Авторы

  • Ismoilov Muhiddin Raximberdi o‘g‘li
    Alfraganus universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107389

Ключевые слова:

leksik kompetensiya interfaol metodlar aqliy hujum ajurli arra shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ona tili so‘z boyligi o‘quvchi faolligi

Аннотация

Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol metodlarning ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, “aqliy hujum” va “ajurli arra” metodlarining samarali qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

595

Ismoilov Muhiddin Raximberdi o‘g‘li

Alfraganus universiteti magistranti

ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING LEKSIK KOMPETENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISHNING INTERFAOL METODLARI

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini

rivojlantirishda interfaol metodlarning ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, “aqliy hujum” va “ajurli

arra” metodlarining samarali qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish

imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar:

leksik kompetensiya, interfaol metodlar, aqliy hujum, ajurli arra, shaxsga

yo‘naltirilgan ta’lim, ona tili, so‘z boyligi, o‘quvchi faolligi

Ona tili darslarida o'quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish juda muhim.

Interfaol metodlar o'quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi, bu esa ularning so'z boyligini

o'zlashtirish va qo'llash jarayonini yanada samarali qiladi.

O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv

maksadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi,

asosan, o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga

bog‘lik bo‘ladi.

Bu

yerda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish

mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan.

Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’yekt sifatda namoyon bo‘ladi,

o‘quvchilar esa fakatgina «ob’yekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va

mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi

an’anaviy

o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya.A.Komenskiy tomonidan

ifoda

etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o‘qitishning

«guruh - dars» tizimida

tashkil etish nazarda tutiladi.

Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning

«guruh – dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

-

yoshi va tayorgarlik darajasi tahminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar guruhni

(sinfni) tashkil etadi;

-

guruh ( sinf, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona

mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘illanadi;

-

mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga

bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;

- o‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo’llaniladi.
An’anaviy

o‘qitish

asosan

bilim,

kunikma

va malakalarni

o‘zlashtirishga

qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.

An’anaviy o‘qitish

asosini,

Ya.A.Komenskiy tomonidan

tuzilgan pedagogika

tamoyillari tashkil etadi:


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

596

-

ilmiylik;

-

tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);

-

uzviylik va tizimlilik;

-

o‘zlashtiruvchanlik “ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga”;

-

mustahkamlash “takrorlash”;

-

onglilik va faollik;

-

nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;

-

yoshi va individual xususiyatlarini hissobga olish.

Keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va

texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur’atlarda amalga oshar edi.

Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq

qilmas

edi. Bunday

sharoitlarda

Ya.A.Komenskiyning

o‘qitishning avtoritar

texnologiyasi, an’anaviy «guruh – dars» tizimi dunyoga keldi.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat

qiladi.

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:
- o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;
- shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
- shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:

- har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish,

qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bulishi

kerak.

- shaxsga, yutuqni maqullovchi,

qo‘llab-quvvatlovchi,

xayrixoh

vaziyatlar

yaratish, ya’ni o‘qish, qoniqish va xursandchilikni olib kelish kerak.

- byevosita majburlashga yo‘l ko‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga

urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik.

- pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ruyobga

chiqarishga

imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.

Oliy o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim

tizimi uchun,

o‘qitishning

shaxsga

yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

597

- ishbilarmonlik o‘yinlari;
- muammoli o‘qitish;
- tabaqalashtirilgan o‘qitish;
- dasturlashtirilgan o‘qitish;
- kompyuterlashtirilgan o‘qitish;
- modulli o‘qitish.

Shaxsga

yo‘naltirilgan

o‘qitish

texnologiyalari ilmiy-texnikaviy

taraqqiyot

jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda

ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash tug‘ri bo‘lar edi.

Qadimiy faylasuf Sokrat o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul

haqiqatni

bilib

olish

uchun

yordam

berar

edi.

Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kventilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan yondashishni

tavsiya bergan edi.

O‘rta asr Sharqning buyuk olimu mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros

qoldirilgan. Asrlar, ming yillar davomida shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat

bo‘ladi:

- pedagogik jarayonda shaxs ob’yekt emas, sub’yekt hisoblanadi;

- har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

- yuqori etik va estetik qadriyatlar (sahiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va

boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.

Amerikaning “Street law” (ko‘cha qonuni) dasturi bugungi kunda yer yuzining ko‘plab

davlatlari tomonidan “asr” ga olingan va ta’lim makoniga o‘rnashib qolayapti. Bunga sabab

dasturdan o‘rin olgan yuzlab o‘qitish metodlarining faolligi, jozibaligi va ta’sirlanganligidir. Ular

yordamida o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy qabul qilish, haq-

huqularini anglab yetish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo‘ladilar. O‘qituvchi esa didaktik

jarayonni qurishda bu metodlardan oqilona foydalanmog‘i, ularni mavzu bo‘yicha o‘quv

elementlarining murakkabligi va vaqt tig‘izligiga qarab chalg‘ishtirmog‘i lozim. Quyida “Street

law” dasturidagi ba’zi metodlar kiritiladi.

“Aqliy hujum” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish

jarayonlarini vaqt bo‘yicha bir qancha bosqichlarga (g‘oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy

va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat.

Dars jarayonida aqliy hujumdan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni

rivojlantirish garovi hisoblanadi. “Aqliy hujumni” uyushtirish bir muncha sodda bo‘lib, undan

ta’lim

mazmunini o‘zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish

muammolarining yechishni topishda ham juda qo‘l keladi. Dastlab guruh yig‘iladi va ular oldiga

muammo qo‘yiladi. Bu muammo yechimi to‘g‘risida barcha ishtirokchilar o‘z fikrlarini


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

598

bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o‘zga kishi g‘oyalariga hujum qilish yoki baholashga

haqqi yo‘q.

Demak, “aqliy hujum” yo‘li bilan qisqa vaqtda o‘nglab g‘oyalarni yuzaga chiqish

imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Aslini olganda g‘oyalar sonini qo‘lga kiritish asosiy maqsad emas,

ular muammo yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo‘ladilar. Bu metod shartlaridan

biri hech qanday tashqi ta’sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo‘lish kerak.

Bildirilgan g‘oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib muammo yechimini oqilona

topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.

Shunday qilib, “aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:
-

olg‘a surilgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;

-

ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi;

-

istalgan g‘oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;

-

muammo yechimidan uzoq g‘oyalar ham qo‘llab-quvvatlanadi;

-

barcha g‘oyalar yoki ularning asosiy mag‘zi (farazlari) qayd etish yo‘li bilan

yozib olinadi;

-

“hujum”ni o‘tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;

-

beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko‘zda tutilishi

kerak.

“Ajurli arra” metodi tuzilishi jihatdan o‘zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

1.

Topshiriqlarni bo‘lish: “Topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy

qismlarga (yoki mavzular)ga qirqiladi”.

2.

Birlamchi guruhlari: “Har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni oladilar va

ekspertga aylanadilar”.

3.

Ekspert guruhlari: “Qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mavjud bo‘lgan

o‘quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘rgatish rejasini egallash uchun ekspert

guruhlarga birlashadilar”.

4.

Birlamchi guruhlar: “O‘quvchilar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va

ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi”.

Izoh: “Ajurli arra” mohiyatiga aniqlik kiritish uchun ba’zi bir tavsiyalarni yoritish lozim.
1.

O‘qitish jarayonida bu tarzda yondashilganda o‘quvchilarning hamkorlikda

ishlashga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o‘zlashtirishga imkon tug‘iladi.

2.

U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun o‘quvchilarga boshlang‘ich

axborotlarni uzatish zarurati tug‘ilsa, ma’ruza o‘rnini bosa oladigan samarali instumentariy

hisoblanadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

599

3.

O‘qituvchi murakkab mazmunli mavzular bo‘yicha o‘quvchilarni darsga

tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo‘ljallangan alohida axborotli paket tayyorlaydi.

Unda darslikdan, qo‘shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo‘lishi kerak.

4.

Har bir o‘quvchi 2 guruh tarkibida ishtirok etadi: dastlab “o‘z uyi” (birlamchi)

guruhiga birlashib, o‘quv elementlarini mustaqil o‘rganishadi. Ekspert guruhini tezda tashkil

etish uchun o‘quvchilar olgan axborotli paketlarda har bir mavzuga oid materiallar bir hil

rangdagi qog‘ozlarga yozilgan yoki rangli qalam bilan qog‘ozning biror bir burchagi bo‘yalgani

ma’qul.

5.

Har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha kishi o‘quvchi soniga qarab bo‘lishi mumkin.

Har bir o‘quvchi “o‘z yo‘l”dagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab olish kerak.

6.

O‘qituvchi o‘quvchilarga “rangli” topshiriqlar asosida guruhga birlashishini taklif

etadi va ular alohida mavzular bo‘yicha ekspertga aylanadi. Misol uchun, “qizil” larni honasi

oxirida, “ko‘k”larni esa auditoriya yo‘lakchasida uchrashishi belgilanadi. Har bir ekspert

guruhda 3tadan kam o‘quvchi bo‘lmasligi kerak.

7.

Guruhlarga axborotli paket tarqatiladi. Har qaysi guruh turli hil materiallar

to‘plamini olishlari va ularni o‘qishi, muhokama qilishi, aynan shu axborotlar bo‘yicha ekspertga

aylanishi lozim. O‘quv materiallari bo‘yicha “ekspert” bo‘lishi uchun o‘quvchilarga vaqt yetarli

bo‘lishi kerak. Bu uchun agar materiallar murakkab va katta bo‘lsa, ehtimol bir dars to‘liq talab

qilinadi.

8.

O‘quvchilarga quyidagicha topshiriqlar beriladi:

-

paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling;

-

bir-biringizdan so‘rang va o‘quv materiallarini har biringiz tushinib olganingizga

ishonch hosil qiling;

-

o‘z uyingiz guruhini o‘qitish zarurligini hisobga olib materiallarning muhim o‘quv

elementlariga e’tiborni qarating.

9.

O‘quvchilar o‘z uylariga qaytishlarini iltimos qiling. Har biri

o‘z “uyi” –

guruhiga axborot beradi. Shaksiz, “uy” guruhida ekspert guruhlaridan bittadan

o‘quvchi

bo‘lishi shart. O‘quvchi o‘rganib kelgan materiallarni o‘z guruhi o‘quvchilariga o‘rgatish

javobgarligini bo‘yniga olish lozim. Bu jarayon o‘quv materiallarining

o‘zlashtirish

zarurligiga qarab yana bir soat davom etishi mumkin.

10.

O‘quvchilar bir-birlaridan axborotlarni o‘rganishib bo‘lishgach, o‘qituvchi

oldindan rejalashtirgan faoliyat turini o‘tkazishi mumkin.

Shunday qilib, yuqoridagi interfaol metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish asosida

ta’lim samaradorligini oshirish va ta’lim jarayoniga texnologik yondashish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduraimova . M. Ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini ko‘makchili birikmalar bilan

boyitish. Toshkent : « O‘qituvchi », 1985-y.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

600

2. A’lamova. M.G. Do‘stxo‘jayeva N. O‘quvchilarning yozma nutqini

rivojlantirishda

bayonning ahamiyati. Ta’lim bo‘g‘inlarida ona tili o‘qitish mazmunini yangilash asoslari, 26-27

- bet.
3. Baqaxonova Sh. So‘z yasalishi darslarini o‘tishda o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.

Ta’lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. Toshkent: «O‘qituvchi», 46-bet.
4. Begmatova X. Hadislar, hikmatli so‘zlar va o‘yinlar orqali nutq o‘stirish. Ta’lim jarayonida

so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. Toshkent: «O‘qituvchi», 1995, 46-bet.
5. Muhiddinova X. Fe`l shakllarini o‘rganishda o‘quvchilarni nutqini o‘stirish. Maktabda o‘zbek

tili va adabiyot o‘qitishni takomillashtirish masalalari to‘plami. O‘z PFITI. Toshkent, 1982-y.
6. Nizomov T. Tarixiy atamalar vositasida o‘quvchilar nutqini o‘stirish. Ta`lim jarayonida so‘z

boyligini oshirishning asosiy omillari. T.: «O‘qituvchi», 73- bet.
7. Ravshanov M. Ona tili darslarida sistem - semantik mashqlar bajarish jarayonida o‘quvchilar

nutqini ostirish. Ta`lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. Toshkent:

«O‘qituvchi », 76-77- bet.
8. Sayfullayev A.R Ona tili darslarida nutq o‘stirish / 5-sinf materiali asosida/ metodik

qo‘llanma. Toshkent – 1998-y.
9. Ta’lim bo‘g‘inlarida ona tili o‘qitish mazmunini yangilash asoslari. O‘zbek tili doimiy

anjumani ikkinchi yig‘inining tezislari. Qarshi - 1993.
10. Ta`lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. O‘zbek tili doimiy anjumani

uchinchi yig‘inining tezislari. Jizzax-1995.

Библиографические ссылки

Abduraimova . M. Ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini ko‘makchili birikmalar bilan boyitish. Toshkent : « O‘qituvchi », 1985-y.

A’lamova. M.G. Do‘stxo‘jayeva N. O‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda bayonning ahamiyati. Ta’lim bo‘g‘inlarida ona tili o‘qitish mazmunini yangilash asoslari, 26-27 - bet.

Baqaxonova Sh. So‘z yasalishi darslarini o‘tishda o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish. Ta’lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. Toshkent: «O‘qituvchi», 46-bet.

Begmatova X. Hadislar, hikmatli so‘zlar va o‘yinlar orqali nutq o‘stirish. Ta’lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. Toshkent: «O‘qituvchi», 1995, 46-bet.

Muhiddinova X. Fe`l shakllarini o‘rganishda o‘quvchilarni nutqini o‘stirish. Maktabda o‘zbek tili va adabiyot o‘qitishni takomillashtirish masalalari to‘plami. O‘z PFITI. Toshkent, 1982-y.

Nizomov T. Tarixiy atamalar vositasida o‘quvchilar nutqini o‘stirish. Ta`lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. T.: «O‘qituvchi», 73- bet.

Ravshanov M. Ona tili darslarida sistem - semantik mashqlar bajarish jarayonida o‘quvchilar nutqini ostirish. Ta`lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. Toshkent: «O‘qituvchi », 76-77- bet.

Sayfullayev A.R Ona tili darslarida nutq o‘stirish / 5-sinf materiali asosida/ metodik qo‘llanma. Toshkent – 1998-y.

Ta’lim bo‘g‘inlarida ona tili o‘qitish mazmunini yangilash asoslari. O‘zbek tili doimiy anjumani ikkinchi yig‘inining tezislari. Qarshi - 1993.

Ta`lim jarayonida so‘z boyligini oshirishning asosiy omillari. O‘zbek tili doimiy anjumani uchinchi yig‘inining tezislari. Jizzax-1995.