INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
446
Egamov Elnur Eson o‘g‘li
podpolkovnik, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, milliy iftihor va harbiy
vatanparvarlik kafedrasi, axloqiy-ruhiy ta’minot sikli katta o‘qituvchisi
HARBIY XIZMAT FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK ISHLARNING AHAMIYATI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada harbiy xizmatning turli sharoitlarda psixologik ishlarni olib
borish, harbiy xizmatchilarning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va psixologik
ishlarni tashkil etishning o‘ziga xos hususiyatlari nazariy jihatlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
psixologiya, ijtimoiy hayot, psixologik bilimlar, psixologik xizmat, harbiy
jamoalar, psixologik salomatlik, psixologik holat, psixologik xususiyat, harbiy jamoa,
zamonaviy jang, jamoa psixologiyasi.
Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi
hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi
vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. So’nggi yillarda mamlakatimizda aholiga hamda harbiy
xizmatchilarga psixologik xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida jamyatimizda psixologlarga bo’lgan talabni yuqori ekanligini
ko’rsatmoqda.
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi
- tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot
ishlaridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi. Psixologik xizmatning uchala vazifasi o‘zaro
chambarchas bog‘liq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan harbiy xizmat tizimida faoliyat
yuritayotgan amaliyotchi-psixologlar doimiy ravishda mutaxassislik va pedagogik bilimlarini
oshirib borishlari, yangi pedagogik va psixologik bilimlar bilan izchil tanishib borishlari,
shuningdek kasbiy tajribani o‘zlashtirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil eta olishlari lozim.
Psixologik xizmat ko‘rsatish, bu – harbiy qism, harbiy ta’lim muassasalari kabi
muassasalarining harbiy xizmatchilari, harbiy jamoalar, turli toifadagi komandirlarning harbiy
xizmatni o‘tash jarayonida ularning individual psixologik salomatligini, ijtimoiy-psixologik
holatini, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini me’yorida saqlash maqsadida tadbirlarni amalga
oshirishni rejalashtiruvchi, amalga oshiruvchi, ta’minlovchi tizimli tashkil etilgan faoliyat turi
xisoblanadi.
Bu faoliyat turi, komandilar hamda ularning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosarining funksional majburiyatlari doirasida bajariladigan vazifalarning mazmunini
individual-shaxsiy xususiyatlar va harbiy xizmat davomida vazifalarni bajarish uchun amalga
oshiriladigan harakatlar muvozanatini ta’minlovchi hisoblanadi.
Tarixga nazar solsak shaxs qiyofasining psixologik xususiyatlari, harbiy xizmatchining
shaxsiy-kasbiy fazilatlarini belgilovchi psixologik omillari va harbiy xizmatchi imijining
psixologik jihatlarini o‘rganish borasida ilk ilmiy tadqiqotlar xorij psixolog olimlari
izlanishlarida o‘z aksini topgan bo‘lsada, jahon harbiy san’atiga bebaho hissa qo‘shgan, buyuk
sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur o‘z “Temur tuzuklari”da davlatni boshqaruvi
va harbiy xizmatini tashkil etishda rahbar va amaldorlarning ruhiy sifatlarini e’tirof etib, ular
qattiqo‘l, nihoyatda adolatli, lekin rahmdil, insonparvar, halol va pok bo‘lishini ko‘rsatgan.
Shuningdek, sarkardalarni saralash va lavozimlarga qo‘yishda ularning nasl-nasabiga, aql-
farosatiga, xalqparvarligiga, tinchlik sevarlik, sabr-toqatlilik, adolatparvarlik, ko‘tarinki ruhiy
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
447
holatiga, ziyrakligiga, malakasi va odamlar bilan murosa qilish fazilatlariga alohida e’tibor
bergan”. Bu esa, Amir Temur o‘z faoliyatida hozirgi zamon psixologiyasining ijtimoiy-
psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, etnopsixologiya, operativ faoliyat psixologiyasi va kasb
psixodiagnostikasi ta’limotlaridan oqilona foydalanganligini ko‘rsatadi
[1; 72 b]
.
Shunday qilib, psixolog ishlarning asosiy
ob’ekti
sifatida shartnoma va muddatli harbiy
xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, safarbarlik resurlari,
shuningdek, jangovar xarakatlar holatida harbiy burchni bajarishga jalb etilganlar hamda
vaqtincha bo‘lsa ham tuzilgan harbiy jamoalardir. Shunga muvofiq psixologik ishlarning
predmeti
harbiy xizmatchi psixikasining harbiy-kasbiy faoliyatning turli sharoitlarida namoyon
bo‘lishining o‘ziga xosliklari, shuningdek, psixologik jarayonlar, harbiy jamoa uchun xarakterli
holatlar va xususiyatlarni. Psixologik ishlarning
asosiy maqsadi
harbiy xizmatchi va harbiy
jamoada (qism, bo‘linmada) psixologik qonuniyatlarni ochib berish, jang va xizmat uchun zarur
bo‘lgan jangovar sifatlar, shuningdek, tinchlik sharoitida va jangovar vaziyatlarda shaxsiy tarkib
faoliyati samaradorligini oshirishning psixologik yo‘llarini shakllantirishdan iborat.
Harbiy xizmat faoliyatining harbiy xizmatchi psixikasi va harbiy jamoa psixologiyasiga
ta’sirini o‘rganish avvalo harbiy xizmatchi (jamoa) sifati qay darajada zamonaviy jang xarakteri
bilan bog‘liq holda bo‘ladi hamda faoliyat va muloqotda shakllanadi va
quyidagilarni amalga
oshiradi:
zamonaviy jangni (jangning har bir turi va harbiy mutaxassislik bo‘yicha) psixologik
tahlilini;
harbiy xizmatchi va harbiy jamoaga ta’sirini aniqlaydi va zamonaviy jangning harbiy
xizmatchi psixikasiga bo‘lgan talablarni belgilaydi;
harbiy faoliyat turining harbiy xizmatchi psixikasi va harbiy jamoa psixologiyasiga aniq
ta’sirini tadqiq etadi, shu bilan birga harbiy xizmatchi uchun zarur bo‘lgan sifatlarni
shakllantiruvchi hayot va faoliyat sharoitlarini tashkil etish yo‘llarini izlashga imkon yaratadi.
Umuman olganda, harbiy faoliyat tizimida psixologik xizmatni tashkil etish mamlakat
mudofaasini amalga oshirish nuqtai nazaridan ham bir qancha qulayliklarga ega bo‘lib, bunda
uning psixologik, harbiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy jihatlari mavjudligini
e’tiborga olish lozim.
Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning taxminan
90 foizi jangda kuchli qo‘rquvni yaqqol his qilisharkan. Shu bilan birga, ularning
25 foizida qo‘rquv ko‘ngil aynish, qusish, 20 foizida ichakning funksiyasini nazorat qila
olmaslik bilan kechadi. Bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, harbiylarning qariyib
30 foizi jangdan oldin, 35 foizi jangda va 16 foizi jangdan so‘ng qo‘rquvni boshidan
kechirishadi
[2]
.
Psixologik ishlarni tashkil etishga kompleks jihatdan yondashib, uning samaradorligini
oshirishga mansabdor shaxslar tomonidan o‘zaro hamjihatlik va muvofiqlikda olib boriladigan
hamkorlikdagi ishlar orqali erishiladi.
Psixologik ishlarni rejalashtirishda har bir mansabdor shaxsning o‘rni va roli aniq
belgilanishi lozim. Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini muntazam kuzatib borish,
tahlil qilish va rivojlanishini prognozlash maqsadida maxsus tayyorlangan so‘rovnoma
(anketa)lardan keng foydalanish maqsadga muvofiq
[3; 8 b]
.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, harbiy kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash,
malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetensiyasini inobatga olib joy-joyiga qo‘yish bevosita
ilmiy yondashuvni talab etadi va bu jarayon aniq psixologik metodika, testlar yordamida amalga
oshirilishini talab etadi. Shu bois qurolli kuchlar tizimi uchun yangi hisoblangan psixologik
texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
448
Harbiy jamoalarni ijtimoiy-psixologik (harbiy xizmatchilarni xizmat munosabatlarini
xarakterini, jamoadagi muhitni, jamoaning o‘quv-jangovar vazifalarni bajarishga tayyorligi
o‘rganish, ya’ni ularni individual-psixologik xususiyatlarini aniqlab olish nafaqat harbiy
boshqaruv nuqtai nazardan, balki jangovar shaylikni ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Chunki, jangovar vazifalarning asosiy qismi jamoaviy tarzda bajariladi.
Qurolli kuchlarda yangi harbiy texnika, qurol-yaroqlarning qo‘llanilishi harbiy
xizmatchilardan intellektual salohiyatga ega bo‘lishni talab etadi. Bu o‘z navbatida “harbiy
texnika-harbiy xizmatchi” munosabatlar tizimida qator harbiy-psixologik muammolarni keltirib
chiqaradi, bu o‘z navbatida intellektual, proektiv testlardan, kasbiy faoliyatning mahsuldorligini
oshiruvchi ilmiy psixologik metodikalardan foydalanishni talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Psixologik xizmat ko’rsatishda ta’limiy va kasbiy faoliyat uyg’unligini ta’minlashning
innovatsion yondashuv masalalari Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari, 2020
yil 27 fevral, Toshkent-2020 L.Ravshanov harbiy rahbar – boshqaruv faoliyati imidjining
psixologik xususiyatlari, 72-bet.
2.
А.Караян. Психологические особенности боевых дейстий военнослужащих в
различных видах и на различных этапах боя. Военно-информационный портал.
http://armyrus.ru/index.phpoption=com_content&task=view&id=742&Itemid=2156.
3.
Ravshanov Sh.T., Ilhombekov B.A. Harbiy xizmatchi va harbiy jamoalarni jangovar
faoliyatga psixologik tayyorlash. -Toshkent, 2020. - B. 8.
4.
Эгамов, Э. Э. (2022). Вклад Узбекистана в победу над фашизмом во Второй
мировой войне. In ВОЕННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ РОССИИ: ВЗГЛЯД В БУДУЩЕЕ (pp.
439-447).