Advokatning intizomiy javobgarligi masalalari

CC BY f
29-34
41
12
Поделиться
Кодиралиев, С. (2022). Advokatning intizomiy javobgarligi masalalari. Сотрудничество ташкентского государственного юридического университета и палаты адвокатов в совершенствовании адвокатского института, 1(1), 29–34. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/improvement-law-institute/article/view/16667
С Кодиралиев, Ташкентский государственный юридический университет

независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Advokat o’z professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, o’ziga yuridik yordam so’rab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.


background image

29

бўлиш ёки белгиланган муддатда ва тартибда стажировка ўташи
мумкинлиги тўғрисида норма киритиш мақсадга мувофиқ
ҳисобланади.

Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда хулоса қилиш

мумкинки, қонунчиликка киритилиши таклиф этилаётган ўзгартиш
ва қўшимчалар, биринчи навбатда, малакали юридик ёрдам олиш
ҳуқуқининг кафолатланишига хизмат қилиши, иккинчи тарафдан
адвокат мақомига эга бўлишга талабгор шахсларга қўшимча
имконият яратиб бериши лозим деб ҳисоблаймиз.

Фойдаланилган адабиётлар:

1.

Неъматов, Жасур. "Определение статуса и особенностей

проведения допроса участника уголовного судопроизводства." in
Library 20.3 (2020): 57-58.

2.

Неъматов, Ж. "Уголовно-правовые проблемы борьбы с

организованной преступностью по законодательству Республики
Узбекистан." Российская юстиция 8 (2006): 64-66.

3.

Неъматов, Жасур, and Бектурсун Муродкосимов. "Судлар

фаолиятини

рақамлаштириш–Ўзбeкистоннинг

халқаро

рейтинглардаги ўрнини яхшилашга хизмат қилади." Актуальные
вопросы

и

перспективы

цифровизации

судебно-правовой

деятельности 1.01 (2022): 131-138

S.B.QODIRALIYEV

39

ADVOKATNING INTIZOMIY JAVOBGARLIGI MASALALARI

Advokat o’z professional faoliyatida amaldagi qonunchilik

talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va
advokat qasamyodiga rioya etishi, o’ziga yuridik yordam so’rab murojaat
etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari
hamda usullaridan foydalanishi shart.

Advokatning intizomiy javobgarligi - yuridik javobgarlik chorasi

bo’lib, u advokat tomonidan “Advokatura to’g’risida”gi qonunchilik

39

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi


background image

30

talablari, advokatlar professional etikasi qoidalari, advokatlik siri va
advokat qasamyodi buzilishining huquqiy oqibati sanaladi. O’zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksiga ko’ra, intizomiy javobgarlik bu
O’zbekiston Respublikasida o’z mehnat burchlarini qonunga muvofiq
ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor bo’lgan
xodimga ta’sir ko’rsatish vositasi hisoblanadi.

Advokat tomonidan “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunchilik

talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat
qasamyodi buzilganligi, unga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilishiga
sabab bo‘ladi. Intizomiy ish yuritish O’zbekiston Respublikasi Advokatlar
palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining yoki
O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka
komissiyasining

qarori bilan qo‘zg‘atiladi. Advokaturaga oid

qonunchilkka muvofiq uchta asosiy holatning yuzaga kelishi intizomiy
javobgarlik qo’zg’atilishiga asos bo’lishi mumkin: “Advokatura
to‘g‘risida”gi qonunchilikning, Advokatning kasb etikasi qoidalari,
advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan
buzilishi. Bunda ushbu holat Advokatlar palatasining hududiy
boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanishi lozim. Shuningdek,
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik
shaxslarning murojaatlari va sudning advokatga nisbatan chiqargan
xususiy ajrimi ikkinchi va uchinchi asoslar hisoblanadi. Intizomiy ish
yuritishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha advokatga nisbatan
ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan), litsenziyaning
amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish va litsenziyaning
amal qilishini tugatishintizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
Advokatda ushbu holatni erta bartaraf etish imkoni borki, unga ko’ra
malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat
intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni bergan shaxs bilan
yarashuv choralarini ko‘rishga haqli.

Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun

advokatga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq intizomiy
jazo choralarini qo‘llashga haqli. Advokatga nisbatan intizomiy jazo
nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan
keyin, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari
bo‘yicha esa, advokat tomonidan nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan
kundan e’tiboran ikki yil o‘tganidan keyin qo‘llanilishi mumkin emas.
Advokatlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxs O’zbekiston
Respublikasining “Advokatura to’g’risidagi” Qonuni talablarini va


background image

31

advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlarini buzsa ,
unga nisbatan intizomiy jazo qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud
bo’lib, bu ikki xil yo’sinda, ya’ni advokatga nisbatan malaka komissiyasi
tomonidan va advokat faoliyat ko’rsatayotgan advokatlar hay’ati yoki
firmasinig rahbariyati tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Advokatlar hay’ati va advokatlar firmasida faoliyat ko’rsatayotgan
advokatlarga nisbatan mazkur tashkilotlarning ustavida qayd qilingan va
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasida ko’zda
tutilgan intizomiy jazo choralar, ya’ni xayfsan e’lon qilish , o’rtacha oylik
ish haqqining 20 foizidan ortiq bo’lmagan (agar ustavda nazarda tutilgan
bo’lsa, 40 foizgacha) miqdorda jarima solish va mehnat shartnomasini
bekor qilish kabilar qo’llanilishi mumkin. Ushbu jazo choralarining
qo’llanilishi qonunga asosan malaka komissiyasi tomonidan ham
intizomiy javobgarlikka tortishga to’sqinlik qilmaydi. Advokatlik
byurosida faoliyat ko’rsatayotgan advokatga nisbatan intizomiy jazo
qo’llash tartibi advokatura faoliyatining boshqa tashkiliy shakllaridan farq
qiladi. Masalan, advokat yordamchisi , byuro kotibi , byuro hisobchisi va
advokatlik byurosida ishlayotgan boshqa xodimlarga nisbatan intizomiy
jazo chorasi ish beruvchi, ya’ni advokatlik byurosining ta’sischisi
tomonidan o’z ustavining talablaridan kelib chiqib, Mehnat kodeksiga
asosan qo’llanilishi mumkin. Malaka komissiyalarida advokatga nisbatan
intizomiy jazo choralarini qo’llash chog’ida malaka komissiyasining
hamraisi sodir etilgan nojo’ya harakatga izoh berish uchun advokatni
komissiya majlisiga taklif qiladi, lekin unga nisbatan intizomiy jazo
chorasini tayinlash yoki uni qo’llamaslik masalasi advokatning
ishtirokisiz, komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo’li bilan hal
qilinadi.

Malaka komissiyasi advokatga nisbatan uning advokatlik

litsenziyasini ma’lum muddatga to’xtatib turish yoki amal qilishni tugatish
haqida qaror qabul qilsa , ushbu qaror litsenziya bergan organga taqdim
etiladi va mazkur organning mansabdor shaxsi qarorni ijro etish yuzasidan
buyruq chiqaradi. Buyruq chiqarilgandan keyin mazkur shaxsning
advokatlik faoliyati tugaydi.

Intizomiy jazo belgilashda, ayniqsa, advokatlik faoliyati bilan

shug’ullanish huquqi litsenziyani bekor qilishda advokat tomonidan sodir
etilgan nojo’ya harakatining og’irlik darajasi va oqibatlari , advokatning
ilgarigi xulq-atvori va jamiyatda tutgan o’rni, advokatga nisbatan
intizomiy jazo qo’llashni so’rab shikoyat qilgan mijozning shaxsi va uning
advokat bilan munosabati kabilar inobatga olinadi.


background image

32

Litsenziyani bekor qilishda advokat tomonidan advokatning kasb

etikasi qoidalarini ilgari ham buzilganligi , intizomiy jazo chorasi sifatida
malaka komissiyasining qaroriga binoan advokat ogohlantirilganligi yo
litsenziyaning amal qilish muddati ma’lum muddatgacha to’xtatilganligi
yoki advokatlar firmasi yoxud hay’ati tomonidan o’z ustavlarida
ko’rsatilgan boshqa intizomiy jazo choralarining berilganligi kabi holatlar
aniqlanmog’i shart.

Qonun hujjatlarida advokat tomonidan jiddiy oqibatlarga sabab

bo’ladigan g’ayriqonuniy yoxud kasb-odobiga oid sodir etilgan qo’pol
harakatlar tavsifi ko’rsatilgan emas. Amaliyotda , quyidagi harakatlarni
advokat tomonidan sodir etilishini qonun hujjatlari talablarini qo’pol
ravishda buzish deb baholanmoqda:

O’z kasbiy faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan unga

ayon bo’lgan advokatlik sirini oshkor qilish oqibatida mijozning
manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa

Himoyachi bo’lib qatnashayotgan ish bo’yicha dastlabki tergov

yoki sud organlarida guvohlik bersa

Mijozning siri hisoblangan ma’lumptlardan advokat o’z

manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yo’lida foydalansa va
oqibatda mijozning manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilsa

Advokat bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq advokatura

tuzilmalarida faoliyat olib borgan bo’lsa

Advokatura tomonidan beriladigan advokatlik orderini ,

kvitansiyalarini qalbakilashtirsa yoki uni sud yoki tergov organlariga
taqdim etish orqali ishda ishtirok etsa

Advokat undan yuridik yordam so’rab murojaat qilgan

shaxsning manfaatlariga zid harakat qilsa.

O’zbekiston Respublikasi “Advokatura to’g’risidagi“ Qonunida

yoki me’yoriy hujjatlarida intizomiy jazo chorasi sifatida advokatlik
litsenziyasi bekor qilingan shaxslarning qaytadan litsenziya olish tartibi
ko’rsatib berilgan emas. Umumiy asoslarga ko’ra mazkur advokat
litsenziyadan mahrum qilinganligi haqida adliya organining buyrug’i
chiqqanidan keyin bir yil o’tgach, litsenziya olish uchun sobiq advokatga
imtihon topshirishga ruhsat etilishi mumkin

.

Yuridik adabiyotlarda advokatlarning intizomiy organlari qayerda

tashkil qilinishi va uning tarkibi haqida ayrim nuqtai nazar mavjud.
Masalan, V.I.Sergeyev

40

advokaturaga a’zo bo’lish malaka komissiyasi

40

Адвокатура в России : учебник для вузов / С. В. Ашанин, В. А. Вайпан, Я. В. Вольвач [и

др.] ; под ред. д.ю.н., проф. В. И. Сергеева. — 5-е изд., перераб. и доп. — Москва :


background image

33

orqali amalga oshirilishi va komissiyada advokatlar bilan bir qatorda
adliya, sud xodimlari va fan namoyondalari bo’lishi lozimligini
tabiiy hol deb hisoblaydi. Ta’kidlash joizki, Qozog’iston

41

, Ozarbayjon

42

,

Belarus

43

, Ukrainada

44

,

shuningdek, Rossiya

Federatsiyasida

45

advokaturaning malaka komissiyalariga sud, mahalliy hokimiyat va adliya
idoralaridan vakillar kiritilgan.

Advokatlik faoliyatini boshlash uchun ijozat berish va bu huquq

kimga tegishli bo’lishi lozimligi haqida M.Y.Bershevskiy

46

“shubha

yo’qki u yoki bu shaxsga advokatli faoliyati bilan shug’ullanishga ijozat
berish huquqi advokatlar birlashmasiga tegishli bo’lishi kerak“ deb fikr
bildirgan. Ushbu odilona nuqtai nazarni quvvatlab, ijozat berish, albatta,
Advokatlar Palatasi tomonidan amalga oshirilmog’i lozim va buni
amaldagi qonunchilikda aks ettirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Advokatga nisbatan kelib tushgan shikoyat hududiy boshqarma yoki

adliya organi rahbari tomonidan ish yuritishni qo‘zg‘atish yoki rad etish
to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun komissiyaga kiritiladi. Binobarin,
murojaatda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish komissiya vakolatiga
kirmagan taqdirda, murojaat 5 kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli
tuzilmalarga (davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslarga)
yuboriladi.

Murojaatda sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi xabar mavjud bo‘lgan

taqdirda, murojaat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi va
uning nusxasi komissiyaga taqdim etiladi. Bu ish boshqarma boshlig‘i
yoki adliya organi rahbari tomonidan murojaat kelib tushgan kunning
ertasidan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.

Qonunchilik advokat ustidan shikoyat qilgan shaxsning bir necha

huquqlarini kafolatlaydi. Jumladan, ularga intizomiy ish yuritish
materiallari bilan tanishib chiqishga va advokatlik sirini qat’iy saqlagan
holda o‘z hisobidan materiallardan nusxa olishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, shikoyat qilgan shaxs:

Юстицинформ, 2019. — 548 с.

41

https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=33024087&pos=93;-44#pos=93;-44

42

http://continent-online.com/Document/?doc_id=30608603

43

https://kodeksy-by.com/zakon_rb_ob_advokature .htm

44

https://www.legislationline.org/download/id/9617/file/UKR_on%20bar%20association_ru.pdf

45

http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_36945/897a8bdb175de4d2b428b43cbf7fe

2b0cfeba71b/

46

https://pravo.ru/review/view/21750/


background image

34

yozma shaklda tushuntirishlar berishga va qo‘shimcha

ma’lumotlar taqdim etishga;

holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun zarur ma’lumotga ega

bo‘lgan fuqarolarni taklif qilish va tushuntirishlarini eshitish to‘g‘risida
komissiyaga iltimosnoma kiritishga;

ishni ko‘rib chiqish jarayonida advokat xizmatidan foydalanishga

haqli.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, advokatning intizomiy javobgarligi

masalalarini ijtimoiy munosabatlar rivojlanayatgan ayni paytda qaytadan
ko’rib chiqish, ushbu doiradagi mavjud muammolarni hal etishga
qaratilgan mexanizmlarni qonunchilikka kiritish lozim. Advokatura
institutiga alohida e’tibor berilayotgan ushbu davrda boshqa imtiyozlar
bilan birga, advokat tomonidan sodir etilishi mumkin bo’lgan qonun
buzilish holatlarining oldini oladigan choralar ko’rish lozim. Zero, advokat
tomonidan bunday harakat sodir etilishi butun boshli soha haqidagi fikrga
salbiy ta’sir etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Жасур. "Методологическая основа и требования к

тактическим приемам проведения допроса участников уголовного
судопроизводства." in Library 20.1 (2020): 56-57.

2.

Неъматов, Жасур. "Методическое пособие по процессуальным

и тактическим основам проведения допроса участников уголовного
судопроизводства." in Library 19.1 (2019): 3-36

К.Ф.ХАКИМОВА

47

ОСОБЕННОСТИ ДОГОВОРНЫХ ОТНОШЕНИЙ МЕЖДУ

АДВОКАТОМ И ДОВЕРИТЕЛЕМ В ЗАРУБЕЖНЫХ

СТРАНАХ

Безусловно, договорные отношения адвоката с клиентом играют

важную роль в оказании юридической помощи и в целом в
осуществлении адвокатской деятельности не только в Республике

47

Тошкент давлат юридик университети мустақил изланувчиси

Библиографические ссылки

Неъматов, Жасур. "Методологическая основа и требования к тактическим приемам проведения допроса участников уголовного судопроизводства." in Library 20.1 (2020): 56-57.

Неъматов, Жасур. "Методическое пособие по процессуальным и тактическим основам проведения допроса участников уголовного судопроизводства." in Library 19.1 (2019): 3-36

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов