Авторы

  • Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi
    Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107383

Ключевые слова:

Antroponim ism kishi urf-odat qadriyat qo‘shimcha so‘z turkumi.

Аннотация

Ushbu maqolada kishi nomlarining turli xil qo‘shimchalar orqali yasalishi, ikki so‘z turkum asosidan tashkil topganligi hamda ismlarning qo‘yilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar berilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

623

Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi

Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

pardaboyevaadiba@gmail.com

ANTROPONIMLARNING YASALISH SHAKLLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kishi nomlarining turli xil qo‘shimchalar orqali yasalishi, ikki

so‘z turkum asosidan tashkil topganligi hamda ismlarning qo‘yilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar

berilgan.

Kalit so‘zlar:

Antroponim, ism, kishi, urf-odat, qadriyat, qo‘shimcha, so‘z turkumi.

Аннотация:

В данной статье представлена информация об образовании имен по

различным суффиксам, образовании двух слов и произношении имен.

Ключевые слова:

Антропоним, имя, человек, традиция, значение, суффикс,

словосочетание.

Abstract:

This article provides information on the formation of names by various suffixes, the

formation of two words and the pronunciation of names.

Keywords:

Anthroponym, name, person, tradition, value, suffix, phrase.

Islomda har bir narsa go‘zal va ozoda bo‘lishi, agar biron ish bajarilsa, u mukammal tarzda

amalga oshirilishi targ‘ib qilinadi. Chaqaloq tugʻilganda, ota-onasi va yaqinlari tomonidan ism

qoʻyiladi. Ism esa butun umr shu bolaning yashashida shu ism bilan atalishiga xizmat qiladi.

Agar ism qoʻyilgach, bu taqdiriga ham bogʻliq boʻlib qoladi desalar ishongan boʻlar edim.

Chunki, mening ismim ham hozirgi kunimga qadar oʻz maʼnosi ila xizmat qilayabdi. Ismim

Adiba. Adiba ismining maʼnosi esa yozuvchi, shoira va olima qiz, chiroyli qiz degan maʼnolarni

bildirar ekan. Ona tili va sheʼriyatga qiziqishim bois, hozirgi kunga qadar sheʼriyat kechalaridan

bir qator yutuqlarni qoʻlga kiritdim, kitoblarimni chiqartirdim, Oliy taʼlim muassasasi talabasi

ham boʻldim.

Insonlar ham farzandlariga ism qoʻyishayotganda maʼlum pallada, vaziyatda yoki udumlar,

bayramlar, kimgadir oʻxshatish maʼnosida qoʻyishadi. Masalan, yurtimizdan Amir Temur,

Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek singari buyuk allomalarimiz chiqishgan. Xalqimiz esa

farzandlarining shu allomalarimizdek qoʻrqmas, ilmli, maʼrifatli va ziyoli boʻlsin deyaTemur,

Temurmalik, Alisher, Ulugʻbek ismlarini oʻgʻil farzandlariga qoʻyishadi.

Bir qancha huquqiy munosabatlarda ham ismning o‘z ahamiyati bor. Oʻzbekiston Respublikasi

konstitutsiyasining 69-moddasi bolaning ism olish huquqini belgilaydi. Bu huquq bolaning

shaxsiy huquqi doirasi hisoblanib, bu orqali bola mualliflik va oila huquqiga ega bo‘lish

imkoniyatini beradi. Demak, ota-onaning farzandi oldidagi asosiy burchlaridan biri unga to‘g’ri

va chiroyli ism qo‘yish e’tirofli mas’uliyatdir. Alloh taolo ko‘plab turdagi maxluqotlarini yaratib,

ular ichida faqat inson zotinigina mukarram – hurmatli, e’zozli qildi. Avvalo,insonga aql yuritish,

o‘ylash, fikrlash, so‘zlash imkoni berildi. Qolaversa, boshqa jihatlarga ko‘ra odam bolasi barcha

yaratilgan jonli va jonsiz narsalardan afzaldir. Shuningdek, xilqat jihatidan ham inson mavjudot

va maxluqotlarning eng go‘zali va chiroylisidir. Shunday ekan, kishining badani va tashqi


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

624

ko‘rinishi go‘zal bo‘lishi bilan birga, uning xulqi, odobi va ismi ham chiroyli, ko‘rkam va

ma’nodor bo‘lishi lozim.

Sahih hadislarning birida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Alloh

Go‘zaldir va go‘zallikni yaxshi ko‘radi”, deganlar. Islomda har bir narsa go‘zal va ozoda bo‘lishi,

agar biron ish bajarilsa, u mukammal tarzda amalga oshirilishi targ‘ib qilinadi. Farzand dunyoga

kelgach, unga chiroyli ism qo‘yish otaning eng muhim vazifalaridandir. Zero, ism kishi hayoti

davomida unga har jihatdan ta’sir qilishi bor haqiqat. Bu narsa tarixdan, xususan, Rasululloh

sollallohu alayhi va sallam va sahobalar tarixidan ma’lum va mashhurdir. Masalan, Hudaybiyada

Nabiy sollallohu alayhi va sallam Sahl ibn Amrning kelayotganini ko‘rib: “Alloh ishingizni

yengillashtiradiganga o‘xshaydi”, deganlari shunga dalolat qiladi. Oʻzbek tili lugʻat boyligining

katta qismini insonlarga qoʻyilgan maxsus nomlar tashkil qiladi. Kishilarning atoqli otlari fanda

antroponimlar deyiladi. Antroponimlar tuzulishi, kelib chiqishi jihatidan turli xil shakllarga

egaboʻladi. Ushbu kurs ishida antroponimlarning yasalish shakllari, qoʻshma uslubda yasalishi,

antropokomponentli va antropoformantli ismlar, ismlarning qoʻyilishi va vujudga kelishida urf-

odat, xalq madaniyati va dinning ahamiyati, ot, sifat, son va feʼl soʻz turkumidan yasalgan ismlar

haqida toʻxtalib oʻtilgan.

Ism vazifasida qo‘llanuvchi so‘z onomastika ixtiyorida ba‘zi qo‘shimchalar, yordamchi shakllar

va boshqa elementlarni qabul qiladi. So‘zning ism sifatida funksional imkoniyatlari ham

kengayadi. Masalan, Bobonor, Bozorgul, Anorgul, Jumamurod, Jumagul singari qo‘shma ismlar

ham antroponimlik doirasida yasalgan va atoqli otlarga xos leksemalardir.1 Shaxs nomlari ham

boshqa leksik birliklar singari o‘zining umumiy va xususiy belgilari bilan bir leksik

sistemagabirlashadi. Hozirgi o‘zbek tilida atoqli otlarning miqdori va qo‘llanish darajasi kundan-

kunga ko‘payib bormoqda. Antroponimlarning komponent-sistem, funksional-struktur tahlili

shuni ko‘rsatadiki, “Sulton, Qora, Eson , Xo‘ja” kabi so‘zlar mustaqil antroponim holatida ham,

ikki komponentli qo‘shma antroponimlarning tarkibiy qismi holatida ham kelishi mumkin. Ular

shaxs nomlarini yasash jarayonida qo‘shma ot oxirida ham, boshida ham kela oladi. Masalan,

Sultonbek, Beksulton, Qoraboy, Esonqul, Boyqaro va hk.

Tarixdan ma‘lumki “xo‘ja” so‘zi ko‘p ismlarda qo‘llanilgan. Bu so‘zning asl kelib chiqishi

arabcha bo‘lib, islom dini uchun buyuk hizmatlar ko‘rsatgan buyuk sahobalar zurriyodlari

xo‘jalar deb atalgan. Odatda, bu avlodning har bir o‘g‘il farzandi ismiga xo‘ja qo‘shib

nomlangan. Bu so‘z qo‘shma antroponimlarning boshida ham, oxirida ham keladi: Xo‘janiyoz

(ot+ot), Azbarxo‘ja (ot+ot) va hk.

“Eson” so‘zi kelib chiqishi o‘zbekcha so‘z bo‘lib, sog‘,omon, salomat bo‘lsin ma‘nolarini

anglatadi. Bu so‘zni o‘g‘il va qiz bolalar ismiga ham qo‘shib, qo‘shma antroponimlar hosil

qilishimiz mumkin: Esonboy (sifat+sifat), Esonqul (sifat+ot), Esontoy(sifat+ot), Esonbeka,

Esondavlat, Esonali, Esonmurod, Esonqilich (sifat+ot). “Esondavlat” ismining kelib chiqishi

arabcha bo‘lib, sog‘-omon va boy-badavlat bo‘lsin yoki baxtimiz,davlatimiz bo‘lgan bola omon-

eson ulg‘aysin degan ma‘nolarni anglatadi. “Esondavlat” ismi sifat+ot shaklidan yasalgan.

O‘zbek tilida antroponimlar o‘z tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: antropokomponentli va

antroformantli. Antropokomponentli qo‘shma ismlarda har ikkala komponent ham so‘z shaklida

bo‘ladi: Bodomgul, Gulbadan,Orifbek, Asadbek, Oygul va hk. Antropokomponentli ismlarga

ko‘p misollar keltirishimiz mumkin. Keling, ularni ma‘nolari bilan ko‘rib chiqamiz.

1. Afg‘onboy- ushbu ism fors-tojikchadan kelib chiqqan bo‘lib, afg‘on+boy so‘zlarining

qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. Afg‘on so‘zi o‘tinib, yolvorib, fig‘onlar qilib topilgan bola degan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

625

ma‘noni bersa, boy so‘zi mulkdor inson, boy bo‘lsin ma‘nolarida ishlatilgan. Afg‘onboy ismi

ot+sifat shaklidan yasalgan.

2. Anorgul- ushbu ism fors-tojikchadan kelib chiqgan bo‘lib, qizil xolli, guldek go‘zal qiz yoki

anor gulidek chiroyli qiz ma‘nosini beradi. Ushbu ism ot+ot shaklidan yasalgan.

3.Bargixol- kelib chiqishi fors-tojikcha bo‘lib, qiz bolalarga qo‘yiladi. Bu ism ot+ot shaklida

tuzilgan. Ma‘nosi: Chiroyli, go‘zal, xolli qiz degan ma‘noni beradi.

4. Beshbola- kelib chiqishi o‘zbekcha ism bo‘lib, oiladagi beshinchi farzand yoki ziyoda

bo‘luvchi, ko‘payuvchi degan ma‘nolarni anglatadi. Tuzilishi jihatidan son+ot so‘z

turkumlaridan tuzilgan.

5. Dadaqoʻzi- ushbu ism dadasining ismini olgan,suyukli erka bola boʻlsin deb qoʻyilgan.

Tuzilishi jihatdan ot+ot shaklida yasalgan.

6. Ekinboy-tuzulishi jihatdan ot+sifat shaklidan yasalgan. Ekin ekish pallasida tugʻilgan oʻgʻil

bolalarga qoʻyilgan.

7. Qorabarlos- bu ism qorabarlos urugʻiga mansub boʻlgan oʻgʻil bolalarga qoʻyilgan. Tuzilishi:

sifat+ot shaklidan yasalgan.

8. Sabzigul- ushbu ism fors-tojikchadan kelib chiqgan boʻlib, qiz bolalarga, barg urgan, yashil

guldek koʻrkam qiz boʻlsin degan maqsadda qoʻyilgan. Tuzilishi jihatdan ot+ot shaklidan tashkil

qilingan.

9. Yangiboy – avvalgi farzandlaridan farqli, ajralib turgan bolalarga qoʻyilgan. Sifat+sifat

soʻz turkumidan qoʻshma ism hosil qilgan.

10. Bodomgul – kelib chiqishi fors-tojikcha boʻlib, bodom gulidek goʻzal, zebo qiz yoki

bodomgullaganda tugʻilgan qiz bolalarga qoʻyilgan. Tuzulishi jihatdan ot+ot turkumidan

qoʻshma ism hosil qilgan.

1. Bekboʻldi - ushbu ism ot+feʼl shaklida tuzilgan. Feʼlning oʻtgan zamon shakli -di

qoʻshimchasi yordamida ikkinchi qismi yasalgan. Mustaqil holatda ham -boʻldi soʻzi biror

narsaning boʻlib oʻtganligini anglatadi. Ismning maʼnosi: berk, mustahkam boʻladi, yashaydi,

oʻlmaydi degan maʼnolarni anglatadi.

2. Davlatberdi- ushbu ism ot+feʼl soʻz turkumidan yasalgan. Ikkinchi qismidagi –berdi feʼli

alohida ham maʼno anglatadi. Ismning maʼnosi: fors-tojikchadan kelib chiqgan boʻlib, orzu

qilgan davlatimiz yoki Alloh davlati oʻgʻil ato qildi degan niyatda qoʻyilgan.

3. Karimberdi - ot+feʼl turkumidan yasalgan. Ismning maʼnosi: arabcha soʻzdan olingan

boʻlib, saxovatli, joʻmard, yaʼni Alloh ato qilgan bolaga nisbatan qoʻyilgan.

4. Tangribergan - bu ism ot+feʼl shaklidan tuzilgan. Ismning maʼnosi: Alloh bergan, ato

qilgan degan niyatda qoʻyilgan.

5. Tilovoldi – niyat qilinib, orzu qilinib yetishilgan farzandlarga qoʻyilgan. Shakli: feʼl+feʼl.

6. Unabbergan- Alloh rozi boʻlib, muruvvat qilib bergan degan niyatda oʻgʻil bolalarga

qoʻyilgan. Shakli: feʼl+feʼl

7. Soatberdi- arabcha soʻzdan olingan boʻlib,qutli soatda berilgan oʻgʻil farzandlarga

qoʻyilgan. Shakli: ot+ feʼl.

Qoʻshma uslubda ismlar hosil qilinishida qul,qoʻzi,gul, niso, boy, xol, bibi kabi soʻzlarning ham

ahamiyati katta. Chunki, bu soʻzlarni qoʻshish orqali yangi so‘z yasashimiz mumkin.

Xulosa shuki, hozirgi vaqtda insonlar orasida kinofilmlar qahramonlariga taqlid qilib ham ismlar

qoʻyilmoqda (Jumong, Ishani, Ranvir, Jibril). Ammo bu kabi ismlardan bolaning hayotiga salbiy

taʼsir koʻrsatishi ham mumkin. Bola katta boʻlavergani sari, bu ism bilan uni chaqirish biroz

noqulaylik tugʻdirishi mumkin. Mamlakatimizda hozirgi kunga qadar ham elektron ham

dasturlar sifatida koʻplab ismlar maʼnosini beruvchi qurilmalar, kitoblar ishlab chiqilgan. Har bir


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

626

ota-ona farzandiga ism qoʻyishdan oldin uning maʼnosi, kelib chiqishi oʻrganmogʻi lozim.

Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:

“Turk nazmida chu men tortib alam, Ayladim ul mamlakatni yak qalam”, deb yozgan edi.

Ya’ni, ul zot ona tili bayrog‘ini baland ko‘tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida

birlashtirdim, deb iftixor qilgan. Har bir bolaga ota-ona ism qoʻyayotganda oʻsha mamlakat

tarixi, madaniyati, urf-odati, pallalari va vaziyatlardan kelib chiqib ism qoʻyishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Avezova A. O‘zbek va turk antroponimlarining leksik-semantik xususiyatlari. –T.:

O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali,2022.

2. Аблитарова, Л. Э. Формирование имен и фамилий у различных

3. Begmatov E. Nomshunosligimizning tadqiq yo‘llari//Til va adabiyot ta’limi,1992,2-son.-B.4.

4. “Формирование имен и фамилий у различных народов, проживающих на территории

Крыма”

5. Muhamedova S. O‘zbek ismlarining lingvistik tahlili. – T.: Toshkent, 2023.

6. Nazarova N. Antroponimlarning o‘rganilishi. – T.: Internatonal Scientific Conference,2021.

7. Odob-ahloqga oid hadis majmualari. –Т.: Fan, 1990. –B.148

Библиографические ссылки

Avezova A. O‘zbek va turk antroponimlarining leksik-semantik xususiyatlari. –T.: O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali,2022.

Аблитарова, Л. Э. Формирование имен и фамилий у различных

Begmatov E. Nomshunosligimizning tadqiq yo‘llari//Til va adabiyot ta’limi,1992,2-son.-B.4.

“Формирование имен и фамилий у различных народов, проживающих на территории Крыма”

Muhamedova S. O‘zbek ismlarining lingvistik tahlili. – T.: Toshkent, 2023.

Nazarova N. Antroponimlarning o‘rganilishi. – T.: Internatonal Scientific Conference,2021.

Odob-ahloqga oid hadis majmualari. –Т.: Fan, 1990. –B.148