«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
138
ISH BERUVCHI VA DASTURCHILAR UCHUN WEB PLATFORMA
INTERFEYSINI YARATISH
VA UNI AMALIYOTDA QO‘LLASH
Aliev R.M.,
Toshkent davlat transport universiteti
“Transportda axborot tizimlari
va texnologiya” kadedrasi
Xakimov Sh.,
Toshkent davlat transport universiteti
“Transportda axborot tizimlari
va texnologiya” kadedrasi
Shukurov F.
Toshkent davlat transport universiteti
“Transportda axborot tizimlari
va texnologiya” kadedrasi
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-v2-pp138-147
Annotatsiya:
Hozirgi kunda yurtimizda IT sohasiga bo‘lgan e’tibor ancha
kuchaygan. Dasturlashga qiziquvchilar va uni o‘rganishni boshlaganlar soni ortdi.
IT firmalar o‘ziga ishchi qidirishda mutaxasisning tajribasi katta bo‘lishiga va real
loyihalarda ishlaganligiga alohida e’tibor qaratishadi. Endigina kursni bitirgan yosh
dasturchida bu ko‘nikmalar bo‘lmasligi tabiiy va ular ishga kirishda turli xil
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Amaliyotchi dasturchi sifatida endi ish boshlagan
yangi firmalarga ishga kirishlari mumkin. Ammo, bu narsa odamdagi dasturlashga
bo‘lgan motivatsiyasini o‘ldiradi. Chunki, endigina ish boshlagan dasturlash
firmalarida buyurtmalar bo‘lmaydi. Dasturchilarga yetarli miqdorda maosh berisha
olmaydi. Bizning platforma shu muammoga yechim topish uchun ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: Ma’lumotlar bazasi, Web texnologiya, VueJS, MySQL.
Dastur yordamida
mijozlar platforma admini bilan bog‘lanib o‘z e’lonlarini
platformada joylashtiradilar [1, 9]. Platformadan ro‘yxatdan o‘tgan har bir dasturchi
tajribasi kam yoki ko‘pligidan qat’iy nazar shu loyihada qatnashishi mumkin [2]. Buning
uchun dasturchidan faqa
tgina platformada ro‘yxatdan o‘tish va loyihaga yozilish
tugmasini bosishning o‘zi kifoya [3, 10]. Bitta loyihada bir vaqtning o‘zida bir nechta
dasturchi ishlashi mumkin [4, 11]. Loyihani tez va sifatli qilgan dasturchining ishi qabul
qilinadi [5]. Keyinc
halik bu loyiha shu dasturchining portfoliosiga qo‘shiladi [6]. Shu
ko‘rinishda platformamiz orqali yosh dasturchilarga yaxshi portfolio yig‘ishiga
yordamlashamiz [7].
Platformaning birinchi yuklanishidagi ko‘rinishi.
Platformaga https://rizqim.uz
domeni orqali kiriladi [8]. Platforma brauzerda ochilganda bosh sahifasi quyidagi
ko‘rinishda bo‘ladi (1-rasm).
1-rasm
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
139
Navigatsion panel.
Sahifaning tepa qismida platforma bo‘ylab harakatlanish
uchun navigatsion panel joylashgan (2-rasm)
2-rasm
Top e’lonlar va Top frilanserlar bo‘limlari.
Sahifa bo‘ylab pastroqqa
tushamiz. Top e’lonlar va Top frilanserlar bo‘limini ko‘ramiz (3-rasm)
3-rasm
Top e’lonlar bo‘limida dasturchilar eng ko‘p yozilgan 10 ta loyiha slayd
shaklda ko‘rinadi [12-15]. Platformaga birinchi kirgan odam qaysi loyihalar ustida
qizg‘in ish ketayotgani, qaysi loyihaga platforma frilanserlari ko‘proq qiziqish
bildirgani haqida tasavvurga ega bo‘ladi [15].
Top frilenserlar bo‘limida portfoliosining soni eng ko‘p bo‘lgan top 10 ta
frilanserning ro‘yxati slayd ko‘rinishda ko‘rinadi. Slayddagi frilanserga bosish orqali
shu frilanserning profilini ko‘rishimiz mumkin.
Tugallangan loyihalar bo‘limi.
Bu bo‘limda tugallangan loyihalarning top 10
tasi slayd ko‘rinishida chiqariladi. Yozilgan dasturchilarning soni bo‘yicha topga
chiqariladi. (4-rasm)
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
140
4-rasm
Bizning homiylar va Statistikalar bo‘limlari.
Bizning homiylar bo‘limida
platforma bilan hamkorlik qilayotgan
kompaniyalar ro‘yxati slayder
ko‘rinishida beriladi. Slayderdagi kartochkaning ustiga bosish orqali homiyning
rasmiy web-
saytiga o‘tish mumkin (5-rasm).
5-rasm
Frilanserlar sahifasi.
Bu sahifada platformada ro‘yxatdan o‘tgan hamma
frilanserlarning ro‘yxati bor. Har bitta kartochka ustiga bosilsa shu frilanserning
shaxsiy profiliga o‘tish mumkin (6-rasm).
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
141
6-rasm
E’lonlar va Tugallangan loyihalar sahifalari.
E’lonlar sahifasida
platformadagi barcha e’lonlarni ko‘rish mumkin. Tugallangan loyihalar sahifasida
esa oxiriga yetkazilgan loyihalarni ko‘rish mumkin (7-rasm).
7-rasm
Aloqa sahifasi.
Bu sahifadagi formani to‘ldirib jo‘natish tugmasi bosilsa,
murojaat platforma adminining panelida ko‘rinadi. O‘z e’lonini joylamoqchi
bo‘lganlar shu yo‘l orqali admin bilan bog‘lana olishadi (8-rasm).
8-rasm
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
142
Frilanserning profili.
Frilanserlar sahifasidagi frilanserning kartochkasiga
bosish orqali shu frilanserning shaxsiy profiliga o‘tish mumkin. Shu orqali o‘ziga
ishchi qidirayotgan kompaniyalar frilanser haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqishi
mumkin (9-rasm).
9-rasm
E’lon haqida batafsil.
E’lonlar sahifasidagi e’lonning ustiga bossa, u haqida
batafsilroq ma’lumot olsa bo‘ladigan sahifa ochiladi. Agar frilanser shu loyihani
qilishga yozilgan bo‘lsa Materiallar degan tugma paydo bo‘ladi (10-rasm)
10-rasm
Agar frilanser bu loyihaga yozilmagan bo‘lsa loyihada qatnashish degan
tugmacha chiqib turadi. Uni bosgandan keyin shu loyihaga yozilgan hisoblanadi va
unga loyiha haqidagi qo‘shimcha materiallar beriladi (11-rasm).
11-rasm
Agar frilanser bu loyihaga yozilishga ulgurmasdan qabul vaqti tugab qolgan
bo‘lsa, qabul tugagan degan tugmacha chiqib turadi. (12-rasm).
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
143
12-rasm
Tugallangan loyiha haqida batafsil.
Tugallangan loyihalar sahifasidagi
loyihaning ustiga bossa, u haqida batafsilroq ma’lumot olsa bo‘ladigan sahifa
ochiladi. Bu sahifada shu loyihani qilgan frilanserning ham profili ko‘rsatib qo‘yilgan
bo‘ladi. Bu ham shu frilanserning tanilishiga ta’sir ko‘rsatadi (13-rasm)
13-rasm
Profilga kirish (signin yoki login).
Shaxsiy profilga kirish uchun ro‘yxatdan
o‘tilgan email va parolni kiritishning o‘zi yetarli. Agar email yoki parolni kiritishda xatolik
yuz bersa, platforma bu xatolik haqida foydalanuvchini ogohlantiradi (14-rasm).
14-rasm
Ro‘yxatdan o‘tish.
Agar foydalanuvchi oldin ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa,
oldin ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish quyidagicha bo‘ladi (15-rasm). Bitta
email orqali faqat bir martagina ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
144
15-rasm
Ro‘yxatdan o‘tish muvaffaqqiyatli amalga oshirilsa, platforma foydalanuvchini
login sahifasiga yo‘naltiradi. Foydalanuvchi login qilgach platforma foydalanuvchiga
vaqt
inchalik token beradi. Endi foydalanuvchi o‘z profiliga ega bo‘ldi.
Foydalanuvchi profili.
Foydalauvchi profilida o‘zi haqida to‘liq kiritadi. Profil
rasmini yangilaydi. Email, telefon raqam, telegram, Gitdagi manzili, shaxsiy web-
sayti, o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritadi. Shuningdek frilanser o‘zining portfoliosini
qo‘shishi mumkin. Ishlagan va o‘qigan joylari, biladigan tillari va texnologiyalarini
kiritadi (16-rasm).
16-rasm
Frilanser o‘z profilini qanchalik chiroyli qilib qo‘ysa, o‘ziga ishchi
qidirayotganlar shu ma’lumotlar asosida uni ishga qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.
Admin bo‘limi.
Platformani boshqarish uchun admin bo‘limi qilingan. Admin
bo‘limiga faqat roli admin bo‘lgan platforma foydalanuvchisigina kira oladi. Admin
bo‘limiga kirish uchun /admin deb yoziladi. Admin bo‘limi quyidagicha ko‘rinadi
(17-rasm).
17-rasm
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
145
E’lon joylash.
E’lon joylash 17-rasmdagi sahifada amalga oshiriladi.
E’lonning sarlavhasi, loyihaning byudjeti, loyihaning qisqacha tavsifi, loyihaning
qo‘shimcha materiallari uchun link, e’lonni ifodalovchi rasm, loyihaga qabulning
oxirgi sanasi, loyihani tugatish sanasi va savollar yuzasidan bog‘lanish uchun
adminning telegram manzili kiritiladi. Qo‘shilgan yangi loyihalar pastroqda jadval
qilib ko‘rsatiladi. Loyihaning ustiga bosib kirish ham mumkin (18-rasm).
18-rasm
Loyihani yakunlash.
Loyihani tugatish uchun loyihani eng yaxshi qilgan
va vaqtida topshirgan frilanserning id si va loyihaning linki kiritiladi (19-rasm).
19-rasm
Tugallangan loyihalar.
Bu sahifada admin oxiriga yetgan ishlarni ko‘radi.
Agar qandaydir xatolik ketgan bo‘lsa o‘chirib yuborishi mumkin (20-rasm).
20-rasm
Xabarlar.
Bu bo‘limda foydalanuvchilardan kelgan xabarlar ko‘rinib turadi.
Xohlasa kelgan
xabarlarni o‘chirishi ham mumkin (21-rasm).
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
146
21-rasm
Homiylar.
Bu bo‘limda platforma bilan hamkorlik qilayotgan kompaniyalar
qo‘shib qo‘yiladi. Shuningdek qo‘shilgan homiyni o‘chirib yuborish imkoniyati ham
bor (22-rasm)
22-rasm
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot texnologiyalarining har
qanday hayot faoliyat jarayonlarga kirib kelishi bu inson mehnatidagi unumdorlikni
oshiribgina qolmay balki uning salomatligi va sog
‘lom mehnat sharoitlarida
ishlashiga o
‘z hissasini qo‘shadi. Yosh IT sohasiga kirib keluvchilarning
ishlarini osonlashtirishga, o
‘zaro aloqani ta’minlashga, vaqtni tejashga va ish
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
О‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
20-apreldagi
N PQ
–2909- sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
tо‘g‘risida”gi qarori.
2. Gulyamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and
Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021,
–
PP. 125
–127. Cheboksari: SCC “Interaktiv plus”
3. Tokhirov E., Aliev R. Improving the braking distance of the train before
level crossing // InterConf.
– 2020.
4. Gulamov J., Shukurov F., Shokhidayeva Sh. Automated information
system for inventory accounting of a car depot warehouse // JournalNX-2021.
5. Nurmukhamedov T., Shukurov F., Khakimov Sh. Information technologies
for forecasting car depot inventory using correlation analysis // JournalNX-2021.
6. R. Aliev Analysis of controlling the state of track sections on lines with
speed and high-speed train traffic // German International Journal of Modern
Science №14, 2021, – PP. 57–58.
«Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)
147
7.
Bulková Z.; Gašparík J.; Mašek J.; Zitrický V. Analytical Procedures for the
Evaluation ofInfrastructural Measures for Increasing the Capacity of Railway Lines.
Sustainability 2022, 14, 14430.
8. Aliev R.M., Tokhirov E.T., Aliev M.M. The Mathematical Model of the
Sensor for Monitoring the State of the Track Section with Current Receivers //
International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE).
– 2020. –
Т. 8. – №. 5. – С. 5634–5637.
9. Aliev R.M., Aliev M.M. Methods for calculating the coefficients of the rail
fourpole of sensors control tonal frequency // Chemical Technology, Control and
Management.
– 2020. – Т. 2020. – №. 5. – С. 68–72.
10. R. Aliev A Method for Controlling the Freedom of Track Sections by the
Axle Counting System // International Journal of Innovative Research in Science,
Engineering and Technology (IJIRSET), 10(5)
– PP. 5500–5503.
11. Gulyamova M.K., Aliev R.M. Pedagogical sciences / Distance Education
as a Method of Efficiency of Education Under Various form Factors // Deutsche
internationale Zeitschrift für zeitgenössische Wissenschaft, 29, 2022, – P. 38.
12. Aliev R., Toshmetov K. Telecontrol of the expert system of automatic
traffic control //
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных
технологий на транспорте. – 2021. – Т. 2021. – С. 20–22.
13. Aliev R. et al. Information analysis of the expert system of automatic train
control //
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных
технологий на транспорте. – 2021. – Т. 2021. – С. 23–25.
14. Tokhirov E., Aliev R. Exploring the influence of high-speed train traffic on
sustainable economic growth in the region //
Актуальные вопросы развития
инновационно-информационных технологий на транспорте. – 2021. –
Т. 2021. – С. 12–16.
15. Aliev M. et al. Four-pole rail coefficients of the jointless track circuit in the
presence of one of the ends track circuit insulating joints // Chemical Technology,
Control and Management.
– 2019. – Т. 2019. – №. 4. – С. 89–92.