Авторы

  • Qazaqova Sarvinoz , Qurbonova Gullola
    Guliston Davlat Pedagogika Instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107381

Ключевые слова:

Boshlang‘ich sinf ona tili interfaol metodlar pedagogik texnologiyalar ta’lim sifatini oshirish o‘quvchilarning faolligi innovatsion metodlar dars jarayoni til o‘qitish samarali yondashuvlar.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol metodlar tushunchasi, ularning turlari, afzalliklari va o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan.    


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

630

Qazaqova Sarvinoz

Guliston Davlat Pedagogika Instituti 2-bosqich magistranti

Qurbonova Gullola

Guliston Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fanlari

bo‘yicha Falsafa Doktori (PhD)

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida interfaol metodlardan

foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol metodlar

tushunchasi, ularning turlari, afzalliklari va o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi o‘rni tahlil

qilingan.

Abstract:

This article discusses the enhancement of the effectiveness of interactive methods used

in mother tongue lessons in primary school. The study analyzes the concept of interactive

methods, their types, benefits, and their role in increasing student engagement.

Kalit so‘zlar:

Boshlang‘ich sinf, ona tili, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, ta’lim

sifatini oshirish, o‘quvchilarning faolligi, innovatsion metodlar, dars jarayoni, til o‘qitish,

samarali yondashuvlar.

Keywords:

Primary school, mother tongue, interactive methods, pedagogical technologies,

improving education quality, student engagement, innovative methods, teaching process,

language instruction, effective approaches.

Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayoniga qo‘yilayotgan talablar o‘zgarib, o‘qituvchidan

zamonaviy metodik yondashuvlarni qo‘llashni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda

ona tili darslarining sifati, bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish va ularda tilga bo‘lgan

qiziqishni uyg‘otish uchun interfaol metodlardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Interfaol metodlar — bu o'quvchilarni o'qitish jarayoniga faol jalb qilishga asoslangan

yondashuvlar bo'lib, ular o'quvchilarni nafaqat tinglash, balki fikr bildirish, savollar berish,

javoblar tayyorlash va muhokama qilish kabi faoliyatlarga ham jalb qiladi. Bu metodlarning

boshlang'ich sinflarda qo'llanilishi o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini oshiradi. Misollar:

Gruplarda ishlash

: O'quvchilar o'rtasida jamoaviy ishlarni tashkil etish, guruhda

birgalikda mashqlarni bajarish va natijalarni taqdim etish.

Savol-javoblar

: O'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faol muloqot orqali bilimlarni

mustahkamlash.

Muzokaralar va munozaralar

: Fikr almashish va bahs qilish orqali nutqni rivojlantirish.

Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish: Zamonaviy texnologiyalar boshlang'ich sinflarda ona tili

o'qitishda keng qo'llanilmoqda. Bu texnologiyalar o'quvchilarning qiziqishini oshirish va ta'limni

samarali qilishga yordam beradi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

631

Kompyuterlar va planshetlar

: O'quvchilar uchun interaktiv o'quv dasturlari, o'yinlar va

testlar orqali bilim olish imkoniyatlarini yaratadi. Bu vositalar yordamida o'quvchilar ona

tili bo'yicha grammatik qoidalarni, so'z boyligini va nutqni rivojlantiradigan mashqlarni

bajaradilar.

Elektron darsliklar va resurslar

: O'quvchilarga o'qish, yozish, tinglash va gapirishni

rivojlantirishga yordam beradigan multimedia resurslari, video darslar, audiokitoblar va

interaktiv mashqlar.

Smart taxtalar

: Interaktiv taxta yordamida o'qituvchilar o'quvchilarga so'zlar va

grammatik qoidalarni ko'rsatib, interaktiv mashqlar orqali faollashtiruvchi va

o'quvchilarni o'qishga rag'batlantiruvchi darslar o'tkazadilar.

Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ularni qo‘llash

samaradorligining turli omillar bilan bog‘liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:

o

birinchidan,

o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga

bog‘liq;

o

ikkinchidan,

bayon qilinadigan materialning harakteriga bog‘liq;

o

uchinchidan,

ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq;

o

to‘rtinchidan,

o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan

(hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;

o

beshinchidan,

oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq;

o

oltinchidan,

o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq;

yettinchidan,

o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv

jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha

bilimlariga bog‘liq. Quyida bir nechta takomillashtirilgan metodlarni ko‘rib chiqamiz:

“Scatter-gories” o’yini


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

632

Bu ajoyib o‘yinni ona tili darslarida keng qo‘llash mumkin.Ayniqsa so‘z turkumlarida mavzuga

oid so‘zlar orqali qo‘llanilsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.Ozgina kreativlik bo‘lsa kifoya.

“Leitner tizimi” metodi

Murakkab mavzularni oson o‘zlashtirish uchun Leitner tizimi. O‘quvchilar qiyin deb bilgan

mavzuni qiziqarli va osonroq o‘zlashtirishda bu metod yaxshi samara beradi. O‘quvchilar bilan

birgalikda qiyin mavzuga doir savolli kartochkalar tayyorlanadi. 5 ta qutiga 5 tadan jami 25 ta

savol. O‘quvchilarning o‘zlari ham savol tayyorlash jarayonida ishtirok etishlari yanada darsga

qiziqishlarini orttiradi. Shu bilan birga, mavzuni xotiralarida yaxshi saqlab qolishga yordam

beradi.

O‘quvchilar navbat bilan qutilardan savollarni oladilar. Birinchi qutidagi beshala savolga ham

javob berishsa, ikkinchi qutiga o‘tishlari mumkin bo‘ladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

633

Birinchi qutidagi savollarga to‘liq javob bera olmagan o‘quvchilar, to‘g‘ri va to‘liq javob

bergunga qadar o‘sha joylarida qolishadi. Agar ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi qutidagi

savollarga to‘g‘ri va to‘liq javob berisha olmasa, bitta quti ortga qaytishadi. Shartni to'liq-to‘g‘ri

bajargan ishtirokchilar g‘olib bo‘ladilar.

Shunday qilib, ta’lim jarayoni o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil

etiladigan ko‘pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qodirov, A. (2017). Ta'limda interfaol metodlarning samaradorligi. Toshkent: O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.

2. Xodjaev, S. (2015). Kompyuter texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish va interfaol

metodlar. Toshkent: "Yangi asr avlodi" nashriyoti.

3. Rakhimov, M. (2018). Interfaol ta'lim metodlarini samarali qo‘llashning usullarini ishlab

chiqish. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Библиографические ссылки

Qodirov, A. (2017). Ta'limda interfaol metodlarning samaradorligi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.

Xodjaev, S. (2015). Kompyuter texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish va interfaol metodlar. Toshkent: "Yangi asr avlodi" nashriyoti.

Rakhimov, M. (2018). Interfaol ta'lim metodlarini samarali qo‘llashning usullarini ishlab chiqish. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti.