INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
449
Begimkulov I.B.
podpolkovnik, O‘R QK Akademiyasi kafedra katta o‘qituvchisi
OILA: MA’NAVIY VA IJTIMOIY BARQARORLIK POYDEVORI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunda avj olib borayotgan mafkuraviy hurujlar, ularni
oldini olish yo‘llari va usullari, yoshlarni ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda oiladagi
tarbiyaning o‘rni va roli ko‘rsatib berilgan.
Tayanch so‘zlar:
oila, mafkura, xuruj, g‘oyaviy tarbiya, estetika, ijtimoiy hayot, axborot, tarbiya,
ma’naviy yuksalish, dunyoqarash, milliy g‘urur.
Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz,
an’ana va urf–odatlarimizni asrab–avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona
yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalalarining toboro dolzarb
ahamiyat kasb etayotganligi uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish zarur.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu vazifani amalga oshirishda oilaning rolini
kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida oila
inqirozining tahlikali ko‘rinishi ko‘zga tashlanmoqda. Ajralishlar, nomukammal oilalar, nikohsiz
tug‘ilgan bolalar, oiladan tashqarida yashovchi shaxslar soni va hokazolar tobora ortib bormoqda.
Faqat o‘zini o‘ylash, xudbinlik kabi illatlar oilalarni buzilib ketishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin
O‘zbekistonda oila mohiyat–e’tibori bilan ishonchlilik, barqarorlik kafolati, xalq ma’naviy
sog‘lomligining mustahkam tayanchi ekanligini namoyon etmoqda. Bu birinchi navbatda,
oilaning an’anaviy kuchli mavqei saqlanganligi, nikoh va oilaga umrbod ittifoq sifatida
qarashning majburiyligi bilan izohlanadi. Darhaqiqat, oila – insonning muqaddas uyi, eng asosiy
tarbiya maskanidir. Oila – mafkuraviy tarbiyannig eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Oila
hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydi va urf–odatlarimizni saqlaydi,
kelajak avlodning qanday inson bo‘lib yetishishini belgilaydi. Milliy istiqlol g‘oyasini
xalqimizning ongi va qalbiga singdirish orqali ularda ma’naviy, mafkuraviy immunitetni
shakllantirar ekanmiz, u avvalo oiladan boshlanadi. Aynan bobolar o‘giti, otaning shaxsiy ibrati,
onaning mehri orqali milliy g‘oya avloddan –avlodga, insondan–insonga o‘tadi, ong va shuurda
muhrlanib boradi. Har tomonlama iqtisodiy, ma’naviy–ma’rifiy, madaniy, axloqiy, g‘oyaviy–
tarbiyaviy jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila negizidagi jamiyat va mamlakat mustahkam bo‘ladi.
Oiladagi sog‘lom muhit – sog‘lom mafkurani shakllantirish manbaidir.
Har qaysi millatning o‘ziga xoc ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech
shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyos. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat,
or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topadi.
Oila muhitida paydo bo‘ladigan ota –onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik
burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy
munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Darhaqiqat, insonning eng
sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi.
Ma’lumki, tarbiya - inson shaxsi, ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan
tadbirlar tizimidir. Ta’lim esa axloqli, odobli shaxsga hunar o‘rgatish, bilim berishdir. Inson
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
450
shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog‘langan
jarayondir. Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiyaning mushtarakligi haqida shunday yozadi: «Dars
(ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining
vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir. Chunki dars oluvchi - tarbiya oluvchi, amal qiluvchi
demakdir»1.
O‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar shakllanishi jarayonida oilaning
kattalari – bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi. Aytish
mumkinki bir oilada uch avlod bir bo‘lib yashashadi. Uch avlodnnig hayotiy tajribasi bir
qozonda qaynaydi. Agar bir odam misol uchun 70 yoshga kirsa, u o‘zidan yetmish yil oldingi
tajribalarni ham katta-kichikdan eshitib yurib o‘zlashtirib oladi. Ana shu tajribalarni kattalar
kichiklarga o‘rgatadilar, an’analar silsilasi uzilish bilmay davom etaveradi. Azaliy udumga
binoan, bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra bobo buvilarning ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular
oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi. Bunday tarbiya an’anasi buyuk
ajdodlarimiz taqdirida muhim o‘rin tutgan. Masalan, Amir Temurning nevaralari tarbiyasi bilan
ularing onalari emas, ulug‘ bobolari – buvilari shug‘ullangan. Xususan, Shohruh Mirzo,
Muhammad Sulton Mirzo, Halil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo singari temuriy shahzodalar
Saroymulkixonim qo‘lida tarbiya topgan. Bir so‘z bilan aytganda ota-ona o‘z bolasini axloqi va
huquqiy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgardir.
Har bir oila o‘ziga xos olam. Uning avloddan–avlodga o‘tib kelayotan an’analari, rasm–
rusmlari, axloqiy–ma’naviy qadriyatlari bor. Zero, oilada shaxs inson sifatida shakllanadi,
yashashni, mehnat qilishni o‘rganadi, har tomonlama barkamol, iymon–e’tiqodi butun insonlar
sog‘lom muhitli oilalarda tug‘ilib voyaga yetadilar.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Biz ko‘pincha bolam maktabda, o‘qishda yoki chet
elda ishlayapti, deb xotirjam yuribmiz. Lekin bizning bunday soddaligimiz, beparvoligimizdan
dushmanlar makkorlik bilan foydlanmoqda. Bizning jon-u jahonimiz bo‘lgan farzandlarimiz
dushmanlar qo‘lida qurolga aylanib qolsa, buning uchun, avvalo, kim aybdor? O‘zimiz
emasmi?”2. Darhaqiqat, oilada sog‘lom turmush tarzining qaror topishi oilaning ijtimoiy–
iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish, bilimli, aql–zakovatli
barkamol insonni
tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Bunday oilalar axloqsizlik, e’tiqodsizlik, aqidaparastlik,
xoinlik, giyohvandlik kabi illatlarni oldini olishga, ularni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘z
hissalarini qo‘shadilar.
Ma’lumki, sharq xalqlari farzand tarbiyasiga o‘ta mas’uliyat bilan qarab kelganlar va
ularni voyaga yetishida xalq an’analariga qat’iy rioya qilishgan. Eng avvalo mehnat tarbyasiga
katta e’tibor berishgan. Oilada hech bir farzand mehnatsiz qolmagan, ota–ona o‘z farzandlariga
kasb sirlaridan saboq berganlar, natijada bolalarda mehnatga hurmat va malaka pado bo‘la
boshlagan. Ota–ona, qarindosh –urug‘ va umuman insonlar mehnatini qadrlash ko‘nikmasi
avvalo, oilada tarkib topgan. Yoshlikdan el- yurtga foydasi tegadigan mehnat faoliyatiga
yo‘naltirish ham mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o‘quv
yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga befarq
qarashlari mumkin emas. Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash ham
katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo‘lishga o‘rgangan yoshlar mehnatsevar bo‘ladilar,
1 Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud ahloq.- T.: «O‘zbekiston», 1992 yil, 15-16 b.
2 Mirziyoev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2022, 321 b.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
451
ularda juda yoshligidanoq ma’lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‘sh vaqtlarida, ular o‘zlari
sevgan ish bilan shug‘ullanishga o‘rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki
nojo‘ya ishlar bilan shug‘ullanishga vaqti ham bo‘lmaydi.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim bo‘lgan yana bir muhim masala farzandlariga
berayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar
tizimiga qay darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‘zi oldida shirin
farzandlari bilan bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati
bilan uzviy bog‘langan kelajagi ham turmog‘i kerak. Afsuski ba’zi ota-onalar o‘z farzandlarining
qiziqishlariga, uning tafakkurida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga ahamiyat beravermaydilar.
Shuningdek, oila otaning o‘zini tutishni bilmasligi, axloq-odob bobida farzandiga o‘rnak
bo‘lolmasligi tabiiyki, farzandlarning ma’naviy oolamining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agarda, oilada fisqu fasod, ig‘vo muhiti hukmron bo‘lsa, hech shubhasiz farzand tarbiyasiga
o‘zining nosog‘lom ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda,
oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy
iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo‘lur edi3.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an’analarga, bu boradagi
umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e’tiborga olganida yaxshi
natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko‘proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog‘liq
bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, usullari esa o‘zgarib, yangilanib,
takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
ma’naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi.
Bugungi kunda yoshlarning axloqiy jihatdan kamol topishida oiladagi o‘zaro hurmat,
xushmuomalalik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlar ma’naviy tahdidlarga qarshi
kurashdagi muhim omillardan biri deyishimiz mumkin. Umuman olganda, oilada amalga
oshiriladigan tarbiyaning mazmunini farzandlarda o‘z ota–onasidan, oilasi, ajdodlari, tug‘ilib
o‘sgan o‘lkasi, vatani, millati, xalqi, tili, dini, an’analaridan g‘ururlanishi hissini uyg‘otishdan
iborat.
Bizda qadimdan “Ma’rifatli inson” tushunchasi ancha keng ma’noni anglatgan.
Unutmasligimiz kerakki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga
ko‘ra ma’rifatlilik –bilim, ma’naviyat va go‘zal ahloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, komil
inson deganda aynan shunday odamlarni ko‘z oldiga keltiradi.
Biz yangi asrda va yangi bir sivilizatsiya davrida yashayapmiz. Bu sivilizatsiyada mehnat
qilib, o‘zining ustida tinmay ishlaydigan, uzluksiz ta’lim oladigan, doimiy ravishda o‘z bilim
ehtiyojlarini qondirib, olgan bilimlarini oilasi, xalqi va davlati rivojlanishiga sarf qila oladigan
shaxsgina munosib o‘rinni egallashi mumkin. Jamiyatimiz o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsad –
kelajagi buyuk Yangi O‘zbekistonni, ozod, obod Vatanni yaratish va umuman, islohotlarning
taqdiri oxir-oqibatda bugun shakllanayotgan avlodning dunyoqarashiga, ijtimoiy mo‘ljaliga
zamonaviy ilm-fan va kasblarni egallashiga, amaliy tashkilotchiligiga bevosita bog‘liqdir.
Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan
davlatlardan va xalqlardan kam bo‘lmaslik, bir so‘z bilan aytganda, ertangi kelajagimiz, barcha
ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinchi navbatda, bizning o‘rnimizga kelayotgan
3 Karimov I. Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch. - T.: Ma’naviyat, 2008, 55-b.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
452
yosh avlodimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga
bog‘liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud ahloq.- T.: O‘zbekiston., 1992.
2. Karimov I. Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch. - T.: Ma’naviyat., 2008.
3. Mirziyoev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - T.: O‘zbekiston., 2022.
4. Эгамов, Э. Э. (2022). Вклад Узбекистана в победу над фашизмом во Второй мировой
войне. In ВОЕННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ РОССИИ: ВЗГЛЯД В БУДУЩЕЕ (pp. 439-
447).