INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
661
UO‘K 331.1
Toxtashev Elmurod Mirzoxid o‘g‘li,
Turgunov Ibrohimjon Mirzamahmud o‘g‘li
Qo‘qon Unversiteti Andijon filiali
Iqtisodiyot yo‘nalishi kunduzgi ta’lim 24/03-guruh talabalari
ANDIJON VILOYATIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN KLASTERLARNI MEHNAT
RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIK HOLATI VA TAHLILI
Annotatsiya:
Maqolaning dolzarbligi qishloq xo‘jaligi
tarmoqlari
integratsiyasini
rivojlantirishda mehnat resurslaridan samarali foydalanish masalalari hisoblanadi. Maqolada
Andijon viloyati klasterlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi
tahlili yoritilgan.
Annotatsiya:
Актуальность статьи заключается в эффективном использовании трудовых
ресурсов в развитии интеграции отраслей национальной экономики
.
В статье описан
анализ состояния обеспечения трудовыми ресурсами кластеров действующих в
Андижанской области.
Annotation:
The relevance of the article lies in the effective use of labor resources in the
development of integration of sectors of the national economy. The article describes an analysis
of the state of supply of labor resources to clusters operating in the Andijan region.
Kalit so‘zlar:
modernizatsiya, innovatsiya, ishlab chiqarish, klaster, kooperatsiya, mehnat
resurslari, unumdorlik
Ключевые слова:
модернизация, инновация, производство, кластер, кооперация,
трудовые ресурсы, производительность
Key words:
modernization, innovation, production, cluster, cooperation, labor resources,
productivity
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi, shuningdek oldimizdagi
qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish mehnat resurslaridan samarali foydalanishni
talab etadi. Mehnat resurslari esa, ma’lumki, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib,
boshqa resurslarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanish jarayonida mehnat resurslaridan
samarali foydlanish yo‘nalishlarini aniqlash, kelajakda mehnat samaradorlgini oshirishning
shart-sharoiti bo‘lib hisoblanadi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi mehnatga layoqatli mehnat resurslarini mehnat
salohiyati bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha qator muammo-lar mavjud.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarda bugungi
kun talablari darajasida kadrlar tayyorlash yetarlicha emas. Shuning uchun ham,
yaratilayotgan
yangi
ish
joylari
kadrlar
tayyorgarligi,
bilimi
o‘rtasida
nomutanosibliklar kelib chiqmoqda. Jumladan, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv
rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq
xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish ustuvor vazifa qilib
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
662
belgilangan.1
Andijon viloyati paxtachilik klasterlarining kerakli mehnat resurslari bilan etarli darajada
ta’minlanlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo‘lishi
mahsulot hajmining ko‘paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta
ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o‘z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar,
mashinalar, mexanizimlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot
ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar korxonalarning
mehnat resurslari bilan ta’min etilganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog‘liqdir.
Andijon viloyati paxtachilik klasterlarining mehnat resurslari ikkita asosiy tarkibiy qismdan
iborat bo‘lib, ular asisiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar va asosiy ishlab chiqarishda band
bo‘lmagan boshqaruv xodimlar hamda mutaxassislardan tashkil topgan.
Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlarning bilim
darajasi, yuqori kasbiy ko‘nikmalari va ish tajribalarini oshirish maqsadida korxonada doimiy
ravishda xodimlarni turli malaka oshirish kurslari o‘qitish, ularni kasbiy mahoratlarini oshirish
ishlari uzluksiz ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi rejani bajarilishi va dinamikasini tahlil
qilganda, shunday ko‘rsatkichlardan, chunonchi oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, korxonadagi
ishchi kadrlar tayyorlash tizimida ta’lim olayotgan, o‘z malakasini oshiriyotgan xodimlar soni va
foizi malakali mehnat bilan band bo‘lgan xodimlar foizi va hokazo ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Ijtimoiy malakaga doir ko‘rsatkichlar ishdan ozod bo‘lib qolgan xodimlar malakasini o‘zgartirish
va ishga joylashtirishni tashkil etishni ham aks ettirmog‘i lozim.
Mehnat resurslarini tahlil qilishning asosiy maqsadi korxonada brigadadan tortib birlashma va
tarmoqqacha bo‘lgan jamoalarda ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishning
asoslanganligini oshirishdan, uni boshqarishning takomilash-tirishdan iboratdir.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi toifalar va kasblar bo‘yicha xodimlaming
haqiqiy sonini reja ehtiyojlari bilan taqqoslash asosida aniqlanadi. Korxonaning eng muhim
kasblardagi kadrlar bilan ta’min etilishi tahlil qilishga alohida e’tibor beriladi. Mehnat resursslari
sifat tarkibini malaka bo‘yicha tahlil qilish ham zarur.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonada jami xodimlar soni 2021yilda 375 kishini tashkil
etib, shundan 266 nafari xotin-qizlarni, ularning ma’lumotdarajasi tahlil etilganda 46 nafari oliy
ma’lumotlilar, 191 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar va 138 nafari bilim yurti
kurslarini bitirganlarhisoblanadi (1-jadval).
1-jadval
Andijon viloyatidagi "Alyorteks" MChJ paxta-to‘qimachilik klasterlarining kadrlar sifat
tarkibi holati
Ko‘rsatkichlar
2020 yil
2021 yil
S
o
ni
F
o
i
z
i
So
ni
F
o
i
z
i
Jami xodimlar
350
100
375
100
1
28.01.2022 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekiston-ning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son qarori.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
663
Xotin-qizlar
255
72,8
266
70,8
Oliy ma’lumotlilar
38
10,8
46
12,3
O‘rta maxsus ma’lumotlilar
185
52,8
191
51,0
Bilim yurti kurslarini bitirganlar
127
36,4
138
36,7
30 yoshgacha bo‘lganlar
64
18,4
70
18,6
Ish staji bo‘yicha tizimda 3 yil va
undan ortiq ishlovchilar
193
55,2
200
53,4
Manba: Andijon viloyati "Alyorteks" MChJ paxtachilik klasterlarining statistik hisobot ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Ish staji bo‘yicha tizimda 3 yil va undan ortiq ishlovchilar 200 kishini tashkil etadi. Shuningdek,
30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 70 nafardan iborat bo‘lib, ishchi xodimlarning 18,6 %ni tashkil
qilgan.
Agar ishchilarning haqqiqiy o‘rtacha tarif razryadi ishlarning rejalashtirilgan va o‘rtacha tarif
razryadidan past bo‘lsa, uholda bu sifat pastroq mahsulotni ishlab chiqarishga olib kelishi
mumkin. agar ishchilarning o‘rtacha razryadi ishlarning o‘rtacha turif razryadlaridan yuqori
bo‘lsa, bunday holda ishchilardan kam malaka talab qilinadigan ishlarda foydalanilgani uchun
ularga qo‘shimcha haq to‘lash zarur bo‘ladi.
Mavjud ish kuchidan yanada to‘laroq foydalanishi, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab
chiqarishni jadallashtirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini
kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, ancha umumiyroq ishlab chiqarish taxnikasi
joriy etish, texnologiyani va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga
korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlashdagi keskinlikni bir muncha bartaraf etish mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarni o‘tkazish natijasida mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojni
qisqartirish rezervlari aniqlanishi lozim.
Qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga ishlab chiqarishni ko‘paytirish rezervlari bu
o‘rinlar soni bitta xodim hisobiga o‘rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga
ko‘paytirish bilan aniqlanadi.
Korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi rejani bajarilishi va dinamikasini tahlil
qilganda, shunday ko‘rsatkichlardan, chunonchi oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida,
korxonadagi ishchi kadrlar tayyorlash tizimida ta’lim olayotgan, o‘z malakasini oshiriyotgan
xodimlar soni va foizi malakali mehnat bilan band bo‘lgan xodimlar foizi va hokazo
ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Ijtimoiy malakaga doir ko‘rsatkichlar ishdan ozod bo‘lib qolgan
xodimlar malakasini o‘zgartirish va ishga joylashtirishni tashkil etishni ham aks ettirmog‘i lozim.
Xodimlar malakasini oshirish sohasidagi rejaning bajarilishi va oshib ado etilishi ulaming
mehnat unumdorligi ortirishiga yordam beradi va korxona faoliyatini ijobiy tomondan
ta’riflanadi.
Xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va ularning sog‘lig‘inimustahkamlash tadbirlariga baho
berish uchun qo‘yidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
ishchilarning sanitariya-maishiy xonalar bilan ta’min etilganligi;
mehnatning sanitariya-gigiena sharoitlari darajasi;
100 kishi hisobiga shikoyatlanish chastotasi darajasi;
kasb kasalliklariga ega bo‘lgan xodimlar foizi;
xodimlaming umumiy kasallanish foizi;
100 kishi hisobiga vaqtincha mehnatga layoqasizlik kunlar soni;
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS
ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293
Volume 11, issue 1, April 2025
https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR
worldly knowledge
Index:
google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.
https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG
https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X
664
sanatoriyalar, profilaktoriyalar, dam olish uylarida o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlagan,
turistik yo‘llanmalar bo‘yicha sayohat qilgan xodimlar va boshqalar foizi.
Xodimlar va ularning oila a’zolari ijtimoiy-madaniy va uy-joy-maishiy shart-sharoitlari
qo‘yidagi ko‘rsatkichlarni, chunonchi xodimlaming uy-joy bilan ta’min etilganligi, yangi uy-joy
qurilishi rejasining bajarilishi, ijtimoiy-madaniy va maishiy obektlar. bolalar yaslilari va
bog‘chalari, profilaktoriyalar, dam olish uylari qurilishi rejalarining bajarilishi, aholi
punktlarining obodonlashtirilishi, turar joy fondlarining kommunal qulayliklar (vodoprovod,
istish, kanalizasiya, gaz) va hokazolar bilan ta’minlanishi o‘z ichiga oladi.
Mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy himoya qilinishining masalalariga katta e’tibor beriladi,
ularning hal etilishi bozor munosabatlarining rivojalanishi munosabati bilan korxona tobora
ko‘proq yuulatiladi. Jamoa shartnomalarida belgilanadigan ijtimoiy himoyaning eng tipik
yo‘nalishlari – birinchi navbatda ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, korxona
xodimlarini bog‘-poliz uchastkalari bilan ta’minlash, uy-joy qurilishi uchun foizsiz ssudala
berish, pasaytirilgan narxlarda qurilish materiallari ajratish, yordamchi qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini arzon narxlarda sotish, davolanish uchun nafaqalar, yo‘llanmalar berish,
pensiyaga kuzatilganda, yubiley sanalarida, to‘ylarda, ta’tilga chiqqanda bir martalik nafaqalar
berish, qisman oziq-ovqat, yo‘l xarajatlarini to‘lash vahokazolardir.
Ishlab chiqarish potensialini qo‘llab-quvvatlash uchun korxonada texnikumlar, kollejlar,
maktablarni bitiruvchilar uchun ish o‘rinlarini saqlab turish muhimdir.
Tahlil qilish jarayonida jamoa shartnomasini uning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganib
chiqish, shuningdek asosiy ko‘rsatkichlarnirig dinamikasini hamumumiy yakun bo‘yicha, ham
har bir xodimga to‘g‘ri keladigan darajada o‘rganish zarur. To‘liq baho berish uchun korxona
bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkaziladi. Tahlil yakunida korxona xodimlarini ijtimoiy himoya
qilish darajasini oshirishga, ularning mehnat sharoitini, ijtimoiy-madaniy va uy-joy-maishiy
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muayyan tadbirlar ishlab chiqiladi, ular kelgusi yilga
mo‘ljallangan ijtimoiy rivojlantirish rejalarini va jamoa shartnomasini ishlab chiqarishda hisobga
olinadi.
Agar korxona o‘z faoliyatini kengaytirsa, ishlab chiqariladigan mahsulot quvvatlarini
kengaytirsa va yangi ish o‘rinlarini tashkil etsa, u holda mehnat resurslariga bo‘lgan qo‘shimcha
ehtiyojlarni toifalar va kasblar bo‘yicha aniqlash, ularni jalb qilish manbalarini topish kerak
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Abdurahmonov Q.X. “Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi”. Darslik.-T.: “Fan va
texnologiya”, 2012. 152 –b.
2. Abdurahmonov Q.X., Shoyusupova N.T. “Mehnat iqtisodiyoti: ijtimoiy mehnat
munosabatlari” Darslik. –T.:TDIU, 2011. – 692 b.
3. Abdurahmonov Q.X., Shoyusupova N.T. “Aholini ish bilan bandligi”. O‘quv qo‘llanma. – T.
2011. -384 b.