Авторы

  • Baxtiyorova Oltinoy Baxtiyor qizi
    TTA Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107373

Ключевые слова:

Baliq loyqa suv Amudaryo baliqpaz kallapazlar Baliq yog'i Sazan balig’i Bakra baliq qorma baliq seld baliq makkel baliq sardinka baliq.

Аннотация

Mazkur maqolada Xorazm vohasi etnologiyasida baliq va baliqli taomlarning tutgan o’rni, baliqlarning voha aholisi hayotidagi o’rni haqida, baliqli taomlarning turlari hususida bir qancha ma’lumotlar  berishga harakat qilindi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

552

Baxtiyorova Oltinoy Baxtiyor qizi

TTA Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

XORAZM ÒZBEKLARI HAYOTIDA BALIQLI TAOMLARNING ÒRNI

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Xorazm vohasi etnologiyasida baliq va baliqli taomlarning

tutgan o’rni, baliqlarning voha aholisi hayotidagi o’rni haqida, baliqli taomlarning turlari

hususida bir qancha ma’lumotlar berishga harakat qilindi.

Kalit so’zlar.

Baliq, loyqa suv, Amudaryo, baliqpaz, kallapazlar, Baliq yog'i, Sazan balig’i,

Bakra baliq, qorma baliq, seld baliq, makkel baliq, sardinka baliq.

Аннотация.

В данной статье предпринята попытка дать некоторые сведения о роли рыбы

и рыбных блюд в этнологии Хорезмского оазиса, роли рыбы в жизни жителей оазиса и

видах рыбных блюд.

Ключевые слова.

Рыба, мутная вода, Амударья, рыбак, рыбаки, Рыбий жир, Карп, Рыба

бакра, черная рыба, сельдь, скумбрия, сардина.

Annotation.

This article attempts to provide some information about the role of fish and fish

dishes in the ethnology of the Khorezm oasis, the role of fish in the lives of the oasis residents,

and the types of fish dishes.

Keywords.

Fish, muddy water, Amu Darya, fishmonger, fishmongers, Fish oil, Carp, Bakra fish,

korma fish, herring fish, mackerel fish, sardine fish.

Kirish.

Amudaryo o'zining hosildor loyqa suvi bilan birga, xilma-xil baliqlarini ham

xorazmliklarga hadya etgan. Shuning uchun Xorazmda qadimdan baliqchilik bilan kеng

shug'ullanishgan. Xorazm hududini tadqiq qilgan arxеologlar ham Kaltaminor madaniyati

qavmlari faqat baliqchilik bilan hayot kеchirganliklarini ta'kidlaydilar. Xorazm vohasida, xonlik

davrlarida ham bozorlarda, ayniqsa Xiva bozorlarida turli taomlar pishiradigan oshpazlar,

kallapazlar va baliqpazlar faoliyat ko'rsatganlar.
Jumladan, XIX asrning 60 yillarida Xiva shahrida baliqpaz va kallapazlar 18 kishini tashkil

etganligi qayd etiladi. Haqiqatdan ham, Xorazm hududida ilgari juda ko'p ko'llar bo'lgani uchun

voha aholisi asosan baliqchilik bilan shug'ullangan va taomnomasida ham albatta baliqdan

tayyorlangan turli xil taomlar bo'lgan. Baliqli taomlar ko'p miqdordagi minеral moddalarga –

natriy, kaliy, fosfor, yod, tеmir, oltingugurt va xlorga boy bo'lib, bu moddalar ayniqsa daryo va

dеngiz baliqlarida ko'p bo'ladi.
Bundan tashqari baliq tarkibida oqsil, yog' va uglеvodlar mutanosib holda bo'lib asosiy oziq

mahsulotlariga kiradi. Baliqdagi oqsillar miqdori va sifati jihatidan go'sht oqsillaridan

qolishmaydi. Baliq yog'i esa, yaxshi singadi va inson organizmi uchun juda foydali hisoblanadi.

Baliq moyi uzoq saqlanmaydi, oksidlanib tеz buziladi. Bunday nuqson “zang bosish” dеb ataladi.

Baliq sirtidagi aynab qolgan yog'ni (qo'lansa “zang” hidli, jigarrang) pishirish vaqtida olib


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

553

tashlasa bo'ladi. Mushak ichidagi yog' “zang bosib”, taxir bo'lib qolgan bo'lsa, bunday baliq

yaroqsiz hisoblanadi.

Asosiy qism.

Xorazm vohasida baliq taomlarining ham har xil turlari mavjud bo'lib, ular

qovurma, suyuq sho'rva, dimlama, kabob va yaxna tamaddi kabi usullarda tayyorlanadi hamda

qoq qilib ham istе'mol qilinadi.
Xususan, Xorazm vohasi taomnomasida sazan, zog'ora, suvgan , laqqa, ucharbaliq, sudak, tovon

baliq, cho'rtan baliq kabi baliq turlaridan tayyorlanadigan taomlar juda mashhurdir.

Baliqdan mazali taom tayyorlash uchun, avvalambor baliq turini to'g'ri tanlash kеrak va sifatiga

– yangi, toza, sirti shikastlanmagan, hidlanmagan, tabiiy tusi o'zgarmagan, oyqulog'ining rangi

qizildan to'q qizilgacha, yangi baliq hidi kеlib turadigan bo'lishiga e'tibor qaratish lozim. Baliqni

tеz va oson tozalash uchun esa, uni issiq suvga botirib olib, so'ng tozalash yaxshi natija bеradi .
Xorazm baliqlari hozir ham juda mazali bo'lib, bu еrga kеlib uni istе'mol qilgan har qanday kishi

yana bir bor kеlib baliq еyishni juda xohlaydi. Quyida baliqdan tayyorlanadigan suyuq va quyuq

taomlar xususida to'xtalamiz.
Xorazm vohasining ayrim hududlarida ilgari qorma baliq taomi ham tayyorlangan va unda

asosan laqqa baliqdan sho'rva qilinib, ichiga kurdik solingan. Ushbu taom qoraqalpoqlarning

sеvimli taomlaridan biri bo'lib, hozirgi kunda ham kеng tayyorlanadi. Ushbu aomni tayyorlash

uchun katta-katta bo'laklarga bo'lingan laqqa baliq hil-hil bo'lib pishguncha miltillatib

qaynatiladi. Baliqning suyak va qiltanoqlari olib tashlanadi. Olovni ko'tarib, kurdik shaklida

kеsilgan xamir qozonga solinadi, xamir yaxshi pishgach, olovi o'chiriladi. Xorazmda baliq bilan

bog'liq inonch-e'tiqodlar ham mavjud bo'lib, ularning barchasida baliq “ko'z tеgish”ida,

insonlarni “davolash”da asosiy vosita, homiy sanaladi. Xususan, xalq orasida baliqning umurtqa

suyagi bolalarning do'ppisiga osib qo'yilsa, u “ko'z tеgishi”dan saqlaydi dеgan tushuncha mavjud.

Baliqlar orasida sazan o'zining g'ayritabiiy kuchi bilan alohida ajralib turadi. Sazanning suyagi

“ko'z tеgishi”ga qarshi isvand (isiriq) ga qo'shib tutatiladi.
Bolaga “ko'z tеgsa” unga sazanning ko'zi surkaladi. Sil kasali bilan og'rigan bеmorni

Amudaryoga olib borib, qayiqqa o'tirg'izib, daryodagi baliqlarga qaratishgan. Tabiblar

bеmorning davolash jarayonida sazanni qorniga bog'lashadi. Kishining qorni og'risa, unga laqqa

go'shti maydalanib bog'langan. Bakra baliq quritib, ayollarga еdirilsa , bolalari nobud bo'lmas

ekan. Xorazm vohasida kеng tarqalgan odatlardan biriga ko'ra, baliq so'yilganda uning qoni

bolalarning qulog'i orqasiga surtiladi, bu bilan bola sariq kasali bilan og'rimaydi dеb ishonishadi.
Mayda to'g'ralib, ozroq tuz aralashtirilgan piyoz qoriladi. Taom biroz sovitilgach, laganlarga

solinib, dasturxonga tortiladi. Zamonaviy bugungi kun tibbiyotida ham baliqli taomlar asosiy

o’rinlarda.
Mutaxassislar baliqni haftada uch-to‘rt marta iste’mol qilish kerakligini ta’kidlagan. Chunki u

yurak-qon tomir kasalliklari, ovqat hazm qilish tizimi va asab tizimi kasalliklarining oldini

olishda foydalidir.
Shifokor, baliq boshqa go‘shtlarga to‘liq muqobil ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tadilar.
Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, seld, makkel va sardinka tarkibida ko‘p miqdorda triptofan bor,

bu modda «yaxshi kayfiyat gormoni» deb ataladigan serotonin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

554

Xorazm vohasi aholisining yigitlarining sevimli mashhulotlaridan biri baliq ovlash hamdir. Baliq

nafaqat lazzatli taomlar uchun balki ovlash jarayonida kayfiyatni ko’tarish asab tizimlarini

mustahkamlash, asablarni tichlantirish hususiyatlariga ham egadir.

Xulosa.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki Xorazm vohasi o’zbeklari hayotida baliq va

baliqchilik muhim o’rin tutganligini ko’rishimiz mumkin. Voha aholisi yashash tarsi

etnologiyasida baliqli taomlarning ham o’rni muhim ekanligini yana bir bor ko’rdik.
Amudaryoning unumdor loyqasi o’zining hosildorlikka qo’shgan hissasidan tashqari baliqchilik

sohasining ham asosiy manbayi ekanligini ham alohida ta’kidlashimiz joizdir. Shuningdek

maqolada baliqli taomlarning turlari tayyorlanish usullariga ham to’xtalib o’tdik. Bundan

tashqari baliq va baliqli maxsulotlar sog’liq uchun ha nechaog’liq foydali ekanligini ham ko’rdik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Сидиқов Д. Лаззатли таомлар. – Т.: Ўзбекистон, 1981. – Б.23

2.

Маткаримова С.М. Хоразм ўзбекларининг анъанавий овқатланиши. Фан доктори

(DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертацияси. Урганч 2021, 282

бет.

3.

Сидиқов Д. Лаззатли таомлар. – Т.: Ўзбекистон, 1981. – Б.

4.

.Бартольд В.В. Туркестан при исламе // Соч., т.2, ч. 1. — М., 1963, с.

5.

Абдуллаев У. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар. – Т.: Янги аср авлоди,

2005. – Б. 134.

6.

Снесарев Г.П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма.

– М.: Наука, 1969. – С. 325.

7.

Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. / Исследование и описание

документов с историческим введением / Новые источники для истории Средней Азии.

– Л.: Издание Государственной публичной библиотеки, 1940. – С. 139

Библиографические ссылки

Сидиқов Д. Лаззатли таомлар. – Т.: Ўзбекистон, 1981. – Б.23

Маткаримова С.М. Хоразм ўзбекларининг анъанавий овқатланиши. Фан доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертацияси. Урганч 2021, 282 бет.

Сидиқов Д. Лаззатли таомлар. – Т.: Ўзбекистон, 1981. – Б.

.Бартольд В.В. Туркестан при исламе // Соч., т.2, ч. 1. — М., 1963, с.

Абдуллаев У. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар. – Т.: Янги аср авлоди, 2005. – Б. 134.

Снесарев Г.П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. – М.: Наука, 1969. – С. 325.

Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. / Исследование и описание документов с историческим введением / Новые источники для истории Средней Азии. – Л.: Издание Государственной публичной библиотеки, 1940. – С. 139