Ushbu maqolada neyropedagogika – pedagogika, psixologiya va nevrologiya integratsiyasidan kelib chiqqan yangi ilmiy yo‘nalishning asosiy prinsiplari va ta’limdagi ahamiyati tahlil qilinadi. U ta’lim jarayonini miya faoliyati va asab tizimi xususiyatlariga moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos o‘qitish strategiyalarini taklif etadi. Maqolada neyropedagogikaning uslublari, o‘rganish jarayoniga ta’siri va joriy etishdagi qiyinchiliklar muhokama qilinadi. Tadqiqot ta’limni samarali va shaxsga yo‘naltirilgan qilish uchun innovatsion yondashuvlarni ochib beradi.