgan bir yarim
yoshli o‘g‘li ma’naviy qashshoqligi sabab olamdan o‘tadi. Bu orada Mirazim kasod bo‘ladi, Said
amaldan tushadi, Yusuf esa ancha o‘zini tiklab oldi. Bu paytda zamon ham asta-sekinlik bilan
muvozanatni tiklay boshlagan edi. Oradan vaqtlar o‘tib olimlar ilm-fan odamlari qattiq
silkinishdan so‘ng o‘ziga kela boshlaydi.
3.Eksperimental natijalar va ularning muhokamasi.
Asarni sinchkovlik bilan o‘qib chiqar ekanman, asar bizga insonning ichki muvozanati
hamda davr munosabati haqida so‘zlaydi. Xalqning yashash qiyin sharoitida o‘zini har qanday
holatda muvozanatda saqlab tura olishida davrning muvozanati buyerda katta ahamiyatga ega.
Zamon to‘st-to‘polon holatda bo‘lsa xalq qanday qilib qaddini bir maromda tik tutib yura olsin.
Shu kabi mustaqillik yillarida xalq hayoti bir qadar izdan chiqqan edi bu paytda tizimlar
yangilangan, siyosat to‘g‘ri yo‘lni izlayotgan holatda edi, bu esa xalqning insonlarning yashash
tarziga anchagina o‘z tas’irini o‘tkazdi. Bu paytlarda Mirazim va Said kabilar o‘z yo‘lini o‘z
sohasini topib ketdilar lekin Yusufga o‘xshagan o‘rtaliklar ham muvozanatni tutishga intilganlar
ham yo‘q emas. Asarda yusufning akasi Amir ham katta o‘ringa ega, u dunyodan yuz o‘girib
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
242
oxirat tashvishiga tushgan obraz sifatida gavdalanadi. Yusuf, Amir hamda Otasi Odil aka
suhbatlari orqali dinda ham muvozanat mavjudligini ochiq-oydin ochib berganlar. Amir
namozga, ibodatga berilib ketib oila, ro‘zg‘or tashishlariga umuman e’tibor qaratmay ham
qo‘ygan edi. Amir o‘g‘illil, otalik, erlik vazifasini qo‘yinki butun dunyoni bir chetga surib qo‘ydi.
Amir uchun faqat ibodat qilish, ro‘za tutib chilla saqlasa-yu bu yoqda oila boquvsiz och-nahor
o‘tirsa, ota-onaning dili og‘risa asl muvozanat buzilmaydimi. Vaholanki o‘ylab qarasak oilani
ta’minlash ayoliga e’tibor berish ota-onasiga mehr berish ham oliyjanob ibodat sanalmaydi.
Aynan shu narsalarni Yusuf akasiga bir necha bor tushuntirishga harakat qildi ammo aka-ukani
namoz o‘qimaslikda ayblab uning gaplariga quloq solmadi, oxirida esa Amirning taqdiri fojiali
yakunlanadi, bu orqali dindagi muvozanat uzulishining oqibatlari yaqqol ko‘rsatilgan. Asarda
Mirazimning ayoli Zahro orqali ayollarning ruhiy holati, ichki kechirmalari, ehtiyoji, ruhiy
muvozanati ko‘rsatib berilgan.Mirazim boy Zahroni qo‘lini sovuq suvga urdirmaydi, kamchilligi
yo‘q lekin u zerikkandan zerikkan huddiki qafasdagi qushga o‘xshaydi. Ba’zi erkaklar
o‘ylashadiki ayolimni ehtiyojlarini ya’ni kiyim-kechak, ro‘zg‘orga hamma narsani olib kelsam
bo‘ldi deb o‘ylashadi, eksincha ayolga mehr-e’tibor kerakligini hayollarini bir chetiga ham
keltirishmaydi. Ayol kishiga erkinlik,e’tibor fikrini eshitadigan bir inson yonida bo‘lishini
xohlaydi. Uydagi yaltiroq jonsiz buyumlarga emas aksina uni eshitadigan tushunadigan dildosh
kerak edi Zahroga. Zahro diplomini chang bostirib tashlab qo‘yish uchun o‘qimagan edi, ammo
shunday bo‘ldi, oqibatda uning ruhiyati tobora halokatga qarab ketardi. Hayotimiz
muvozanatdan iborat oilaviy munosabatlarda, ko‘chadagi holatlarda, ishdagi munosabatlarda
boringki har bir qadamimizda oltin o‘rtalikni tutishga urinamiz. Inson moddiyatga ruju qo‘yib
ma’naviy, ruhiy ozuqasini qismasligi yoki aksincha ma’naviy hayotga sho‘ng‘ib moddiy
ta’minotni izdan chiqarmasligi lozim, har bir narsada me’yor yaxshi.
4 Xulosa.
Asarni o‘qishni boshlar ekanman meni o‘ylantirgan savol bu asarning sarlavhasi bo‘ldi. Bu
asarni o‘qib chiqmagunimcha muvozanatni qanday qilib bir zaylda ushlab turishni bilmas edim
va bu haqida hechqanaqa fikrim ham yo‘q edi. Har birimiz bu foniy dunyoda yashar ekanmiz
bizning boshimizga qiyinchilik, sinovlar kelaveradi, bunda biz o‘zimiz nima xohlayotganimizni
va shu xohish-istaklarimizga yetish yo‘lida harakat qilayabmizmi yo‘qmi avvalo shuni bilib
olishimiz kerak ekan. Yozuvchi bu dunyoning tushunarsiz boshiga kelib tushgan sinovlari oldida
osongina yengilishni ya’ni taslim bo‘lishni xohlamadi. Dunyoviy va diniy bilimni bir zaylda olib
ketishga harakat qiladi va buni uddasidan ham chiqadi. Yozuvchi shunday deydi: inson
muvozanatni qo‘liga olishi kerak ya’ni bu nima degani deb savol paydo bo‘lishi mumkin. Bu
dunyo va diniy bilimni bir xil olish undan kerakli joyda foydalanish ya’ni dunyo yoki dinga
berilib ketmaslikni ochib beradi. Insoning ichida nima kechayotganini o‘zidan va yaratgandan
boshqasi bilmaydi, asardagi Zahroni olsak uning turmush o‘rtog‘i unga dunyoviy buyumlarni
ortig‘i bilan qilib berdi ammo bu uni qiziqtirmas edi, unga mehr-e’tibor uni chin dildan
tinglaydigan suhbatdosh kerak edi, shu sababli u o‘zini boshqa erkaklar tomon harakatlantira
boshladi buyerda shuni bilsak bo‘ladiki ayol kishiga ko‘pincha holatda tilla-taqinchoq emas balki
unga shirin so‘z gapiradigan tinglaydigan inson kerakligini bilib olishimiz mumkin ammo
turmush o‘rtog‘i buni anglamadi. Muvozanat asari kitobni qo‘limga olishim bilan o‘ziga jalb qila
boshladi, Yusufning yoshligidan to hozirgi davrigacha asarda yoritilib berdi. Asarni o‘qir
ekanman bitta insonning sabri shunchalik bo‘larda deb ham o‘ylab qoldim. Qiyinchiliklar,
yo‘qotishlar, judoliklar bo‘lsada o‘zini tutishi harakat qilishi taslim bo‘lmasligi meni yanada
hayratimni oshirdi. Ba’zan men o‘ylagan rejalarim amalga oshmay qolsa orzuim amalga oshmas
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
243
ekan deya harakni tuxtatib qo‘yaman. Bu asardan shuni xulosa qilib ayta olamanki inson orzu
qildimi albatta amalga oshadi faqat sabr harakat qilish kerak ekan xolos. Erkak kishiga bu
hayotda xosil qildim. Biz ayollar ichimizdagi gaplarimizni kimgadir aytib yoki yig‘lab yengil
tortamiz lekin erkaklar hech kimga ayta olmaydi, yig‘lay desa unda erkak degan nom qayerga
ketadi. Asarda Yusuf shunchalar qiyin vaziyatda qoladiki, yegani osh-ovqati qolmaydi shunday
bo‘lsada yomon yo‘lga kirishga ya’ni o‘g‘rilik qilishga qo‘li bormaydi bir burda noni yeb qornini
to‘q qilgan paytlari ham bo‘ldi. Zamon charxpalakdek aylansada yo‘qchilik sababli bir kun
Yusufga huddi bir haftadek o‘tayotgandek edi go‘yo.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Hamdamov. U. “Yolg‘izlik’’. Qissa va hijoyalar. Toshkent QatorKamolat, 1998. 112 bet.
2.Hamdamov U. “Tangriga eltuvchi isyon”. She’rlar. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001, 101bet.
3.Hamdamov. U. “Isyon va itoat”. Roman. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003, 140 bet.
4.Hamdamov. U. “Muvozanat”. Roman. Toshkent. Minhoj, 2004, 200 bet.