Advokatlik maqomini olish tartibi: milliy va xorijiy qonunchilik tahlilida

CC BY f
62-68
46
13
Поделиться
Чулиева, Г. (2022). Advokatlik maqomini olish tartibi: milliy va xorijiy qonunchilik tahlilida. Сотрудничество ташкентского государственного юридического университета и палаты адвокатов в совершенствовании адвокатского института, 1(1), 62–68. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/improvement-law-institute/article/view/16673
Г Чулиева, Ташкентский государственный юридический университет

Студент факультета уголовной юстиции, 3 курс, поток «Б», 2 группа

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Yurtimizda so’ngi yillarda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohatlarning samarasi o’laroq bosqichma bosqich jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash yuzasidan advokatura institutining rolini kuchaytirish, professional yuridik yordam sifatini oshirish hamda sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini to‘liq ro‘yobga chiqarish choralari ham mufassal ko‘rib chiqilmoqda.


background image

62

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Жасур. "Purpose and features of methodology for

interrogation in criminal proceedings." Общество и инновации 1.2
(2020): 251-259.

2.

Неъматов, Жасур, and Бектурсун Муродкосимов. "Судлар

фаолиятини

рақамлаштириш–Ўзбeкистоннинг

халқаро

рейтинглардаги ўрнини яхшилашга хизмат қилади." Актуальные
вопросы

и

перспективы

цифровизации

судебно-правовой

деятельности 1.01 (2022): 131-138.

G.CHULIYEVA

88

ADVOKATLIK MAQOMINI OLISH TARTIBI:

MILLIY VA XORIJIY QONUNCHILIK TAHLILIDA

Yurtimizda so’ngi yillarda sud-huquq tizimida olib borilayotgan

islohatlarning samarasi o’laroq bosqichma-bosqich jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash yuzasidan advokatura
institutining rolini kuchaytirish, professional yuridik yordam sifatini
oshirish hamda sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini to‘liq
ro‘yobga chiqarish choralari ham mufassal ko‘rib chiqilmoqda.

Bu

borada

Prezidentimizning

“Advokatura

instituti

samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi

PF-5441-son

Farmoni

asosiy dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotganini ham alohida e’tirof etish
joiz.

Shunga qaramay, advokatura sohasida mavjud bir qancha

muammolar hali hamon o’z yechimini, qonunchiligimizga kiritilishi lozim
bo’lgan ba’zi o’zgarishlarni kutib turmoqda. Bu esa bugungi intinsiv rivoj
topib borayotgan jamiyatimizda huquq tizimi milliy va xorijiy tajribaga
tayanib isloh qilishni taqazo etadi.

Bu muammolar, eng avvalo, tobora o’sib borayotgan aholiga

huquqiy yordam ko’rsata oladigan advokat huquqshunoslarning
koefitseynti nomutanosib ko’rsatkichda ekanida namoyon bo’ladi. So’ngi
statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimiz aholisi 35 271 276 kishini

88

Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs ‘B’ potok 2-guruh talabasi


background image

63

tashkil etmoqda. (2022-yil 14-yanvar holatiga ko’ra.)

89

Ayni shu davrda

advokatlarning respublika bo’yicha ko’rsatkichi esa 4211 nafarni tashkil
etmoqda

90

. Bu esa mamlakatimizda 8375 kishilik aholiga bir nafar advokat

to’g’ri kelishini ko’rsatsa, bu kabi ko’rsatkich Isroilda bitta advokatga -
136 ta, Italiyada - 265 ta, Ispaniyada - 328 ta, Buyuk Britaniyada - 386 ta,
Germaniyada - 499 ta, Turkiyada - 794 ta, Gruziyada - 833 ta, Ukrainada
- 1205 ta, Fransiyada - 1020 ta, Rossiyada - 1870 ta, Qozog‘istonda esa -
3932 ta odam to‘g‘ri kelishini ma’lum qiladi. Mamlakatimizda advokatlar
sonini kamligi natijasida fuqarolarga har qanday sharoitda malakali yuridik
yordam olishi va ular manfaatlarini himoya qilishga kirishishning
cheklanganligini yuqoridagi ma’lumotlar aniq ko’rsatib turibdi.

Ammo, bu advokatura sohasidagi yagona muammo emas. Bundan

tashqari, bugungi kunda sud va tergov bosqichida davlat hisobidan advokat
tayinlash amaliyoti ilg‘or xorijiy davlatlar va xalqaro standartlarga mos
kelmasligi,

advokatura

faoliyatida

axborot-

kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanilish darajasini zamonaviy talablarga javob
bermayotganligi kabi holatlarning mavjud ekanini ham alohida eslab o’tish
lozim.

Bu

kabi

muammolarni

keltirib

chiqarayotgan

sabablar,

mamlakatimizda advokatura instituti o‘z rivojlanish darajasiga ko‘ra
xorijiy

tajribalar

bilan

raqobat

ta’minlanmagani

shubhasiz

qonunchiligimizdagi ba’zi jihatlar bo’lib, ularni quyida tahlil qilib
o’tmoqchiman.

Advokat bo’lish va advokatlik maqomini olish tartibi, uning asoslari

va advokatlik faoliyatiga doir boshqa ko’rsatmalar

“Advokatura

to’g’risida”gi

349-I-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonunida o’z aksini

topgan. Unda advokat bo’lish va advokatlik maqomiga ega bo’lish uchun
tegishli mezonlar belgilab qo’yilgan bo’lib Qonunning 3-moddasi

91

ga

ko’ra O’zbekiston hududida advokat bo’lish istagidagi shaxs quyidagi
talablarga javob berishi lozim:

birinchidan,

talabgor oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan bo’lishi;

ikkinchidan, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini

beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan bo ’lishi;

uchinchidan,

O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lishi.

Bundan tashqari, yuqoridagi talablar qatorida, advokatlikka talabgor

shaxsning ushbu faoliyat bilan shug’ullanishiga monelik qiladigan bir

89

https://www.gazeta.uz/oz/2022/01/14/population

90

https://www.minjust.uz/uz/opendata/

91

“Advokatura to’g’risida”gi 349-I-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni


background image

64

nechta holatlarga ham to’xtalib o’tish lozim. Bu esa belgilangan tartibda
mu
omalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan,
shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib
tashlanmagan

92

shaxsning advokatlik faoliyati bilan shug’ullana olmasligi

kabi cheklovlarning borligida ifoda etiladi.

Bu talab va cheklovlarni alohida tahlil qilish jarayonida, avvalo,

fuqarolik masalasiga to’xtalib o’tishimiz lozim. Hozirgi qonunchilikka
muvofiq faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan shaxsgina
O’zbekiston hududida advokat bo’lish uchun birlamchi asosni qo’lga
kiritadi. Bu esa o’z navbatida, chet el fuqarolarining respublika
manfaatlariga daxl qilmaydigan ishlarda advokat maqomini olishni
cheklaydi. Qonunchiligimizda belgilangan ayni shu jihatni Belarus

93

,

Qozog‘iston

94

, Qirg‘iziston

95

, Moldova

96

, Tojikiston

97

, Turkmaniston

98

va

Gruziya

99

davlatlarining advokaturaga oid qonun hujjatlari ham yoqlaydi.

Shunga qaramay bu borada biroz farqli yondashuvga ega davlatlar ham
yo’q emas. Masalan, Buyuk Britaniyada advokat imidjida namoyon
bo’ladigan ikki toifa - solicitor va barrister uchun alohida talab belgilanadi.
Bunda solicitor uchun davlat fuqarosi bo’lish talabi qat’iy bo’lmasada,
barrister uchun esa bu talab mavjud. Ba’zi davlatlar qonunchiligida esa
advokat bo’lish uchun bu kabi talab aniq belgilab qo’yilmagan. Rossiya
Federatsiyasi, Ozarbayjon, Armaniston, Ukrainani shunday davlar
ro’yxatiga kiritish mumkin.

Biroq, Yaponiya qonunchiligida advokat bo’lish uchun bu davlat

fuqarosi bo’lish shart emas, ammo prokuror yoki sudya bo’lish uchun
tegishli davlat fuqaroligi talab etilishi belgilab qo’yilgan.

Milliy qonunchiligimizda advokatlik maqomiga ega bo’lish uchun

qo’yilgan fuqarolik talabini bir qator huquqshunos olimlar ham o’rganib
chiqqan bo’lib, bu yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti Sud,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi dotsent v.b
A.Matmuradov o’z ilmiy izlanishlarida quyidagicha takliflar berib o’tadi:

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaxs O‘zbekiston Respublikasi

92

“Advokatura to’g’risida”gi 349-I-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni

93

https://kodeksy-by.com/zakon rb ob advokature/7.htm

94

https://online.zakon.kz/Document/?doc id=33024087&doc id2=33024087#pos=32;-

176&pos2=405;-26

95

http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/205356/30?cl=ru-ru

96

https://www.lawyer-moldova.com/2012/09/law-on-advocacy.html

97

https://www.legislationline.org/download/id/7515/file/Tajikistan Law on Advocate 2015 am

2016 ru.pdf

98

https://minjust.gov.tm/mcenter-single/236

99

http://www.eurasian-advocacy.ru/gruziya/608-zakon-gruzii-ob-advokatskoi-deyatelnosti


background image

65

hududida qonunchilikda belgilangan tartibda istiqomat qilsa, uning chet
davlat fuqarosi bo‘lishi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ekanligi
advokatlik faoliyatini amalga oshirishdagi professional qobiliyatiga
umuman ta'sir qilmasligi kerak.

Mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi normalarni

takomillashtirish

uchun,

birinchi

navbatda,

Mustaqil

Davlatlar

Hamdo‘stligiga kiradigan davlatlar, ayrim Yevropa davlatlari, shuningdek,
ayrim Osiyo davlatlarida advokat maqomiga ega bo‘lish uchun qo‘yilgan
tegishli davlat fuqarosi bo‘lish talabini tahlil qilib chiqish maqsadga
muvofiq bo‘ladi”

1

.

Shu o’rinda yuqoridagi masalaga o’z yondashuvimni bildirib

o’tmoqchiman. Shubhasiz, advokatlikka da’vogar shaxsning fuqaroligi
qaysi davlat bo’lishiga qaramay, O’zbekiston hududida doimiy turar joyga
ega bo’lgan va kamida ikki yil davomida shu yerda istiqomat qilib kelgan
shaxs bo’lishi lozim, deb hisoblayman. Ushbu holatda u davlat hududida
doimiy turar joyga ega bo’lish baroborada advokatlik maqomini olguniga
qadar ma’lum toifadagi ish bilan shug’illanishi imkoniyatini ham qo’lga
kiritishi borasidagi imtiyozlarning ham berilishini ko’zda tutib o’tish lozim
bo’ladi. AQShning tegishli shtatida advokatlik maqomini olmoqchi
bo’lgan shaxs mazkur davlat fuqarosi bo’lishidan qat’i nazar, ushbu
hududda kamida olti oy yashagan bo’lishi kerakligi normativ hujjatlarida
ham belgilab qo’yilgan. Bu amaliyot o’zini oqlab kelgani, yangi hudud
ijtimoiy-huquqiy tuzimlariga moslashib ulgurgan nomzod uchun qulay
imkoniyat yaratishiga ishonaman.

Bundan tashqari, tegishli tartibda advokatlik maqomiga ega bo’lgan

chet el fuqarosi yuqorida ta’kidlab o’tgandek, davlat siri yoki u bilan
bog’liq manfaatlariga daxl qilib qoladigan masalalarni istisno etgan holda
O’zbekiston hududida adokatlik faoliyati bilan shug’ullanishni ko’zda
tutilgan qonun loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida chet davlatning advokatlari

Rossiya Federatsiyasi hududida faqatgina ushbu xorijiy davlatning huquqi
masalalari bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatishi belgilangan. Shuningdek,
Rossiya Federatsiyasida advokatlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet el
advokatlari adliya sohasidagi federal ijroiya organi tomonidan maxsus
reestrda ro‘yxatga olinadi. Mazkur reestrni yuritish tartibi vakolatli federal
ijroiya organi tomonidan belgilanib, undan tegishli tartibda ro’yxatdan
o’tmagan xorjiy davlat fuqarosi advokatlik faoliyati bila shug’ullana
olmaydi

100

.

100


background image

66

2015-yil 18-martdagi “Advokatura va advokatlik faoliyati

to‘g‘risida”gi Tojikiston Respublikasining qonunida chet davlat
advokatlari Tojikiston xududida advokatlik faoliyatini amalga oshira
olmasliklari belgilangan. Lekin, ushbu Qonunda chet davlat advokatlari
faqatgina xorijiy davlatning huquqlari bo‘yicha iqtisodiy ishlarda xorijiy
davlat advokatlarini maxsus reestriga kiritganidan so‘ng ishtirok etishi
mumkinligi belgilangan. Bunda, davlat siri bilan bog‘liq ishlar mustasno
ekanligi qayd etilgan

101

.

Fransiya Respublikasi 1971-yil 31-dekabr kuni qabul qabul qilingan

“Ayrim sudyalik va yuristlik kasblarini isloh qilish to‘g‘risida”gi qonunida
Fransiya fuqarosi yoki Yevropa ittifoqi a'zo davlat fuqarosi yoxud Yevropa
iqtisodiy hududi to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisi bo‘lgan davlat fuqarosi
bo‘lsa ham Fransiyada advokat bo‘lishi mumkinligi bayon qilingan

102

.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, ham o‘zining fuqarolari, ham

xorijiy davlatlarning fuqarolari advokat bo‘lib ishlash uchun imkoniyat
yaratilganligini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya kabi

davlatlarning advokaturaga oid qonunchiligida xorijiy davlatlarning
advokatlari kelib, tegishli maxsus reestridan ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng
yuridik yordam ko‘rsatishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Keyingi o’rinda, advokatura sohasida faoliyat ko’rsatayotgan

shaxslarning tegishlicha litsenziyaga ega bo’lgan bo’lishlari lozim ekani
holatiga to’xtalib o’tsak. Mazkur litsenziyaga ega bo’lish avvalida talabgor
shaxs malaka imtihonidan o’tgan bo’lishi kerakligi qonunda ham ko’zda
tutilgan. Ayni malaka imtihonini topshirish kabi talabni Ukraina, Belorus,
Tojikiston, Qirg’iziston, Armaniston, Ozarbayjon kabi davlatlar milliy
qonunchiligida ham belgilab qo’yilgan.

Rossiya Federatsiyasi qonunlarida esa biroz farqli tushuncha

namoyon bo’ladi. Rossiya Federatsiyasi qonunlarida ham malaka
imtihonini topshirish ko’zda tutilgan bo’lsada, qonunda advokatlik
faoliyatini litsenziyalash nazarda tutilmagan. Talabgorga advokatlik
maqomini berish uchun tegishli malaka komissiyasimng qarori kifoya
qiladi. Bu esa Rossiya va O’zbekiston qonunchiligidagi asosiy farq bo’lib

http://www.consultant.ru/document/cons doc LAW 36945/0c312832dba108270ca97b189aa65
480e15a93f9

101

Матмуротов Алибек Равиловичнинг «Фуқароликка эга бўлиш - адвокат мақомига эга

бўлиш учун қўйилган зарурий талаблардан бири сифатида» мавзусидаги илмий
мақоласидан.

102

Матмуротов Алибек Равиловичнинг «Фуқароликка эга бўлиш - адвокат мақомига эга

бўлиш учун қўйилган зарурий талаблардан бири сифатида» мавзусидаги илмий
мақоласидан.


background image

67

qoladi.

Bundan tashqari, yuqorida biz

malaka imtihoni

deb atagan termin,

amaliy jihatdan tahlil qilganda biroz o’xshash bo’lishiga qaramay
Germaniya Federatsiyasida oliy yuridik ta’limga ega bo’lgan talabgorning
ikkita

davlat imtihonini

topshirishi lozimligi holatida namoyon bo’ladi.

Bunda birinchi imtihonni topshirgan shaxs 3,5 yildan 4,5 yilgacha bo‘lgan
muddat davomida sud, prokuratura, notariat yoki advokaturada stajirovka
o‘taydi. Stajirovkani o‘tab bo'lgach talabgor ikkinchi imtihonni topshiradi.

Yaponiyada ham shunga o’xshash talab mavjud bo’lib, bunda

talabgor shu davlat hududida yuridik maktabda tahsil olgan bo’lishi va

kasb imtihonini

topshirgan nomzod Oliy sud qoshida yuridik treninglar

va tadqiqot institutida bir yillik stajirovkani o’tagan talabgorgagina
advokatlik maqomi berilishi ko’zda tutiladi.

Janubiy Koreyada esa talabgordan oliy ma’lumotga ega bo’lish

amalda talab qilinmaydi va malaka tekshiruv imtihoni topshirish huquqi
hammada mavjud bo’ladi. Muvaffaqqiyatli o’tgan nomzod esa litsenziyani
qo’lga kiritishi mumkin bo’ladi.

Endi esa litsenziya olish uchun topshirilishi lozim bo’lgan malaka

imtihoni masalasiga to’xtalib o’tmoqchiman. Litsenziya olish uchun
advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs malaka imtihonini
topshirishi shart etib “Advokatura to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida
belgilangani haqida yuqorida tahlil qilgan edik. Ushbu malaka imtihonini
kimlar topshira olishi mumkin ekanligiga diqqatimizni qaratsak, maqsadga
muvofiq bo’ladi. Avvalo, advokatlikka da’vogar shaxs kamida uch oy
muddat stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak. Davlat organlari, xo‘jalik
boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining
yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki
prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish
stajiga ega bo‘lgan shaxslar bundan mustasno.

Malaka imtihonini topshirish borasidagi ko’rsatmalar “O‘zbekiston

Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi
malaka komissiyalari to‘g‘risida”gi Nizomda belgilab qo’yilgan bo’lib,
unda talabgor shaxs doimiy yashash joyidagi hududiy boshqarmaga
quyidagi hujjatlarni taqdim etib malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun
bitta xonada, og‘zaki va yozma shakllarda o‘tkaziladi.

Ammo shu yerda bir masala qonunchiligimizda hali aniq

belgilanmagan bo’ilib, bu kelgusida biz yuqorida tahlil qilib o’tgan chet el
fuqarolarning O’zbekiston hududida advokatlik faoliyati bilan
shug’illanishi uchun lozim bo’gan malaka imtihonini topshirish


background image

68

jarayonidagi til prinsipidir. Ya’ni, qonunchiligimizda talabgorning qaysi
tilde malaka imtihonini topshirishi mumkin ekanligi belgilab qo’yilmagan.
Bu esa o’z navbatida kelgusida ham bir qancha muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin. Xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, ushbu
turdagi imtihonni topshiratotgan da’vogar o’z afzal ko’rgan muloqot tilini
tanlay olishi mumkinligi yoki mukin emasligi shart etib qo’yilgan.
Masalan, Janubiy Koreyada va Germaniyada ushbu imtihonni sof koreys
va nemis tilida topshirishiga to’g’ri kelsa, ayni shu talab Rossiya
Federatsiyasida talabgorning ixtiyoriga tanlov orqali havola etadi. Rus
tilida yoki ingliz tilida imtihon topshirish imkoni mavjud bo’ladi.

Xuddi shunday, ushbu masalaga bizning qonunchiligimiz ham asos

berib o’tsa, va yoki qat’iy belgilab qo’yishsa ayni maqsadga muvofiq
bo’ladi. Chunki bu kelgusida chet fuqarolarining ham O’zbekistonda
advokatlik maqomini olishda kelib chiqadigan baryeralardan birini oldini
olishga xizmat qiladi.

Xuddi shu o’rinda, shaxs qachon advokat maqomiga to’la ega

bo’lishi haqida qisqacha to’xtalib o’tmoqchiman.

Milliy qonunchiligimizda shaxs advokatlik guvohnomasini tegishli

tartibda olgandan boshlab advokat maqomiga ega bo’lishi belgilangan
bo’lsa, Rossiya Federatsiyasida malaka imtihonidan o’tgandan boshlab
shaxs advokat maqomini qo’lga kiritadi. Bu kabi jihatlar boshqa
davlatlarda ham farqli bo’lib, unga alohida tavsif berilishi, yoki milliy
qonunchiligimizga tatbiq etiladigan tomoni ko’zga tashlanmasada,
shaxsning advokatlik guvohnomasini qo’lga kiritgan vaqtdan boshlab
ushbu maqomga ega bo’lishi huquqiy jihatdan o’zini oqlashiga ishonaman.
Va bu borada qo’shimcha takliflar berilishiga ehtiyoj yo’q, deb o’ylayman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Жасур. "Определение статуса и особенностей

проведения допроса участника уголовного судопроизводства." in
Library 20.3 (2020): 57-58.

2.

Неъматов, Жасур. "Цель и особенности методологии

проведения допроса в уголовном судопроизводстве." Общество и
инновации 1.2 (2020): 251-259.



Библиографические ссылки

Неъматов, Жасур. "Определение статуса и особенностей проведения допроса участника уголовного судопроизводства." in Library 20.3 (2020): 57-58.

Неъматов, Жасур. "Цель и особенности методологии проведения допроса в уголовном судопроизводстве." Общество и инновации 1.2 (2020): 251-259.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов