INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
362
Muxitov Musaxan Olimjanovich
Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurti
qurollanish va otish kafedrasi oʻqituvchisi podpolkovnik
MERGANLARNI SHAHAR SHAROITIDAGI JANGOVAR HARAKATLARDA
QО‘LLASHNING AYRIM JIHATLARI
Shahardagi jangovar harakatlar kichik, yaxshi tayyorlangan, manevrchan hamda tarkibida
merganlar bо‘lgan bо‘linmalarni qо‘llash bilan samarali hisoblanadi. Bunda merganlarning
vazifalari о‘zgarmagan holda, dushmanning komandirlik tarkibini, uning о‘z qо‘shinlarimiz
uchun nisbatan katta xavf tug‘diradigan otish vositalarini, aloqa vositalarini, kuzatuv vositalarini,
yirik kalibrli merganlik qurolidan vazifa bajarish vaqtida esa dushmanning yengil zirhlangan
texnikasini safdan chiqarishdan iborat bо‘ladi.
Qoidaga kо‘ra, merganlar:
1. Dushman jangovar harakatlarida tartibsizlik yuzaga keltiradi.
2. Dushman istehkomlarini intensiv tarzda о‘qqa tutish orqali merganlik terrorini
о‘rnatadi. Bunday harakatlar evaziga dushman bо‘linmalarida qо‘rquv, vahima va intizomning
tushishiga erishiladi hamda о‘q-dori va boshqa moddiy vositalarning yetkazilishi cheklanadi.
Bu maqsadlarga erishish uchun merganlar 500-600 metr masofadan tajovuzkor о‘t
ochishni amalga oshiradi. Bunday masofadan otishda о‘qning ovozi shahar shovqini evaziga
eshitilmaydi, merganning о‘zi esa dushmanning talofat yetkazish vositalaridan saqlanish
imkoniyati oshadi.
Shahar sharoitidagi harakatchan va pozitsion janglarda о‘q otish istehkomlarini merganlar
о‘q otish uchun maksimal qulayliq tamoyilidan kelib chiqib mustaqil egallaydi. Nishonni yakson
qilish buyrug‘ini bajarishda, mergan nishon aniq kо‘rinadigan va uni bitta о‘q bilan yakson qilish
mumkin bо‘lgan otish nuqtasini о‘zi topishi kerak.
Mergan otish istehkomini (nuqtasini) topish uchun о‘z bо‘linmasidan ajralishi, shu
jumladan uning old, orqa va yon tomonlariga о‘tishi mumkin. jangovar harakatlar sharoitida
mergan dushman razvedkasi tomonidan qо‘lga olinishi mumkin. Shu sababdan, shahar
vayronalari, bino yertо‘la va yuqori qavatlari bо‘ylab harakatlanadigan mergan imkon darajasida
bir о‘zi bо‘lmasligi, uni tо‘satdan bо‘ladigan hujumdan asraydigan va aloqani ta’minlaydigan
о‘qchi tomonidan kuzatilishi zarur. Ayrim holatlarda ularning harakatini pulemyotchi panalashi
mumkin. Zarur hollarda, pulemyotchi uzun navbatlar bilan otish orqali mergan о‘qining ovozini
yashirishi mumkin. Deraza orqali otish vaqtida xona ichkarisidan о‘q uzish samarali hisoblanadi.
Bunda, о‘q uzishdan hosil bо‘lgan tutun tashqariga chiqmaydi, о‘q uzush tufayli stvol uchida
paydo bо‘lgan olov chetdan kо‘rinmaydi, otishning ovozi esa sezilarli darajada sо‘ndiriladi.
Xona ichkarisidan otishda merganning bitta istehkomda qolib ketishi mumkin emas.
Shahar sharoitida,
ochiq hududda bо‘lgani kabi mergan bir obyektda bir necha otish
istehkomiga ega bо‘lishi kerak. Orasi 15-20 soniyani tashkil qilgan yoki ikkita-uchta о‘qdan
keyin qarama-qarshi tomon katta ehtimol bilan merganni aniqlaydi va uni granatomyot otilmasi,
zirhli transportyor yirik kalibrli pulemyoti va boshqa qurollar bilan safdan chiqarishga harakat
qiladi. Shuning uchun, mergan 1-2 otishdan keyin niqoblanish qoidalariga rioya qilgan holda
joyini о‘zgartirishi kerak. Shaharda samarali niqoblanish imkoniyatini beradigan joylar sifatida
axlat uyumlari, vayronalar, g‘isht uyumlari kabi joylarni kо‘rsatish mumkin. Merganda uzoq
muddatli yopiq otish istehkomini jihozlash zarurati paydo bо‘lganda, “daydi о‘qlar”dan
saqlanish maqsadida otish tuynugining kengaygan joyi ichkarida bо‘lishi, istehkom esa qо‘l
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
363
ostidagi materiallardan foydalangan holda pana ichidagi pana tamoyili asosida qо‘shimcha
kuchaytirilgan bо‘lishi kerak.
Mergan eshitish apparatini turli portlashlardan himoya qilish maqsadida faol
quloqchinlarda bо‘lishi kerak.
Merganlarni shahar sharoitidagi jangda qо‘llashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
tez alanga oluvchi materiallardan tayyorlangan binolarni mudofaa qilish samarali
hisoblanmaydi;
mergan oldiga bino ichidan olib boruvchi barcha yaqinlashish yо‘llari aylanasiga
mudofaa qilingan va muxandislik tо‘siqlari bilan jihozlangan bо‘lishi kerak;
qanotlarda va ort tomonda kuzatuv kuchaytirilgan, mudofaaning harakatchanligi
ta’minlangan bо‘lishi kerak.
Shuni esda tutish kerakki, shahar sharoitidagi jang pozitsionlikni emas, harakatchanlikni
afzal kо‘radi. Odatda, bir joyda uzoq qolib ketgan tomon mag‘lubiyatga uchraydi. Mergan
safdan chiqarilgan jangovar texnikadan otish nuqtasi sifatida foydalanmoqchi bо‘lsa, 2-3 otishni
amalga oshirgach, u yerni ham tark etishi kerak. Mergan dushmanning imkoniyatlarini ham
hisobga olishi kerak. Dushman ham merganning shahar sharoitida asfalt ustida handak
qazimasligini, asosan vayronali joylardan va zararlangan texnikalardan foydalanishini biladi va
merganlarga qarshi amaliyotni amalga oshirishda bu obyektlarga alohida ahamiyat qaratadi.
Shahar sharoitida chekinish vaqtida kurashuvchi tomonlar о‘z xavfsizligini ta’minlash
uchun odatda merganlar guruhini panalash uchun qoldirib ketadi. Chekinish manyovri amalga
oshirilishi mumkinligini bilgan holda merganlar kо‘chma istehkomlarni oldindan jihozlaydi va
ular yaqinida suv va oziq-ovqat mahsulotlarini yashirib qо‘yadi. Bunday istehkomlar kо‘pincha
shahar vayronalari orasida tashkil qilinib, ularda bо‘lgan vaqtda mergan kuzatuvni periskop
orqali olib boradi.
Vayronalar orasidagi istehkomlar maksimal niqoblangan bо‘lishi kerak. Otish tuynugini
yopish uchun binoning bо‘lagi (g‘isht yoki beton sinig‘i) ishlatiladi. Mergan simga
mahkamlangan bо‘lakni tayoq bilan kо‘tarish evaziga tuynukni ochib otishni amalga oshiradi va
simni tortib tuynukni yopgan holda kuzatuvni periskopik moslama orqali davom ettiradi. Odatda,
merganning bunday istehkomlari nafaqat dushman kuchlarining, balki о‘z qо‘shinlarimizning
ham e’tiboriga tushmaydi.
Harakatchan shahar jangida merganlar istehkomlarni tayyorgarliksiz egallaydi. Dushmanga
nisbatan qulay holatni egallash uchun esa, mergan о‘z javobgarlik hududida shahar
arxitekturasini bilishi va egallashi mumkin bо‘lgan joylarni oldindan tasavvur qilishi kerak.
Bundan tashqari, mergan dushman tomondagi va о‘z qо‘shinlarimiz yо‘nalishidagi oriyentirlarni
va ulargacha bо‘lgan masofani bilishi kerak.
Shahar sharoitidagi jangda merganlar juftligini harakatda qо‘llash yuqori samaraga ega.
Bunda ikkita mergan dushmanga samarali talofat yetkazish masofasigacha yaqinlashib, tо‘siq
ortida joylashadi. Merganlardan biri periskop orqali otish yо‘nalishini kuzatadi va nishonni
aniqlashi bilan uni yaxshi kо‘rinadigan oriyentirga bog‘lagan holda, ushbu oriyentirdan
qanchalik chap yoki о‘ngda joylashganini “minglik” о‘lchovida, yaqin yoki uzoq joylashganini
esa metrda yetkazadi. Shu bilan birga, otuvchiga nishongacha masofa, shamol yо‘nalishi va
tezligi, shuningdek aniq otishni amalga oshirish uchun kerak bо‘lgan boshqa ma’lumotlar
yetkaziladi. Nishonni yakson qilish uchun mergan qisqa vaqtga tо‘siq ortidan chiqib, otishni
amalga oshiradi va yana tо‘siq orqasiga yashirinadi. Bunday kо‘rinishdagi otishni samarali
otishni amalga oshirish uchun mergan va uning sherigida bir hil oriyentirlar tushirilgan otish
kartochkalari bо‘lishi kerak. Vaziyatga qarab, merganlar juftligi bir-birini ovoz bilan eshitadigan
masofada joylashgan har-xil istehkomlar orqasida joylashishi ham mumkin.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
364
Shahar sharoitidagi hujum yoki mudofaa jangida merganlar ilg‘or marrada (asosiy kuchlar
oldida) bо‘lishlari talab etilmaydi. Zarurat bо‘lganda, merganlar osonlik bilan о‘z jangchilarining
boshlari ustidan dushman kuchlarini yakson qilish imkoniyatiga ega.
Hujumkor tasnifdagi jangovar harakatlarda merganlarning roli juda muhim hisoblanadi.
Ishg‘ol bо‘linmalari oldinga harakatlanish vaqtida merganlar qanotlarni kuzatadi va har qanday
tahdidni zudlik bilan bartaraf etadi. Ishg‘olchi bо‘linmalar qanotlardan о‘qqa tutilishi, ishg‘olchi
bо‘linmalar uchun halokatli bо‘lishi mumkin. Shu sababdan, bunga yо‘l qо‘ymaslik merganning
asosiy vazifasi bо‘lib qoladi. Bundan tashqari, merganlar maydonlarni, uzun kо‘chalarni,
yо‘laklarni, о‘tish hovlilarini va boshqa dushmanning qayta guruhlanishi uchun xizmat qiladigan
joylarni nazoratda ushlaydi.
Shahar sharoitida samarali va tо‘laqonli jang olib borish uchun mergan qisqa
yugurishlardan sо‘ng otishni bilishga majbur. Shahar sharoitidagi hujum jangida ishg‘olchi
guruhlar binodan-binoga devor bо‘ylab kо‘chishi vaqtida, ularning harakatlari panalash guruhi:
merganlar, pulemyotchilar va granatomyotchilar tomonidan ta’minlanishi kerak. Bu vaqtda,
ushbu vositalar dushman yо‘nalishida otgan holda, nafaqat uning mо‘ljalga olib otishiga, balki
boshini kо‘tarishiga yо‘l qо‘ymasliklari kerak. Ishg‘ol bо‘linmalari tо‘siqdan-tо‘siqqa qisqa
yugurib о‘tishi vaqtida, merganlar tezlik bilan nishon tanlamasdan о‘q uzadi. Bunda
merganlarning asosiy vazifasi nishonni yakson qilish emas, balki uning harakatlarini cheklash
hisoblanadi. mergan tomonidan u yoki bu nishon yakson qilinmagan bо‘lsa ham, dushman
jangchisi о‘z oldidan о‘tgan о‘qning ovozidan, tо‘siqqa borib urilganidan unga qarab
otishayotganini sezadi, о‘zini xavfsiz joyga olishga harakat qiladi va qisqa vaqt oralig‘ida ishg‘ol
bо‘linmalari uchun xavf tug‘dirmaydi. Bu vaqt ishg‘ol bо‘linmasiga о‘z holatini dushmanga
nisbatan о‘zgartirish uchun yetarli bо‘ladi.
Ishg‘ol bо‘linmalari yangi otish nuqtalaridan dushmanni о‘qqa tutishi bilan panalash
guruhi ham qisqa yugurishlar bilan о‘z holatini о‘zgartiradi va bu jarayon ketma-ketlik bilan
butun hujum harakatlari mobaynida davom etadi.
Dinamik hujum jangida snayperning ishi maxsus taktikaning bilimlarini talab etadi. Kichik
bо‘linmalar taktikasida chap qо‘l qoidasi mavjud bо‘lib, uning mazmuni shundan iboratki,
о‘ngga burilish davomida otishni amalga oshirish, shu amalni chapga burilish davomida amalga
oshirganchalik oson emas. Chapga burilish davomida otishning qulayligi bevosita inson
organizmining psixofiziologik yо‘nalishiga bog‘liq. Albatta, bu qoida qurolni о‘ng qо‘lida
ushlaydiganlar uchun mо‘ljallangan, chapaqaylarda esa bu jarayon teskari kо‘rinishda bо‘ladi.
Shu sababdan, о‘ng qо‘l yoki yelkadan foydalanib otuvchilarga obyektlarni о‘zidan chap
tomonda ushlagan holda ularga yaqinlashish taktik ustunlik beradi. Bu holatda, otuvchi
tо‘siqning ortida mustahkamlanib (odatda binoning burchagi), burchakni о‘zidan chap tomonda
ushlagan holda otish vaqtida ochiq tomonga faqatgina bosh va yelkasining bir qismini chiqargan
holda о‘z xavfsizligini ta’minlaydi.
Kо‘p sonli bino va inshootlar sharoitidagi harakatchan jangovar harakatlarda barcha
binolarni soat miliga teskari tarzda aylanib о‘tish talab etiladi. Dunyo aholisining 90% dan
ortig‘i asosan о‘ng qо‘ldan foydalangani uchun bu tartibdagi harakatlar dushmanga noqulaylik
tug‘diradi. Masalan, bir binoning о‘ng tomonidan chiqib kelganingizda dushman ham qarama-
qarshi binoning sizdan chapda joylashgan burchagida (qurolini о‘ng yelkada ushlagan holda)
bо‘lsa, u holda sizni mо‘ljalga olish uchun о‘zini namoyish qilishga majbur bо‘ladi. Bu esa,
sizga dushmanga nisbatan bir qancha ustunlik beradi.
Shahar sharoitidagi jangda dushman kutilmaganda, qisqa masofalarda (30, 20 va 10 metr)
vayronalar ichidan paydo bо‘lishi mumkin. Bu sharoitda, mergan mо‘ljalga olib otishga urinsa,
vaqtdan yutkazadi. Bu holatlar uchun mо‘ljallagichga qaramay, stvol yо‘nalishi bо‘ylab,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
365
qо‘ndoqni qorin yoki yelka sohasida ushlagan holda otish amalga oshiriladi. Kalibri nisbatan
katta bо‘lgan merganlik qurollarining mutaxassislari shahar sharoitidagi tezkor harakatlar
davomida qurolini bel qismida ushlagan holda, pistolet bilan harakatlanishi tavsiya etiladi.
Dushman 40 metr va undan ortiq bо‘lgan masofada aniqlanganda, mо‘ljallagichdan
foydalanmay turib uni yakson qilish qiyinchilik tug‘diradi. Bu holatda, mergan otish sektoridan
qochgan holda nishon sifatida kichik kо‘rinish olishi (yotishi yoki о‘tirishi) va mо‘ljallagichdan
foydalangan holda dushmanni zararsizlantirishi kerak.
Agar bino ichkarisidan otayotgan dushman merganini zararsizlantirish uchun mergan va
pulemyotchining vositalari natija bermasa, bino ichiga qо‘l granatasi
(1-2 qavat) yoki stvol osti granatomyot granatasi otiladi.
Tozalash va operativ qidiruvlar vaqtida, bо‘linmalar kvartal binolarida tintuv
о‘tkazayotganda, mergan va pulemyotchi tutash kо‘chalarni, о‘tish hovlilarini
va ochiq joylarni jinoyatchilarning qochib ketmasligi va qayta guruhlanmasligi uchun nazoratda
ushlaydi.
Shahar sharoitidagi jangda merganlar mos ravishda kiyingan bо‘lishlari kerak. Katta
ehtimol bilan mergan tunni shahar vayronalari, yuqori qavatlari va boshqa kuzatish uchun qulay
va yashirinlikni ta’minlaydigan joylarda о‘tkazishi mumkin. Yoz kunlari bо‘lgan taqdirda ham,
tunda sovuq bо‘lishi mumkinligini hisobga olib, mergan о‘zi bilan qishki kurtkasi (paxatali
bushlati)ni olib yurishi muhim. О‘z navbatida kurtka qurol uchun tirgak, yotib otishda kо‘rpa
vazifasini ham bajarishi mumkin.
Xulosa о‘rnida, shahar sharoitidagi jangovar harakatlarda merganlarning roli yuqori
ekanligini, ular tomonidan shahar jangi qoidalariga rioya qilgan holda harakat qilinishi esa
jangovar vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishiga zamin yaratishini ta’kidlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Д. Пластер Совершенный снайпер. Учебное пособие, 2006 г.
2. Наставление о применении снайперов в операции объединенных сил ВСУ, 2021 г.
3. А. Мальцев “Снайперская подготовка”. Учебное практическое пособие, 2019 г.
4.
Подготовка снайпера SAS Великобритании.
Учебное пособие, 2019 г.
5. Sniper Training, U.S. Army Field Manual 23-10