Авторы

  • Omonova Madinabonu O‘tkir qizi
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 201-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107326

Ключевые слова:

Pireney yarim oroli rekonkista Andalus Ispaniya mustamlaka ekspluatatsiya Kardova Leon Aragon Kastiliya Granada 1492-yil mavrlar

Аннотация

Bilamizki o‘rta asrlar davrining  eng qudratli davlatlaridan biri Arab xalifaligi bo‘lib, u o‘zining kuchaygan davrida juda ko‘plab davlatlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan edi. Ana shunday davlatlardan biri bu Ispaniya edi.  Ushbu maqolada Pireney yarim orolida arablar hukumroniligini tugatishga qaratilgan rekonkista jarayoni, bu jarayonning harbiy va siyosiy jihatlari xususan Toledo, Seviliya va Grandaning zabt etilishi, xristian qirollarining birlashishi hamda Ispaniya davlatining shakllanishigacha bo‘lgan voqealar keng tahlil qilinadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

366

Omonova Madinabonu O‘tkir qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 201-guruh talabasi

REKONKISTA JARAYONI VA UNING ISPANIYA UCHUN TARIXIY AHAMIYATI

Annotatsiya:

Bilamizki o‘rta asrlar davrining eng qudratli davlatlaridan biri Arab xalifaligi

bo‘lib, u o‘zining kuchaygan davrida juda ko‘plab davlatlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan

edi. Ana shunday davlatlardan biri bu Ispaniya edi. Ushbu maqolada Pireney yarim orolida

arablar hukumroniligini tugatishga qaratilgan rekonkista jarayoni, bu jarayonning harbiy va

siyosiy jihatlari xususan Toledo, Seviliya va Grandaning zabt etilishi, xristian qirollarining

birlashishi hamda Ispaniya davlatining shakllanishigacha bo‘lgan voqealar keng tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

: Pireney yarim oroli, rekonkista, Andalus, Ispaniya, mustamlaka, ekspluatatsiya,

Kardova, Leon, Aragon, Kastiliya, Granada, 1492-yil, mavrlar

Аннотация:

Как известно, одним из самых могущественных государств средневековья

был Арабский халифат, который в период своего расцвета объединил под своей властью

множество стран. Одним из таких государств была Испания. В данной статье подробно

анализируется процесс реконкисты, направленный на прекращение арабского господства

на Пиренейском полуострове, его военные и политические аспекты, в частности

завоевание Толедо, Севильи и Гранады, объединение христианских королей, а также

события, приведшие к формированию испанского государства.

Ключевые слова:

Пиренейский полуостров, реконкиста, Аль-Андалус, Испания,

колонизация, эксплуатация, Кордова, Леон, Арагон, Кастилия, Гранада, 1492 год, мавры.

Annotation :

As is known, one of the most powerful states of the Middle Ages was the Arab

Caliphate, which, at the height of its power, united many countries under its rule. One such state

was Spain. This article provides a detailed analysis of the Reconquista process aimed at ending

Arab rule on the Iberian Peninsula, focusing on its military and political aspects—particularly

the conquests of Toledo, Seville, and Granada, the unification of Christian kingdoms, and the

events leading to the formation of the Spanish state.

Keywords

: Iberian Peninsula, Reconquista, Al-Andalus, Spain, colonization, exploitation,

Córdoba, León, Aragon, Castile, Granada, 1492, Moors.

VII asr oxiriga kelib, arablar Shimoliy Afrikadagi Vizantiya mulklarini zabt etishni

yakunladilar va 709-yilda ularning ilk qo‘shini Vestgotlar qirolligi hududiga tushdi. Arablar

bilan birga bu bosib olishda yaqinda islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika aholisi — barbarlar

ham ishtirok etgan. 711-yilda ularning Ispaniyaga bostirib kirishi boshlandi. Vestgotlar qo‘shini

son jihatidan dushmandan ancha ustun edi, biroq ularal aqachon birinchi yirik jangdayoq

qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrashdi. 714-yilga kelib qirollikning barcha yirik qal’alari taslim

bo‘ldi. Arablar va barbarlar (xristian dunyosida ularni odatda mavrlar deb atashgan) Vestgotlar

mulklarini, hatto Pireney tog‘larining shimolidagi yerlarni ham egalladilar. Biroq ularning


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

367

Franklar qirolligi ichkarisiga yurishi Karl Martell tomonidan to‘xtatildi. 755-yilgacha

musulmonlar Ispaniyasi (yoki al-Andalus) Damashq xalifaligi tarkibiga kirgan. Abbosiylar

hokimiyatni qo‘lga olganida, ag‘darilgan Umaviyyalar sulolasining vakili Abd ar-Rahmon al-

Andalusda o‘z mavqeini mustahkamlab, o‘zini amir deb e’lon qildi. Uning poytaxti Kordova

shahri bo‘ldi. 929-yilda amir Abd ar-Rahmon III arab Ispaniyasining boshqa islomiy

davlatlardan to‘liq mustaqilligini e’lon qilib, o‘ziga xalifa unvonini berdi. X asr al-Andalus

siyosiy qudratining eng yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Biroq aynan shu davrda yetila boshlagan feodal

parokandalik tendensiyalari 1008–1031-yillar oralig‘ida ichki nizolar va saroy to‘ntarishlariga

sabab bo‘ldi. Natijada xalifalik bir necha o‘nlab mustaqil knyazliklar – tayfa davlatlariga bo‘linib

ketdi. Ulardan eng yiriklari Kordova, Toledo, Seviya, Valensiya va Saragosalar edi.

1

Arablaning Ispaniyaga yurishi va Kordova xalifaligining shakllanishi o‘rta asr

Yevropasida yangi siyosiy va madaniy manzaraning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Pireney

yarimorolini o‘ziga bo‘ysundirgan arablar o‘lka aholisining kundalik hayotiga ko‘plab

yangiliklar olib kirdilar shuningdek, fan, adabiyot, me’morchilik va madaniy sohalarda ham

chuqur iz qoldirishdi. Arablar davrida Pireney yarim orolida ishlab chiqarish kuchaygan edi.

Aynan arablar tomonidan Ispaniyada sun’iy sug‘orish tizimi rivojlantirilgan. Ular

Ispaniyadaekinning yangi turlarini yetishtira boshlaydi, ular orasida: tut daraxti, sholi,

shakarqamish, apelsin, limon ham bor edi. Ispan arablari Yevropaning turli mamlakatlari bilan,

ayniqsa qo‘shni mamlakatlar hisoblangan: Fransiya va Italiya bilan ham aloqalarni rivojlantiradi,

Vizantiya bilan qizg‘in aloqani yo‘lga qo‘yadi. Rimliklar davrida mavjud bo‘lib, vestgotlar

davrida rivojlanishi boshlangan Ispaniya arablar davriga kelib yirik sanoat markaziga aylandi.

2

Arablar hukmronligi davrida Ispaniya iqtisodiy va madaniy jihatdan jadal taraqqiy etgan

mintaqalardan biriga aylandi. Sun’iy sug‘orish tizimlarining joriy etilishi, yangi ekinlarning

yetishtirilishi, hunarmandchilik va sanoatning rivojlanishi Andalusni Yevropadagi ilg‘or

iqtisodiy markazga aylantirdi. Har bir mustamlakachi davlatda kuzatilgani kabi arablarning

istilochilik siyosatining ham salbiy jihatlari mavjud bo‘lib, bu siyosatdan jabr chekuvchilar

asosan oddiy xalq va cherkov edi. Ayni zamonda Ispaniyadagi arab feodalizmi mahalliy aholi

uchun g‘oyatda og‘ir bo‘ldi, vaqt o‘tishi bilan feodal ekspluatatsiyasini tobora ko‘proq qo‘lladi,

buning ustiga kuchayib boruvchi milliy zulm va huquq jihatdan tengsizlik qo‘shildi, xristian

aholisini zo‘rlab musulmon diniga o‘tkazishdek qo‘pol diniy musulmon fanatizmi avj oldi.

Xalifalikdagi aholining katta ko‘pchiligi arab bo‘lmagan xalqlar edi. Mavrlar nisbatan juda

ozchilikni tashkil etardilar. Pireneya yarim orolining istilo qilingan xalqlari garchi qisman arab

tilini o‘rganib olgan- mosarablar, ba’zilari hatto musulmon dinini qabul qilgan-renegatos

bo‘lsalarda, lekin ular baribir, mavrlarga kelgindi istilochilar va zolimlar deb qarardilar.

3

O‘lkada arablar hukumronligiga qarshi xalq harakati boshlanib, bu harakat “Rekonkista” nomini

oladi. “Rekonkista” so‘zi ispancha “qaytib olish” deb tarjima qilinadi.

Galitsiya, Asturiya, ispan markasi, bular tog‘li, odam yurishi va yashashi qiyin hududlar

bo‘lib, arablarning bu yerlarni bosib olishga urinishi natijasiz chiqdi. Bu yerlar boshqa

hududlardan ko‘chib kelgan ispan qochoqlari bilan to‘lib ketgan edi. Keyinchalik xuddi shu

yerlardan rekonkista harakati boshlandi.

Rekonkista harakatining muvaffaqiyatli borishining asosiy omillari quyidagilardan iborat.

1. Harakatni dehqonlar quwatladilar, sababi: ularga faqatgina yer berish va’da qilib

qolinmasdan, balki shaxsiy ozodlik ham oladigan boidilar

1

С.П. Карпова, История Средних Веков, т. 1 и 2, 2003.

2

В. Ф. Семенов, Урта асрлар тарихи: педагогика институтлари учун дарслик, «Учитель» нашриёти, Тошкент

— 1.

3

Salimov T.O‘ “ Jahon tarixi” Toshkent «Universitet» 2014. 217-b.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

368

2. Feodallar va dehqonlar xalq va din birligi asosida birlashdilar;

3. Rekonkistaga faqat ispanlar emas, balki fransuz va italiyan ritsar- lari ham qatnashdilar

4. Rim papasi rekonkista harakatini musulmon diniga qarshi salib yurishi deb e’lon

qilindi.

4

Asturiya qirolligi VIII–IX asrlarda yarim orolning butun shimoli va shimoli-g‘arbigacha

o‘z ta’sirini yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janubga ham siljiy boshladilar. Leon shahri esa

ularning asosiy markazi bo‘lib qoldi va butun Asturiya qirolligi Leon nomi bilan Leon qirolligi

deb ata boshlandi. X asrning ikkinchi yarmida — XI asr boshlarida, Leon janubga kengayib,

Duero daryosi havzasigacha cho‘zildi. Bu davrda juda ko‘plab qasrlar — qal’alar (burglar)

mavjud bo‘lgan chegara oblasti tashkil topdi. Ana shu qasrlar nomidan yangi mamlakat

“Kastiliya” deb atalgan. Burgos shahri esa Kastiliyaning asosiy shahri hisoblangan.

5

Asturiya qirolligi musulmonlar istilosidan so‘ng yarimorol shimolida mustahkamlanib,

asta-sekin janubga kengayib bordi va keyinchalik Leon qirolligiga aylanadi. Bu harakatlar

arablar siyosatiga qarshi birlashish yo‘lidagi dastlabki jarayonlar edi. Bu birlashuv va yangi

davlatning paydo bo‘lishi nafaqar siyosiy balki ijtimoiy va madaniy ahamiyatga ham ega edi.

Yuzaga kelgan Kastiliya qirolligi kelajakda paydo bo‘ladigan Ispaniya davlati uchun asos bo‘lib

xizmat qilgan.

Shimoli-sharqda joylashgan Navarra qorolligi IX asrda juda katta ahamiyatga ega edi.

Bundan keyingi asrlarda u uncha kengaymadi. Ammo uning janubida ancha-muncha siyosiy

o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi mustaqil mulk — Aragon

grafligi ajralib chiqib, so‘ng XI asrda qirolikka aylandi. Barselona grafi Ramon Berenguer IV

Aragon malikasi Petronila bilan turmush qurishi Aragon va Barselona grafliklarining yagona

davlatga birlashishi va rivojlanishini ta’minlaydi

6

. 1118-yili aragonliklar arablaradan Saragosa

shahrini tortib olib, uni Aragonning poytaxti qildilar. 1137-yili Aragon Ispaniya markasi bilan

birlashdi. Ispaniya markasi bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi degan yangi nom bilan

yurtilardi. Nihoyat, yarim orolning g‘arbida Portugaliya janubga tomon cho‘zilib ketgan edi.

Dastlab bu ham graflik edi (taxminan 1095-yillarda tashkil topgan), keyinchalik u ham qirolikka

aylana oldi. Portugaliyaning poytaxti boshda Duero daryosining mansabidagi Oporto shahri edi,

keyin 1147-yildan — Taxo daryosining mansabidagi Lissabon shahri poytaxt bo‘lib qoldi. Leon

qoroli hokimiyatidan xalos bo‘lgan Portugaliya qiroli Rim papasiga qaram bo‘lib qoldi. Ammo

bu qaramlik nomigagina bo‘lib, aslida boshqacha edi.

7

Rekonkista jarayonini ham salib yurushlari kabi xristianlarning musulmonlarga qarshi

olib borgan muqaddas urushi deb nomlash mumkin edi. Ushbu harakat orqali har ikkala din

vakillari o‘rtasida bir birining diniy qarashlariga nisbatan nafrat tuyg‘usi shakllanadi. Jarayon

faqat Ispaniya bilan cheklanib qolmay, unga boshqa Yevropa davlatlari xususan, Fransiya,

Angliya, Germaniya, Italiya ritserlari ham kelib qo‘shiladi. Ispaniyada mavrlar bilan kurashish

uchun bir qancha maxsus diniy-ritsarlik ordenlari — Santiyago, Alkantara va Kalatravalar

yaratiladi.

4

B.Mirkomilov, F.Aqchayev, O.Mamirov « O‘rta asrlar tarixi » T-2016.

5

В. Ф. Семенов, Урта асрлар тарихи: педагогика институтлари учун дарслик, «Учитель» нашриёти, Тошкент

— 1.

6

Torben Kjersgaard Nielsen and Iben Fonnesberg-Schmidt, Crusading on the Edge: Ideas and Practice of Crusading

in Iberia and the Baltic Region, 1100-1500, edited by.

7

В. Ф. Семенов, Урта асрлар тарихи: педагогика институтлари учун дарслик, «Учитель» нашриёти, Тошкент

— 1.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

369

Shunga qaramay, 1212-yil 16-iyulda Xaen viloyatidagi Las Navas de Tolosa jangida

Alfonso VIII ittifoqchilari bilan birgalikda yirik g‘alabaga erishdi. Bu Alarkosdagi mag‘lubiyat

uchun olingan qasos, yangi bosib olish urushlariga yo‘l ochgan muhim g‘alaba bo‘ldi. Natijada

Ubida, Baeza va boshqa ko‘plab Andalusiya qal’alari xristianlar qo‘liga o‘tdi. Bu jangdagi

mag‘lubiyat va Almohadlar ichidagi ichki nizolar musulmonlarning Ispaniyadagi qudratini

butkul izdan chiqardi

8

. Kastiliya tez orada Andaluziya bilan Mursiyani egalladi. U 1236-yili

Kordovani, 1248-yili Sevilyani qo‘lga kiritdi. Qisqa vaqtlar ichida Aragon Valensiyani va Balear

orollarini bosib oldi.Portugaliya janubga tomon to Gvadiyana daryosi mansabigacha siljib bordi.

Mavrlar ixtiyorida birgina janubiy Granada qiroli (yoki Granada amirligi) saqlanib qolgan edi.

Granada qiroli mustaqil davlat sifatida uzoq vaqt, ya’ni 1492 yilgacha yashab keldi.

9

Xulosa qilib aytganda, arablar istilosi natijasida Pireney yarim oroli iqtisodiy, ijtimoiy va

madaniy jihatdan ancha yuksaldi. O‘lkada shakllangan mahalliy madaniyat bilan arablar olib

kelgan musulmon madaniyati qorishib o‘ziga xos yangi madaniy uslublar yuzaga keldi. Buni

ayniqsa me’morchilik, hunarmandchilik va binokorlik sohalari rivojida yaqqol ko‘rishimiz

mumkin. Shuningdek arablar o‘zlari bilan yangi ekinlar, sun’iy sug‘orish tizimi kabi yangiliklar

olib kelish o‘lkadagi dehqonchilik va yerga ishlov berish sohalariga ham katta ta’sir ko‘rsatishdi.

Biroq hamma istilochi xalqlarda kuzatilgani kabi arablar tomonidan olib borilgan siyosatning

salbiy jihatlari ham mavjud edi. Mahalliy xalqlar ustidan yuritilgan diniy bodimlar, feodal

ekspluattsiya ayniqsa xristian aholini zo‘rlab musulmon diniga o‘tkazish kuchayadi. Buning

natijasida rekonkista jarayoni avj oladi. Ushbu jarayon nafaqat Ispaniyani balki barcha Yevropa

davlatlarini ham qamrab olgan diniy va mafkuraviy kurash edi. Bu jarayon Ispaniya tarixida

yangi bosqich yagona xristian davlati sifatida mustahkamlanishi va markazlashgan qirollikning

shakllanishiga olib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Salimov T.O‘ “ Jahon tarixi” Toshkent «Universitet » 2014. 217-b.

2. B.Mirkomilov, F.Aqchayev, O.Mamirov “ O`rta asrlar tarixi “ T-2016.

3. С.П.Карпова. ИСТОРИЯ СРЕДНИХ ВЕКОВ. 1 и 2 том. 2003

4. Torben Kjersgaard Nielsen And Iben Fonnesberg-Schmidt Crusading on the Edge Ideas and

Practice of Crusading in Iberia and the Baltic Region, 1100-1500 edited by

5. Альтамира-и-Кревеа, Рафаэль. История Испании. Том I.

6. В. Ф. Семенов, Урта асрлар тарихи: педагогика институтлари учун дарслик,

«Учитель» нашриёти, Тошкент — 1.

8

Альтамира-и-Кревеа, Рафаэль. История Испании. Том I.

9

В. Ф. Семенов, Урта асрлар тарихи: педагогика институтлари учун дарслик, «Учитель» нашриёти, Тошкент

— 1.

Библиографические ссылки

Salimov T.O‘ “ Jahon tarixi” Toshkent «Universitet » 2014. 217-b.

B.Mirkomilov, F.Aqchayev, O.Mamirov “ O`rta asrlar tarixi “ T-2016.

С.П.Карпова. ИСТОРИЯ СРЕДНИХ ВЕКОВ. 1 и 2 том. 2003

Torben Kjersgaard Nielsen And Iben Fonnesberg-Schmidt Crusading on the Edge Ideas and Practice of Crusading in Iberia and the Baltic Region, 1100-1500 edited by

Альтамира-и-Кревеа, Рафаэль. История Испании. Том I.

В. Ф. Семенов, Урта асрлар тарихи: педагогика институтлари учун дарслик, «Учитель» нашриёти, Тошкент — 1.