Annotatsiya: Hozirgi kunda yurtimizda IT sohasiga bo‘lgan e’tibor ancha kuchaygan. Dasturlashga qiziquvchilar va uni o‘rganishni boshlaganlar soni ortdi. IT firmalar o‘ziga ishchi qidirishda mutaxasisning tajribasi katta bo‘lishiga va real loyihalarda ishlaganligiga alohida e’tibor qaratishadi. Endigina kursni bitirgan yosh dasturchida bu ko‘nikmalar bo‘lmasligi tabiiy va ular ishga kirishda turli xil qiyinchiliklarga duch kelishadi. Amaliyotchi dasturchi sifatida endi ish boshlagan yangi firmalarga ishga kirishlari mumkin. Ammo, bu narsa odamdagi dasturlashga bo‘lgan motivatsiyasini o‘ldiradi. Chunki, endigina ish boshlagan dasturlash firmalarida buyurtmalar bo‘lmaydi. Dasturchilarga yetarli miqdorda maosh berisha olmaydi. Bizning platforma shu muammoga yechim topish uchun ishlab chiqilgan.