Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan universitet bo‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora- tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda ikki qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.