Авторы

  • G'aniyeva Farangiz
    Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107349

Ключевые слова:

qonun yasoq imperiya Temuchin

Аннотация

Ushbu maqolada XIII asrda tashkil topgan Moʻgʻul imperiyasining qonunlar tizimi boʻlgan Chingizxon yasosi haqida soʻz boradi. Imperiya hududida va Chingizxonning vorislari tomonidan zabt etilgan, asos solingan oʻlkalarda yillar davomida amalda bo'lgan "Yaso qonunlari"ning mazmuni, yasoq qonunlari orqali ijtimoiy tizimlarning tashkil etilishi, boshqarilishi hamda jazo turlari keltirib o'tilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

427

G'aniyeva Farangiz

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi

MOʻGʻUL USULIDA YASOQ QONUNLAR TIZIMI VA UNING OʻRNI

Annotasiya:

Ushbu maqolada XIII asrda tashkil topgan Moʻgʻul imperiyasining qonunlar tizimi

boʻlgan Chingizxon yasosi haqida soʻz boradi. Imperiya hududida va Chingizxonning vorislari

tomonidan zabt etilgan, asos solingan oʻlkalarda yillar davomida amalda bo'lgan "Yaso

qonunlari"ning mazmuni, yasoq qonunlari orqali ijtimoiy tizimlarning tashkil etilishi,

boshqarilishi hamda jazo turlari keltirib o'tilgan.

Annotation:

This article discusses the Genghis Khan Laws, a legal system of the Mongol

Empire established in the 13th century. The content of the "Laws of the Laws" that were in effect

for years in the empire and in the lands conquered and founded by Genghis Khan's successors,

the organization and management of social systems through the laws of the Laws, and the types

of punishments are presented.

초록

:

이 글에서는

13

세기에 제정된 몽골 제국의 법률 체계인 징기스칸 법전에 대해 논의

합니다

.

징기스칸의 후계자들이 정복하고 세운 제국의 영토와 땅에서 수년간 시행되었던

"

야소 법률

"

의 내용

,

야소 법률을 통한 사회 시스템의 조직 및 관리

,

그리고 처벌의 유형이

제시됩니다

.

Kalit soʻzlar:

qonun, yasoq, imperiya, Temuchin, "Oltin daftar", "keshik",

Juvayniy,

Rashiduddin, IBN Natura, Plano Karpini, Billem Rubruk.

Keywords:

law, prohibition, empire, Temujin, "golden note", "keshik", Juvaini, Rashiduddin,

IBN Natura, Plano Carpini, Billem Rubruck.

키워드

:

,

금지

,

제국

,

테무진

, "

황금 노트

", "keshik", Juvaini, Rashiduddin, IBN Natura,

Plano Carpini, Billem Rubruck.

Qonun (huquqda) – inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim

hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi.

Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat

huquq tizimining asosini tashkil qiladi. Har bir jamiyatda, har bir davlatda qaysi asrdan

boʻlishidan qatʼiy nazar qonunchilik tizimi oʻsha davlatda asosiy oʻrinda turadi.1 Biz koʻrib

chiqmoqchi bo'lgan Chingizxon tomonidan asos solingan Moʻgʻul imperiyasida ham "Yasoq"

deb nomlangan qonun tizimi moʻgʻullar davlatida alohida oʻrin kasb etgan. XII asr o'rtalariga

kelib Baykal ko'li atrofida yashovchi turkiy va tungus-manjur qabilalarining ko'pchiligi

mo'g'ullar rahnamosi Esugay Bahodir ta'siriga o'ta boshlaydi. Lekin unga qarshi turgan tatar,

markit qabilalarini bo'ysundirish oson bo'lmaydi. Esugayni tatarlar ziyofat paytida xiyonotkorona

o'ldirishgandan so'ng, uning o'g'li Temuchinning ta'siri mo'g'ullar ichida ko'tarila boshlaydi. XIII

asr boshida yana bir boshqa kuchli qabila -tatarlarni ham mag'lubiyatga uchratadi. Temuchin

1 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qonun_(huquq)


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

428

1203-yili kerayitlarning xoni O'ngxonni mag'lub etib, qo'ng'irot va naymanlar ustidan o'z

hukmronligini o'rnatadi. Mo'g'ullarni birlashtirish chog'ida Temuchin kuchli harbiy tuzilmani

tashkil etadi. Unga ko'ra mo'g'ul qabilalari mingliklarga bo'lingan bo'lib, u butun bir boshli

harbiy okrug vazifasiga to'g'ri kelar edi. Temuchin juda intizomli, sadoqatli va o'ta jangovar

harbiy tuzilmani yaratishga erishdi. O'z hokimiyatini to'liq mustahkamlab olgach, 1206-yilda

Chingizxon nomini olgan Temuchin mo'g'ul qabilalarini birlashtirib, yarim ko'chmanchi mo'g'ul

davlatini tashkil etadi. G.Xidoyatovning fikricha, bosh shaman butun xalq oldida Temuchinga

Dengizxon, ya'ni okean hukmdori unvonini qabul qilishini buyurayotganini e'lon qilib, bu nom

asrlar osha davom etishiga va Mo'g'ulistonning chin farzandlariga baxt-saodat keltirishiga

ishonch bildirdi. Keyinchalik bu nom turli tillarda Chingizga aylandi. O'z davlatini kuchaytirib,

uning barqarorligini mustahkamlash maqsadida Chingizxon mo'g'ullardan ko'p sonli yaxshi

qurollangan, intizomli va uyushgan qo'shin tuzadi. Qo'shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar

tomonidan boshqarilgan. Mo'g'ul qo'shini intizomligi bilan emas, balki harbiy yurisblardagi

g'oyatda cbaqqonligi va janglardagi botirligi bilan ham ajralib turar edi. Asosiy qo'shindan

tashqari Chingizxon ixtiyorida "keshik" deb yuritilgan maxsus gvardiya tashkil etiladi. Keshik

favqulodda sodir bo'ladigan xavf-xatarga qarshi tashlash uchun doimo jangovar holatda turar

edi.2 Mustahkam davlat tuzishda albatta, ayni kuchli intizomga ega boʻlgan qonunlar tizimi

zarurligi koʻzga tashlanadi. Qonunlar tizimi tuzilajak davlatni mustahkam ushlab turish imkonini

beradi. Chingizxon ham Omon daryosi boʻyida oʻtkazilgan qurultoyda oʻzi uchun qonunlar

tizimini yaratdi. Chingizxon tomonidan yaratilgan qonunlar toʻplami "Yasoq", "Chingizxon

yasosi" deb yuritilgan boʻlib, Chingizxon yasosi , Buyuk yasoq, Buyuk yasa (moʻgʻulcha "jasoq"

— qonun, qaror, jazolash soʻzining turkiy "yasoq" shakli) — Chingizxon tomonidan moʻgʻul

qabilalarining Oʻnon daryosining boshlanish joyida chaqirilgan qurultoyi (1206)da qabul

qilingan qonunlar majmui, oʻrta asrlar moʻgʻul hukuqi toʻgʻrisidagi asosiy yozma yodgorlikdir.

Chingizxon amriga binoan yozilib, "Oltun daftar" (chingiziy xonlarning rasmiy tarixi) bilan birga

xon xazinasida saqlangan. Moʻgʻullar davlatining tashkil topishi bilan Chingizxon yasosini

takomillashtirish, yangi qonunlar bilan toʻldirish zarurati tugʻilgan. 1218-yilda unga muhim

tuzatishlar kiritilgan. Chingizxon yasosining soʻnggi tahriri 1225-yildagi qurultoyda qabul

qilingan. Juvayniy (13-asr)ning yozishicha, Chingizxon yasosi uygʻur yozuvida tumor shaklida

bitilgan boʻlib, u "Yasa nomayi buzurg" ("Yasa buyuk kitobi") deb nomlangan. Chingizxon

yasosining parchalari musulmon tarixchilari Juvayniy, Rashiduddin, Ibn Battuta, Taqyaddin

Makriziy; yevropalik sayyohlar Plano Karpini, Billem Rubruk, Marko Polo (13—14-asrlar)

asarlarida saqlanib qolgan. 1240-yilga oid — "Moʻg'ullarning maxfiy tarixi" va xitoy

manbalarida ham yasoq haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud.3

Dastavval Chingizxon yasosi, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladigan turfa tadbirlar,

muayyan gunohlar uchun beriladigan jazo choralarini oʻzida mujassam qilgan. Chingizxon

yasosi toʻla shaklda saqlanib qolmagan, faqatgina bizgacha 33 ta parchasi va Chingizxonning

davlat, harbiy va jinoyat huquqlariga oid 27 ta nutqning mazmuni bitiklarining ayrim parchalari

bizgacha yetib kelgan.4Tarixiy obidalarda qayd etilishicha, Yasoqqa tortilgan jinoyatchilar

aksariyat qatl etilgan. Qonunga muvofiq kattaroq o'g'rilik, masalan, ot, tuya va boshqa narsalarni

o'g'irlaganlik uchun o'lim jazosi, kichikroq o'g'rilik uchun, agar o'g'ri o'g'irlangan narsalarning

narxidan uch barobar (boshqa ma'lumotlarga qaraganda to'qqiz barobar) ortiq haq to'lay olmasa,

7 dan 700 tagacha qamchi urish bilan jazolangan. Yasoqning 29, 30, 31- bandlar bu jinoyat

2 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Markazlashgan_Mo%27g%27ullar_davlatining_tashkil_topishi
3 Chingizxon yasog'i va Temur tuzuklari. Tuzuvchi B.Ahmedov. T: - 2020
4 https://uz.wikipedia.org/wiki/Chingizxon_yasos


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

429

uchun qattiq jazolar belgilagan. "Bir otni o'g'irlagan kishi uning egasiga 9 ta ot berishga majbur.

Uning mulki bo'lmasa, o'miga farzandlari olinadi. Farzandi ham bo' Imasa (bir qo'y kabi

so'yilishi) qatl qilinishi lozim" Yasoqning 30-bandi zino, o'g'rilik va yolg'onni taqiqlaydi, bunday

jinoyatlarga o'lim jazosini beriladi.Yasoq( ya'ni qonunda koʻrsatilgan jazo evaziga toʻlanadigan

garov puli) moʻyna, baʼzan chorva mol bilan toʻlangan. Yasoqning toʻlanishi tobelikni ifodalash

shakllaridan biri boʻlgan. Har bir qabila yoki urugʻ uchun alohida Yasoq belgilangan. Kungur

tatarlari va boshqirdlar uchun Yasoq yer soligʻi, Sibirning ayrim xalqlari uchun jon soligʻi

boʻlgan, yakutlarda chorva mol soniga qarab toʻlangan. 5

"Yasoq” qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quydagicha bo‘lgan:
1.Hukmdor (xon) “yasoq”qa qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal

qilishi, amal qilmaydigan bo‘lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo‘ladi.

2.Chingizxon mug‘ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to‘la diniy

erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi.

3.Ayollar naslni davom ettiruvchi bo‘lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning

gunohlari kechirilishi lozim.

4.Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash.
5.Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik.
O‘rta asrlar tarixi tadqiqotchilarning ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki,

Chingizxon qonunlarining asosiy maqsadi feodallashayotgan davlat talablariga javob beradigan

huquqning yangi tizimini tashkil etish edi. Yasoqlarga rioya qilish nafaqat davlatdagi har bir

fuqaroning, balki xonlarning ham majburiyati edi.

Ta’kidlash joizki, Yasoqlar asosan ko‘chmanchi hayot turmush tarzini ifoda etgan.

Mug‘ullar tomonidan bosib olingan ko‘pgina hududlar, xususan, qadimdan o‘zining huquqiy

an’analariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqdarini yangi qonunlarga bo‘ysundirish nihoyatda og‘ir

edi. Chunki, asrlar davomida o‘troq madaniy hayot kechirgan xalqlar ko‘chmanchilar

an’analarini qabul qila olmas edilar. Yasoqlarda ijtimoiy-xo‘jalik va madaniy hayotning

ko‘pgina tomonlari o‘z aksini topmagan, ayrim qoidalar esa musulmon diniy huquqlari va

mahalliy aholi an’analarni inkor etar edi. Shuning uchun ham Yasoq tarafdorlari va mahalliy

aholi o‘rtasida ko‘plab to‘qnashuvlar bo‘lib turgan.

Mug‘ul bosqini, umuman olganda O‘rta Osiyodagi ijtimoiy tuzimni o‘zgartira olmagan

bo‘lsa-da, ko‘p hollarda dasht an’analarining jonlanishiga yo‘l ochib berdi va ko‘pchilik

bo‘ysungan xalqlarning siyosiy va xo‘jalik hayotiga yangi yo‘nalishlarni olib keldi.

Mug‘ullar tomonidan barpo etilgan imperiyaning davlat boshqaruvi borasida imperiya xon

urug‘ining xususiy mulki, degan prinsip hukmron edi. Davlat boshqaruvidagi bu o‘ziga xoslikni

o‘z vaqtida Juvayniy shunday ta’riflagan edi: “Tashqaridan qaraganda boshqaruv va mamlakat

bitta shaxsga ishonib topshirilgan bo‘lsa-da, aslida o‘sha shaxsning barcha ota tomonidagi

qarindoshlarni (erkaklar) yerlarga va umumiy boylikka birgalikda egalik qiladilar”.6 Mo‘g‘ul

5 Rashid ad-Din; Sbornik letopisey, t. 1, kniga 2, M.— L., 1952. Hamidulla Dababoyev.
6 Chingizxon fan dasturi 2019. doc


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

430

ulusida yasoq qonunlar tizimi Chinggizxon davridan boshlab markazlashgan davlat

boshqaruvining asosiy vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu qonunlar tizimi harbiy-

intizomiy, siyosiy, iqtisodiy va axloqiy me’yorlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, imperiyaning keng

hududlarida yagona tartibni ta’minlashda muhim rol o‘ynagan. Yasoq — bu an’anaviy turkiy-

mog‘ul urf-odatlariga asoslangan, lekin Chinggizxon tomonidan qayta ishlab chiqilgan va

takomillashtirilgan qonunlar to‘plamidir. U shunchaki qonunlar majmui emas, balki Mo‘g‘ul

imperiyasining ijtimoiy-siyosiy hayotini boshqarishga qaratilgan muhim vosita bo‘lgan. Yasoq

orqali davlatda qat’iy intizom, tenglik, sadoqat va boshliq buyruqlarini so‘zsiz bajarish kabi

tamoyillar mustahkamlangan. Bu qonunlar orqali Chinggizxon o‘z imperiyasining barqarorligini

ta’minlabgina qolmay, keyingi avlod hukmdorlariga ham qat’iy boshqaruv asoslarini meros

qoldirgan. Aynan yasoq qonunlari Mo‘g‘ul ulusining ulkan geografik hududda uzoq vaqt

saqlanib qolishiga asosiy omil bo‘lgan.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib shuni aytishimiz kerakki chingizxon bu

qonunlari bilan tinchlikni farovonlikni taminlashga uringan. Kuchli davlatni idora qilish uchun

kuchli qonun tizimini ishlab chiqqan. Unga boʻysunmaganlar ayovsiz jazolanishgan. Shu sababli

boʻlsa kerakki Chingizxon oʻz davrining yetuk sarkardalaridan biri boʻlib qolgan. U tuzgan

imperiya dunyoning sal kam uchdan bir qismini egallagan.Yasoqqa asoslangan boshqaruv tizimi

Markaziy Osiyoda davlatchilik va qonunchilik madaniyatining rivojlanishiga muhim hissa

qo‘shgan deyish mumkin. Shu bois, yasoq tizimi nafaqat Chinggizxon hukmronligi davrida,

balki undan keyingi mo‘g‘ul davlatlarida ham kuchli siyosiy-huquqiy an’ana sifatida yashab

qolgan va turkiy hamda islomiy huquq tizimlariga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Chingizxon yasog'i va Temur tuzuklari. Tuzuvchi B.Ahmedov. T: - 2020
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Chingizxon_yasos
3. Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur. Harbiy san'ati, strategiyasi

va taktikasi 2017y

4. Chongizxon yasog'u va Temur tuzuklari. T.: Info Capital Group
5. Ziyodulla Muqimov. Amir Temur va Temuriylar davlati va huquqi T:2020

Библиографические ссылки

Chingizxon yasog'i va Temur tuzuklari. Tuzuvchi B.Ahmedov. T: - 2020

Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur. Harbiy san'ati, strategiyasi va taktikasi 2017y

Chongizxon yasog'u va Temur tuzuklari. T.: Info Capital Group

Ziyodulla Muqimov. Amir Temur va Temuriylar davlati va huquqi T:2020