INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
526
Sattoriy Shohruh Abdijabbor oʻgʻli
Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA OLIY TA’LIM
MUASSASALARIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH VA BOSHQARISH
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida oliy ta’lim muassasalarida
ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish jarayonlari o‘rganiladi. Raqamli transformatsiyaning
ta’lim sohasidagi o‘rni va ahamiyati, zamonaviy pedagogik metodologiyalar bilan birgalikda
ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim sifatini nazorat qilishda ma'lumotlarni tahlil qilish, o‘z-o‘zini
baholash va yutuqlarni monitoring qilish uchun raqamli platformalardan foydalanish
imkoniyatlari tahlil etiladi. Shuningdek, elektron ta’lim resurslari, onlayn baholash tizimlari va
interaktiv o‘quv muhitlarining ta’lim jarayonidagi roli alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot
natijalari oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ta'lim sifatini
oshirishning samarali strategiyalarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Maqola ilmiy tadqiqotlar
asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, pedagogik amaliyotga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga
qaratilgan. Raqamli texnologiyalar yordamida to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni
amalga oshirish jarayoni qanday qilib ta’limning umumiy sifatini yaxshilashga xizmat qilishi
mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.
Kalit so‘zlar:
Raqamli texnologiyalar, oliy ta’lim, ta’lim sifati, nazorat, boshqarish, tajriba,
innovatsiyalar, o‘qitish metodlari, ma’lumotlar tahlili, integratsiya, ta’lim resurslari.
Аннотация:
В этой статье рассматриваются процессы контроля и управления качеством
образования в высших учебных заведениях с использованием цифровых технологий.
Рассматривается роль и значение цифровой трансформации в сфере образования в
сочетании с современными педагогическими методологиями. В статье анализируются
возможности использования цифровых платформ для анализа данных, самооценки и
мониторинга достижений при контроле качества образования. Также особое внимание
уделяется роли ресурсов электронного обучения, систем онлайн-оценки и интерактивных
учебных сред в образовательном процессе. Результаты исследования служат для
разработки эффективных стратегий повышения качества образования за счет внедрения
цифровых технологий в высших учебных заведениях. Статья разработана на основе
научных исследований и направлена на внедрение инновационных подходов в
педагогическую практику. С помощью цифровых технологий делается вывод о том, как
процесс принятия правильных управленческих решений и их реализации может служить
улучшению общего качества образования.
Ключевые слова:
Цифровые технологии, высшее образование, качество образования,
контроль, управление, опыт, инновации, методы обучения, анализ данных, интеграция,
образовательные ресурсы.
Annotation:
this article explores the processes of monitoring and managing the quality of
education in higher education institutions using digital technologies. The role and importance of
digital transformation in education, together with modern pedagogical methodologies, is
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
527
considered. The article analyzes the possibilities of using digital platforms for data analysis, self-
assessment and achievement monitoring in educational quality control. Special attention is also
paid to the role of e-learning resources, online assessment systems and interactive learning
environments in the educational process. The results of the study serve to develop effective
strategies for improving the quality of education through the introduction of digital technologies
in higher education institutions. The article was developed on the basis of scientific research,
aimed at introducing innovative approaches to pedagogical practice. It is concluded that the
process of making the right management decisions using digital technologies and their
implementation can serve to improve the overall quality of Education.
Keywords:
digital technology, higher education, quality of Education, control, management,
experience, innovation, teaching methods, data analysis, integration, educational resources.
Kirish.
Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayonlari butunlay yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) rivojlanishi, internetning keng
quloch yozishi va raqamli vositalarning ta’lim jarayoniga keng joriy etilishi zamonaviy oliy
ta’lim muassasalari (OTM) oldiga tubdan o‘zgargan talablarni qo‘ymoqda. An’anaviy ta’limdan
farqli ravishda, hozirgi davrda masofaviy ta’lim shakllari, elektron o‘qitish (e-learning), raqamli
o‘quv platformalari va sun’iy intellekt (SI)ga asoslangan qo‘llanmalar keng tarqalmoqda. Ta’lim
sohasida raqamli innovatsiyalar jadal rivojlanayotgani sababli, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini nazorat qilish va boshqarish ham zamonaviy vositalar asosida olib borilishi zarur bo‘lib
qoldi. Raqamli texnologiyalar imkoniyatlari ta’lim sifatini doimiy kuzatib borish, baholash va
tahlil qilishni yengillashtiradi. Jumladan, Big Data (kattama’lumotlar) va Learning Analytics
(o‘quv jarayonidagi ma’lumotlarni tahlil qilish) vositalari orqali talabalar faoliyatini chuqur
o‘rganish, ularga individual yondashish va o‘qituvchilarning ish samaradorligini oshirishga
qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bunday texnologiyalar, bir tomondan,
talabalarning o‘qishdagi muvaffaqiyati, bilimlarini aniqlash va baholash jarayonini
soddalashtirsa, ikkinchi tomondan, OTM boshqaruv tizimida strategik qarorlar qabul qilishni
tezlashtiradi.
Raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini yanada shaffof va natijaviy tashkil
etish uchun dasturiy platformalar, avtomatlashtirilgan test tizimlari, onlayn kurslar, virtual va
qo‘shimcha reallik elementlari, masofaviy baholash tizimlari, elektron portfoliolar kabi vositalar
joriy qilinmoqda. Shuningdek, axborot xavfsizligi, raqamli savodxonlik, sun’iy intellekt
texnologiyalaridan foydalanish ko‘lami kengayib borayotgan bir davrda, ushbu vositalarning
ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarishdagi o‘rni yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
OTMlarda raqamli texnologiyalar joriy etilishi, bir
tomondan, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, boshqaruv tizimi
ishonchliligini kuchaytiradi. Chunki elektron platformalar yordamida talabalar, o‘qituvchilar va
ma’muriyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa oqilona yo‘lga qo‘yiladi, ma’lumot almashinuvi
shaffoflashadi va boshqaruv qarorlari aniq raqamlarga asoslangan holda qabul qilinadi [1]. Shu
bilan birga, har qanday yangi texnologiyaga o‘tishda bo‘lgani kabi, raqamli vositalardan
foydalanish ham OTMlarga yuridik, texnik, metodik hamda psixologik nuqtayi nazardan qator
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun raqamli boshqaruv mexanizmlarini
joriy etishdan avval har bir bosqichda puxta tahlil, resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va manfaatdor
tomonlarning ishtirokini ta’minlash muhimdir [2]. Ayni vaqtda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida
ham raqamli texnologiyalarga o‘tish istiqbollari kengayib bormoqda. Prezident qarorlari va
vazirlik darajasidagi ko‘rsatmalarda ta’lim jarayonini raqamlashtirish, elektron platformalar joriy
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
528
etish, masofaviy ta’limga ruxsat berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilab berilgan. Ushbu
islohotlar, eng avvalo, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tizimini zamon talablariga mos
holda takomillashtirishga qaratilgan. Shu nuqtada, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro tajribalarni
atroflicha o‘rganish, amaliyotda sinab ko‘rish va milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda,
raqamli nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalar – bu kompyuter, internet, mobil aloqa vositalari, dasturiy
ta’minot, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy elektron vositalarni o‘z
ichiga olgan keng tushuncha. Ular axborotni raqamli ko‘rinishda qabul qilish, qayta ishlash,
saqlash va uzatish imkoniyatlarini yaratadi. Oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni
joriy etish, avvalo, o‘quv jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchi-va-talaba o‘rtasidagi o‘zaro
muloqotni kengaytiradi, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga yordam beradi [3].
Ta’lim sifati deganda, talabalar bilim darajasi, kasbiy kompetensiyasi, ijodiy va
innovatsion salohiyati, shuningdek, OTMlarning ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish salohiyati
nazarda tutiladi. Demakki, ta’lim sifati – bu bir qator ko‘rsatkichlarni baholash orqali
aniqlanadigan murakkab jarayon. Raqamli texnologiyalar yordamida, ushbu jarayonning barcha
bosqichlarini (talabalarni qabul qilishdan tortib, o‘qishni tugatgach, mehnat bozoridagi
muvaffaqiyatigacha) doimiy nazorat qilib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Nazorat qilish – boshqaruvning muhim funksiyasi bo‘lib, unda maqsadga muvofiq holda,
jarayon va natijalar o‘rganiladi, baholanadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi [4]. OTMlarda
ta’lim sifatini nazorat qilishda bir nechta sub’ektlar ishtirok etadi: o‘qituvchilar, kafedralar,
dekanatlar, rektorat, davlat nazorat organlari va albatta, talabalar. Raqamli texnologiyalar bu
sub’ektlar o‘rtasida yagona ma’lumot bazasi va platforma yaratish orqali aniq, tezkor va shaffof
kuzatuv hamda baholash jarayonini tashkil etish imkoniyatini taqdim etadi.
Boshqarish – resurslar, jarayonlar va natijalar o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash, ilg‘or
innovatsion usullarni joriy etish, strategik rejalashtirish, maqsad sari yo‘naltirilgan siyosat
yuritish kabi amaliyotlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim sifatini boshqarish esa, har bir bosqichda
kompetensiyalarga asoslangan baholash mezonlari, metodik ta’minot va rag‘batlantirish
mexanizmlaridan foydalanish demakdir [5]. Raqamli texnologiyalar boshqaruv jarayonini reja-
lash, monitoring, baholash, tahlil va takomillashtirish kabi bosqichlarni integratsiyalashga
yordam beradi.
Rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy
Koreya, Yaponiya va Singapur kabi mamlakatlar oliy ta’lim tizimlarida raqamli
texnologiyalardan foydalanish keng tarqalgan. Bu davlatlar OTMlarida “raqamli
transformatsiya” atamasi pedagogik jarayonni tubdan o‘zgartirish, boshqaruvni optimallashtirish
va sifatni nazorat qilishga qaratilgan turli dasturlar orqali amalga oshiriladi.
AQSh tajribasi: Ko‘plab universitetlar o‘z ta’lim platformalariga ega bo‘lib, Canvas,
Blackboard, Moodle kabi o‘quv boshqaruv tizimlari (Learning Management Systems – LMS)
joriy qilingan [6]. Ushbu platformalar orqali talabalarning davomati, topshiriqlarni bajarish sifati,
onlayn test natijalari va forumlardagi ishtirokiga doir ma’lumotlar doimiy ravishda to‘planadi va
tahlil qilinadi. Learning Analytics asosida to‘plangan ma’lumotlar talabalarning kelgusidagi
akademik muvaffaqiyatini prognoz qilish, erta ogohlantirish (early warning) tizimini ishlab
chiqish va o‘quv jarayonini moslashtirish (adaptive learning) uchun ishlatiladi. Bundan tashqari,
raqamli platformalar talabalar baholashini real vaqt rejimida kuzatish va tahlil qilishga imkon
beradi. Bunday kuzatuvlar asosida, masalan, professor-o‘qituvchilar amaldagi o‘quv dasturlarini
qayta ko‘rib chiqishi, dars jarayoniga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Buyuk Britaniya tajribasi: OTMlarda ta’lim sifatini kuzatuvchi mustaqil tashkilotlar
(masalan, QAA – The Quality Assurance Agency for Higher Education) faoliyat yuritadi. Ushbu
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
529
tashkilot ham raqamli monitoring usullarini qo‘llab, turli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini baholash va reytinglarni e’lon qiladi. O‘quv jarayonida onlayn test va baholash
platformalarining keng joriy etilishi ortidan, har bir fan bo‘yicha test natijalari va talabalarning
ishtirokini tahlil qilish uchun raqamli vositalar yaratilgan. “Horizon 2020” kabi Yevropa
loyihalari doirasida Big Data va Learning Analytics usullarini OTMlarda joriy etish bo‘yicha
izlanishlar olib borilmoqda.
Germaniya tajribasi: Germaniyada har bir federal yer (land) o‘zining ta’lim siyosatiga ega
bo‘lishiga qaramay, raqamli transformatsiya masalalari bo‘yicha umumiy federal dasturlar ishlab
chiqiladi. Masalan, “Hochschulforum Digitalisierung” (HFD) tashabbusi universitetlarni raqamli
o‘qitish va raqamli boshqaruv masalalarida qo‘llab-quvvatlaydi. Raqamli platformalar va
masofaviy ta’lim bo‘yicha ko‘plab onlayn kurslar (MOOCs) ishlab chiqiladi, shu bilan birga,
universitelarda test tizimlari, ma’lumotlar bazasi va talabalarning raqamli portfoliolari
shakllantiriladi. O‘qituvchilar “didaktik raqamli kompetensiya” bo‘yicha maxsus treninglardan
o‘tishi talab etiladi, bu esa raqamli nazorat va boshqaruv tizimini samarali qo‘llashga xizmat
qiladi.
Janubiy Koreya tajribasi: Janubiy Koreya raqamli texnologiyalar bo‘yicha dunyoda
yetakchi bo‘lib, deyarli barcha universitetlarda onlayn baholash va tahlil tizimlari, virtual
laboratoriyalar va masofaviy o‘quv kurslari mavjud. Universitetlar talabalarning akademik
faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish, natijalarni to‘plash, davomat va baholarni tahlil qilish
imkonini beruvchi ichki dasturiy platformalariga ega. Shu bilan birga, sun’iy intellekt
texnologiyalari ham jadal rivojlantirilmoqda: masalan, “adaptiv ta’lim dasturlari” talabalarning
bilimi va o‘quv sur’atlariga ko‘ra o‘quv materiallarini moslashtiradi [7]. Davlat miqyosida
“Smart Education” strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu strategiya doirasida OTMlarda raqamli
nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha huquqiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
yaratilgan.
Xulosa.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish –
ta’limning izchil rivojlanishi, kadrlar tayyorlash sifatining yuksalishi, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir
ko‘rsatadigan strategik ahamiyatga ega jarayondir. Zamonaviy bosqichda raqamli texnologiyalar
ushbu jarayonni tubdan takomillashtirishga xizmat qiladigan asosiy omilga aylangan. Big Data,
Learning Analytics, sun’iy intellekt texnologiyalari, elektron test va baholash tizimlari, raqamli
platformalar hamda chatbotlar orqali o‘qitish jarayonini har tomonlama kuzatish, baholash,
individuallashtirish va boshqaruv qarorlarini ishonchli ma’lumotlarga tayangan holda qabul
qilish imkoniyati yuzaga keldi. Raqamli texnologiyalarni qo‘llashdan asosiy maqsad – ta’lim
jarayonini sifatli qilish, talabalarning bilim darajasi va kompetensiyasini oshirish, o‘qituvchilarga
samarali metodik yondashuvlarni ishlab chiqishda yordam berish, OTM boshqaruv tizimida
shaffoflik va tezkor qaror qabul qilishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Rivojlangan davlatlarning oliy
ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli nazorat tizimlari strategik rejalashtirishdan tortib,
xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashgacha bo‘lgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Demak, raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish –
hozirgi davrda faqat zarurat emas, balki ta’lim sohasini rivojlantirishdagi yagonalardan biri
bo‘lib borayotgan strategik yo‘nalishdir. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun raqamli
transformatsiya hali ham katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Shu jarayonda har bir
OTM o‘zining individual strategiyasini ishlab chiqishi, ilg‘or xorij tajribalarini milliy sharoitga
moslashtirishi va o‘z salohiyatidan foydalanish orqali xalqaro reytinglarda ham munosib o‘rin
egallashi mumkin.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
530
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Boboxonovna, Bobojonova Yulduz. "Raqamli kompetensiya tushunchasining
evolyutsiyasi: tarixi va zamonaviy yondashuvlar." pedagogik islohotlar va ularning
yechimlari 13.01 (2025): 11-14.
2.
Baltashev, Islambek. "Ta’lim tizimini raqamlashtirsh va uning afzalliklari." Журнал
академических исследований нового Узбекистана 1.15 (2024): 136-138.
3.
Tovboyev, Islom Irisovich. "Oliy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy
etishning istiqbollari." (2024).
4.
Karimova, Maxbubaxon. "Ta’lim jarayonini boshqarishning metodologiyasi." Modern
Science and Research 3.5 (2024): 607-609.
5.
Nizamov, A. B., and Sh K. Gʻafurova. "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini
boshqarish tizimini modellashtirishning uslubiy yondashuvlari." tanqidiy nazar, tahliliy
tafakkur va innovatsion g ‘oyalar 1.1 (2024): 155-160.
6.
Haytbayeva, Sayyora. "Ta’lim standartlari va dasturlarining mohiyati: xalqaro
tajribadan o’rganilgan saboqlar." Nordic_Press 3.0003 (2024).