INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
667
Butunov Dilmurod Baxodirovich
Toshkent davlat transport universiteti professori, PhD, professor
Toxirjonov Azizbek Murodjon o‘g‘li
Toshkent davlat transport universiteti magistratura MTLT-11r guruhi talabasi
Qutbiddinov Abdulaziz Qobil o‘g‘li
Toshkent davlat transport universiteti magistratura MTLT-11r guruhi talabasi
TOSHKENT METROPOLITENIDA YO‘LOVCHI OQIMLARINI BOSHQARISHNI
OPTIMALLASHTIRISHNING INNOVATSION YECHIMLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Toshkent metropoliteni tizimida yo‘lovchi oqimlari boshqaruvini
optimallashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlar taklif etilgan. So‘nggi yillarda Toshkentda
aholining tez o‘sishi, yangi turar-joy komplekslarining qurilishi va iqtisodiy faoliyatning ortishi
jamoat transportiga bo‘lgan talabni sezilarli darajada oshirdi. Maqolada metro tizimining
qiyinchiliklari, jumladan, poyezdlardagi gavjumlik, yo‘lovchilarni teng taqsimlashda yuzaga
keladigan muammolar va texnik xatoliklar, masalan, poezdlar nosozligi va ventilyatsiya
tizimidagi muammolar keltirilgan. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalarni, jumladan, ovozli
navigatsiya tizimlarini, vizual yo‘l-yo‘riq ko‘rsatkichlarini (polga yopishmalar) va infraqizil
sensorlar hamda vazn sensorlari yordamida yo‘lovchilar zichligini real vaqt rejimida monitoring
qilishni joriy etishni taklif etadi. Ushbu innovatsion yechimlar poyezdlar salohiyatidan samarali
foydalanish, stansiyalardagi gavjumlikni kamaytirish va metro xizmatlarining umumiy sifatini
oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Metropoliten, yo‘lovchi oqimlari, optimallashtirish, innovatsion yechim, gavjumlik,
raqamli boshqaruv.
Abstract:
This article proposes innovative solutions for optimizing passenger flow management
in the Tashkent metro system. In recent years, the rapid population growth in Tashkent, the
construction of new residential complexes and the increase in economic activity have
significantly increased the demand for public transport. The article presents the challenges of the
metro system, including overcrowding in trains, problems with the even distribution of
passengers, and technical failures, such as train malfunctions and problems with the ventilation
system. The study proposes the introduction of modern technologies, including voice navigation
systems, visual guidance indicators (floor stickers), and real-time monitoring of passenger
density using infrared sensors and weight sensors. These innovative solutions will help to
effectively use train capacity, reduce congestion at stations, and improve the overall quality of
metro services.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
668
Keywords:
Metro, passenger flows, optimization, innovative solution, congestion, digital
management.
1. KIRISH
Zamonaviy shaharlarda transport tizimining samaradorligi nafaqat ijtimoiy qulaylik, balki
iqtisodiy barqarorlikning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xususan, Toshkent shahrida
so‘nggi yillarda aholining jadal o‘sib borishi, yangi turarjoy hududlarining qurilishi va iqtisodiy
faollikning kuchayishi jamoat transportiga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Ushbu holat
jamoat transporti turlarining bir-biri bilan uyg‘unlashgan holda ishlashini ta’minlash hamda
yo‘lovchi oqimini samarali boshqarish zaruratini yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda Toshkent shahrida bir nechta jamoat transporti vositalari faoliyat yuritib
kelmoqda. Ular orasida avtomobil transporti aholining eng katta qismini qamrab oladi. Biroq,
tirbandliklar va ekologik yuklama kabi muammolar ushbu transport turining funksionalligini
cheklab qo‘ymoqda. Mikroavtobuslar qisqa masofali qatnovlar uchun qulay vosita bo‘lib xizmat
qilsa-da, ularning sig‘imi va xizmat sifati doimiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Taksi va onlayn
transport xizmatlari shaxsiy qulayliklar bilan ajralib turadi, biroq ommaviy transport talablari
nuqtai nazaridan yetarli darajada mos emas.
Shu o‘rinda, shahardagi eng samarali transport tizimlaridan biri bo‘lgan
Toshkent
metropoliteni
alohida e’tiborga loyiqdir. Metro o‘zining yuqori harakat tezligi, qatnov aniqligi,
xavfsizlik va ekologik tozaligi bilan boshqa transport vositalaridan ustun turadi. Bugungi kunda
metropoliten orqali umumiy jamoat transporti tizimidagi yo‘lovchilarning qariyb 25-30%
tashilmoqda [1]. Metro liniyalarining kengaytirilishi, yangi bekatlarning ochilishi natijasida
ushbu transport tarmog‘i aholining keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatmoqda.
Biroq, yo‘lovchi oqimlarining yetarlicha darajada to‘g‘ri boshqarilmasligi, ayrim
bekatlarda me’yordan ortiq gavjumlikning yuzaga kelishi, tig‘iz soatlarda yuklamaning
nomutonosib taqsimlanishi metropoliten tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu sababli, metroda yo‘lovchi oqimlarini optimallashtirish, zamonaviy texnologiyalar asosida
monitoring olib borish, raqamli boshqaruv algoritmlarini joriy etish dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
2. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Har qanday transport turida, jumladan metro orqali tashishlarni amalga oshirishda
sharoitlar yaratish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va rivojlantish bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar
amalga oshirilgan [2-4]. Tahlil qilingan barcha ishlarda yo‘lovchi tashishda yo‘lovchilarning
harakatlanish sharoitlarini yaxshilash, uning transport bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish
imkonini beradigan ko‘plab taklif va yechimlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Bajarilgan ishlarda yo‘lovchi tashishda xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan xizmat elastikligi
va qulayliklari, xizmatning texnik jihatdan yetarliligi va axborot qaytimi mavjudligi keltirib
o‘tilgan. Biroq, muayyan metropoliten yo‘nalishlari bo‘yicha aniq bir turdagi xizmatlar turlarini
taqdim etish va turli sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlar yetarli darajada bajarilmagan.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
669
Shu munosabat bilan mazkur ilmiy maqolada aynan Toshkent metropolitenida yo‘lovchi
oqimining boshqaruvi bilan bog‘liq masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish
bo‘yicha xorijiy tajribalar asosida samarali yechimlar ishlab chiqildi.
3. NATIJA VA MUHOKAMA
Ma’lumki so‘ngi yillarda Toshkent shahrida metropolitan liniyalari uzaytirilmoqda va
yangidan-yangi metro liniyalari qurilmoqda. Bu kabi tendensiyani Toshkent shahar aholisi va
mehmonlari sonining oshishi bilan ifodalash mumkin. Shuning uchun 2014-2035-yillar kesimida
Toshkent shahri aholisi va ichki migratsiya oqimining soni tahlil va prognoz qilindi (1-rasm).
1-rasm. Toshkent aholisi soni va ichki migratsiya oqimining o‘zgarish dinamikasi
Tahlil nanitajasidan (1-rasm) shuni ko‘rish mumkinki, 2014-yildan boshlab Toshkent
aholisi soni barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda. Bugungi kunga kelib uning soni
3.1 mln. ni tashkil etadi. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, 2035-yilga kelib shahar aholisi qariyb 1.6
barobarga oshishi kutilmoqda.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
670
2-rasm. Toshkent metropolitenida tashilgan va prognoz qilingan yo‘lovchilar soni (2018-
2030 yillar kesimida)
Shaharda kuzatilgan ijtimoiy sohalardagi rivojlanish ichki migratsiya hajmining sezilarli
darajada ortishiga sabab bo‘la oladi. Ayniqsa, 2020-yildan keyin ichki migratsiya keskin o‘sib,
2035-yilga kelib 4,5 mln. kishiga yetishi prognoz qilinmoqda. Aholining ushbu sur’atlarda
o‘sishi metropolitendagi yo‘lovchi oqimlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Xususan,
ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilda 270 mln. ga yetgan bo‘lsa 2030-yilga borib deyarli 1.5 barobarga
oshib 380 mln. ni tashkil qilishi kutilmoqda (2-rasm).
Bunday tendensiyadagi o‘sish shkalasi metropoliten tizimidagi qator kamchilik va texnik
muammolarni ham yuzaga chiqarmay qolmaydi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) vagonlarning me’yordan ortiq gavjumligi – avtomobil tirbandliklari tufayli ko‘plab odamlar
metroga o‘tmoqda, bu esa vagonlarda tiqilinchga olib kelmoqda;
2) texnik nosozliklar – yo‘lovchi oqimlarining ortishi poyezdlarning tez-tez buzilishiga va
harakat jadvalida kechikishlarga sabab bo‘lmoqda;
3) ventilatsiya va konditsioner tizimining yetishmovchiligi – vagonlardagi issiqlik va dim
havodan yo‘lovchilar shikoyat qilmoqda;
4) navigatsiya muammolari – yo‘lovchilar, ayniqsa shaharga tashrif buyuruvchilar, metroda yo‘l
topishda qiynalishadi;
5) mobil aloqa va internet sifati pastligi – metro bekatlarida signal sifati va internetga kirish
imkoniyati zaifligi.
Bu kabi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik yo‘lovchi oqimlarini to‘g’ri tashkil
qilish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun rivojlangan
mamlakatlar metropoliteni tizimi tajribalari asosida Toshkent metropoliteni bekatlari ish
faoliyatiga innovatsion g‘oyalarni tadbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Hozirda Toshkent metropolitenining
Buyuk ipak yo‘li, Chilonzor, Paxtakor, Alisher
Navoiy, Oybek kabi tayanch bekatlaridagi
doimiy ravishdagi yuqori yo‘lovchi oqimlari
qatnovi mavjud. Bunga yechim sifatida
yo‘nalishlar haqida ovozli ogohlantirishlar,
yo‘lovchilarni vagonlarga teng taqsimlash
orqali elektropoyezdning yo‘lovchi sig‘imidan
to‘liq foydalanish va yo‘nalishli yo‘l
ko‘rsatkichlardan foydalanish taklif etiladi.
Yo‘nalishlar
to‘g‘risida
ovozli
ogohlantirishlar
: hozirda mavjud bo‘lgan
barcha ovozli ogohlantirishlarni inkor etmagan
holda uning to‘ldiruvchisi sifatida ishlaydi.
Misol uchun, poyezd almashish bekatiga yaqinlashganida vagonlarda faqat yetib kelingan bekat
nomini aytish bilan chegaralanmay unga qo‘shimcha ravishda almashish qaysi tomon (o‘ng,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
671
chap yoki o‘rta)dan ekanligi to’g‘risida ham xabar berib, yo‘lovchilarni bekat platformasida
ortiqcha yo‘nalish qidirib qolib ketishining oldini oladi. Shuningdek, ushbu tizim poyezd
eshiklari ochilishidan oldin e’lon qilinishi orqali yo‘lovchilar o‘z yo‘nalishlarini oldindan
belgilab olishlari uchun qo‘shimcha vaqtga ega bo‘ladilar. Bu esa nafaqat yo‘lovchi oqimlarini
tezlashtirish, balki umumiy transport xizmatlarini yanada qulay va samarali qilishga xizmat
qiladi.
Yo‘nalishli yo‘l ko‘rsatkichlari (turli stikerlar):
navigatsiya uchun oyoq izlaridan
foydalanish – yerdagi izlar odamlarga, ayniqsa, tirbandlik yuqori joylarda harakatlanishda
yordam beradi. Ular kassalar, eskalatorlar, platformalarga boradigan va shaharga chiqish
yo’llarini ko’rsatadi hamda qayerda navbatda turish kerakligini yoki vagonga kirish joylarini
aniq ko’rsatadi. Poldagi stikerlar: o‘rnatish va almashtirish oson, turli xil rang va shakllarda
(qadam izlari kabi) mavjud (3-rasm) [5].
3-rasm. Yo‘nalishlarni ko‘rsatuvchi stikerlar
Yo‘lovchilarni vagonlarga teng taqsimlash:
mazkur muammoni zamonaviy
texnologiyalar asosida hal etish mumkin. Jumladan, har bir vagonga og‘irlikni o‘lchovchi
maxsus sensorlar va zichlik darajasini aniqlovchi datchiklarni o‘rnatish taklif etiladi. Ushbu
qurilmalar real vaqt rejimida har bir vagonning yuklama darajasini hisoblab, natijalarni kelgusi
bekatga uzatadi. Bekat platformalarida esa har bir vagonga to‘g‘ri keladigan joylarda LED
yorug‘lik lentasi o‘rnatiladi. Bu lentalar turli ranglarda yonib, yo‘lovchilarga vagonlardagi
gavjumlik holati haqida ma’lumot beradi:
Yashil –
vagon deyarli bo‘sh yoki gavjumlik
past;
Sariq –
gavjumlik o‘rtacha;
Qizil –
vagon haddan tashqari to‘la.
Shu tarzda, yo‘lovchilar vizual axborot
asosida
nisbatan
bo‘shroq
vagonlarga
yo‘nalishi
mumkin
bo‘ladi.
Bu
esa
poyezddagi
umumiy
yuklamani
teng
taqsimlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, taklif qilinayotgan tizim nafaqat hozirgi poyezd,
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
672
balki keyingi uchta poyezd haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi. Bu ma’lumotlar bekatlarda
o‘rnatilgan raqamli monitorlarga uzatiladi. Monitorlarda har bir poyezd bo‘yicha vagon
gavjumligi to‘g‘risidagi vizual axborot – grafiklar, rangli indikatorlar va belgilardan iborat
ko‘rinishda aks ettiriladi.
Bunday tizim yo‘lovchilarga ongli va samarali qaror qabul qilish imkonini yaratadi, umumiy
harakatni tashkil etishda esa aniqlik va samaradorlikni oshiradi. Natijada, yo‘lovchi oqimlari
ongli ravishda yo‘naltiriladi, vagonlar bo‘yicha yuklama bir maromda taqsimlanadi hamda
bekatlarda yuzaga keladigan tiqilinchlarning oldi olinadi (4-rasm). Mazkur yechim metropoliten
xizmatining sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yo‘lovchilarga
qulay va xavfsiz transport tizimini taqdim etishga xizmat qiladi.
4-rasm. Yo‘lovchilarni vagonlarga teng taqsimlash jarayoni
Tanlangan texnologiya: infraqizil sensorlar va vazn datchiklari (5-rasm):
Infraqizil
sensorlar (eshiklar yaqinida) – har bir vagonga kirib-chiqayotgan yoʻlovchilar sonini hisoblaydi
[6].
5-rasm. Infraqizil sensorlar va vazn datchiklari
Vazn sensorlari (pol ostida) (6-rasm) – vagonning umumiy vaznini oʻlchab, bandlik darajasini
baholaydi [7].
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
673
6-rasm. Vazn sensorlari ko‘rinishi
Maʼlumotlarni markaziy serverga uzatish – tahlil qilinadi va bekatdagi led lentasiga
uzatiladi [8].
Bu qanday ishlaydi?
Vagon eshiklariga sensorlar o‘rnatish: infraqizil sensorlar qancha odam kirib-
chiqayotganini aniqlaydi; sensorlar yorugʻlikka ta’sirchan emas va har qanday sharoitda ishlaydi.
Vagon ichidagi vazn sensorlari: har bir vagon poliga oʻrnatiladi; yoʻlovchilar tushganda va
chiqanda vazn oʻzgarishini qayd qiladi.
Maʼlumotlarni serverda qayta ishlash: har bir vagon bandligi tahlil qilinadi; sensorlar va
vazn oʻlchagichlardan olingan maʼlumotlar birlashtiriladi; maʼlumot ranglar bilan koʻrsatiladi
(masalan: yashil, sariq, qizil).
Maʼlumotlarni stansiyadagi LED chiroqlari bilan bekatda mavjud katta ekranli monitorlar
va televizorlarga uzatiladi.
XULOSA
Yo‘lovchi oqimlarini samarali boshqarish, metropoliten tizimida xizmat ko‘rsatish sifatini
yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash – bugungi kunda dolzarb bo‘lib kelayotgan muammolardan
biri hisoblanadi. Ushbu maqolada metropolitenning yuklama hamda yo‘nalishlarni aniqlash va
boshqarishda zamonaviy texnologiyalardan – ovozli navigatsiya tizimlari, vizual ko‘rsatgichlar
(poldagi stikerlar), vagon gavjumligini aniqlovchi sensorlar va LED yoritgich lentalari orqali
foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Taqdim etilgan yechimlar amaliy jihatdan
metropolitenda yo‘lovchi oqimlarini ongli ravishda yo‘naltirish, vagonlar bo‘yicha yuklamani bir
maromda taqsimlash, tirbandliklar va ortiqcha harakatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bu yechimlar yo‘lovchilarga o‘z yo‘nalishlarini oldindan belgilash va tezkor qaror
qabul qilish imkoniyatini berib, umumiy harakatlanish samaradorligini oshiradi.
Tadqiqotda ko‘rsatilgan yondashuvlar nafaqat metropoliten tizimining mavjud
infratuzilmasini takomillashtirish, balki istiqbolda intellektual transport tizimlariga o‘tish uchun
poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Taqdim etilgan takliflar innovatsion jihatdan yangilikka
ega bo‘lib, ularning bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi orqali jamoat transport
tizimining barqarorligi, qulayligi va xavfsizligi ta‘minlash imkoniyatlarini yaratadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
674
Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari ro‘yxati:
1. https://t.me/uzstataxborot
2. https://cyberleninka.ru/article/n/strukturno-vremennoy-analiz-passazhiropotoka-metropolitena
3. https://cyberleninka.ru/article/n/mashinnoe-obuchenie-dlya-analiza-passazhiropotoka-v-metro-
optimizatsiya-raboty-transporta-i-prognozirovanie-nagruzki
4. Parallel Multi-Graph Convolution Network For Metro Passenger Volume Prediction.
https://arxiv.org/abs/2109.00924
5. https://www.gdenakleiki.ru/
6. https://www.directindustry.com.ru/prod/eurotech/product-7026-1718629.html
7. https://embc.satu.kz/p93562007-vesovye-datchiki-tru.html
8. https://uzum.uz/ru/product/svetodiodnaya-lampa-napolnyj