Авторы

  • Butunov Dilmurod Baxodirovich,Pulatov Yadgor Pulatovich,Pardayeva Umida Norbayevna,Kengesbaeva Dinara Jengisbay qizi
    Toshkent davlat transport universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107345

Ключевые слова:

Aholi transport xizmati servis transport turi xizmat ko‘rsatish xizmat turlari.

Аннотация

Ishdan maqsad aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatishda servisning o‘rnini tahlil qilishdan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra yo‘lovchi tashishda muayyan marshrut yo‘nalishlari bo‘yicha aniq bir turdagi servis xizmatlari turlarini taqdim etish bo‘yicha ishlar yetarli darajada bajarilmaganligi aniqlandi. Potensial yo‘lovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, yo‘lovchilar harakatlanuvchi tarkibning qulayligi va harakat xavfsizligi kabi omillarni hisobga olgan holda 39% temir yo‘l transportini tanlaganligi aniqlandi. Bundan tashqari sayohat uchun transport turini tanlashda yo‘lovchilar asosan qulaylik (23%) va yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish davomoyligi (tezligi) (22%) kabi afzalliklarga katta e’tibor qaratishi aniqlandi. Shu kabi omillarni inobatga olgan holda servis xizmatlari turlari ya’nada rivojlantirish maqsadida muayyan yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

440

Butunov Dilmurod Baxodirovich

Toshkent davlat transport universiteti professori, PhD, professor

dilmurodpgups@mail.ru

Pulatov Yadgor Pulatovich

Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchisi

Pardayeva Umida Norbayevna

Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti

dilmurodmubina@gmail.com

Kengesbaeva Dinara Jengisbay qizi

Toshkent davlat transport universiteti TF-15 guruhi talabasi

dinarakengesbaeva06@gmail.com

AHOLIGA TRANSPORT XIZMATINI KO‘RSATISHDA SERVISNING O‘RNI

Annotatsiya:

Ishdan maqsad aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatishda servisning o‘rnini tahlil

qilishdan. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra yo‘lovchi tashishda muayyan marshrut yo‘nalishlari

bo‘yicha aniq bir turdagi servis xizmatlari turlarini taqdim etish bo‘yicha ishlar yetarli darajada

bajarilmaganligi aniqlandi. Potensial yo‘lovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarning

natijalari shuni ko‘rsatadiki, yo‘lovchilar harakatlanuvchi tarkibning qulayligi va harakat

xavfsizligi kabi omillarni hisobga olgan holda 39% temir yo‘l transportini tanlaganligi aniqlandi.

Bundan tashqari sayohat uchun transport turini tanlashda yo‘lovchilar asosan qulaylik (23%) va

yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish davomoyligi (tezligi) (22%) kabi afzalliklarga katta e’tibor

qaratishi aniqlandi. Shu kabi omillarni inobatga olgan holda servis xizmatlari turlari ya’nada

rivojlantirish maqsadida muayyan yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kalit so‘zlar:

Aholi, transport xizmati, servis, transport turi, xizmat ko‘rsatish, xizmat turlari.

Abstract:

The purpose of the work is to analyze the role of the service in providing transport

services to the population. According to the analysis of the literature, insufficient work has been

carried out on the provision of certain types of services for certain routes of passenger

transportation. The results of surveys conducted among potential passengers show that 39% of

passengers chose railway transport, taking into account such factors as the comfort of rolling

stock and traffic safety. In addition, it was found that when choosing a mode of transport for

travel, passengers mainly pay great attention to such advantages as convenience (23%) and the

duration (speed) of processing travel documents (22%). Taking into account such factors,

recommendations were developed in a certain direction for the further development of types of

service services.

Keywords:

Population, transport services, service, type of transport, service, types of services.

KIRISH


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

441

Mamlakat aholisining turmush sifatini yaxshilash ko‘p jihatdan maishiy, ishlab chiqarish, dam

olish, ijtimoiy sohalarda, shu jumladan transportda ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasiga ko‘p

jihatdan bog‘liq hisoblanadi [1-4]. Statistik ma’lumotlarga [3] ko‘ra yirik shaharlarda mehnatga

layoqatli aholining 70% gacha qismi har kuni transport xizmatidan foydalanadi.

Transport korxonalari tomonidan yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar majmui, bir tomondan,

mehnat qilish, dam olish, davolanish, o‘qish va boshqalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi,

bu esa pirovardida ishchilarning mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi, aholining madaniy

darajasi va turmush sifatini oshiradi. Boshqa tomondan, transport xizmatlar to‘plamini oshirib,

tashish sifatini yaxshilash, qo‘shimcha mijozlarni jalb qilish orqali yo‘lovchi tashishdan

tushadigan daromadlarning o‘sishini ta’minlaydi.

Tashish obyektining turiga (yuk yoki yo‘lovchilar) ko‘ra transport xizmatlari ikki turga bo‘linadi

[4]:

yuk (yukni tashishga tayyorlash, harakatlanuvchi tarkibni berish, yukni ortish, tashish hujjatlarini

rasmiylashtirish, tashishni amalga oshirish, yukni tushirish va h.k.);

yo‘lovchi (yo‘lovchiga harakatlanuvchi tarkibini taqdim etish, odamlarning qulay o‘tirishini

ta’minlash, yo‘lovchilarni zarur qulaylik bilan harakatlantirish, sayohat tugagandan so‘ng

yo‘lovchilarning harakatlanuvchi tarkibdan chiqishini tashkil etish va h.k.).

Transport xizmatlari turlarini tasniflash transport xizmatlari mintaqaviy bozorlarining

shakllanish xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Shuning uchun aholiga transport xizmatini

ko‘rsatishda servisning ahamiyatini o‘rganish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini doimiy

ravishda tizimli tahlil qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etib

borish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

2. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Transportda tashishlarni amalga oshirishda servis xizmatlarini ko‘rsatish, xizmatlar ko‘lamini

kengaytirish va rivojlantish bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ishlar amalga oshirilgan. Tahlil

qilingan barcha ishlarda [1-5] yo‘lovchi tashishda servis asosiy xizmat – tashishning iste’mol

qiymatini qo‘shadigan faoliyat sifatida emas, balki transportda yo‘lovchilarning harakatlanish

sharoitlarini yaxshilash, uning transport bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish imkonini

beradigan ta’minot tizimi sifatida qaralishini ta’kidlab o‘tishgan.

Bajarilgan nazariy va amaliy ishlarda yo‘lovchi tashishda xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan

hisobga olinishi va rioya qilinishi kerak bo‘lgan bir qator talablar (aholiga xizmatlar majmuini

taklif etish va bajarishning majburiyligi, mijozning servis xizmatlaridan foydalanishi shart

emasligi, xizmat elastikligi, xizmat qulayliklari, xizmatning texnik jihatdan yetarliligi,

xizmatning axborot qaytimi, xizmat ko‘rsatish sohasida oqilona narx siyosati, ishlab

chiqarishning servisga kafolatlangan muvofiqligi) mavjudligi keltirib o‘tilgan. Biroq, muayyan

marshrut yo‘nalishlari bo‘yicha aniq bir turdagi servis xizmatlari turlarini taqdim etish bo‘yicha

ishlar yetarli darajada bajarilmagan.

Shu munosabat bilan ushbu ilmiy ishda mavjud servis xizmatlari turlari tahlil qilindi va

baholandi hamda natijalarni hisobga olgan holda muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab

chiqildi.

3. NATIJA VA MUHOKAMA

Yo‘lovchi tashishda servisni rivojlantirish istiqbolda transport turlariga foydalanuvchilarni jalb

qilish va yo‘lovchi tashish kompaniyalari, servis markazlari tarmog‘ining mulkchilik shakli va

faoliyat ko‘rsatish xususiyatidan qat’i nazar, tashish rentabelligini oshirish uchun asos bo‘ladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

442

Transport vositalari xilma-xil bo‘lgan hozirgi kunda yo‘lovchilarni transportning u yoki bu turiga

jalb qilishda servisning roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda yo‘lovchilar sayohat

maqsadi, davomiyligi va sayohat narxi, jadvalning qulayligi, yo‘l davomida (vokzallar va

harakatlanuvchi tarkiblar) xizmat ko‘rsatish sifati, harakatlanuvchi tarkibning qulayligi va

harakat xavfsizligi kabi asosiy omillarni hisobga olgan holda transport turini tanlaydi.

Potensial yo‘lovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki,

yo‘lovchilar yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olgan holda transport turlarini qiyidagi 1-

rasmda keltirilgan ulushlarda tanlagan

1-rasm. Transport turlari kesimida ulardan foydalangan yo‘lovchilar ulushi

Bundan tashqari ushbu potensial yo‘lovchilar o‘rtasida transport turini tanlash bo‘yicha qulaylik,

yo‘l haqi, transportning ishonchliligi va vaqtni tejash imkoniyati kabi mezonlar bo‘yicha ham

so‘rovnoma o‘tkazilgan. Natijasi 2-rasmda keltirilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

443

2-rasm. Sayohat uchun transport turini tanlashda yo‘lovchilarning afzalliklarni baholash

Transport mahsulotining iste’mol xususiyatlarining eng muhim ko‘rsatkichlari transport

vositasining tezligi, qulayligi, harakatlanish qulayligi, yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish tezligi va

harakatlanish muntazamligi va boshqalar hisoblanadi (3-rasm).

3-rasm. Yo‘lovchilar uchun transport xizmatining eng muhim sifat xususiyatlari

3-rasmdan shuni xulosa qilish mumkinki, potensial yo‘lovchilarning aksariyati hujjatlarni chipta

kassalari, ilova, sayt yoki terminallar orqali o‘z vaqtida rasmiylashtirish davomiyligi,

tashishgacha bo‘lgan, vokzal va harakatlanuvchi tarkibdagi qulaylik, harakatlanuvchi tarkibning

tezligi va belgilangan nuqtadan o‘z vaqtida jo‘nash va manzilga belgilangan muddatda yetib

borishi kabi mezonlarga katta e’tibor qaratadi.

Umuman olganda yo‘lovchi tashish sohasida xizmat ko‘rsatish sifati safar yaratilgan qulaylik,

narx, xavfsizlik, moslashuvchanlik va tezkorlik bilan bog‘liq. Turli transport turlarining

xizmatlari o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega bo‘lib, ular yo‘lovchilarning ehtiyojlariga

qarab tanlanadi. Shuning uchun avtomobil, temir yo‘l, havo va suv transportlarining servis

xizmatlari qiyosiy tahlili amalga oshirildi (1-jadval).

1-jadval

Transport turlarining qiyosiy tahlili

Transport

turi

Mezonlar nomi
Tezlik

Narx

Qulaylik

Xavfsizlik Moslashuvchanlik

Avtomobil

O‘rtacha

Arzon-

o‘rta

O‘rtacha-

yuqori

O‘rtacha

Yuqori

Temir yo‘l

O‘rtacha-

yuqori

O‘rta

Yuqori

Yuqori

O‘rtacha

Havo

Juda

Qimmat

Yuqori

Juda

Past


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

444

yuqori

yuqori

Suv

Juda past

O‘rtacha

Yuqori

Yuqori

Juda past

1-jadvalda keltirilgan 5 ta mezon bo‘yicha tahlil qilingan servis xizmati natijalaridan har bir

transport turida 5 ta mezondan kamida 2 tasi yuqori yoki o‘rtacha yuqori, xizmat ko‘rsatish

darajasi a’lo ekanligini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari transport turlarining ayrim xususiyatlari tahlil qilindi va baholandi. Ular

quyidagilardan iborat:

Avtomobil transporti

– eng ommabop va moslashuvchan transport turi bo‘lib, shahar ichida

ham, shaharlararo qatnovlarda ham keng qo‘llaniladi.

Servis xizmatlari: jamoat transporti (avtobus, marshrutka) – arzon narx, lekin qulaylik past;

taksilar va agregator xizmatlari (Yandex, Uber, Bolt) – qulay va tezkor, lekin narx nisbatan

yuqori; shaxsiy transport – shaxsiy qulaylik, biroq yoqilg‘i va texnik xizmatlar uchun xarajatlar.

Afzalliklari – moslashuvchan yo‘nalishlar, narx nisbatan arzonligi (avtobus va marshrutka

uchun), qisqa va o‘rta masofalar uchun qulayligi.

Kamchiliklari – tirbandliklar sababli vaqt yo‘qotish, yo‘l-transport hodisalari xavfi yuqoriligi,

jamoat transportida qulaylik darajasi pastligi.

Temir yo‘l transporti

– temir yo‘l transporti uzoq masofali tashuvlarda, ayniqsa yirik

shaharlararo va xalqaro qatnovlarda keng qo‘llaniladi.

Servis xizmatlari: oddiy yo‘lovchi poyezdlari – arzonroq, lekin qulaylik kamroq; tezkor va

yuqori qulaylikka ega poyezdlar (Afrosiyob, Sapsan, Shinkansen) – tez, xavfsiz va qulay, lekin

narxi yuqori; yotoqli vagonlar – uzoq safarlar uchun qulay.

Afzalliklari – ko‘p miqdorda yo‘lovchilarni tashish imkoniyati, xavfsizlik darajasi yuqoriligi,

chiptalar nisbatan arzonligi (oddiy poyezdlar uchun).

Kamchiliklari – aniq belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish (moslashuvchan emas),

ba’zi stansiyalargacha yetib borish noqulayligi, eshikdan-eshikkacha xizmat ko‘rsatmasligi,

yuqori qulaylikka ega poyezdlar narxi qimmatligi.

Havo transporti

– havo transporti eng tezkor qatnov vositasi bo‘lib, xalqaro va uzoq masofali

ichki yo‘nalishlarda asosiy transport turi hisoblanadi.

Servis xizmatlari: ekonom klass – arzonroq chiptalar, lekin qulaylik nisbatan past; biznes klass –

yuqori qulaylik va xizmat sifati, lekin narx qimmat; lou-koster aviakompaniyalar (Wizz Air,

Ryanair, Pegasus) – arzon chiptalar, lekin qo‘shimcha xizmatlar pullik.

Afzalliklari – eng tezkor transport turi, uzoq masofalarga eng yaxshi variant, xavfsizlik darajasi

yuqori.

Kamchiliklari – narx qimmat (ayniqsa, biznes klass uchun), aeroportgacha borish va tekshiruv

jarayonlari vaqt talab qiladi, ob-havo sharoitiga bog‘liq cheklovlar mavjudligi.

Suv transporti

– suv transporti daryo, ko‘l va dengiz orqali yo‘lovchi tashish uchun qo‘llaniladi.

Servis xizmatlari: paromlar – qisqa masofalar uchun ishlatiladi (masalan, Istanbulda Bosfor

bo‘ylab qatnov); kruiz kemalari – sayyohlik va dam olish uchun mo‘ljallangan yuqori qulaylikka

ega kemalar; yo‘lovchi kemalari – uzoq masofali dengiz transporti.

Afzalliklari – ko‘p miqdorda yo‘lovchilarni tashish imkoniyati, sayohat uchun qulay variant,

yo‘lda ortiqcha stress yo‘qligi.

Kamchiliklari – eng sekin transport turi, geografik cheklovlar (faqat suv yo‘llari orqali

harakatlanish mumkin), ob-havo sharoitiga bog‘liq cheklovlar mavjudligi.

4. XULOSA.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, transport turini tanlash yo‘lovchining ehtiyojlariga

bog‘liq. Bunda tezkorlik muhim bo‘lsa – xavo transporti eng optimal variant, narx muhim bo‘lsa


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

445

– avtobus yoki temir yo‘l transporti, qulaylik va xavfsizlik muhim bo‘lsa – temir yo‘l yoki xavo

transporti hamda suv yo‘llarida harakatlanish kerak bo‘lsa – parom yoki kema.

Yuqorida amalga oshirilgan tahlil va baholash natijalari asosida yo‘lovchi vokzallarida servis

xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha vokzal misolida takliflar ishlab chiqildi. Jumladan,

vokzalni faqat yo‘lovchilarga emas, balki aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirish

(pullik avtoturargohlar qurish, ekologik markazlar tashkil qilish, vokzal binosini ko‘p qavatlik

qilib qayta qurish (natijada, turli servis xizmatlarini joriy qilishga erishiladi (ovqatlanish

markazlari, dam olish maskanlari, kiyim-kechak do‘konlari, o‘yin maydonlari va xonalari,

go‘zallik saloni, bank ofislarini ochish va h.k.)), infratuzilmani hududning geogrofik

joylashuvini hisobga olgan holda jihozlash, turli hil suvinerlar sotuvini yo‘lga qo‘yish (korxona

faoliyati va milliylikka mos holda)).

Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari ro‘yxati:

1. Галабурда В.Г., Иванова Е.А., Флягина Т.А. Роль транспортной подвижности

населения в повышении качества жизни и развития общества // ТДР. 2016. №5. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/rol-transportnoy-podvizhnosti-naseleniya-v-povyshenii-

kachestva-zhizni-i-razvitiya-obschestva

2. Чарыкова М.К., Ершова М.В. Повышение качества жизни населения как основная

задача государства // Национальные интересы: приоритеты и безопасность. 2011. №32.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/povyshenie-kachestva-zhizni-naseleniya-kak-

osnovnaya-zadacha-gosudarstva

http://scbist.com/zh-d-stati/20206-lekciya-servis-v-passazhirskih-perevozkah.htm

4.

4.

https://studfile.net/preview/2140777/page:2/

5. https://academiamoscow.ru/ftp_share/_books/fragments/fragment_15831.pdf

6. D. B. Butunov. Temir yo‘l transportida yuk tashish faoliyatini boshqarishda germaniya temir

yo‘llari tajribasi / S. A. Abduqodirov, Sh. A. Daminov, Sh. A. Shomurodov // Academic

Research in Educational Sciences. 2023. № 4 (3). 168-172 bet.

7. M. Tashmatova. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar oqimi logistikasi / M. Tashmatova, M.

Dehqonov // Вестник магистратуры. 2022. № 11-4 (134). 13-19 bet.

8. Резер С.М. Логистика пассажирских перевозок на железнодорожном транспорте:

монография. М.: ВИНИТРИ РАН, 2007. – 516 с.

9. Правила перевозок пассажиров, багажа и грузобагажа на железнодорожном

транспорте Республики Узбекистан. Ташкент., 2011. 150 с.

Библиографические ссылки

Галабурда В.Г., Иванова Е.А., Флягина Т.А. Роль транспортной подвижности населения в повышении качества жизни и развития общества // ТДР. 2016. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-transportnoy-podvizhnosti-naseleniya-v-povyshenii-kachestva-zhizni-i-razvitiya-obschestva

Чарыкова М.К., Ершова М.В. Повышение качества жизни населения как основная задача государства // Национальные интересы: приоритеты и безопасность. 2011. №32. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/povyshenie-kachestva-zhizni-naseleniya-kak-osnovnaya-zadacha-gosudarstva

D. B. Butunov. Temir yo‘l transportida yuk tashish faoliyatini boshqarishda germaniya temir yo‘llari tajribasi / S. A. Abduqodirov, Sh. A. Daminov, Sh. A. Shomurodov // Academic Research in Educational Sciences. 2023. № 4 (3). 168-172 bet.

M. Tashmatova. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar oqimi logistikasi / M. Tashmatova, M. Dehqonov // Вестник магистратуры. 2022. № 11-4 (134). 13-19 bet.

Резер С.М. Логистика пассажирских перевозок на железнодорожном транспорте: монография. М.: ВИНИТРИ РАН, 2007. – 516 с.

Правила перевозок пассажиров, багажа и грузобагажа на железнодорожном транспорте Республики Узбекистан. Ташкент., 2011. 150 с.