Mamlakatimizda 2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyoti strategiyasida keltirib oʻtilgan Sanoat tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. Shu qarorga asoslangan holda chiqindisiz texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish maqsadida hammamizga maʻlum boʻlgan bugʻdoy donning oxirgi mahsuloti boʻlgan bugʻdoy kepagi tarkibini oʻrganib, uni turli sohalarda jumladan tibbiyot, farmoseftika, oziq- ovqat, parfumeriyada qoʻllash nazarda tutilgan.