INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
236
Xoliqova Matluba Mardon qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi assistenti
Telefon raqam: +99899773-36-01
Abriyeva Nodira Oynazarovna
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Telefon raqam: +998771506699
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INSHOLAR ASOSIDA MUSTAQIL
FIKRLASHGA O‘RGATISH METODIKASI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini insholar asosida mustaqil
fikrlashga o‘rgatish metodikasini tahlil qilinadi. Maqolada o‘quvchilarning ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning o‘z fikrlarini aniq ifoda etish, shuningdek, yozma nutqni
yaxshilash bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan. Avvalo, mustaqil fikrlashning ahamiyati va
uning o‘quvchilarning umumiy ta’lim jarayonidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, insho, mustaqil fikrlash, umumiy ta’lim, og‘zaki va
yozma nutq.
Абстрактный.
В статье анализируется методика обучения самостоятельному мышлению
учащихся начальной школы на основе сочинений. В статье представлены методические
рекомендации по развитию у учащихся навыков творческого мышления, четкого
выражения своих мыслей, совершенствования письменной речи. Во-первых, будет
рассмотрена важность самостоятельного мышления и его роль в общем процессе
обучения студентов.
Ключевые слова:
начальная школа, ученик, эссе, самостоятельное мышление, общее
образование, устная и письменная речь.
Annotation.
This article analyzes the methodology for teaching elementary school students to
think independently based on essays. The article presents methodological recommendations for
developing students' creative thinking skills, clearly expressing their own thoughts, and
improving written speech. First of all, the importance of independent thinking and its role in the
general educational process of students are considered.
Key words:
elementary school, student, essay, independent thinking, general education, oral and
written speech.
KIRISH.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ta’lim
jarayonining eng muhim jihatlaridan biridir. Har bir insonning shaxsiy fikrlash, tahlil qilish,
mulohaza yuritish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning kelajakdagi
muvaffaqiyatli hayoti va faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Insho yozish – bu o‘quvchilarning
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
237
fikrlash, analitik qobiliyatlarini, yaratish va o‘z fikrlarini aniq ifoda etish ko‘nikmalarini
shakllantirishda muhim vositadir. Bugungi kunda har bir davlatning jahon hamjamiyatidagi o‘rni
uning intellektual salohiyati hamda kadrlarni tayyorlash sifati bilan о‘lchanadi. Farzandlarimiz
uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga
qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga
doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom
ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak
darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Mamlakatimizda yoshlarning puxta ta’lim olishini
ta’minlash, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirish masalasiga
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bosh qomusda
ham har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan
kafolatlangani, maktab ishlari davlat nazoratida ekani mustahkamlab qo‘yilgan [1].
Boshlang‘ich sinflarda insho va bayon yozishga tayyorlashda o‘qituvchining metodik bilim
saviyasi kuchli bo‘lishi o‘quvchilarni tezda insho va bayon yozish ko‘nikmasining shakllanishiga
asos bo‘ladi. Ma’lumki, yozma nutq og‘zaki nutqdan birmuncha shakllanganligi, so‘zlarning
mohirlik bilan tanlanishi, grammatik jihatdan ham aniq, ammo murakkab tarkib topganligi,
og‘zaki nutqqa mansub bo‘lgan ohang, qo‘l harakatlari va mimikalardan bevosita holiligi bilan
farqlanadi. Yozma nutq murakkab jarayon hisoblangani uchun ham u ko‘p vaqt talab etadi.
Bunday nutq davomida inson o‘z-o‘zini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yozma nutqda
savodxonlik va mazmundorlik asosiy o‘ringa qo‘yiladi. Yozma nutqni o‘stirish ham bevosita
tilning grammatik qurilishi va lug‘at qatlamini mukammal o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Yozma
nutq uchun quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: har bir so‘z, har bir jumla asosiy mazmunni va
muallifning maqsadini ochish uchun xizmat qilishi, mantiqli va izchil ifodalanishi zarur; yozma
nutqdagi fikrlar ifodali, qiziqarli, uslubiy jihatdan sodda va ravon ifoda etilishi kerak; yozma
nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga rioya etish, til boyligidan keng va ijodiy, eng muhimi,
o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq. Yozma nutq orqali og‘zaki nutqni rivojlantirishga ham
erishish mumkin. Chunki matn tuzish, asosiy fikrlarni shakllantirish inson muloqotining ajralmas
qismi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf ona tilida darslarida darslarida o‘quvchilarning yozma
nutqlarini o‘stirish ularning fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantirishga yordam beradi.
O‘quvchilarning tafakkur doirasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shu bois o‘qituvchi
o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning nutq ko‘nikmasini o‘stirishga e’tibor berishi lozim [2].
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo‘lib, maktabda alohida o‘rin tutadi; archa nutqqa
oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo‘ysunadi. Insho 1-sinfda kichik og‘zaki axborot va
ehtirosli hikoyadan boshlanib, o‘z fikrini ifodalashga, o‘quvchi shaxsininig tashkil topishiga
xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo‘lib, his-hayajon uyg‘otadi, aqliy mustaqillikkka,
fikrlashga, ko‘rgan-kechirganlari va o‘zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-
hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga
o‘rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o‘quvchilarda o‘ziga, o‘z kuchi va imkoniyatiga ishonch
tug‘diradi [3].
Har qanday mustaqil ish o‘zida kreativ unsurlarni mujassamlashtiradi, o‘quvchilarni
ta’limiy muammo bilan yuzma-yuz qo‘yadi, har xil yechimlardan bittasini anglash imkonini
beradi. Insho o‘quvchilarning maʼlum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, va o‘z
fikrlarini yozma shaklda bayon qilish, ko‘nikma va malakalarini namoyish etuvchi ijodiy matn
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
238
kichik bir asar hisoblanadi. Oʻquvchilarga insho yozdirish orqali ularning fikrlashini qanday
xulosa chiqarishlarni, mustaqil tarzda fikr yurita olishlarini, bilib olishlari lozim . Shu joiz ham
insho yozdirish ularning aqliy tomondan rivojlantiradi, dunyoqarashini ham kengaytiradi, erkin,
mustaqil fikr yuritishga undaydi. Insho yozdirish asosan boshlangʻich sinflarda 1-2-sinflarda
og‘zaki mustaqil tarzda gapirib berish orqali oʻz fikrlarini yuzaga chiqaradilar. Keyingi 3-4-
sinflarda bo‘lsa, insho yozma tarzda bayon qiladilar. Bir mavzuni tanlab olinadi, va oʻsha mavzu
doirasida insho yoziladi. Reja tuzish ustozlari tomonidan toʻliq tarzda tushuntiriladi. Mavzu ham
ustozi tomonidan beriladi va shu mavzuga doir ular insho yozadilar va inshoda oʻzlarining erkin
yozma fikrlarni yuzaga chiqaradilar. Insho yozishning bir muhim tomoni u har bir o‘quvchining
o‘zining mustaqil fikrini yuzaga chiqarishda katta ahamiyat kashf etadi. Prezidentimiz taʼkidlab
oʻtganlaridek, yoshlarni nafaqat ona tili balki boshqa fanlar doirasida ham mustaqil erkin
fikrlashga o‘rgatib borish hozirgi davr talabi hisoblanadi. Har bir oʻquv mashg‘uloti, jumladan
insho yozish ham jiddiy mehnat kishidan juda katta aqliy va hissiy kuch-quvvat talab etadi. Insho
yozish adabiy mehnat hisoblanadi. Insho o‘quvchilar nutqini o‘stirishda eng samarali vosita
hisoblanadi. Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishga yordam beradi, izchil
fikrlashga o‘rgatadi, tilga va ijodga qiziqishlarini oshiradi. Inshoning to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi
o‘qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi o‘quvchilar uni qanday tushunishlariga bog‘liq boʻladi.
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash uning rejalashtirishda esa og‘zaki va yozma insho
mavzusini belgilab olish muhim rol o‘ynaydi. Reja har qanday ogʻzaki yoki yozma hikoya
qilishning zarur pogʻonasi, uning “loyihasi”dir. Kishi o‘z nutqi haqida o‘ylab, asosiy gaplarni
belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. Reja tuzishga o‘rgatishda oldin
nima haqida to‘xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so‘ng nima haqida aytish,
nihoyat, hikoyani qanday tugatish kerakligini o‘quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi.
Og‘zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko‘riladi. Tayyorlash
bosqichida qancha ko‘p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha chuqur ishlash imkoni
yaratiladi. Insho yozish uchun 2-sinf odatda bir dars zarur bo‘lib qolsa, ikkinchi darsdan 15-20
daqiqa, 3-4-sinflarda bir yoki, bir yarim dars ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan
tashqari insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 daqiqa vaqt ajratiladi. Boshlang‘ich
sinflarda yozma inshoga nisbatan ogʻzaki insho koʻp o‘tkaziladi. Og‘zaki hikoya tuzish bola
maktabga kelgan birinchi kunlardanoq boshlanadi. Yozma insho esa 1-sinf oxiri va 2-sinfdan
boshlab o‘tkaziladi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho
ustida o‘quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga va insho g‘oyasiga ham bog'liq. Biz
xalqimizning dunyoda hech kimdan kam boʻlmasligi, uchun farzandlarimizning bizdan koʻra
kuchli, bilimli, dono boʻlishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz
bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Insho
bolalarning voqea hodisalarini chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o‘rgatadi,
tilga va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi. Bolalar eng qiziqarli va o‘zlariga yaqin voqea
hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar. Insho o‘quvchilarni erkin fikrlashga o‘ylashga
mustaqil ishlashga o‘rgatadi va o‘z fikrlarini yozma tarzida to‘liq bayon qilishga undaydi.
Tanlangan mavzuning gʻoyaviy yoʻnalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi.
Bu jihatdan mehnat va mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti maktab tugʻilib o‘sgan
qishlogʻi yoki shahri haqida, urush qahramonlari haqidagi, mavzular ayniqsa qulay. Bu
mavzulardagi insholar mehnat kishilarga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. Insho
jamiyat hayotini tushunishga oʻrgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va
harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-
harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy tarbiyalarini anglashda
o'quvchilarga yordam beradi [4].
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
239
XULOSA.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini insholar asosida mustaqil fikrlashga o‘rgatish
metodikasi, ta’lim jarayonida katta ahamiyatga ega. Bu usullar o‘quvchilarning tafakkurini
rivojlantiradi, ijodiy fikrlashga undaydi va mustaqil qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
O‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifodalashga, tahlil qilishga va mantiqiy yakunlar chiqarishga
imkon yaratish, ularga nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish, balki hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishga
yordam beradi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari zamon talablariga javob
beradigan darajaga yetishini ta’minlash bugungi kun pedagoglarining qo‘lida. Bu oliy vazifani
amalga oshirishda esa o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda
darslarga kreativ yondashishlari talab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Ta’lim-tarbiya
tizimini
yanada
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ 4884 06.11.2020.
2.
Jalilova D.U “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini insho yozishga o‘rgatish orqali yozma
nutqini shakllantirish”, “International scientific and practical conference “Innovative
approaches in study of the language, literature, translation, tourism and cultural heritage on
the silk road”, May 3-4, 2024. B.127.
3.
Qosimova K., Matchonov S va b. “Ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent “NOSIR”
nashriyoti 2009. B.331.
4.
Kakabayeva G “Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga inshoni oʻrgatish va oʻquvchilar
tarbiyasida inshoning ahamiyati”, Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-
academy.uz/index.php/si B.63-64.