Mazkur maqolada zamonaviy yoshlarning psixik rivojlanishida bilish jarayorlari va emotsiyaning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga ijobiy ta’siri haqida so‘z boradi.
Mazkur maqolada ramziy obraz tushunchasi ingliz adabiyoti misolida tahlil qilinadi. Ingliz adabiyoti tarixida ramziy obraz tushunchasi turli adiblar ijodida koʻzga tashlanadi. XX asr ingliz adabiyotining taniqli adibasi Doris Lessingning "Parvoz" (Flight, 1957) hikoyasida ramziy obraz tushinchasi turlicha talqin qilinadi. Mohir iste'dod sohibasi Doris Lessing hikoyasi sarlavhasida ozodlik, hurriyat va yangi hayot boshlash uchun tashlangan ilk qadamni ilk marotaba parvoz etishga chog‘langan qushning boshidan kechirgan qiyinchiliklariga qiyoslab tasvirlaydi.