Advokatlik faoliyatini litsenziyalash: muammolar, xorij tajribasi, qonunchilikka taklif

CC BY f
89-96
34
12
Поделиться
Муллаев, Ш. (2022). Advokatlik faoliyatini litsenziyalash: muammolar, xorij tajribasi, qonunchilikka taklif. Сотрудничество ташкентского государственного юридического университета и палаты адвокатов в совершенствовании адвокатского института, 1(1), 89–96. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/improvement-law-institute/article/view/16676
Ш Муллаев, Ташкентский государственный юридический университет

студентка 3 курса факультета уголовного правосудия

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Inson huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishi nafaqat sud-huquq tizimini isloh qilinishi, balki mamlakatdagi advokatura institutini qanchalik taraqqiy etganligiga bevosita bog’liqdir. Bu kabi vazifa o’z navbatida mazkur soha qonunchiligini zamon talablariga qarab takomillashtirib borish naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatadi.


background image

89

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Ж. "Уголовно-правовые проблемы борьбы с

организованной преступностью по законодательству Республики
Узбекистан." Российская юстиция 8 (2006): 64-66.

SH.V.MULLAYEV

128

ADVOKATLIK FAOLIYATINI LITSENZIYALASH:

MUAMMOLAR, XORIJ TAJRIBASI,

QONUNCHILIKKA TAKLIF

Inson huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini

himoya qilinishi nafaqat sud-huquq tizimini isloh qilinishi, balki
mamlakatdagi advokatura institutini qanchalik taraqqiy etganligiga
bevosita bog’liqdir. Bu kabi vazifa o’z navbatida mazkur soha
qonunchiligini zamon talablariga qarab takomillashtirib borish naqadar
dolzarb ekanligini ko’rsatadi. Shu o’rinda milliy qonunchilikni xorijiy
mamlakatlarning qonunchiligi bilan qiyosiy o’rganish orqali uning afzallik
va kamchiliklarini aniqlash sohani rivojlantirish istiqbollarini chuqurroq
anglab

yetishga

yordam

beradi.

Advokatura

qonunchigini

takomillashtirishda qonun loyihalarini xorijiy huquqiy amaliyot bilan har
tomonlama chuqur qiyosiy tahlil qilish ularni tayyorlash ishlarini sifat
jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi. Chindan ham advokatura
qonunchiligini takomillashtirishda xorijiy davlatlarlarning mazkur
sohadagi qonunchiligini tahlil etish va qiyosiy huquqshunoslikning keng
imkoniyatlaridan

foydalanish

milliy

qonunchilikni

rivojlantirish

istiqbollarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati litsenziyalangan,

ya’ni shug’ullanish litsenziya talab qiladigan faoliyat turlari ro’yxatiga
kiritilgan bo’lib, ushbu litsenziyaga ega bo’lish o’z navbatida talabgor
oldiga bir qator talablarni qo’yadi.

Amaldagi qonunchilikka ko’ra, malaka imtixonini muvaffaqiyatli

topshirgan talabgorga litsenziya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan

128

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-bosqich talabasi


background image

90

tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Malaka
imtihoniga kirishga talabgor o’z navbatida quyidagi talablarga javob
berishi lozim bo’ladi: yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish
stajiga ega bo‘lishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida kamida uch oy
muddat stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak hamda malaka imtihonini
topshirishi shart. Malak imtihonini muvaffaqiyatli topshira olmagan
talabgor uni qayta topshirishiga kamida 6 oydan keyin ruxsat beriladi.

Bir qator talabgorlarga litsenziyaga ega bo’lishda yuqoridagi

stajirovka o’tash muddati qo’llanilmaydi, xususan, davlat organlari,
xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va
tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi,
surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik
mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs advokatlik
tuzilmasida stajirovka o‘tamasdan malaka imtihonida ishtirok etishga
haqli.

Umuman olganda advokatlik faoliyatini litsenziyalash kerakmi

degan savolga javob berishdan oldin ana shu litsenziyani olishga qo’yilgan
talablarni chuqur tahlil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyida yuqorida
sanab o’tilgan advokatlik litsenziyasiga ega bo’lish uchun qo’yilgan
talablardagi noaniqliklar va kamchiliklarga to’xtalib o’tsak.

Birinchidan,

yuridik staj tushunchasiga aniq ta’rif berilmagan.

Xususan, yuridik staj qachondan boshlab hisoblanishi noaniq qolgan, yani
oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgandan keyin ishlangan davrmi yoki
yuridik mutaxassislik bo’yicha o’rta-maxsus ma’lumotni olgandan keyin
ishlangan davrmi? Chunki amaldagi mehnat qonunchiligiga ko’ra,
fuqarolarga 16 yoshdan ishlashga ruxsat etilgan, hamda ish beruvchi oldiga
5 kundan kam bo’lmagan muddatda ishlagan har bir xodim uchun mehnat
daftarchasi yuritish majburiyati yuklangan. Bunda kelib chiqadiki agar
talabgor oldiga qo’yilgan 2 yillik mehnat stajini o’rta-maxsus ma’lumotga
ega bo’lgandan keyin ega bo’lgan bo’lsa, hamda keyinchalik oliy yuridik
ma’lumot olsa ham litsenziyaga talabgor sifatida malaka imtihonidan
qatnashishi mumkin bo’ladi. Mehnat staji talabi albatta olgan nazariy
bilimlarini amalda qo’llash ko’nikmalari shakllangan fuqarolargina
malaka imtihoniga kirishi kerak degan aspektdan kelib chiqib qo’yilgan.
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lish davomida olingan nazariy bilimlar
bilan o’rta-maxsus yuridik ma’lumotga ega bo’lish davomida ega
bo’lingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash davomida olingan
tajribani taqqoslab bo’lmaydi.

Ikkinchidan

, talabgordan ham yuridik staj, ham stajirovka talab


background image

91

qilinishi o’z navbatidan bir qator shaxslar oldiga litsenziyaga ega
bo’lishiga sun’iy to’siq bo’lib xizmat qilmoqda. Malaka imtihoniga
kirishga qo’yilgan mazkur talab talabgorlarga ma’lum darajada amaliy
ko’nikmalarga ega bo’lish nuqtai nazarida qo’yilgan bo’lib, aslida har
ikkala talab ham nazariyani amaliyotda qo’llash ko’nikmasiga ega
bo’lishni taqazo etadi. Bundan kelib chiqadiki, talabgor oldiga bir vaqtni
o’zida har ikkala talabni qo’yilishi mantiqsizlikdir.

Uchinchidan

, 2022-yil 28-yanvarda qabul qilingan “2022-2026

yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to’g’risida”gi 60-son Prezident farmonining 19-maqsadida nazarda
tutilgan advokatlik maqomiga ega bo’lish uchun qo’yilgan yuridik staj
talabini bekor qilish ham o’z navbatida aholiga malakali yuridik xizmat
ko’rsatish sifatiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Oliy yuridik
ma’lumotga ega bo’lgan fuqaro qanchalik bilimli bo’lmasin, ana shu
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashda bir qator qiyinchiliklarga duch
keladi. Yuridik stajga ega bo’lmagan fuqarolarning advokatlik
litsenziyasiga ega bo’lishi, ishonch bildirgan shaxs (himoya ostidagi
shaxs) larga yetarli darajada malakali yuridik yordam ko’rsatilmasligiga,
bu esa o’z navbatida ularning huquq va qonun bilan qo’riqlanadigan
manfaatlarini buzilishiga olib kelishi mumkin.

To’rtinchidan

, yuridik mutaxassislik bo’yicha 2 yillik mehnat

stajiga va belgilangan muddatda stajirovkadan o’tgan talabgor qancha
muddatda malaka imtihoni topshirishi belgilab qo’yilmagan. Bundan kelib
chiqadiki, oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lib, 2 yillik yuridik stajga ega
belgilangan tartibda stajirovka o’tagan shaxs istagan vaqtida, masalan, 10-
15 yillik uzilishdan so’ng ham malaka imtihonini topshirishi mumkin
bo’lib qoladi. Qonunchilik kundan kunga takomillashib, o’zgarib
borayotgan bir paytda qancha muddatda ichida malaka imtihonini
topshirishni ochiq qoldirilishi malaka imtihoniga yetarli darajada nazariy
va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lmagan talabgorlarni ham qatnashishiga
olib keladi.

Beshinchidan

, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshira olmagan

talabgor uni qayta topshirishiga kamida 6 oydan keyingina ruxsat beriladi,
mazkur muddat o’tmasdan malaka imtihonini topshirishga ariza berilishi
arizani qaytarilishiga asos bo’ladi. Mazkur holat talabgorlarni oldiga vaqt
nuqtai nazaridan sun’iy to’siq yaratadi hamda talabgorlar sonini
kamayishiga va O’zbekistondagi advokatlar sonini o’sishiga o’z salbiy
ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.

Oltinchidan

, stajirovka o’tashning belgilangan maksimal muddati


background image

92

ham ma’lum bir ma’noda talabgor oldiga sun’iy to’siq yaratishi mumkin.
Stajirovka o’tashdan ko’zlangan maqsad, ya’ni kasbiy ko’nikmalarni
qo’lga kiritish kabi mas’uliyatli vazifani hamma har xil muddatda qo’lgan
kiritiadi. Insonlar tashqi ko’rinishi va jismoniy imkoniyatlari teng bo’lsada
intellektual salohiyat, ya’ni ma’lum bir ko’nikmani qo’lga kiritishga
ketadigan vaqt hammada o’z mental imkoniyatidan kelib chiqadi. Mazkur
talab kam sonli talabgorlarning huquqlarini amalga oshirishiga to’siq
bo’lib xizmat qilmoqda.

Yettinchidan

, bugungi kunda advokatlik litsenziyasiga ega bo’lish

uchun topshiriladigan malaka imtihonini shakllangan tartibi zamon
talablariga javob bermaydi. Ya’ni talabgorlar topshiradigan imtihonning
test shakli aholiga yetarli darajada malakali yuridik yordamni berishga
amaliy va nazariy ko’nikmalarga ega shaxslarni aniqlash imkonini bera
olmaydi.

Amaldagi advokatlik faoliyatini litsenziyalash bilan bog’liq

qonunchilik hamda shakllangan amaliyotdagi yuqorida sanab o’tilgan
tushunmovchilik va kamchiliklarni yechimiga to’xtalishdan avval bu
boradagi rivojlangan xorijiy davlatlarning qonunchiligidagi yutuqlari va
tajribasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Jumladan, Yaponiyada 2019 yilda qabul qilingan “Advokatlik

imtihoni akti” (Bar Examination Act) yuridik kasb egallash uchun milliy
imtihon tizimini huquqiy negizlarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi.
Mazkur aktga ko’ra, advokat bo’lish uchun litsenziyaga ega bo’lish,
litsenziya esa o’z navbatida ikki bosqichli milliy imtihonni muvaffaqiyatli
topshirgan shaxslargagina berilishi ko’zda tutiladi. Milliy imtihonda
qatnashish pullik bo’lib uning qiymati Yaponiya hukumati tomonidan
belgilanadi. Mazkur imtihonda qatnashish uchun to’langan badallar
mazkur imtihonni o’tkazish uchun mas’ul bo’lgan milliy komissiyaning
hisob raqamiga tushib, yig’ilgan mablag’lar komissiya a’zolariga haq
to’lash, testlarni sifatli tuzishga malakali mutaxassislarni jalb qilish,
imtihonni yaxshi tashkil qilish bilan bog’liq harajatlarga yo’naltiriladi.
Mazkur tartib esa o’z navbatida talabgorlardan eng yaxshisini tanlab olish
imkonini berish bilan birga yapon bozoriga malakali advokatlarni
kiritishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Imtihondan yiqilgan
talabgorlarga keyingi imtihonda qatnashishga hech qanday sinov muddati
qo’yilmagan bo’lib, bu ham bugungi kunda Yaponiyada advokatlar sonini
o’sishiga ijobiy ta’sir o’tkazayotgan omillardan biri sanaladi.

Advokatura instituti rivojlangan, bu borada uzoq tarixiy tajribaga ega

davlatlardan biri bu Germaniya hisoblanadi. Germaniyada advokatlik


background image

93

instituti 1959-yilda qabul qilingan “Advokatura to’g’risida”gi Federal
qonun bilan huquqiy tartibga solinadi. Germaniyada advokatlik
litsenziyasiga ega bo’lish uchun bir qator talablar qo’yilgan bo’lib, bu
talablar sudya bo’lish uchun talabgorlarning oldiga qo’yiladigan shartlar
bilan bir xil. Yani advokatlik faoliyati bilan shug’ullanishga sudyalik
vazifasini bajarishga loyiq ko’rilgan shaxslargagina ruxsat etiladi.
Advokatlik faoliyati bilan shug’ullanishga talabgor shaxs oliy yuridik
ma’lumotga ega bo’lishi, Germaniya universitetlaring birida kamida 6
semestr davomida huquq kurslarida ta’lim olishi lozim hisoblanadi.
Bundan tashqari talabgorni ikkita imtihon kutadi. Birinchisi, universitetni
bitirayotgandagi topshiradigan imtihoni, ya’ni bundan muvaffaqiyatli
o’tgan shaxslargina sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar
tizimida, xususan, prokuratura, notariat yoki advokaturada stajirovka
o’tashi lozim bo’ladi. Stajorlarning maoshi mahalliy davlat hokimiyati
mablag’lari hisobidan qoplanadi. Ikkinchi imtihon, stajirovka o’tagan
shaxslardan olinadigan hamda amaliy ko’nikmalarini sinashga qaratilgan
amaliy imtihon tizimi bo’lib, mazkur imtihon hududiy adliya
boshqarmalari tomonidan olinadi. Hamda yuqorida ta’kidlab o’tilganidek
mazkur imtihondan o’tgan shaxs sudya ham, advokat ham bo’lib ishlashi
mumkin bo’ladi. Germaniyada shakllangan mazkur tizim, aholiga malakali
yuridik yordam ko’rsatilishi uchun nazariy va amaliy jihatdan yetarli
darajada bilimga ega bo’lgan shaxslarnigina advokatlik faoliyati bilan
shug’ullanishga ruxsat berishi barobarida aholining huquq va qonun bilan
qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda o’z samarasini ko’rsatib
kelmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasida davlatning o’ziga xos bozor

iqtisodiyotiga moslashgan sotsialistik ko’rinishi hamda mamlakatda
yagona mafkura o’rnatilganligi advokatura institutining o’ziga xos shakli
hamda huquqiy tartibga solishning ham takrorlanmas ko’rinish olishiga
olib kelgan. XXRda advokatura ham davlat tomonidan nazorat qilinadigan
instituti hisoblanib, mazkur funksiyani Davlat kengashi huzuridagi
Yuridik bo’lim amalga oshiradi. Boshqa davlatlardan farqli ravishda
Xitoyda 1996 yilda qabul qilingan “Advokatlar va yuridik vakillik
to’g’risida”gi qonunga ko’ra, nafaqat yuridik mutaxassislik bo’yicha o’rta
yoki oliy yuridik ma’lumot, balki boshqa oliy ta’lim yurtini tamomlagan
shaxslar ham imtihondan o’tsa, advokatlik litsenziyasiga ega bo’lishi
mumkinligini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari advokatlik
guvohnomasiga ega bo’lib keyin 1 yillik stajirovka yoki advokat
yordamchisi bo’lib bir yil ishlagan shaxslargina litsenziyaga talabgor


background image

94

bo’lishlari mumkinligini ko’rishimiz mumkin. Litsenziatlarga bir qator
ta’qiqlar ham qo’yilgan bo’lib, advokatlik faoliyati davomida davlat
organida ishlashi yoki vakillik organiga saylanishi mumkin emas. Bundan
ko’zlangan maqsad esa, advokatlik faoliyati bilan shug’ullanishga
litsenziya olgan shaxs faqat mazkur faoliyat bilan shug’ullanishi hamda
o’z ustida ishlashi lozimligini ko’rsatadi.

Finandiyaning 1958-yildagi “Advokatura to’g’risida”gi qonuniga

ko’ra, advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun Advokatlar
Assotsatsiyasining

reestridan

o’tgan

bo’lishi

lozim.

Boshqa

mamlakatlardan farqli ravishda Finlandiyada advokatlikka talabgor shaxs
nafaqat davlat organlari tizimida balki xususiy sektorda ham mansab
lavozimlarida ishlamasligi lozim. Bundan tashqari, talabgorga minimal
yosh senzi belgilangan bo’lib, bu 25 yoshni tashkil etadi. Bundan tashqari
talabgor sud tomonidan bankrot deb topilmagan bo’lishi lozim. Bu davlat
tajribasi talabgor oldiga nafaqat shaxsning shaxsiy ko’nikmalari va hayot
tarzi bilan bog’liq obyektiv talablarni balki iqtisodiy, ya’ni bankrot
bo’lmaslik talabini ham qo’yadi.

2012 yilda Ukrainada qabul qilingan “Advokatura va advokatlik

faoliyati to’g’risida”gi qonunga muvofiq, quyidagi shaxslar sudlanganlik
muddati o’tmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar va
sudya, tergovchi, prokuror, surishtiruvchi, notarius, davlat organlari yoki
mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdorlari qasamyodini
buzganligi, korrupsiyaviy jinoyat sodir etganligi tufayli ishdan ozod
etilgan shaxslar 3 yil davomida advokat bo’la olmasligi belgilab qo’yilgan.
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgandan keyin 2 yillik yuridik stajga ega
bo’lgan bo’lishlik, hamda davlat tilini qonunda belgilangan darajada
bilishlik, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlik advokatlikka
qo’yilgan talablar hisoblanadi. Sudya, prokuror, tergovchi tomonidan
korrupsiyaviy jinoyatlar tufayli mansab lavozimidan ketgandan keyin 3 yil
davomida advokatlik faoliyati bilan shug’ullanishga davogarlik
qilolmasligi korrupsion jinoyatlarni oldini olish bilan birga, advokaturani
o’z sha’niga dog’ tushirmagan kadrlarni saralab olishga ko’maklashishga
xizmat qilmoqda. Bundan tashqari har uch oyda advokatlik faoliyati bilan
shug’ullanishga ruxsat olgan shaxs tomonidan malaka imtihonidan o’tib
turishlik majburiy talab hisoblanadi. Bu esa advokatlarni o’z ustida tinmay
ishlashiga hamda aholiga malakali yuridik xizmat ko’rsatilishiga olib
kelmoqda.

Yuqorida qayd etilgan normalardan, xususan, Yaponiya va


background image

95

Germaniyaning ijobiy tajribasidan kelib chiqib, advokatura qonunchiligini
takomillashtirish yuzasidan quyidagi: litsenziyaga ega bo’lish uchun
o’tkaziladigan malaka imtihonini ikki bosqichli, ya’ni birinchi bosqich
talabgorlarning nazariy bilimlarini sinovdan o’tkazishga qaratilgan,
ikkinchi bosqich talabgorlarning huquqni qo’llash bo’yicha amaliy
ko’nikmalarini aniqlashga qaratilgan tizimga o’tish taklifini berish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu tizimni joriy qilinishi orqali advokaturani
nafaqat son jihatdan balki sifat jihatdan ham yuqori darajaga olib chiqishga
imkon yaratadi.

Bundan tashqari, amaldagi qonunchiligimizda shaklangan malaka

imtihonini muvaffaqiyatli topshira olmagan talabgorlarni qayta imtihonga
kirish uchun belgilangan 6 oylik muddatni, Yapon advokatura
qonunchiligidagi kabi, muddatsiz etib belgilash maqsadga muvofiq
bo’ladi, bu esa o’z navbatida imtihondan o’ta olmagan talabgorlarga qisqa
muddatda qayta topshirish imkonini berib, talabgorlarning boshqa sohaga
o’tib ketishini oldini oladi. Mazkur qayta topshirishning muddatsiz
shaklini belgilash orqali imtihonlarni tashkil qilish bilan bog’liq yuzaga
keladigan sarf harajatlarni qoplash hamda imtihon sifatini yaxshilash
maqsadida malaka imtihonining pullik tizimini joriy etish maqsadga
muvofiq bo’ladi.

Ikkinchidan, Ukrainaning “Advokatura va advokatlik faoliyati

to’g’risida”gi qonunida aniq belgilab qo’yilganidek, advokatlik
litsenziyasiga ega bo’lish uchun talab qilinadigan yuridik staj
tushunchasiga qonunchilikda quyidagi mazmunda aniq ta’rif berish:

“Yuridik staj

-

bu oliy yuridik ma ’lumotga ega bo ’Igandan keyin

mutaxasislik bo ’yicha ishlangan davr”

degan mazmunda belgilab qo’yish

maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, oliy
yuridik ma’lumotga ega bo’lish davomida olingan nazariy bilimlar bilan
o’rta-maxsus yuridik ma’lumotga ega bo’lish davomida ega bo’lingan
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash davomida olingan tajribani
taqqoslab bo’lmaydi.

Shuningdek, yetarli miqdorda yuridik stajga yoki 3 oydan kam

bo’lmagan stajirovkani o’tagan talabgor qancha muddat ichida malaka
imtihoni topshirishi lozimligini belgilab qo’yish, ya’ni advokatura
qonunchiligiga

“stajirovka o ’taganiga yoki oxirgi ish joyidan ketganiga 2

yildan oshmagan talabgorlargina malaka imtihonida qatnanishi mumkin'

degan mazmundagi normani kiritilishi talabgorlarning yuridik bilim
hamda amaliy ko’nikmalarga ega holda malaka imtihoni topshirishini
ta’minlashga imkon yaratadi.


background image

96

Shu bilan bir qatorda, talabgor oldiga ham yuridik staj, ham

stajirovka o’taganlik talabini bekor qilinishi advokatlarning sonini
oshishiga ijobiy ta’sir o’tkazgan bo’lar edi, chunki har ikkala talab ham
talabgorning amaliy ko’nikmalarga egaligi nuqtai nazaridan o’rnatilgan
talab hisoblanadi hamda har ikkala talabni birdan qo’yilishi adv okatlik
litsenziyasiga ega bo’lish uchun talabgor oldiga sun’iy to’siq yaratishga
xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar

inson huquqlari va ularning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarining
himoyachisi bo’lsa, advokatura ularning kafolatidir. Shundan kelib chiqib,
advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyalash tartibini bekor
qilinishi emas, balki litsenziya ega bo’lish uchun qo’yilgan talablarni
aniqlashtirish yoki yuqorida tahlil etilgan xorijiy tajriba hamda bildirilgan
takliflardan kelib chiqib, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish
maqsadga muvofiq bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Норметова, Малика, and Жасур Неъматов. "Понятие и сущность

юридической помощи. Статус и роль адвокатов при оказании
юридической помощи." Общество и инновации 2.3/S (2021): 502-506.

Библиографические ссылки

Норметова, Малика, and Жасур Неъматов. "Понятие и сущность юридической помощи. Статус и роль адвокатов при оказании юридической помощи." Общество и инновации 2.3/S (2021): 502-506.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов