INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
376
Davlatboyeva Vasila Azamat qizi
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix
fakulteti II-bosqich talabasi
vasiladavlatboyeva@gmail.com
FRIDIRIX I VA UNING ITALIYAGA YURISHLARINING
SABABLARI VA OQIBATLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Muqaddas Rim imperatori Fridirx I Barbarossaning Italiyaga
uyushtirgan yurishlari sabab va oqibatlari tahlil qilinadi. Maqolada yurishlarning asosiy
bosqichlari, jumladan, Milanning vayron qilinishi va Lenyano jangidagi mag’lubiyati haqida
so’z yuritiladi. Yurishlarning natijasida Italiya shahar-davlatlarining qisman mustaqil bo’lishi,
Papa hokimiyatining kuchayishi hamda imperiyaning ichki ziddiyatlari chuqurlashgani keltiriladi.
Shuningdek maqolada Fridirix I ning siyosati va Italiyaga yurishlarining Muqaddas Rim
imperiyasi tarixidagi ahamiyati yoritiladi
Kalit so’zlar.
Germaniya, Italiya, Muqaddas Rim Imperiyasi, Fridirix I, papa, Milan, Lenyano,
shtaufenlar, velflar, gogenshatufenlar.
Аннотация.
В статье анализируются причины и последствия походов императора
Священной Римской империи Фридриха I Барбароссы в Италию. Если вы хотите изучать
право, то обсуждаются основные этапы, включая разрушение Милана и поражение в
битве при Леньяно. В результате походов итальянские города-государства обрели
частичную независимость, укрепилась папская власть, обострились внутренние
противоречия империи. В статье также обсуждается политика Фридриха I и значение его
походов в Италию в истории Священной Римской империи.
Ключевые слова
. Германия, Италия, Священная Римская империя, Фридрих I, Папа
Римский, Милан, Леньяно, Штауфен, Вельф, Гогеншауфен.
Abstract.
This article analyzes the causes and consequences of the campaigns of the Holy
Roman Emperor Frederick I Barbarossa in Italy. The article discusses the main stages of the
campaigns, including the destruction of Milan and the defeat at the Battle of Legnano. As a
result of the campaigns, the partial independence of the Italian city-states, the strengthening of
the papal power, and the deepening of the internal conflicts of the empire are noted. The article
also highlights the policy of Frederick I and the significance of his campaigns in Italy in the
history of the Holy Roman Empire.
Keywords
. Germany, Italy, Holy Roman Empire, Frederick I, pope, Milan, Legnano, Staufens,
Welfs, Hohenstaufens.
.
Germaniyaning XI–XV asrlardagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti murakkab va
o‘zgaruvchan jarayonlar bilan ajralib turadi. Bu davrda Germaniya Muqaddas Rim imperiyasi
1
Muqaddas Rim Imperiyasi-Muqaddas Rim imperiyasi — 962-yilda tashkil topgan va 1806-yilgacha mavjud bo‘lgan
davlat bo‘lib, markaziy Yevropada joylashgan. Imperiya Germaniya, Italiya va boshqa hududlarni o‘z ichiga olgan. U
o‘zini qadimgi Rim imperiyasining davomchisi va xristian dunyosining markazi deb bilgan. Imperatorlar Papa bilan
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
377
tarkibida bo‘lgan va mustahkam markaziy hokimiyatga ega emas edi. Germaniyada bu davrda
ruxoniylarning roli oshib borib, cherkov katta ta’sirga ega bo‘lib oladi. Endi nafaqat diniy, balki
siyosiy va madaniy hayotga ham rahbarlik qildi. Shuningdek bu paytga kelib feodal parokandalik
natijasida imperator nominal hukmdor bo‘lsa-da, haqiqiy hokimiyat ko‘p hollarda mahalliy
knyaz, graf va yepiskoplar qo‘lida bo’lib, har bir viloyat o‘z qonunlari va qo‘shinlariga ega
bo‘lgan.
Germaniyada yer egaligi munosabatlarining shakllanishi XI asrda ham davom etib turdi.
Xususan, mamlakatning shimoli-g’arbidagi Saksoniya, Tyuringiya va ayniqsa, Frizlandiyada
yirik yer-mulklari asr boshlarida vujudga keldi. Ayni paytda, bu hududlarda erkin dehqonlarning
muayyan qismi saqlanib qolgan edi. Yer egaligi jamiyatining shakllanishi Germaniyada XI
asrning ikkinchi yarmi – XII asrning boshlarida yakun topdi
.
Bu jarayon aslida Germaniyaning feodal munosabatlari kuchayishiga va markaziy
hokimiyatining mustahkamlanishiga olib kelgan muhim bosqich bo’ldi. Jarayon natijasida yirik
yer egalari va vassallar o’rtasidagi munosabatlar, erkin dehqonlaning asta sekin tobe holga
kelishi kuzatildi va ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashishi sifatida namoyon bo'ldi. Boshqa
o’rta asr davlatlari singari Germaniyada ham yirik sulolalar hukrmonlik qildi. XII-XIII
asrlardagi Germaniyada siyosiy hayotda bir qancha o’zgarishlar kuzatildi.
Frankon dinastiyasini idora qilish befarzand Genrix V bilan tamom boʻlgandan keyin,
Germaniyani biroz vaqt Lotar Saksonskiy (1125-1137) boshqardi. U kuchli imperator emas edi
va shu sababli , Shatufenlar
xonadoni bilan Velflar
xonadoni oʻrtasida hiyla ishlatishga majbur
boʻldi. Chunki Shatufenlar Shvabiya gertsoglari boʻlish bilan birga Frankoniyada ham kuchli
taʼsirga ega edilar va Bavariya gertsoglari esa Velflar xonadoniga qoʻshilar edilar. Lotar
Bavariya gertsogi Genrix Magʻrur bilan yaqinlashib, unga oʻz qizini nikohlab berdi. Lotarning
oʻgʻillari boʻlmaganligidan, u vafot etgandan soʻng, Velflar ayni zamonda Saksoniyaning ham
gertsoglari boʻlib oldilar. Velflarning kuchayib ketayotganligidan betoqat boʻlgan knyazlar
Konrad Shtaufenni imperator qilib sayladilar. Konrad III (1138-1152) ikkinchi salib yurishlarida
qatnashgan edi. U oʻz hukmronligining qolgan vaqtini Velflar bilan kurashga bagʻishladi. Genrix
Magʻrurning oʻgʻli Genrix Sherning yoshligidan foydalangan Konrad Velflardan Bavariyani
tortib olib, ularga faqat Saksoniyani qoldirdi. Konradning taxt vorisi Fridrix I Barbarossa davrida
Shatufenlar dinastiyasining eng zoʻr qudratiga ega boʻldi
.
Genrix V befarzand vafot etgani tufayli imperatorlik taxtida bo’shliq yuzaga keladi. Bu esa
kuchli markazlashgan hokimiyat yo’qligi sababli yirik feodallar o’rtasida kurashni
keskinlashtiradi. Lotar esa o’z siyosati yo’lida qizini Velflar xonadoniga nikohlab berdi va u bu
hokimiyat uchun ko‘p kurash olib borgan. Imperiya markazlashmagan bo‘lib, ko‘plab mustaqil knyazliklar va
shahar-davlatlardan iborat edi. Napoleon urushlari davrida tugatilgan.
2
Salimov T. “Jahon tarixi” Toshkent-“Unversitet”-2014. 191-b
3
Shatufenlar sulolasi— 1024–1125-yillar oralig‘ida Muqaddas Rim imperiyasini boshqargan nemis sulolasidir.
Sulola vakillari imperiyani markazlashtirishga va imperator hokimiyatini kuchaytirishga harakat qilgan.
4
Velflar — O‘rta asrlardagi Germaniyadagi nufuzli feodal sulolalardan biri bo‘lib, 11–13-asrlarda Muqaddas Rim
imperiyasi siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan. Ular Gogenstaufenlar bilan imperatorlik taxti uchun kurash olib
borgan. Velflar tarafdorlari ko‘pincha papani qo‘llab-quvvatlagan, bu esa ularni imperatorlik hokimiyatiga qarshi
qo‘ygan.
5
Semyonov F.V . ‘‘O’rta asrlar tarixi’’. « O’qituvchi » nashryoti-Toshkent-1973 257-b
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
378
orqali ularning qo’llab-quvvatlashiga ega bo’lish niyatida edi. Bu vaqtinchalik natija bergan
bo’lsa-da, uning vafotidan so’ng vaziyat yana o’zgardi. Velflarning kuchayib ketishi natijasida,
boshqa gertosglar o’rtasida havotirni uyg’otdi. Konrad III hokimiyatga kelgach esa, u velflarga
qarshi kurashni kuchatirib yubordi. U Velflar qo’l ostidagi Bavariyani ham qo’lga kiritdi va
ularning siyosiy ta’sirini chekladi. Aniqrog’i, Konrad III siyosiy maydonni tozalab, Shtaufenlar
qudratini tiklashga yo’l ochdi. Uning vorisi-Fridirx I Barbarossa davrida bu xonadon eng
yuqoriga darajaga yetdi. Barbarossa kuchli impertor hokimiyati va imperiyaning Yevropa
siyosatida faol o’rni bilan ajralib turadi. Fridirix I Barbarossa Muqaddas Rim imperiyasining
eng qudratli hukmdorlaridan biri hisoblanadi. U 1152-1190-yillarda hukmronlik qilib tarixda
chuqur iz qoldirgan. Fridirix I o’zining kuchli siyosati va olib borgan yurishlari bilan mashhur.
Uning asosiy maqsadlaridan biri Italiyaga yurishlar olib borib uning natijasida o’z ta’sirini
Italiyada ham kuchaytirish va Papa bilan o’zaro ziddiyatlariga barham berish edi. Ayniqsa,
Italiya shimolidagi boy shahar-davlatlarni nazoratni istashi va savdo yo’llariga ega chiqish
maqsadida Italiyaga bir nechta yurishlar olib boradi. Bu yurishlar Muqaddas Rim imperiyasi va
Italiya o’rtasidagi munosabatlarini o’zgartirib yuboradi va Yevropadagi kuchlar muvozanatiga
sezilarli ta’sir o’tkazgan. Germaniyaning XI asrdagi ijtimoiy tuzumidagi jarayonlar shunday
kechgan edi.
Fridrix I Barbarossa Germaniyani 1138-yildan boshqargan Gogenshtaufenlar
sulolasining
taniqli vakili (“Mallassoqol”) (1152–1190-y.) bo‘lgan. Fridrix I jasur va shafqatsiz sarkarda
bo‘lishi bilan bir qatorida, iqtidorli diplomat, davlat ishlarini mukammal yo‘lga qo‘ygan
hukmdor edi. U o‘zining kuch-qudratini, erishish mumkin bo‘lgan maqsadga – german
imperatori boshchiligidagi jahon imperiyasining tuzilishiga qaratgan. Fridrix I Vengriya,
Chexiya, Polsha va Daniya qirollari tomonidan o‘z hokimiyatining ustunligini tan oldirishga
intiladi. Lekin Angliya va Fransiyadan ustunlikka erishish mumkin bo‘lmaganligi sababli bu
yo‘nalishda harakat qilishdan voz kechishga majbur bo‘lgan. Ko‘proq, Fridrix I ning
hukmronligi paytida mamlakatdagi mustaqil knyazliklar faoliyatini markaziy hokimiyat
manfaatiga bo‘ysundirishga qaratilgan edi
Fridirix I Gogenshtaufenlar sulolasining eng taniqli va kuchli vakillaridan biri hisoblanadi.
Tarixda u “Barbarossa” ya’ni “Qizil soqol” nomi bilan mashhur bo’lgan. U o’z davrining kuchli
va ta’sirli hukmdorlaridan biri bo’lib, mamlakatning markaziy hokimiyatii mustahkamlash va
imperiyaning kuchli boshqaruv tizimini ta’minlashga intilgan. Fridrix I o‘zini faqat Germaniya
emas, balki butun xristian dunyosining boshlig‘i sifatida tasavvur qilgan. Fridrix I qo’shni
davlatlarga nisbatan o‘z ustunligini tan oldirishga harakat qilgan. Fridrix I hukmronligi davrida
Germaniya ichida kuchli markazlashuv siyosati olib borildi. U asosiy e’tiborni mustaqil
knyazliklar faoliyatini cheklash, ularni markaziy hokimiyatga bo‘ysundirish hamda imperator
hokimiyatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga qaratgan.
6
Gogenshtaufenlar sulolasi — 1138–1254-yillar oralig‘ida Muqaddas Rim imperiyasini boshqargan nemis
imperatorlari sulolasidir. Sulola vakillari imperiyani markazlashtirishga, Italiyani bo‘ysundirishga va imperator
hokimiyatini mustahkamlashga harakat qilgan. Eng mashhur vakillari — Fridrix I Barbarossa va Fridrix II bo‘lib, ular
papa hokimiyatiga qarshi chiqqan va kuchli markaziy boshqaruv o‘rnatishga intilgan. Gogenshtaufenlar davrida
imperiya siyosiy va harbiy jihatdan kuchaygan, ammo papa bilan ziddiyatlar ularning zaiflashishiga olib kelgan.
Sulola XIII asr o‘rtalarida tugagan.
7
Salimov T. “Jahon tarixi” 195-b
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
379
Imperator qator gertsog va graflarga yon bosish orqali urushlarga chek qo’yib, mamlakatda
osoyishtalik o’rnatish, hatto imperiyani birmuncha kengaytirishga ham erishadi. Barbarossa o‘z
knyazligini tuzish va bu tadbir orqali hokimiyatini mustahkamlashga intilgan. Ammo uning
asosiy tayanchi bo‘lgan vassallari, ministeriallar va mayda ritsarlar nisbatan kuchsiz bo‘lganlar.
Bu vaziyat Fridrixni cherkov ustidan ham hukm o‘tkazishga intilishiga olib keladi. Vorms
konkordatigа zid ravishda episkoplarni o‘z odamlardan tayinlashga intilgani papa bilan jiddiy
mojaroqa olib keladi. Bu nizoning ildizi chuqur bo‘lib, papa ham imperator sifatida jahon
imperiyasini tuzish rejasining ko‘ngliga tug‘tgan Fridrixning Shimoliy Italiya bo‘ysundirish
harakati esa, papalikka xam bevosita xavf solar edi. Mojaro 1137-yili Bezansonda reyxstagtda
papa legati Roland o‘z homiyligining maqbulini yuqori baholashni boshladi. Unda Fridrix I ga
imperiya papa tomonidan in’om etilgan ta’kidlangan edi. Bunga javoban Fridrix I devonxonasi
Rim huquqiga asoslanib, imperator o‘z hokimiyatini bevosita Xudodan olganini bayon etdi.
Papaning dunyoni boshqarishga da’vosiga javoban imperator manifestlarida Fridrixning
da’volari asoslab beriladi. Fridrixning keyingi yurishlari Shimoliy Italiya shaharlar ustidan
hukmronlikni o‘rnatish uchun urushlar tusini oldi
Fridirix I ning harakatlari davlat boshqaruvining mustahkamlanishiga qaratilgan bo’lsa-da,
feodal tizimning o’ziga xosligi tufayli bu kurash murakkab va uzoq davom etgan. Frdirx I va
Papa o’rtasidagi mojarolar hokimiyatning ilohiy manbasi haqida bo’lgan tortishuvga asoslanadi.
Fridrix I tomonidan ilgari surilgan g‘oya — hokimiyatning ilohiy emas, balki huquqiy va siyosiy
asosda mavjud bo‘lishi — keyinchalik Yevropada dunyoviy davlat konsepsiyasining
shakllanishiga zamin yaratgan. Bu, o‘z navbatida, imperator-papa qarama-qarshiligining
keskinlashuviga olib kelgan.
Fridrix I Barbarossa 38 yil impеratorlik qildi. U shafqatsiz, tajovuzkor, g’oyat shuxratparast va
makkor siyosatchi edi. Fridrix Bavariyani Vеlflarga qaytarib bеrib, ularni tinchitgach, salib
yurishlari natijasida boyigan Italiyaga o’zining butun diqqat-e'tiborini qaratdi. Fridrix I
Barbarossa Rim shaharliklarining dеmokratik rahbari bo’lib, Rim rеspublikasiga asos solishga
harakat qilgan (1143 yilda) va papani dunyoviy hokimiyatdan mahrum qilmoqchi bo’lgan
Arnold Brеshianskiyni Fridrix I dabdurustdan papaga tutib bеrdi. Arnold Brеshianskiy papa
zindoniga tashlandi, uning jasadi esa gulxanda kuydirildi (1155 y.). Rim rеspublikasi tugatildi.
Barbarossa 1158- yilning 11- noyabrida Rankal vodiysida (Pyachеntsa shahriga yaqin joyda)
katta sеym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik fеodallarini va Italiya shaharlarining
vakillarini taklif etdi. Ana shu sеymda Rankal qarorlari dеb atalgan qarorlar qabul qilinib, ular
impеratorning Italiyadagi hokimiyatini chеklanmagan hokimiyatga aylantirdi
.
Fridrix I Barbarossa o‘z davrining kuchli, lekin mutlaqlikka intilgan imperatorlaridan biri
bo‘lgan. Uning siyosati ko‘pincha zo‘ravonlik, makkorlik va strategik ittifoqlar orqali olib
borilgan. U diniy hokimiyat bilan vaqtincha til topishgan bo‘lsa-da, asosiy maqsadi imperiyaning
markazlashgan boshqaruvini kuchaytirish edi. Ammo aynan shu harakatlari ko‘plab isyonlarga,
ayniqsa Shimoliy Italiya shaharlarida kuchli qarshiliklarga olib kelgan
Bu qarorga javoban bir qancha shaharlar, ayniqsa Milan yetakchiligida qo‘zg‘olon ko‘tariladi.
Fridrix Milanni qamal qilib, uzoq davom etgan urushdan so‘ng, 1162-yilda shaharliklarni taslim
bo‘lishga majbur qildi. U shahardagi isyonchilardan qasos oldi. Milan vayron qilindi, aholining
8
O’sha joyda
9
Qosimov E, Nuriddinov E, Mulladjonova R, Ismatullayev F va boshq. ‘‘Jahon tarixi’’. Toshkent-2013. 405-b
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
380
katta qismi boshqa joylarga ko‘chirildi. Biroq imperator vakillarining soliqlarni tinimsiz yig‘ishi
Italiya xalqi noroziligini kuchaytirishda davom etdi. Verona, Padua va Vichensa shaharlarining
Fridrix I ga qarshi ittifoq tuzishiga sabab bo‘ldi. 1159-yilda papa etib saylangan Aleksandr III
papa hokimiyatini qo‘llab-quvvatlagan legat Roland boshchiligida Fridrixga qarshi chiqdi.
Fridrix esa Italiya shaharlarini nazoratga olish uchun bu mojarodan foydalanishga urindi. Fridrix
I 1166 yili yana Italiyaga yurish qildi. Avvaliga Rim papasi qarshiligini yengib, Rim shahrini
egalladi. Lekin Rimda yuzaga kelgan kasallik epidemiyasi Fridrix qo‘shinining katta qismini
qirib yubordi. U chekinishga majbur bo‘ldi. Oradan vaqt o‘tib, Lombardiya shaharlarining
imperiyaga qarshi kurashi avj oldi. Venetsiya ittifoqi tuzildi
.
Fridrix I ning Italiya siyosati harbiy kuch va zo‘ravonlikka asoslangan bo‘lsa-da, uzoq muddatli
barqarorlikni ta’minlay olmagan. Aksincha, uning siyosati Italiya shaharlarining o‘zaro ittifoq
tuzishiga, mustaqillikka intilishlariga va papalik bilan birlashishiga sabab bo‘lgan. Bu voqealar
imperatorlikning Italiyadagi ta’sirini zaiflashtirgan va shaharlar mustaqilligi uchun zamin
yaratgan.
1167 yilda Barbarossa Italiyaga yana katta qo’shin tortib kеlib, Rimni oldi. Papa Alеksandr III
qochib kеtishga majbur bo’ldi. Impеrator Lombardiya shaharlarini tinchitmoqchi bo’ldi, lеkin
to’satdan boshlangan o’lat kasali uning qo’shinlarining safini xarob etdi (25 ming kishi o’ldi) va
shundan kеyin u Gеrmaniyaga qaytishga majbur bo’ldi. Barbarossaning uzoq vaqt
bo’lmaganligidan foydalangan Lombardiya ligasi, u bilan yangidan to’qnashmoq uchun yеtarli
darajada harbiy kuchlarni tayyorlay oldi
.
Tabiiy ofat — o‘lat, Fridrixning rejalarini izdan chiqaradi. U jang maydonida emas, balki
epidemiyaning oldini ololmagani tufayli orqaga chekinishga majbur bo‘ladi. Bu tarixda inson
kuchi cheklanganligini ko‘rsatadigan muhim misollardan biridir. Bu tarixiy davr Italiya
shaharlari va imperator hokimiyati o‘rtasidagi kurashning cho‘qqisi hisoblanadi. Fridrix I ning
kuchli imperator sifatida yuritgan siyosati xalq harakati, shahar ittifoqlari va beqaror omillar
(epidemiya) oldida zaifligini namoyon qiladi. Ayniqsa Legnano jangida xalq g‘alabasi, o‘rta asr
Yevropasida siyosiy kuchlar balansining o‘zgarayotganidan darak beradi
1174—1175 yillarda Barbarossa yana Italiyada paydo bo’ldi, lеkin bu safar uning unchalik
omadi kеlmadi. 1176 yil bahorida Lеnyano dеgan joyda (Milandan sal uzoqroq) u liga
qo’shinlari tomonidan batamom mag’lubiyatga uchratildi. Qizig’i shundaki, nеmis ritsarlarini
yеnggan qo’shinning bir qisminigina italiyalik ritsarlar, asosiy qismini esa Milanning va
Lombardiyadagi boshqa shaharlarning hunarmandlari va xalfalari tashkil qilar edi. Lеnyano
yonidagi mag’lubiyat Fridrix I ni Lombardiya shaharlariga yon bеrishga majbur etdi
Aslida Shimoliy Italiyada Shtaufenlar kelmasdan avvalgi ahvol qaytadan tiklandi. Shaharlar
erkin kommuna huquqini oldilar, bu erkin kommunalar o‘z syuzereni sifatida imperatorning oliy
hokimiyatini tan oldilar, xolos. Ayni paytda Fridrix I papa davlatining ishlariga har qanday
aralashuvidan voz kechib, papaga ham yon berishga majbur bo‘ldi
.
10
O’sha joyda
11
Qosimov E, Nuriddinov E, Mulladjonova R, Ismatullayev F va boshq. ‘‘Jahon tarixi’’ o’sha joyda
12
Abduazimov A, Kamolov J. “Jahon tarixi”. Toshkent-2023. 110-b
13
Semyonov F.V . ‘‘O’rta asrlar tarixi’’. 258-b
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
381
Fridrix I Barbarossaning Italiyaga qilgan yurishlari o‘rta asr Yevropasida imperatorlik
hokimiyatini tiklash, siyosiy markazlashuvga erishish va Rim Papaligi bilan raqobatda
ustunlikka erishish kabi strategik maqsadlar bilan bog‘liq edi. U Lombardiya shaharlarini va
Rimni o‘z nazoratiga olishga harakat qilgan bo‘lsa-da, kuchli shahar kommunalari, Papa bilan
ziddiyatlar va salbiy omillar – xususan o‘lat kasali va xalq harakatlari uning rejalariga jiddiy
to‘siq bo‘ldi. Fridrix Italiyada muvaqqiyat qozonish o‘rniga, mahalliy shaharlarning
mustaqilligini tan olishga va Papaga yon berishga majbur bo‘ldi. Ayniqsa, Legnano jangi (1176)
uning siyosiy mag‘lubiyatining ramziga aylandi. Bu voqea xalq kuchining va shahar
fuqarolarining tarixiy g‘alabasini ifodalaydi. Fridrixning yurishlari natijasida imperator
hokimiyati ramziy darajada saqlanib qolgan, biroq real siyosiy kuch shahar kommunalari va
Papalik qo‘liga o‘tgan. Bu jarayon Yevropa tarixida markazlashuv va mahalliy avtonomiya
o‘rtasidagi kurashning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Salimov T. “Jahon tarixi” Toshkent-“Unversitet”-2014. 191-195-b.
2.
The Normans in Sicily. HarperCollins Norwich J.J . 60-70-b[1992]
3. Semyonov F.V . ‘‘O’rta asrlar tarixi’’. « O’qituvchi » nashryoti-Toshkent-1973 257-258-b.
4. Qosimov E, Nuriddinov E, Mulladjonova R, Ismatullayev F va boshq. ‘‘Jahon tarixi’’.
Toshkent-2013. 405-b.
5. Abduazimov A, Kamolov J. “Jahon tarixi”. Toshkent-2023. 110-b.
6. Qodirov A. “Jahon tarixi” Toshkent-“Ma’naviyat”-2015. 56-70-b.
7. Frederick II: A Medieval Emperor. Oxford University Press Abdulafia, D 25-30-b. [1988]
8. Semyonov F.V . ‘‘O’rta asrlar tarixi’’. « O’qituvchi » nashryoti-Toshkent-1973 257-258-
b.