Авторы

  • Isomidinova Mohizarxon G‘ofurjon qizi
    O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107400

Ключевые слова:

Barqaror rivojlanish xorijiy investitsiyalar iqtisodiy nazariyalar ekologik muvozanat innovatsiyalar iqtisodiy maktablar.

Аннотация

Maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanish va xorijiy investitsiyalar o‘rtasidagi nazariy va amaliy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Turli iqtisodiy maktablar va mahalliy olimlar qarashlari asosida barqarorlikni ta’minlashdagi investitsiyalarning roli yoritiladi.

 


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

679

Isomidinova Mohizarxon G‘ofurjon qizi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassisligi magistranti

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY

YONDASHUVLAR

Annotatsiya:

Maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanish va xorijiy investitsiyalar o‘rtasidagi

nazariy va amaliy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Turli iqtisodiy maktablar va mahalliy olimlar

qarashlari asosida barqarorlikni ta’minlashdagi investitsiyalarning roli yoritiladi.

Аннотация:

В статье анализируется связь между устойчивым экономическим развитием и

иностранными инвестициями. Раскрываются взгляды различных экономических школ и

местных учёных на роль инвестиций в устойчивости.

Abstract:

The article analyzes the link between sustainable economic development and foreign

investment, highlighting the role of investments through different economic theories and local

expert perspectives.

Kalit so‘zlar:

Barqaror rivojlanish, xorijiy investitsiyalar, iqtisodiy nazariyalar, ekologik

muvozanat, innovatsiyalar, iqtisodiy maktablar.

Ключевые слова

: Устойчивое развитие, иностранные инвестиции, экономические теории,

экологическое равновесие, инновации, экономические школы.

Keywords:

Sustainable development, foreign investment, economic theories, ecological balance,

innovation, economic schools.

Barqaror rivojlanish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻrtasidagi bogʻliqlik barqaror

rivojlanish maqsadlarini joriy etish orqali qayta tiklandi. Biroq, rivojlanish va investitsiyalar

o‘rtasidagi bog‘liqlik bir necha o‘n yillar oldin paydo bo‘lgan.

2019-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlarisammitida “Barqaror

rivojlanish uchun oʻn yillik harakatlar va yetkazib berish” orqali barqaror rivojlanish

maqsadlariga erishishni tezlashtirish boʻyicha deklaratsiyani qabul qildi.

1

BMT va uning

O‘zbekistonda “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga erishish ustida ish olib borilmoqda:

O‘zbekiston va butun dunyo aholisi duch kelayotgan asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan

17 ta o‘zaro bog‘liq va ulkan maqsaddan iborat. O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi

global kun tartibida qo‘yilgan vazifalarni bajarish va “Barqaror rivojlanish maqsadlari”

sohasidagi 16 ta milliy maqsadga erishish uchun ko‘plab manfaatdor tomonlar ishtirokidagi

sheriklikka keng qamrovli yondashuvga sodiq ekanini tasdiqladi.

Mamlakatimiz ijtimoiy– iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy rivojlanish

strategiyasining bosh masalasi bo‘lib, barqaror va jadal sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishni

ta’minlash hisoblanadi.

Respublika iqtisodiy taraqqiyoti juda serqirra jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga iqtisodiy o‘sish, aholi

1

United Nations, ‘Political declaration of the high-level political forum on sustainable development convened under

the auspices of the General Assembly’, New York, 2020, https://undocs.org/en/A/RES/74/4 (09.04.2020)


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

680

turmush

faravonligi,

iqtisodiyotdagi

tarkibiy

o‘zgarishlar

va

shart-sharoitlarining

takomillashuvini oladi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida

iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi qabul qilingan.

Iqtisodiy o‘sish – bu jamiyat aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi

yoxud yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga hisoblangan miqdori bilan ifodalanadi.

Barqaror iqtisodiy o‘sish – bu milliy iqtisodiyotda barqaror narxlar darajasi, ishsizlikning past

darajasi, milliy valyutaning barqarorligi, kapitalni erkin harakati, uzoq muddatli davrda

inflyatsiyaning past darajasida davlat tomonidan investitsiya va jamg’armalarni oshirishga

sharoit yaratishdir.

Barqaror rivojlanish – bu jamiyat a’zolarining o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondira olish

imkoniyatlarini xavf ostida qoldirmagan holda, bugungi kun ehtiyojlarining qondirilishi

tushuniladi.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyot – bu iqtisodiy o‘sishni, ijtimoiy rivojlanishni va ekologik holatni

yaxshilashni birgalikda ta’minlaydigan, kelajak avlodning ehtiyojlarini qondirmasdan hozirgi

avlodning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan rivojlanishdir.
Boshqacha qilib aytganda, barqaror iqtisodiy taraqqiyot – bu iqtisodiy rivojlanishning shunday

turi bo‘lib, u kelajak avlodning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini kamaytirmay, hozirgi

avlodning ehtiyojlarini qondiradi. Bu rivojlanishning uchta asosiy qismi bor: iqtisodiy, ijtimoiy

va ekologik; bu tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birga aholi ehtiyojlarini

qondirishga qaratilgan iqtisodiy rivojlanishdir. U ushbu resurslarni kelajak avlodlar uchun ochiq

bo‘lishini ta’minlash uchun monitoring va boshqarishni o‘z ichiga oladi. Bu narx bosimini

keltirib chiqarmaydigan, resurslarni kamaytirmaydigan va atrof-muhitga jiddiy zarar

yetkazmaydigan iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlab qolish demakdir.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyot iqtisodiy o‘sish jarayonining uzoq muddatli, ijtimoiy va ekologik

jihatdan muvozanatli bo‘lishini anglatadi. Ushbu tushuncha BMT tomonidan Brundtland

komissiyasining 1987-yilda chop etilgan “Bizning umumiy kelajagimiz” (Our Common Future)

hisobotida keng yoritilgan. Hisobotga ko‘ra, barqaror taraqqiyot kelajak avlodlarning

ehtiyojlarini xavf ostiga qo‘ymagan holda hozirgi avlodning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidir.

1-rasm. Barqaror rivojlanish asosiy yo‘nalishlari.2

Barqaror rivojlanishning uchta asosiy yo‘nalishi mavjud ( 1-rasm):
Atrof-muhit: Ilgari barqarorlikning asosiy sababi deb hisoblangan ekologik muammolar endi

korporativ dunyoga integratsiyalashgan.
Iqtisodiy: Bu barqaror amaliyotlar, texnologiya va daromad keltiradigan faoliyatni birlashtirishi

mumkin.

2

Muallif tomonidan tuzilgan

Barqaror rivojlanish

Ekologik

Iqtisodiy

Ijtimoiy


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

681

Ijtimoiy: Bu sog‘liq, ta’lim va hayot sifatiga qaratilgan.
Hozirgi kunda jahonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholi

daromadlarini oshirishda qulay investitsion muhit va investitsion faollikning ahamiyati, asosiy

kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va investitsiyalardan

foydalanish samaradorligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish

determinantlarini baholash, investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari, fiskal va moliyaviy

rag‘batlantirish instrumentlarining samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot

ishlariga ustuvor darajada e‘tibor qaratilmoqda.
Iqtisodiy o‘sish xalq boyligining vaqt o‘tishi bilan ortib borishi jarayoni sifatida tavsiflanadi.

Iqtisodiy nazariya kontekstida bu odatda vaqt o‘tishi bilan boylikning o‘sishiga ishora qiladi.

o‘sishni eng yaxshi transformatsiya jarayoni deb ta’riflash mumkin.3 Iqtisodiyot allaqachon

zamonaviy va sanoatlashganmi yoki rivojlanishning oldingi bosqichidami, o‘sish jarayoni

notekis va muvozanatsiz ekanligi aniqlandi. “Iqtisodiy o‘sish” atamasi aholi jon boshiga

daromad allaqachon ortib borayotgan iqtisodiyotni anglatadi.

Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi sifatni yaxshilash, xavflarni kamaytirish, innovatsiyalar va

tadbirkorlikka qaratilgan bo‘lib, bu iqtisodiyotni yuqori o‘sish traektoriyasiga olib keladi.

Iqtisodiy rivojlanish institutlar, ijtimoiy kapital, mehnat va kapital harakatchanligi, daromad va

boylik tengligi bilan bog‘liq.

4

Bir qator iqtisodchilar “iqtisodiy o‘sish– aholi jon boshiga mamlakatda yaratilgan YaIM

hajmining oldingi yilga nisbatan o‘sishi orqali o‘z ifodasini topadi5 ”. Ularning fikricha,

iqtisodiy o‘sish shartlari sifatida quyidagilar: ya’ni joriy yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki

mahsulot (YaIM) avvalgi yilga nisbatan ko‘proq bo‘lishini, YaIMni o‘sish sur’ati aholi o‘sish

sur‟atidan yuqori bo‘lishini,

ya’ni kishi boshiga ishlab chiqarilgan YaIMni ko‘payishini ko‘rsatgan. Zamonaviy iqtisodiyot

nazariyasi lug„atida “barqaror iqtisodiy o‘sish– bu milliy iqtisodiyotni salbiy yoki nolga teng

bo‘lgan real o‘zgaruvchan mezon va ko‘rsatkichlar uzluksiz mutanosib sur’atda o‘sishiga6

1- jadval.

Barqaror iqtisodiy taraqqiyot tushunchasi nazariy yondashuvlari7

Yo‘nalish

Olimlar

Asosiy g‘oyalar

Barqaror

taraqqiyotga

ta’siri

Klassik

Adam Smith, David

Ricardo,

Thomas

Malthus

Bozor erkinligi, nisbiy

afzalliklar,

resurslar

cheklanganligi

Bozor muvozanati orqali

samaradorlik,

ekologik

tahdidga e’tibor

Neoklassik

Alfred

Marshall,

Leon Walras, Robert Narxlar

muvozanati, Innovatsiya va texnologiya

3 Cornwall, T. H. D. (2018). Essays in political economy (Doctoral dissertation, University of British Columbia).

4

Feldman, M., Hadjimichael, T., Lanahan, L., & Kemeny, T. (2016). The logic of economic development: A

definition and model for investment.

Environment and Planning C: Government and Policy

,

34

(1), 5-21.

5 Набихужаев А., Шеров Ю., Султонов П. Макроиктисодий барқарорлик кўрсаткичлари ва уларнинг

Ўзбекистондаги динамикаси. // Иқтисод ва молия.-№2 , -135 б.

6 Словарь современной экономической теории Макмиллана – Москва,1997. -с. 471.

7

Muallif tomonidan tuzilgan


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

682

Yo‘nalish

Olimlar

Asosiy g‘oyalar

Barqaror

taraqqiyotga

ta’siri

Solow

texnologik o‘sish

asosida barqaror o‘sish

Keynschilar

J.M.

Keynes,

Samuelson, Minsky

Davlat

aralashuvi,

fiskal/monetar siyosat

Iqtisodiy

beqarorlikni

yumshatish orqali barqarorlik

Ekologik

Herman Daly

Cheklangan

resurslar,

ekologik chegaralar

Barqarorlik

va

ekologik

muvozanatni birinchi o‘ringa

qo‘yish

Institutsional Jean Tirole, Joseph

Schumpeter

Korporativ

boshqaruv,

innovatsiyalar

Innovatsiya

va

ishonchli

muhit

orqali

barqaror

rivojlanish

MDH

&

O‘zbekiston

Maevskiy,

Bogomolov,

Madxarimov

Innovatsiyalar,

hududiy

rivojlanish

Ichki

imkoniyatlardan

foydalanish,

investitsiya

siyosati

Iqtisodiy rivojlanish tarixida turli nazariyalar va yondashuvlar shakllangan bo‘lib, har bir maktab

o‘z davrining iqtisodiy muammolariga yechim taklif qilgan. Quyida klassik, neoklassik, keynsian

va boshqa zamonaviy yondashuvlar asosida shakllangan iqtisodiy fikrlar hamda ularning

barqaror rivojlanish konsepsiyasiga qo‘shgan hissasi tahlil qilamiz.

Klassik iqtisodiy maktab vakillari. Klassik maktabning asoschisi sifatida tanilgan Adam Smith

(1723–1790) iqtisodiy erkinlik va bozor mexanizmining tabiiy harakatiga ishonch bildirgan.

Uning “Millatlar boyligi” asarida ilgari surilgan “ko‘rinmas qo‘l” nazariyasi bozor kuchlarining

muvozanatli ishlashi orqali resurslar samarali taqsimlanishini ta’minlashini asoslaydi. Smithning

g‘oyalari erkin savdo va raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy o‘sishning barqaror

bo‘lishini ko‘rsatadi.8

David Ricardo (1772–1823) esa nisbiy afzalliklar nazariyasini ishlab chiqqan. U xalqaro

savdoning har bir ishtirokchi uchun foydali bo‘lishini asoslab, ixtisoslashuv orqali resurslardan

maksimal darajada samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatgan. Ricardo qarashlari bugungi

kunda ham xalqaro iqtisodiy aloqalarda barqarorlikni ta’minlovchi muhim nazariy

asoslardandir.9

Klassik iqtisodchilardan yana biri, Thomas Malthus (1766–1834), aholining haddan tashqari

o‘sishini resurslarga bo‘lgan bosim bilan izohlab, cheklangan tabiiy resurslar barqaror

rivojlanishga tahdid solishini ta’kidlagan. Uning qarashlari ekologik barqarorlik masalalarining

dastlabki nazariy asoslarini bergan.10

Neoklassik iqtisodiy maktab vakillari. XIX asr oxiridan boshlab neoklassik maktab vakillari

mikroiqtisodiy yondashuvlarni chuqurlashtirib, bozor kuchlarining ichki muvozanatini

modellashtirishga e’tibor qaratdilar. Alfred Marshall (1842–1924) talab va taklif asosida narx

8 Adam, S. (2016). The wealth of nations. Aegitas.

9 Ruffin, R. (2002). David Ricardo's discovery of comparative advantage. History of political economy, 34(4), 727-

748.

10 Malthus, T. (2005). The theory of population. Sustainability: Sustainability, 1, 23.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

683

muvozanati hosil bo‘lishini tahlil qilib, mikroiqtisodiyot asoslarini yaratdi. Bu esa barqaror bozor

tizimi orqali ekologik va iqtisodiy barqarorlikni tushunishga yordam berdi. 11

Leon Walras (1834–1910) o‘zining umumiy muvozanat nazariyasi orqali barcha bozorlarda

o‘zaro bog‘liqlik asosida muvozanat holatini matematik modellashga harakat qildi. Bu

yondashuv resurslarning optimal taqsimlanishini ta’minlash orqali iqtisodiy tizimda

barqarorlikka erishish imkonini beradi.12

Robert Solow (1924–2010) esa iqtisodiy o‘sishda texnologik taraqqiyot va kapital

akkumulyatsiyasining rolini ochib berdi. Solow modeli barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim

omili sifatida innovatsiyalar va bilim kapitaliga urg‘u beradi.13

Keynschilar va post-Keynschilar. XX asrda yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozlar fonida John

Maynard Keynes (1883–1946) davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligini ilgari surdi. U

“Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarida iqtisodiy beqarorlik holatlarida davlat

siyosati muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Keynesning g‘oyalari makroiqtisodiy barqarorlikni

ta’minlashda asosiy yondashuvga aylandi.14

Keynsiy paradigmasini zamonaviylashtirgan Pol Samuelson va Hyman Minsky15 kabi post-

Keynschilar esa davlat aralashuvi, fiskal va monetar siyosat vositalari orqali barqarorlikni

saqlashning murakkab jihatlarini rivojlantirdilar. Ayniqsa, Minsky tomonidan ishlab chiqilgan

“Minsky momenti” moliyaviy bozorlar beqarorligining iqtisodiy tizimga ta’sirini ochib berdi va

moliyaviy barqarorlik konsepsiyasini ilgari surdi.16

Institutsional va ekologik yondashuvlar olimlari. Joseph Schumpeter (1883–1950)

innovatsiyalarni iqtisodiy o‘sishning muhim omili sifatida ko‘rib chiqdi. U “ijodiy

vayronagarchilik“ g‘oyasini ilgari surib, texnologik yangilanish va tadbirkorlik faoliyati orqali

iqtisodiyotda barqaror rivojlanish mexanizmlari mavjudligini asoslab berdi. 17

Herman Daly (1938–2022) ekologik iqtisodiyotga oid ishlari bilan mashhur. U “barqaror davlat

iqtisodiyoti” modelini ilgari surib, cheklangan resurslar va ekologik cheklovlar sharoitida

iqtisodiy o‘sish emas, balki barqarorlik va ekologik muvozanatni saqlash lozimligini ta’kidlagan.

Daly g‘oyalari hozirgi barqaror rivojlanish nazariyalarining asosini tashkil etadi.18

Deylining fikriga ko‘ra, “Barqaror iqtisodiyot cheksiz o‘sishga emas, balki mavjud resurslar va

ekologik chegaralar doirasida hayotni barqaror saqlashga qaratilgan tizimdir”.Uning nazarida

iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik uyg‘unlashishi kerak, aks holda ijtimoiy va ekologik

inqirozlar kuchayadi.

Yangi institutsional maktab. Fransuz iqtisodchisi Jean Tirole (1953–hozirgacha) tomonidan

ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv, bozorlarni tartibga solish va raqobat nazariyalari, 2014-

yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.19 U iqtisodiy barqarorlik uchun korporativ boshqaruv

11 Marshall, A. (2024). ‘The Pure Theory of Domestic Values’(1879). In The Foundations of Price Theory Vol

3 (pp. 113-152). Routledge.

12 Misaki, K. (2023). Léon Walras’s Economic Thought: The General Equilibrium Theory in Historical Perspective.

Taylor & Francis.

13 Solow, R. M. (2016). Resources and economic growth. The American Economist, 61(1), 52-60.

14 Dillard, D. (2018). The economics of John Maynard Keynes: The theory of a monetary economy. Pickle Partners

Publishing.

15 Minsky Ph D, H. P. (1992). Stabilizing an Unstable Economy: Testing the Institutional Structure.

16

Samuelson, P. A. (2022). Marxian economics as economics. In

Marxism

(pp. 235-239). Routledge.

17 Schumpeter, J. A. (2000). Entrepreneurship as innovation. University of Illinois at Urbana-Champaign's

Academy for Entrepreneurial Leadership Historical Research Reference in Entrepreneurship.

18 Daly, H. E. (2006). Sustainable development—definitions, principles, policies. In The future of sustainability (pp.

39-53). Dordrecht: Springer Netherlands.

19 Tirole, J. (2010). The theory of corporate finance. Princeton university press.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

684

tizimining shaffofligi muhimligini ta’kidlaydi20. Yangi institutsional maktab vakillari

institutsional muhit, qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvining sifatiga alohida e’tibor beradilar.

Barqaror iqtisodiyot – doimiy boylik (kapital) va doimiy aholi iqtisodiyoti. Aslida, bunday

iqtisodiyot vaqt o‘tishi bilan o‘smaydi deydi Georgescu-Roegen

21

.

MDH

iqtisodchilari. Vladimir Maevskiy davlatning innovatsion siyosatini asoslab, uning

barqaror iqtisodiy rivojlanishdagi rolini yoritib berdi. U innovatsiyalar orqali samaradorlik va

raqobatbardoshlikni oshirishni taklif qilgan.22

Oleg Bogomolov (1930–2009) esa investitsion strategiyalar orqali iqtisodiy o‘sishga erishish

yo‘llarini izlagan. U xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni sobiq SSSR iqtisodiyotini

modernizatsiya qilish vositasi sifatida ko‘rgan.23
O‘zbekistonlik iqtisodchi U.A. Madxarimov mahalliy sharoitda iqtisodiy o‘sish va ishlab

chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. U iqtisodiy siyosatni

hududiy imkoniyatlar va mavjud resurslardan kelib chiqib yuritish zarurligini ko‘rsatgan.24 U

“iqtisodiy o‘sish jamiyat taraqqiyoti yo‘lini, uning rivojlanish darajasini, tovar va xizmatlar

miqdorini o‘sishi hamda o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi, ...jamiyatda iqtisodiy o‘sish natijasida

takror ishlab chiqarish ortadi, ishlab chiqarish kuchlari ko‘payadi.” deb hisoblaydi
Barqaror iqtisodiy nazariyalar zamonaviy global muammolarni hal qilishda, xususan,

iqtisodiy o‘sish va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda

muhim rol o‘ynaydi. Ushbu nazariyalar asosida resurslardan samarali foydalanish, yashil

texnologiyalarni joriy etish va uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash strategiyalari

ishlab chiqiladi.
Barqaror rivojlanishga oid nazariy yondashuvlar investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini

ishlab chiqishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Klassik va neoklassik

maktablarning iqtisodiy samaradorlikka qaratilgan yondashuvi, ekologik maktabning resurs

cheklovlarini hisobga olgan modeli va institutsional maktabning boshqaruvga urg‘u bergan

yondashuvi zamonaviy barqaror iqtisodiy siyosatga mos keladi. O‘zbekiston sharoitida

investitsiyalarni jalb qilishda hududiy resurslardan samarali foydalanish, innovatsiyalarni

rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. United Nations, ‘Political declaration of the high-level political forum on sustainable

development convened under the auspices of the General Assembly’, New York, 2020,

https://undocs.org/en/A/RES/74/4 (09.04.2020)

2. Cornwall, T. H. D. (2018). Essays in political economy (Doctoral dissertation, University of

British Columbia).

20

Tirole, J. (2023). Competition and the industrial challenge for the digital age.

Annual Review of Economics

,

15

(1),

573-605.

21

Georgescu-Roegen, N. (1975). Energy and economic myths.

Southern economic journal

, 347-381.

22 Маевский, В. И. (1997). Введение в эволюционную макроэкономику.

23 Богомолов, О. Т. (2003). Сложный путь интеграции России в мировую экономику. Проблемы

прогнозирования, (2), 1-16.

24 Madrahimov, U. A. (2015). Sustainable economic growth: Increase efficiency and ensure the continuity and

quality. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research, 4(6), 25-37.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 1, April 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

685

3. Feldman, M., Hadjimichael, T., Lanahan, L., & Kemeny, T. (2016). The logic of economic

development: A definition and model for investment. Environment and Planning C:

Government and Policy, 34(1), 5-21.

4. Набихужаев А., Шеров Ю., Султонов П. Макроиктисодий барқарорлик кўрсаткичлари

ва уларнинг

5. Adam, S. (2016). The wealth of nations. Aegitas.

6. Ruffin, R. (2002). David Ricardo's discovery of comparative advantage. History of political

economy, 34(4), 727-748.

7. Malthus, T. (2005). The theory of population. Sustainability: Sustainability, 1, 23.

8. Marshall, A. (2024). ‘The Pure Theory of Domestic Values’(1879). In The Foundations of

Price Theory Vol 3 (pp. 113-152). Routledge.

9. Misaki, K. (2023). Léon Walras’s Economic Thought: The General Equilibrium Theory in

Historical Perspective. Taylor & Francis.

10. Solow, R. M. (2016). Resources and economic growth. The American Economist, 61(1), 52-

60.

11. Dillard, D. (2018). The economics of John Maynard Keynes: The theory of a monetary

economy. Pickle Partners Publishing.

12. Minsky Ph D, H. P. (1992). Stabilizing an Unstable Economy: Testing the Institutional

Structure.

13.

Samuelson, P. A. (2022). Marxian economics as economics. In Marxism (pp. 235-239).

Routledge.

14. Schumpeter, J. A. (2000). Entrepreneurship as innovation. University of Illinois at Urbana-

Champaign's Academy for Entrepreneurial Leadership Historical Research Reference in

Entrepreneurship.

15. Daly, H. E. (2006). Sustainable development—definitions, principles, policies. In The future

of sustainability (pp. 39-53). Dordrecht: Springer Netherlands.

16. Tirole, J. (2010). The theory of corporate finance. Princeton university press.

17. Georgescu-Roegen, N. (1975). Energy and economic myths. Southern economic journal,

347-381.

18. Маевский, В. И. (1997). Введение в эволюционную макроэкономику.

19. Богомолов, О. Т. (2003). Сложный путь интеграции России в мировую

экономику. Проблемы прогнозирования, (2), 1-16.

20.

Madrahimov, U. A. (2017). Questions to ensure long-term sustainable economic growth in

Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 7(9), 51-57.

Библиографические ссылки

United Nations, ‘Political declaration of the high-level political forum on sustainable development convened under the auspices of the General Assembly’, New York, 2020, https://undocs.org/en/A/RES/74/4 (09.04.2020)

Cornwall, T. H. D. (2018). Essays in political economy (Doctoral dissertation, University of British Columbia).

Feldman, M., Hadjimichael, T., Lanahan, L., & Kemeny, T. (2016). The logic of economic development: A definition and model for investment. Environment and Planning C: Government and Policy, 34(1), 5-21.

Набихужаев А., Шеров Ю., Султонов П. Макроиктисодий барқарорлик кўрсаткичлари ва уларнинг

Adam, S. (2016). The wealth of nations. Aegitas.

Ruffin, R. (2002). David Ricardo's discovery of comparative advantage. History of political economy, 34(4), 727-748.

Malthus, T. (2005). The theory of population. Sustainability: Sustainability, 1, 23.

Marshall, A. (2024). ‘The Pure Theory of Domestic Values’(1879). In The Foundations of Price Theory Vol 3 (pp. 113-152). Routledge.

Misaki, K. (2023). Léon Walras’s Economic Thought: The General Equilibrium Theory in Historical Perspective. Taylor & Francis.

Solow, R. M. (2016). Resources and economic growth. The American Economist, 61(1), 52-60.

Dillard, D. (2018). The economics of John Maynard Keynes: The theory of a monetary economy. Pickle Partners Publishing.

Minsky Ph D, H. P. (1992). Stabilizing an Unstable Economy: Testing the Institutional Structure.

Samuelson, P. A. (2022). Marxian economics as economics. In Marxism (pp. 235-239). Routledge.

Schumpeter, J. A. (2000). Entrepreneurship as innovation. University of Illinois at Urbana-Champaign's Academy for Entrepreneurial Leadership Historical Research Reference in Entrepreneurship.

Daly, H. E. (2006). Sustainable development—definitions, principles, policies. In The future of sustainability (pp. 39-53). Dordrecht: Springer Netherlands.

Tirole, J. (2010). The theory of corporate finance. Princeton university press.

Georgescu-Roegen, N. (1975). Energy and economic myths. Southern economic journal, 347-381.

Маевский, В. И. (1997). Введение в эволюционную макроэкономику.

Богомолов, О. Т. (2003). Сложный путь интеграции России в мировую экономику. Проблемы прогнозирования, (2), 1-16.

Madrahimov, U. A. (2017). Questions to ensure long-term sustainable economic growth in Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 7(9), 51-57.